O’ZBEKISTON RESPUBLI KASI TA’LIM TI ZIMI
Reja:
1. O’zbekiston Respublikasining kadrlar tayyorlash
milliy modeli va uning
mohiyati.
2. Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari.
3. Pedagoglik kasbi, uning paydo bo’lishi va ravnaq topishi.
4. SHarq mutafakkirlari va G’arb pedagoglari jamiyatda pedagoglik kasbining
tutgan o’rni haqida.
5. O’qituvchining asosiy vazifalari va uning shaxsiga qo’yiladigan talablar.
O’zbekiston Respublikasining Kadrlar tayyorlash milliy modeli va uning
mohiyati. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’limni
takomillashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Ana shu maqsadda keng
ko’lamli islohotlar amalga oshirildi.
Har qanday jamiyatning kuchi fuqarolarning ma’naviy
yetukligi,
intellektual
salohiyatga egaligi bilan belgilanadi. Fuqarolarning ma’naviy yetukligi, intellektual
salohiyati esa ta’lim tizimining mazmuni, shaxsning har tomonlama shakllanishi
uchun xizmat qiluvchi moddiy va ma’naviy shart-sharoitlarning
mavjudligi,
jamiyatda qaror topgan ijtimoiy sog’lom muhit darajasi, ijtimoiy munosabatlar
mohiyati,
shuningdek, aholining etnopsixologik xususiyatlari, axloqiy qarashlari va
hayotiy e’tiqodlari asosida shakllantiriladi.
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” qanday hujjat? Uning mazmunida qanday
g’oyalar ifoda etilgan?
“Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim
to’g’risida”gi Qonuni g’oyalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim
tizimidagi jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan
hamda yuksak umumiy
va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka,
ijtimoiy-siyosiy hayotda
mustaqil ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol
vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini
shakllantirishga yo’naltirilgandir.