Bolalar, O'spirinlar va o'smirlar o'qishiga rahbarlik qilishning shakl va usullari


Bolalar kulubxonasining kitobxoni va uni o'rganish


Download 94.5 Kb.
bet2/5
Sana12.02.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1190517
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOLALAR

Bolalar kulubxonasining kitobxoni va uni o'rganish
Bolalar shaxsini shakllantirishga mamlakatimizning butun hayotiy tuzumi ta'sir etadi: uning qiziqishlari, shu jumladan, kitobxonlik qiziqishlari ham ko'p faktlar ta'sirida tarkib topadi.
Mustaqil, ozod, erkin xalqmiz, milliy qadriyatlarimiz, yaiatUVChanlik, ulug' allomalarimiz haqidagi yorqin sahifalar, ma'naviy-ma'rifiy jamoat tashkiloti markazi, yoshlarning ijtimoiy harakati — bularning barchasi bolalarning hayotiy hamda kitobxonlik qiziqishlarini belgilaydi.
Bolalarning o'qishiga rahbarlik qilish uchun, kutubxonachi malum yoshdagi barcha maktab o'quvchilarining va alohida olingan har bir kitobxonning xususiyatlarini yaxshi bilishi kerak.
Bolalarning xususiyatilari va kitobxonlik qiziqishlarini o'rganishdan kutilgan asosiy maqsad bolalarda dunyoqarashni shakllantirish, xarakterlarini kerakli yo'nalishga yo'llantirishga yordam beradigan uslub va usullarini tanlashdan iboratdir.
Kutubxonada bolalarni o'rganish uchun kutubxonachilar turli uslublardan foaydalanadilar. Masalan, yakka suhbatlar qiziqarli bo'lib, ahamiyatli natijalar berishi mumkin, ya'ni bolani kutubxonaga a'zo qilish davridagi suhbat katta rol o'ynashi mumkin. Biroq bir marta o'tkazilgan suhbat bola shaxsi va qiziqishlari haqida yetarli tasavvur bera olmaydi. Kutubxonachining bolani o'rganishi kitobxonlik faoliyatining oxiriga qadar davom etadi.
Kitobxon — bolaning qiziqishi va ehtiyojlarini o'rganishda kitobxon formulyaridan ko'p narsani anglash mumkin. Uni to'ldirish shaklan (formal) bo'lmay, balki muhim hujjat — kitobxon „pasporti" sifatida to'ldiriladi. Kitobxon formulyarini bir necha yil davomida saqlash tavsiya qilinadi.
Kitobxon bolaning maxsus formulyari o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'lib, u faqat bolalar kutubxonalarning bolalar bo'limlaridagina qoilaniladi. Qishloq kutubxonasida odatdagi formulyarga kerakli ma'lumotlarni qo'shish mumkin. Bolalar formulyarining xususiyatlarini misollar bilan tahlil qilib chiqamiz. Shunday qilib, formulyarning old tomoniga bola haqida asosiy ma'lumotlar yoziladi. Ota-onasining kasbi haqidagi ma'lumot muhim ahamiyatga egadir. Keltirilgan formulyarda bola ishchi oilasida yashashi haqida yozuv bor, tabiiyki, ota bolada korxonaga, o'z kasbiga havas uyg'otayotgan bo'lsa kerak; uning onasi — o'qituvchi, demak o'z o'g'lining tarbiyasiga e'tibor bilan qaraydi, uning o'qishini kuzatib boradi, deb hisoblash mumkin.
Kutubxonaga qachondan beri a'zo grafasi, bola kutubxonadan qanchadan beri kitob olib o'qishini, binobarin, kutubxona uning o'qishiga ta'sir qilgan-qilmaganligini aniqlash imkonini beradi.
Kitobxonning necha yoshdaligi, qayerda va qaysi oliy o'quv yurtida o'qishi haqidagi ma'lumotlar ham o'qishga rahbarlik qilishda juda muhimdir.
Biroq formulyarning old tomonida berilgan bu boshlang'ich ma'lumotlar ham kitobxonni xarakterlashga kamllk qiladi. Shuning uchun kutubxonachi formulyarning orqa tomoni — „kutubxonachi yozuvlari" dan ham foydalanadi.
Bu yerda kitob o'qishning xarakteri va sifati, bolaning maktabda qanday o'qishi va hokazolar to'g'risidagi yozuvlar qayd qilinadi.
Formulyardagi har bir yozuvga sana qo'yilgan bo'ladi. Keltirilgan formulyarda quyidagi yozuvlar bo'lishi mumkin: „4'c va „5" baholarga o'qiydi, geografiyaga, sayohatga qiziqadi", “Bolalar kitobi", „Haftanomasi"ga bag'ishlangan ertalikda ishtirok etadi.
Formulyar yordamida bir sinf o'quvchilari yoki bir guruhning o'qishi tahlil qilinadi. Sinflar bo'yicha o'tkaziladigan tahlil mazkur sinf o'quvchilaridan qanchasining kutubxomaga a'zoligini, kutubxonaga qatnov sonini, maktab dasturiga yordam beruvchi kitoblarni olish-olmasligini, aynan qanday kitoblarga talab va ehtiyoj kuchli ekanligini aniqlash imkonini beradi.
Tahlil natijalari kutubxonachi va o'qituvchilarga mazkur sinf o'quvchilarining kitob o'qishiga rahbarlik qilishda nimalarga e'tibor bcrish kcrakligini aniqlashda yordam beradi. Kutuboconachi kuzatish va tahlil natijalarini kundalikdaftargayozibboradi. Kmindalik daftarning aniq helgilangan shakli yo'q. Bu kutubxonachinlng kitobxonlarni kuzatish natijalarini yozadigan, kitob targ'ib qilish yuzasidan olib boradigan yakka va ommaviy ishlarning sifatini talhlil qiladigan, o'z yuliiti hamda kamchiJ^arini qayd qiladigan daftarda ohb boriladi.
Kitob haqidagi mulohazalar bolalarning qiziqishini ularning o'qiganlarini idrok etishlarini aks ettiradi. Kitobxon yozma yoki og'zaki mulohazalarda kitobga o'z munosabatini bildiradi, adabiyotni anglashni qanday o'rganganini ko'rsatadi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarini kitob o'qiishga o'rgatishda o'qigan kitobi haqidagi o'ziga xos javoblar va chizgan rasmlari hamkatta material beradi.
Kutubxonachi doimo kitobxonlarni kuzatib borishi, ularning ko'rgazmalardan, ochiq jamg'armajavonlaridan kitoblarni qanday tanlashlarini, ommaviy tadbirlar vaqtida o'zlarini qanday tutishlari va shu kabilarni qayd qilib borishi kerak. Muhim kuzatishlar kutubxonachilarning kundalik daftariga yozib qo'yiladi.
Ko'pchilik kutubxonalarda anketa vositasidla so'rash uslubi qo'llaniladi. Anketalar turli-tuman bo'lishi mumkim, ular yordamida umuman o'quvchilarning o'qishga munosabatini, ularning ma'lum mavzudagi kitoblarni yaxshi ko'rish-ko'rmasliklarini, taniqli yozuvchilar ijodiga munosabatini bilib olish mumkin. Anketalar bolalarning o'qishiga, maktabga, ota-onalarning qanday ta'sir etishi, o'quvchilarning uyida shaxsiy kutubxonasi bor-yo'qligi va boshqalarni aniqlashga yordam beradi. Anketalar, asosan 4—8- sinf kitobxon-o'quvchilarini o'rganishda qo'llaniladi.
Kitobxonlarni o'rganishning yuqorida aytib o'tilgan va qo'Uash mumkin bo'lgan boshqa barcha uslublari faqat komLpleks qo'llanganda bir-birini to'ldirish imkoniyati bo'lgandagina ijobiy natijalar berishi mumkin.
7-9 YOSHLI BOLALARNING O'QISHIGA TAVSIF BERISH. SUHBATLAR O'TKAZISH
Reja
1. Kitobxon bolalarning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari.
2. Maktabgacha tarbiya yoshidagi kitobxonlar.
3. 7—9 yoshli bolalarning o'qishiga tavsif berish.
4. 7—9 yoshli kitobxon bolalar bilan yakka ishlash va sulhbatlar o'tkazish.
„Sog'lom avlodni tarbiyalash barchaning, butun jamiyartning, shu yurtda yashaydigan har bir insonning ishi, insoniy burchidir", — degan edi Prezidentimiz.

Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling