6-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib borish. (2 soat) Reja


Download 32.42 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2023
Hajmi32.42 Kb.
#1084467
  1   2   3   4
Bog'liq
6-Amaliy mashg\'ulot


6-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobiliyatlarini, ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib borish. (2 soat)
Reja:
Reja:

  1. Bolalar individual rivojlanishini monitoring (diagnostika) qilish maktabgacha ta'lim muassasasida yaxlit bir tizim sifatida;

  2. Mudira,uslubchi,maktabgacha ta’lim muassasi mutaxasislari faoliyati.

  3. Bolalarda tasviriy va ijodiy qobilyatlarini rivojlanish bosqichlari;

  4. Maktabgacha yoshdagi bolalarni tasviriy qobilyatlarini,ijodkorligini rivojlantirish monitoringini olib borish;

Bolalarning individual rivojlanishini monitoring qilish deganda nimalar tushuniladi?Olimlar izlanishlar jarayonida bir necha savollarga javob berishgan,ulardan biri- pedagogik diagnostika va padagogik monitoringning o’zaro farqlari? Ilmiy adabiyotlarda bu savollarga turli qarashlar mavjud.
Ba’zi olimlarning fikricha monitoring bu- ta’lim tizimini sifatini tez-tez nazorat qilish, boshqarish vositasi hisoblanadi.(M.M.Potashnik,A.A.Shatalov,V.V.Afanasyev,I.V.Afanasyeva,E.A.Gvozdeva,O.A.Safonova,N.P.Tropnikova,N.Kalinina,L.Yegorova).
Keng ma’noda quyidagicha tavsiflanadi:
Ilmiy qarashlarda monitoring atamasi - biron-bir ob'ekt yoki pedagogik faoliyat hodisaning strategik uzoq muddatli kuzatish tizimi va taktik (aniq) qarorlar qabul qilish uchun ma'lumotlarni berish deb ataladi. Bundan tashqari, monitoring o'quv jarayoni, yig'ish, tahlil qilish, hisobot va axborot bazasini mustaqil almashish, boshqaruv tizimi sifatida qaraladi.Manitoring sifatini ta’minlash bir nechta vazifalarni o’z ichiga oladi:
-uzoq muddatlilik;
-barqarorlik;
-ishonchlilik;
2015-2016 yili ishlab chiqilgan ”Bolalar individual rivojlanishini baholash.Pedagogik monitoring” konsepsiyasida allaqachon bu atamalarga izoh kiritilgan.(Yu.A.Afonkina).
“Monitoring”tushunchasiM.M.Potoshnik,A.A.Shatalov,V.V.Afanasev,I.Afanaseva,E.A.Gvozdeva asarlarida aniq yoritib berilgan:
Monitoring maxsus tashkil qilinib, ob'ektlar, hodisalarni muntazam kuzatish, barqaror standartlashtirilgan jarayonlarda avvalo natija munosabatlarini aks ettirish, taxlil qilish,tashxislash,istalmagan tendentsiyalarda (yo’nalishlarda) ogohlantirishni baholashni birinchi o’ringa qo’yadi.Monitoring bu (o’quv holatida) jarayonni nazorat qilish.
Tashxis –bu tadqiqotlarni,hodisalarni oshkor qilish va tadqiqot o’tkazish jarayoning bayonoti,tavsifi.
N.I.Levshina,L.N.Sannikova bu tushunchalarning ma’lum vazifalari,tamoyillari,bosqichlari va usullari o’zaro umumiy jihatga ega ekanini takidlashmoqda. Shu bilan birga, muhim farqlar ham mavjud: (monitoring) - me'yorlar ,standartlar va vaqt jarayoni doimiyligi,davriyligini belgilash uning muhum hususiyati hisoblanadi.Olimlarning fikriga ko’ra pedagogik diagnostika manitoringning bir qismi bo’lib,bu pedagogik monitoring usuli hisoblanadi,umuman olganda bu tushunchalar bir ma’nonni anglatadi.

Download 32.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling