6-mavzu. Neyron tarmoqlar


 Neyron to’rlarining arxitekturasi va turlari


Download 107.81 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/9
Sana08.03.2023
Hajmi107.81 Kb.
#1250363
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
6-maruza

6.2. Neyron to’rlarining arxitekturasi va turlari
To’la aloqali va ierarxik tarmoqlar. Neyron to’ri ma’lum bir tuzilma
bilan aloqada bo’gan alohida neyronlar majmuidir. Tarmoq yecha oladigan
masalaning hisoblash quvvati aynan shu aloqalar bilan beriladi. Aloqalar bitta
neyronlarning kirishlarini boshqalarining chiqishlari bilan ulaydi, ularning “kuchi”
esa vazn koeffitsiyentlari (yoki shunchaki vaznlar) orqali beriladi. Shunday qilib,
bitta neyronning boshqa neyron xatti-harakatiga ta’sir kuchi mos aloqa vazni bilan
aniqlanadi. Shuning uchun neyron tizimlari, odatda, konneksionist (connection-
aloqa, ulanish) deb ataladi.
Tarmoqdagi aloqalar tartibi uning arxitekturasini ifodalaydi [5,42,82].
Neyron to’rlarining ikki turdagi arxitekturasini ajratib ko’rsatish mumkin: to’la
aloqali va ierarxik tarmoqlar.
Graflar nazariyasidan ma’lumki, to’la aloqali arxitekturada tarmoqning
barcha elementlari bir biri bilan ulangandir. Neyron to’rlarining atamalarida
ifodalaydigan bo’lsak, har bir neyronning chiqishi boshqa barcha neyronlarning
kirishlari bilan ulangan va uning kirishlari qolgan elementlarning chiqishlari bilan
bog’langandir. Bundan tashqari, har bir neyronning chiqishi uning kirishiga
ulangan (“o’z-o’ziga aloqa”). N ta neyrondan tashkil topgan to’la aloqali tarmoqda
i
i
x
w
I

=
)
(
θ

=
I
F
Y
θ




>
=
;
,
0
,
,
1
da
I
da
I
y
θ
θ
)
(
1
1
θ



=
I
e
y
n
y
y
y
,...,
,
2
1
ij
w


aloqalar soni
ga teng, chunki har bir tugundan N ta aloqa chiqadi. 6.3-rasmda
6 ta neyrondan iborat bo’lgan to’la aloqali tarmoq ko’rsatilgan.
6.3-rasm. To’la aloqali neyron tarmog’i
Ierarxik arxitekturada alohida qatlam yoki bosqichlarda joylashgan
neyronlar guruhini ajratib ko’rsatish mumkin. Qatlamning har bir neyroni oldingi
va keyingi qatlamdagi neyronlarning har biri bilan bog’langan. Kiruvchi
qatlamning neyronlari tashqi muhitdan signallarni qabul qiladi va ularni keyingi
qatlamdagi neyronlar bo’yicha taqsimlaydi. Chiquvchi qatlamdagi neyronlarning
chiqishlari tashqi muhitga kelib tushadi. Kiruvchi va chiquvchi neyronlar orasida
joylashgan qatlamlar oraliq yoki berk deyiladi (chunki ular tashqi muhit bilan
bevosita aloqalarga ega emas).
6.4-rasmda uchta qatlamni o’z ichiga olgan ierarxik tarmoqning tuzilmasi
tasvirlangan.
Signallarni uzatish yo’nalishi bo’yicha teskari aloqasiz, yoki norekurrent
(feed-forward) tarmoqlarni hamda teskari aloqali, yoki rekurrent (fed-back) aloqali
tarmoqlarni ajratish mumkin.
Teskari aloqasiz tarmoqlarda signallar faqat tashqi muhitdan yoki oldingi
qatlamdagi neyronlardan qabul qilinadi va ular yoki tashqi muhitga, yoki keyingi
qatlamdagi neyronlarning kirishiga uzatiladi.
N
N



6.4-rasm. Ierarxik neyron tarmoq
Bundan tashqari, rekurrent tarmoqlarda ma’lum bir qatlamdagi neyronlar
signallarni o’z- o’zidan yoki huddi shu qatlamda joylashgan boshqa neyronlardan
qabul qilishi mumkin. Shunday qilib, norekurrent tarmoqlardan farqli o’laroq,
rekurrent tarmoqdagi neyronlarning chiquvchi signallari qiymati nafaqat
neyronlarning kirishlardagi joriy signallari hamda mos aloqalarning vaznlari bilan,
balki oldingi vaqt momentida ayrim neyronlarning chiqishdagi qiymatlari bilan
ham aniqlanadi. Bu degani, bunday tarmoq xotira elementlariga ega bo’ladi, bu
esa chiqishlarning holati to’g’risidagi axborotni ma’lum bir muddatga saqlab
qolish imkoniyatini beradi.
Rekurrent tarmoq o’zining qatlamidagi neyronlar bilan tormozlovchi
aloqalarga (ya’ni manfiy vaznli aloqalar) ega bo’lsa, uni lateral tarmoq deb
atashadi. 6.5, 6.6 va 6.7 rasmlarda mos ravishda teskari aloqasiz tarmoq, rekurrent
tarmoq va lateral tarmoq tasvirlangan.
6.5-rasm. Teskari aloqasiz tarmoq


6.6-rasm. Rekurrent tarmoq
1.7-rasm. Lateral tarmoq

Download 107.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling