Bolalar, O'spirinlar va o'smirlar o'qishiga rahbarlik qilishning shakl va usullari
Download 94.5 Kb.
|
BOLALAR
BOLALAR, O'SPIRINLAR VA O'SMIRLAR O'QISHIGA RAHBARLIK QILISHNING SHAKL VA USULLARI Reja 1. O'qishga alohida rahbarlik qilishning uslubi va lining sliakllari. 2. Ommaviy o'qishga rahbarlik qilishning uslubi va uninng shakllari. 3. O'qishga alohida rahbarlik qilishning uslubi va unimg shakllari Bolalar kutubxonasining ommaviy ishida o'qishiga rahbarlik qilishning alohida va ommaviy ish uslublari hamdla ularning shakllaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu uslub asosida bolaning kitobxon sifatida o'qishi, uning qiziqishlari, havaslari, qobiliyatlari yotadi. Kitobxon bilan bevosita muloqot kutubxonachiga bola o'qishiga bar bir mavjud vaziyatda ta'sir ko'rsatishning maqsadga muvofiqroq shaklini qolIlashga yordam bexadi. Kutubxonachi bolalar bilan ishlaganda pedagogik talablarni hisobga olishi, turli yoshdagi yosh kitobxonlarnirLg psixologik xususiyatlarini, ularning qiziqishi, mayllarini tushuntirishi, bolalarga mo'ljallangan adablyotni yaxshi bilishi keralk. Bilimni bolalarning bilim darajalari, bolalarga xos hayot tajribalarininazarda luiib, qizlqarli va tushunarli usuldat berish kerak. Bolalar kitobida ularning idroki, tafakkuri, dunyosi, shuningdek, turli yoshdagi bolalarning tushunchalar doirasi hisobga olinadi. Bu bolalarning o'qishiga rahbarlik qilishgaqo'lkeladi. Bolalarning kitobxonlik qiziqishlari ciuli sliakllana boshlaydi va to'xtovsiz rivojlanadi, kengayadi, borgan sari chuqurlashib boradi. Manashu davrda mustaqil o'qish kitobxonlik chtiyojini, didini ffaol uyg'otish va shakllantirish, ya'ni bolalarda kilobga qiziqishni tarbiyalash ayniqsa muhimdir. Bolalar o'zlarining psixologik xususiyatlariga ko'ra o'qiganlarini faol idrok etadilar va uzoq vaqt yodlarida saqlab qoladilar. Bu ularning o'sishiga kuchli ta'sir etadi. Bolalarning o'qishi bolalar hayotida katta o'rin tutadi. Yoshlikda o'qilgan kitob bola xotirasida deyarli butun umr saqlanadi va bolalarning kelajak hayoti uchun, mustaqil hayotga qadam tashlashi uchun yo'l ko'rsatuvchidir. Bolalar har narsani bilishga qiziqadi, ular hayotga endi kirib kelyaptilar va dunyo ularning ko'z o'ngida yanada kengxoq, yanada boyroq hamda har taraflama go'zalroq namoyon bo^la boshlaydi. Ular yangi sirli narsalarni bilishga oshiqadilar, hayotni kuzatish jarayonida bolalarda shaxsiy fikrlar, maxsus ehtiyojlar va qiziqishlar tug'iladi. Bolalar doimo ham o'zida paydo bo'lgan savollarga javob topa olmaydilar yoki ba'zan esa o'ziga nima yetishmasligini butunlay bilmaydlari. Shu sababli qo'shimcha kitob o'qish bola uchun katta ahamiyatga ega bo'ladi. Bolalar kitobdan turli-tuman bilimlarni bilib olishlari mumkin. Kitobxon bolalar, ayniqsa, kichik yoshdagilari uchun o'qilgan narsalarni bevosita idrok etish, kitobda yozilgan barcha narsaga hayotiy haqiqat, real voqea deb ishonch bilan yondashish xarakterlidir. Bolalarda o'zlariga yoqib qolgan adabiy asarlarning qahramonlariga taqlid qilish, ularga ergashish hissi kuchli rivojlangan. Bolalarda qahramonlik, oliyjanoblik, go'zallikni idrok etish kuchli. Shuning uchun ularda qahramonlik, romantik xarakterdagi, tiaqqoniyat uchun kurashadigan jasur, mard kishilar, oliyjanob ishlarni qiluvchi, mustaqil fikr yurituvchi, go'zallikni his qiluvchi, qalbi va ishi bilan go'zal kishilar haqida gap boruvchi kitoblarga qiziqish katta. Ular buyuk allomalar haqida, tariximiz, qadriyatlarimiz haqida milliy ruhda yozilgan kitoblarga, buyuk kishilar hayoti va ijodiga qiziqadilar. Shu bilan birga ular to'g'ridan-to'g'ri tiasihatgo'ylik, quruq safsatani, zerikarli pand-nasihatni yoqtirmaydilar, qabul qilmaydilar, ularni qiziqtirish, jalb qilish, ishontirish kerak. Kitoblarni tavsiya qilishda ham ana shunday yo'l tutish kerak. Bevosita idrok qilish bolalarga xos xususiyat, ular ancha ta'sirchan, hissiyotli bo'ladilar va asarda qatnashuvchi shaxslar bilan birga ularning shodligi va g'am-g'ussasiga, yutuq va muvaffaqiyatsizligiga sherik bo'ladilar, ular bilan birga hayajonlanadilar, ba'zilardan xursand bo'lsalar, ba'zilardan nafratlanadilar, Download 94.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling