6-mavzu: O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari. Falsafa kategoriyalari. Reja
Rivojlanish, o‘zgarish va taraqqiyot tushunchalari
Download 237.5 Kb.
|
6. O‘zaro aloqadorlik va rivojlanish qonunlari
Rivojlanish, o‘zgarish va taraqqiyot tushunchalari. Dialektika taraqqiyot to‘g‘risidagi ta’limot. Tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, ularning inson miyasidagi in’ikoslari o‘zaro aloqador, doimiy harakatda, o‘zgarish va rivojlanishda. Ma’lumki, harakat borliqning umumiy yashash usuli, uning ajralmas xossasi. Kundalik hayotda «harakat», odatda, narsa-hodisalarning oddiy o‘rin almashuvi, deb tushunilsa, dialektikada esa «O‘ZGARISh» tushunchasi hajm jihatdan «harakat» tarkibiga kiradi. Chunki har qanday o‘zgarish harakatdir, lekin har qanday harakat o‘zgarish emas. O‘zgarish narsa-hodisalarning bir holatdan ikkinchi holatga, bir ko‘rinishdan boshqa ko‘rinishga o‘tishidir. Masalan, yangi buyumning eskirishi kabi. Biroq «o‘zgarish» o‘z ichiga «rivojlanishni» oladi, garchi har qanday o‘zgarish rivojlanish bo‘lmasa ham.
RIVOJLANISh esa bu – progress1 tomon o‘zgarish, quyidan yuqoriga, oddiydan murakkabga qarab ilgarilab boruvchi harakatdir. Muayyan yo‘nalishdagi yangi holat eski holatning, yuqori bosqich quyi bosqichning o‘rnini olib, miqdor va sifat jihatdan tubdan o‘zgarib, eski narsa-hodisalar yo‘qolib, ular o‘rnini yangi narsa-hodisalar oladi. O‘zgarish o‘z ichiga regress2larni ham oladi. Rivojlanish, to‘g‘ri chiziq bo‘ylab harakat emas. Har qanday real rivojlanish spiralsimon holda, uning har bir yangi o‘rami oldingisiga qaraganda keng, boy, mazmunli, yuqoriroq asosda egri-bugri yo‘llar bilan sodir bo‘ladi. Progress tomon rivojlanish tabiat, jamiyat, inson va inson tafakkuriga xos asosiy umumiy xususiyatlardan biridir. Noorganik tabiatda rivojlanish moddiy ob’ektlar, ulardagi o‘zaro aloqadorlik va harakat turlarining tobora murakkablashib borishi tarzida namoyon bo‘ladi. Organik tabiatda esa tirik organizmlarning tashqi muhitga moslashuvi, tabiiy va sun’iy tanlanish jarayonida eski, sodda turlar o‘rniga yangi, murakkabroq turlarning paydo bo‘lib, takomillashib borishida ifodalanadi. Odamning rivojlanishi uning mehnat, til, ong va ahloq ta’siri ostida ijtimoiy zot – insonga aylana borishi, nihoyat, hozirgi zamon kishisi darajasigacha bosib o‘tilgan bosqichlarni qamraydi. Jamiyat hayotida progress tomon rivojlanish bir quyi ijtimoiy-iqtisodiy bosqichdan unga nisbatan yuqoriroq bosqichlarga o‘tib borishi asosida ro‘y beradi. Inson tafakkuri jarayonida rivojlanish inson bilishining bilmaslikdan bilishga, to‘la bo‘lmagan bilimlardan to‘laroq bilimlarga, oddiy bilishdan ilmiy bilishga tomon yuksalib borishidir. Umuman, rivojlanish atamasi ifodalagan jarayon unchalik sodda emas. Unda muayyan davriy, progressga tomon takrorlanmas o‘zgarishlar, turli xil zigzaglar mujassam. Ayniqsa, jamiyatda yuz berayotgan o‘zgarishlar tahlikali tendensiya, halokatlar xavfi bor jarayonlarni ham o‘z ichiga olishini to‘g‘ri anglab, to‘g‘ri xulosa chiqarishda yangicha fikrlash zarur. Masalan, oqibatini o‘ylamay tabiat boyliklarini talon-taroj qilish bugungi kunda tabiat umumiy tanazzuli xavfini tug‘dirdi. Rivojlanish jarayoni tabiatan turlicha yo‘nalishdagi, bir-biriga qarama-qarshi va ayni vaqtda bir-biridan ajralmas tendensiyalarga ega. Bu tendensiyalar differensiatsiya3 va integratsiya4 jarayonlarining birligidan iborat. Rivojlanishning turli bosqich, konkret xususiyatlari turli konkret fanlar tomonidan o‘rganilib, muayyan sohaga oid alohida nazariyalar ishlab chiqiladi. Masalan, hozirgi zamon kosmologiyasi koinot, galaktikalar, kosmik ob’ektlarning kelib chiqishi; evolyusion biologiya esa tirik organizmlarning rivojlanishi, sodda turlardan murakkab turlarning kelib chiqishi; tarix fani kishilik jamiyatining rivojlanish qonuniyatlari; tilshunoslik fani tillarning rivojlanish qonuniyatlari haqidagi nazariyalariga ega. Bular rivojlanishning turli konkret maxsus sohalariga oid nazariyalardir. Download 237.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling