Bolalar, O'spirinlar va o'smirlar o'qishiga rahbarlik qilishning shakl va usullari


Kitobxon bolalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari


Download 94.5 Kb.
bet3/5
Sana12.02.2023
Hajmi94.5 Kb.
#1190517
1   2   3   4   5
Bog'liq
BOLALAR

Kitobxon bolalarning ijtimoiy psixologik xususiyatlari
Ma'naviy va jismoniy barkamol avlodni tarbiyalash faqat milliy ehtiyojgina emas, balki umumdavlat ahamiyatiga molik masala.
„Sog'lom avlod — buyuk davlat zamini. Ishonchimiz kamilki, vatanning baxti bo'lmish barkamol avlod ilm, tarbiya, imehnat orqali shakllanadi. O'zbekistonning buyuk kelajagi ilm, tarbiya, mehnat orqali ro'yobga chiqadi", — deb ta'kidlaydi I. Karimov.
Kitobxon bolaga maqsadga muvofiq pedagogik ta'sir o'tkazishda. shaxsning yoshi va o'ziga xos psixologik xususiyatlariga tayaniladi.
Bolalikning har bir davrida o'qishning o'ziga xos xususiyatlari, o'qish sifatining alohida faolligi namoyon bo'ladi: baholashning ma'lum mezoni; kutubxona so'rovi va uning mazmunini, kemgligi,, barqarorligi; adabiyotga murojaat, etishning sabablari, bolalar o'qishining ijtimoiy-psixologik tadqiqoti kitobxon gUruhlarning yoshiga qarab tabaqaga bo'linishinl aniqlash imkonini. beradi.
Bolalar o'qishi pedagogikada yoshiga qarab, o'qishining o'sishi quyidagi bosqichlarga bo'linadi:
6—12 yosh — bolalik davri;
12—14 yosh — o'spirinlik davri;
14 yosh — o'spirinlikdan o'smirlikka o'tish davri.
Bolada o'qishga bo'lgan ehtiyoj maktab yoshigacha shakllana boshlaydi. Bo'lajak kitobxon hayotida ota-ona uyi, bolalar bog'chasi hal qiluvchi o'rin tutadi.
O'qish — bolaning ma'naviy hayotiga mustahkam kirib borishi uchun oldindan — bola birinchi so'zni mustaqil ravishda o'qishdan oldin estetik tayyorgarlik ko'rish zarur. U har kuni katta odam — onasi, otasi, buvisi, bolalar bog'cha murabbiysi kutubxonachining o'qib berganini eshitishi, badiiy obraz go'zalligini his qilishi kerak.
Birgalikda qayg'urish qobiliyati — san'atni to'laqonli idrok etishning muhim shartlaridan biri. Bolada qahramonlarning harakatlarigina emas, balki harakatlarining sabablarini idrok etish, turli vaziyatlarda o'zaro aloqasida yordam beradigan matnga o'z munosabati paydo bo'ladi. Qayg'urish bolaga insonlarning turli harakatlarini ma'naviy baholash imkonini beradi.
His-tuyg'u ko'tarinkiligi va adabiy asarni bevosita idrok etish, badiiy adabiyot obraziga ko'nikish, voqelikni tushunib yetish va anglab olish bilan ham yetarli bog'liq bo'lmaydi. Biroq bunday idrok etish samaradorligi bolaga hayot tajribasini bir qadar boyitish imkonini beradi. Kundalik voqelik darajasida shaxsiy tajribani kengaytirish imkoniyatlari cheklangan bo'lib, ko'proq katta yoshdagilarga bog'liqdir. His-tuyg'u ko'tarinkiligi bola shaxsini har tomonlama ifodalaydi. Biz bu yoshdagi bolaning his-tuyg'usi, fikrlashi, xotirasi, hissiyoti to'g'risida gapiramiz. His-tuyg'u, tasawur jarayoniga ham ta'sir ko'rsatadi, qaysiki maktabgacha tarbiya yoshida etakchi faoliyat, asosan o'yin bilan bog'liq bo'lib, u bolani o'ziga jalb qiladi.
Bola taklif etilgan ertak yoki boshqa asar janrida tasawur qilinayotgan vaziyatga juda tez kirishib ketadi. Undatezda „yaxshi yoki yomon" qahramonlarga nisbatan mayl va xush ko'rmaslik kayfiyati paydo bo'ladi.
Bolalarning kitobga bo'lgan munosabatiga ta'sirchanlik, idrokning o'tkirligi, ularning ayniqsa so'zga munosabatning o'zaro bog'liqligi kabi yosh va psixologik xususiyatlari qisman ta'sir qiladil. Bolalar so'zni idrok qila turib, uning buyum hohdagi mazmunini aniq tasawur qiladilar: kattalar uchun allaqachon odat tusiga kirib qolgan so'zlar ularni hayron qoldiradi, hayratga soiadi. Bolalar bilan ishlashda bularning hammasi kutubxonax higa keng imkoniyatlar ochadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola ona tilining go'zalligini tushunishda badiiy usul sifatida foydalanadigan so'z o'yini, so'z maromi, badiiy asar nihoyatda katta rol o'ynaydi. Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'zining birinchi kitobchalariga kattalarning yordamida tushunadi, bolalar kitoblarining muvaffaqryati, birinchi navbatda, kattalarning o'qish paytidagi kayfiyatiga bog' liq bo'ladi. Kattalar bolaning idrok etishiga „yaqinlashishi" zarur: Qahramonlar bilan birga shod-xurram bo'lish va quvonish, bolalarga sh_e'rda talqin qilingan ma'noni anglashga yordam berishdan iborat. Bolalarga she'r zerikarli qilib, bir ohangda o'qib berilsa, har qaniday yaxshi asar ham salbiy tuyulishi mumkin.
Shuning uchun ham maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar bilan ishlaydigan kutubxonachi uchun o'qishga rahbarlik jarayonida ko'proq ta'sirchanlik, his-tuyg'u ko'tarinkiligi bo'lishligi. muhimdir.
Kutubxonachining o'qish uchun tanlaydigan asarlarining doirasi keng. Bular barcha davr va xalqlar mumtoz yoziuvchilarining she'rlari, hikoyalari, ertaklari, hozirgi zamon bolalar yozuvchilarining asarlari, bolalarga tushunarli shaklda bayon qilingan jahon xalqlari ertaklari, afsonalari, dostonlari hozirgi zamon chet el adabiyotining bolalar uchun eng seviml i asarlaridan hisoblanadi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarni bilishga oid adabiyotlarni (o'simliklar, hayvonlar, uarsalar, bolalarni o'rab ruigan atrof-muhit haqidagi asarlarni) o'qishga jalb etish lozim. Tarbiya va maktabgacha tarbiya yoshidagi bolaning shaxsiy tajribasi asta-sekin kundalik hayot doirasi „sehrdan" chiqib, ertak, o'yin doirasiga ko'chadi, 4—5 yoshdagi bolalar ongida ular o'rtasida cluegara paydo bo'ladi. Kutubxonachi maktabgacha tarbiya yoshidagi b»o lani bilishga oid adabiyot bilan tanishtira borib, asta-sekin 6 yoshda unda dunyoni tushuntiruvchi „tabiat ilmi" haqida ma'lumot berishga intiladi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalik davrida bola o' z rivojlanish jarayonining davQmli yo'lini bosib o'tadi. Shu yillardsa shaxsning ijodiy imkoniyatiga asos solinadi. O'ziga xos tabiati, fikrlashi, nutqini shakllantirishi ro'y beradi.
Maktabgacha tarbiya yoshidagi bola o'qishinin_g rivojlanish xususiyati kutubxonachilar tomonidan ovozli o'qish, o^qigan kitob haqida suhbat, turli adabiy o'yinlardan faol foydalani;shni taqozo qiladi.



Download 94.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling