6-mavzu. O‘smirlar xulq-atvori psixokorreksiyasi. Gerontopsixologiyada psixokorreksiya Reja


O‘smirlarda qo‘rquv xolati psixokorreksiyasi


Download 34.68 Kb.
bet4/7
Sana03.02.2023
Hajmi34.68 Kb.
#1155089
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
6-мавзу

6.3.O‘smirlarda qo‘rquv xolati psixokorreksiyasi.
O‘smirlik inqirozi-O‘smirlik davriga kelib bola organizmi jadallik bilan va nomutanosib o‘sadi. Bu o‘sish ba’zan bolaning o‘zini yomonroq his qilishga va ayrim fiziologik kasalliklarni kelib chiqarishga sabab bo‘lishi mumkin. Bu xolatlarning barchasi bolani tashvishga soladi va uning asabiylashiga olib keladi.
O‘zini katta bo‘lib, o‘zgarayotganini his qilgan o‘smirda endi kattalar xayoti bilan yashash ehtiyoji yuzaga kela boshlaydi. O‘smir o‘zini kattalardek to‘tishga, katta bo‘lib qolganini ko‘rsatishga xarakat qila boshlaydi. Juda ko‘pgina o‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichmliklarga qiziqib qoladilar. Katta odam chekuvchi, ichuvchi singari yangi rolda o‘zini normal yaxshi his qilmagan o‘smir juda qattiq tashvishga tushadi va undan krizis xolati yuzaga keladi. Shuningdek, bu krizis o‘smirning ma’naviy o‘sishi shuning psixikasidagi o‘zgarishlar bilan xam bog‘liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o‘zgaradi o‘zining yaqinlari, do‘stlari, tengdoshlari bilan yangi munosobatlar yuzaga keladi. Lekin, eng katta o‘zgarish uning ichki dunyosida yuzaga keladi. O‘smirda aksariyat xollarda o‘zidan qoniqmaslik xolati kuzatiladi. O‘zi xaqidagi mavjud fiklarning bugun unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarga to‘g‘ri kelmayotganligi o‘smirni ikkinchi tomondan tashvishlantirib asabiylashishiga sabab bo‘ladi. Bu esa bolada o‘zi xaqida salbiy fikr va qo‘rquvni yuzaga keltirishi mumkin.
O‘smirlik psixik rivojlanishdagi yangilanishlar-O‘smirlik davrida asosan bilish jarayonlari yuqori darajada rivojlanadi. Bu yillarda o‘smirlarga xayot davomida kerak bo‘ladigan asosiy shaxsiy va tadbirkorlik xususiyatlari ochiq ko‘rina boshlaydi.Xotira mexanik xotira darajasidan mantiqiy xotira darajasiga ko‘tariladi.Nutq asosan yuqori darajada rivojlangan, xilma-xil va boy tafakkur esa o‘zining barcha ko‘rinishlari: xarakatli, obrazli, mantiqiy darajasida rivojlanadi.O‘smirliarni endi turli amaliyot va aqliy faoliyatlarga o‘rgatio‘ mumkin.Shuningdek, bu davrda umumiy va maxsus layoqatlar shakllanadi va rivojlanadi.
O‘smirlik davriga juda ko‘p ziddiyatlar va qarama-qarshiliklar xos. Maktab dasturi va boshqa ishlar bilan bog‘liq turli masalalarni yechishda ko‘zga tashlanadigan o‘smirlarning intelektual rivojlanganligi kattalarni ular bilan birga jiddiy muammolar bo‘yicha fikrlashga undaydi, o‘smirlarning o‘zlari xam bunga xarakat qiladilar. Boshqa tomondan esa ayniqsa, kelajak kasb, xulq-atvor etikasi, o‘z majburiyatlarga mas’ullik kabi muammolar muxokamasida infantillikni (yosh bolarlarga xos jismoniy va psixologik xolat) kuzatish mumkin. 5-6 sinf o‘quvilariga sinfdagi o‘zi egallagan mavqeiga katta e’tibor berish xususiyati xos. Ayniqsa 6 sinfdan boshlab o‘quvchilar o‘z tashqi ko‘rinishlariga, shuningdek qarama-qarshi jinsdagi bolalar va ular bilan o‘zaro munosabatlariga e’tibor bera boshlaydilar. 7-sinf o‘quvchilarida esa o‘z layoqatlarini rivojlantirishga xos qiziqish yuzaga keladi.8 sinf o‘quvchilari esa mustaqillik, o‘ziga xoslik, do‘stlik va o‘rtoqlik bilan bog‘liq bo‘ladigan shaxsiy hislatlar yuqori baholanadi. O‘smirlarning ana shu ketma-ket yuzaga keladigan qiziqishlariga asoslangan xolda faol ravishda irodaviy ishbilarmonlik va boshqa foydali sifatlarni rivojlantirish mumkin. Ta’kidlab o‘tganimizdek, o‘smirlik davrida turli fanlarni turli xil o‘qituvchilar o‘qitish munosabati yuzaga keladi. Kattalar shaxsi va faoliyatini baholashning yangi mezonlari xam ularda shakllana boshlaydi. O‘smirlik asosan bilimli, talabchan, xaqqoniy, o‘quv materialini qiziqarli va tushunarli yo‘l bilan yetkaza oladigan o‘quvchilarni ajratmaydigan o‘qituvchilarni ko‘proq xurmat qiladilar va yaxshi ko‘radilar. Ular o‘qituvchi bilan munosabatlariga xam katta e’tibor beradilar.

Download 34.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling