6-mavzu. O`sishni boshqaruvchi fiziologik faol moddalar va ularni qishloq xo`jaligida qo`llanilishi. Stress omillar va ularga o`simliklarning javob reaksiyasi. Reja
Sun'iy fiziologik faol moddalar Retardantlar
Download 477.96 Kb. Pdf ko'rish
|
6-mavzu
2. Sun'iy fiziologik faol moddalar Retardantlar.
O‘simlik hujayralarining bo‘yiga o‘sishiga salbiy ta'sir qiladigan moddalar retordantlar deyiladi. Retordantlar vegetativ o‘sishni, birinchi navbatda asosiy va yon novdalarning cho‘zilishini sekinlatuvchi sintetik moddalardir. Bu moddalarni qo‘llash natijasida o‘simliklarni bo‘yi kaltalashadi-qisqaradi, novdalari esa yo‘g‘onlashib pishiqligi ortadi. Ularga xlorxolinxlorid va 2-xloretilfosfon kislotasini misol qilishimiz mumkin. Ular ta'sirida: - O‘simliklarning bo‘yi past, lekin baquvvut bo‘lib o‘sadi, - o‘simliklarning issiqlikka chidamliligi ortadi, - O‘simliklarning qurg‘oqchilikka chidamliligi ortadi, - O‘simliklarning kasalliklarga chidamliligi ortadi, - O‘simliklarning past haroratni ta'siriga chidamliligi ortadi, - G‘alladosh o‘simliklarning poyalari yerga yotib qolmaydi. Pastki bo‘g‘in oralig‘i hosil bo‘lgan davrlarda bug‘doyga xlorxolinxlorid bilan ishlov berilishi o‘simliklarning bo‘yini past va somonini mustahkam bo‘lishiga olib keladi. Bu holat bug‘doy hosilini kombayn bilan yig‘ishni osonlashtiradi va g‘allaning yo‘qolishini keskin kamayishiga imkoniyat yaratadi. Xlorxolinxlorid bilan olma va nok daraxtlariga sepish bilan ishlov berilganda ularning meva hosil qilishiga ertaroq kirishgani va ular kompakt shakldagi gibitusga ega bo‘lganliklari aniqlandi. Mazkur o‘simliklarga ishlov berishni ularning ko‘chatlarini ekkandan 3-4 yil o‘tgandan keyingina amalga oshiriladi. G‘o‘zani TUR yordamida kimyoviy chekanka qilish katta e'tiborga loyiqdir. Bunda g‘o‘zaga ko‘saklar hosil qilish davrining boshlarida 0,25-0,5 kg/ga miqdoridagi TUR bilan ishlov berish sezilarli darajadagi natijalar beradi. Gerbitsidlar. Madaniy o‘simliklar orasida o‘sadigan begona o‘tlarni hamda avtomobil va temir yo‘llari yoqasida, kanal va qurilish maydonlarida o‘sadigan o‘simliklarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladigan faol birikmalarni gerbitsidlar deyiladi. O‘stiruvi modda bo‘lmish auksinlarning kuchli eritmasi ham o‘simliklarga salbiy ta'sir qilganini, ya'ni gerbitsidlar qatoriga kirganligini N.G.Xolodniy ta'kidlab o‘tgan edi. Gerbitsidlar kimyoviy tuzilishi har xil bo‘lishi bilan o‘simlikning o‘sish konusi (nuqtasi) ga yoki to‘qimalariga ta'sir etib ularni nobud qilish xususiyati bir xil. O‘simliklarga ta'sir etish tabiatiga ko‘ra gerbitsidlar quyidagi 2 guruhga bo‘linadi: 1. Barcha o‘simliklarga yalpi ta'sir etuvchi gerbitsidlar, 2. Tanlab ta'sir etuvchi (selektiv) gerbitsidlar. Agar gerbitsidlarningkonsentratsiyasi kuchli bo‘lsa, ularning hammasi ham yalpi ta'sir etuvchi gerbitsidlar qatoriga kiradi. O‘simliklarga ta'sir etish formasiga ko‘ra gerbitsidlarni quyidagi ikki guruhga bo‘linadi: 1) Kontakt gerbitsidlar, 2) Sistemali gerbitsidlar O‘simlik to‘qimalariga bevosita yopishgan holda ta'sir qilsa, ularni kontakt gerbitsidlar deyiladi. O‘simliklarning o‘tkazuvchi naylari orqali harakatlanib ta'sir qiladiganlari sistemali gerbitsidlar (DNOK, pentaxlor, fenolyat natriy) deyiladi. Ular ta'sir etsa poya va barg tabiiy holatini yo‘qotib mo‘rtlashadi Gerbitsidlar o‘simliklarga barg yoki ildiz orqali ta'sir etadi. Gerbitsidlar eritma, kukunparoshok yoki pasta holida ishlatiladi. Gerbitsidlar bilan ishlaganda uning konsentratsiyasi, iqlim sharoitiga, o‘simlik turiga va agrotexnika tadbirlariga amal qilish lozim. Defoliantlar o‘simlik bargini to‘kuvchi moddalar xisoblanadi. Defolyant sifatida kalsiy sianamid, magniy xlorat qo‘llaniladi. Gerbitsidlardan farqli ravishda defoliantlar o‘simlikni nobud bo‘lishiga yoki o‘sishini to‘xtab qolishiga olib kelmaydi. Kichik miqdorda o‘sishni faollashtirish, katta miqdorda esa o‘sishni to‘xtatish va o‘simlikni nobud qilishi mumkin. Defoliantlar bilan sun'iy barg to‘kilganda, barglarda tabiiy barg to‘kilgandagi kabi moddalar almashinuvida o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Defoliantlar eritmalari barg to‘qimalariga kirib bor ib o‘simlikni oldindan qarish jarayonlarini kuchaytiradi. Desikantlar qishloq xo‘jaligi ekinlarini (kungaboqar, kartoshka, kanakunjut, g‘o‘za xosillari, lavlagi beda, karam, zig‘ir shingillari, beda to‘pgullari) yetilishini tezlashtirish, yig‘ishtirib olishni qulaylashtirish maqsadida yer ustki qismini suvsizlantirish-quritish maqsadida qo‘llaniluvchi pestitsidlarning bir guruhi. Download 477.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling