6-mavzu. Monetar siyosat va valyuta kursi (2 soat) Reja
Download 18.8 Kb.
|
BMB 7-mauza (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7.1. Monetar siyosat
6-mavzu. Monetar siyosat va valyuta kursi (2 soat) Reja 7.1. Monetar siyosat 7.2. Pul-kredit siyosatining indikatori 7.3. Markaziy bankning valyuta siyosati 7.4. Markaziy bankning transmission mexanizmlari Tayanch iboralar: monetary syosat, valyuta interventsiyasi, monetar siyosatning instrumentlari va indikatorlari, transmission mexanizm, foiz kanali, valyuta kursi kanali va b. 7.1. Monetar siyosat Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi nafaqat rivojlanayotgan mamlakatlarda, balki taraqqiy etgan mamlakatlarda ham monetar siyosatning kontseptual asoslarini qayta ko’rib chiqish, uni amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish zaruriyatini yuzaga keltirdi. Global inqiroz avjiga chiqqan 2009 yilda dunyoning etakchi markaziy banklari bo’lgan AQSh Federal zaxira tizimi (FZT) va Evropa Markaziy banki (EMB) monetar siyosatning strategik maqsadi bo’lgan inflyatsiyaga qarshi kurash siyosatidan vaqtinchalik voz kechib, nollik hisob stavkalariga asoslangan “miqdoriy engillashtirish” usulidan foydalanishga majbur bo’lishdi. Chunki, bu vaqtda iqtisodiyotni “retsessiya” holatidan chiqarishga ko’maklashish va milliy bank tizimining likvidliligini ta’minlash, de-fakto, monetar siyosatning strategik maqsadi darajasiga ko’tarilgan edi. Monetar siyosat davlatning iqtisodiyotni tartibga solish siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Uning ob’ekti bo’lib, pullarga bo’lgan talab va pullar taklifi hisoblanadi. Shu sababli, mamlakatda inflyatsion jarayonlarning chuqurlashishiga yo’l qo’ymaslik, iqtisodiyotning pul mablag’lariga bo’lgan talabini qondirish, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning kredit institutlarining r 8 kreditlaridan foydalanish darajasini oshirish, milliy valyuta kurslarining barqarorligini ta’minlashda monetar siyosat muhim o’rin tutadi. Ta’kidlash joizki, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi”da ilg’or xalqaro tajribada qo’llaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish va milliy valyutaning barqarorligini ta’minlash makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolishning zaruriy shartlaridan biri sifatida e’tirof etilgan2 . O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 2 sentyabrdagi PF5177-sonli “Valyuta siyosatini liberallashtirish buyicha birinchi navbatdagi choratadbirlar tug’risida”gi farmoni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 13 sentyabrdagi PQ-3272-sonli “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarorida pul-kredit siyosatining likvidlilikni berish va jalb qilish operatsiyalari bo’yicha qo’llanilayotgan foizli instrumentlardan foydalanishni kengaytirish, tijorat banklari tomonidan foiz stavkalarini shakllantirishning bozor mexanizmlarini qo’llashni kengaytirish, makroiqtisodiy tahlil va prognozlashni ilg’or xorij tajribasi asosida takomillashtirish, pul-kredit siyosatining shaffofligini oshirish kabi dolzarb vazifalarni qo’yilgan. Bu esa, o’z navbatida, “Monetar siyosat” fanini o’qitish sifatini yanada oshirish zaruriyatini yuzaga keltiradi. O’tish iqtisodiyoti mamlakatlarida monetar siyosat instrumentlaridan foydalanish amaliyotining takomillashmaganligi, uning taktik maqsadlari o’rtasida qarama-qarshiliklarning mavjudligi, monetar siyosat indikatorlarini to’g’ri tanlash bilan bog’liq bo’lgan dolzarb muammolarning mavjudligi kuzatilmoqda. Bu esa, monetar siyosat masalasini tadqiq qilishga jiddiyroq yondashishni taqozo etadi. Monetar siyosatning asosiy masalalari – strategik va taktik maqsadlari, instrumentlari va indikatorlaridan foydalanish masalalari tahlil qilinadi. Tahlil jarayonida asosiy e’tibor ilg’or xorij tajribasini tahlil qilish va umumlashtirishga qaratiladi. Buning sababi shundaki, AQSh FZT, EMB va Yaponiya Markaziy bankida, monetar siyosatni ishlab chiqish va amalga oshirish borasida boy tajriba mavjud. Shuningdek, ushbu o’quv qo’llanmada O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshirilayotgan monetar siyosatning zamonaviy holati ham tahlil qilinadi. Monetar siyosat” fanining maqsadi Magistratura bo’limi talabalariga monetar siyosatning nazariy, amaliy va uslubiy masalalari hamda o’ziga xos xususiyatlari bo’yicha chuqur nazariy bilim va amaliy ko’nikma berishdan iborat. Shuningdek, monetar siyosatni amalga oshirish va uning zamonaviy vositalaridan foydalanishda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi to’g’risida//O’zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to’plami. – Toshkent, 2017. – № 6 (766). – 32-b. r 9 xorijiy mamlakatlarning ilg’or tajribalarini o’rganish hamda O’zbekistonda monetar siyosatnining o’ziga xos jihatlari to’g’risida ko’nikmalar hosil qilishdan iborat. Fanning vazifasi quyidagilardan iborat: – monetar siyosatning kontseptsiyalari, zamonaviy modellari va ularning tendentsiyalari; – pul agregatlari, va pul massasi tarkibini hisoblash tartibi va pul multiplikatori harakati mexanizmi; – inflyatsiya darajasi, iste’mol narxlari indeksini aniqlash, pul-kreditni tartibga solishning ma’muriy va iqtisodiy usullari; - jahon iqtisodiyotining globallashuvi sharoitida monetar siyosatning dolzarb muammolari va ularning tendentsiyalari; – monetar siyosatning iqtisodiyotni, pul massasi, bank tizimi likvidliligi va pul bozorini tartibga solish xususiyatlari; – monetar siyosat orqali foiz stavkalari, kapital bozori va to’lov balansini tartibga solishning o’ziga xos xususiyatlari; – monetar siyosat sohasida qarorlar qabul qilish tinglovchilarda chuqur bilim va ko’nikmalar hosil qilish. Download 18.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling