6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja


Download 237.5 Kb.
bet5/17
Sana18.06.2023
Hajmi237.5 Kb.
#1569480
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari

Sofistika5 dastlab qadimgi yunon falsafasida paydo bo‘lib, o‘rta asrlarda, ayniqsa keng tarqaladi.
Qadimgi davr yunon falsafasida biror xunar yoki bilim sohasini mukammal egallagan kishilar sofistlar, deb atalgan. O‘rta asrlarga kelib, notiqlik, donishmandlik, bilimdonlik bilan nom chiqargan, turli omonim so‘zlar asosida kishilarning boshini qotiradigan, ustamonlik bilan ular fikrlarini chalg‘itadigan kishilar ham sofist­lar, deb nom oldi.
Sofistik tafakkur usuli muhokama jarayonida bilib turib, atayin yolg‘on asoslardan yolg‘on xulosalar chiqarishdir. Shu bois Forobiy sofistikani «yolg‘ondakam donolik» deydi. Uning fikricha, sofistik tafakkur usuli yolg‘onni rost shaklda tasavvur qilishga majbur qilib, kishini to‘g‘ri fikrlashdan adashtiradi.
Sofistika ijtimoiy ildizlarga ega. Haqiqatni atayin buzib, yolg‘on fikrni haqiqat sifatida ko‘rsatishga asoslanish doim ma’lum manfaatdan kelib chiqib qilinadi. Odatda, bunga formal mantiq qonunlari talablariga ko‘ra yondashish ham imkon tug‘diradi. Lekin sofistik tafakkur usulini faqat salbiy jihatdan qarash to‘g‘ri emas. Sababi: san’atda har xil komik vaziyatni yaratishda, badiiy tasvirda ijobiy rol o‘ynaydi. Shuningdek, dialektik tafakkurning qaror topishida uning o‘ziga xos muhim o‘rni bor. Forobiy yozganidek, mantiq qonunlariga qatiy bo‘ysuniladigan fikr jarayoni sofistik tafakkur usulidan kishini xalos qiladi. Fikr mantiqiy bo‘lishi uchun u formal mantiqdan dialektik mantiq qonunlari darajasiga ko‘tarilishi lozim.
Eklektika6 ham dastlab qadimgi yunon falsafasida yuzaga keldi. Eklektik tafakkur usuli, o‘rta asr va yangi zamon falsafasi sxolastlari qarashlarida, ayniqsa, keng qo‘llanildi. Narsa-hodisalarning muhim va nomuhim, asosiy va ikkinchi darajali xususiyatlari o‘rtasidagi bog‘lanishlar mexanik ravishda birlashtirilib, qorishtirilib ifodalanadi. Narsa-hodisalar va bog‘lanishlariga konkret, muayyan makon va zamon, ma’lum vaziyat va shart-sharoitda yondashmaslik, asosiy va ikkinchi darajali tomonlarini hisobga olmaslik asosida eklektik tafakkur usuli paydo bo‘ladi. Bu, ayniqsa, rahbarning amaliy va nazariy faoliyatida turmush ilgari surayotgan masalalarni to‘g‘ri hal qilishiga katta xalaqit beradi. U bunda hayotiy muammolarning qaysi biri muhim, birinchi navbatda hal qilinishini bilmaydi, voqealar zanjiridagi asosiy xalqalarni ajrata olmaydi.
Eklektik tafakkur usu­li asosida ham formal mantiq qonunlaridan noto‘g‘ri foydalanish, narsa-hodisalar mohiyatiga yuzaki yondashish yotadi. Natijada, dogmatik tafakkur qaror topadi.

Download 237.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling