6-mavzu: pedagogik tizimlarni loyihalashtirish reja
b) ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari
Download 126 Kb.
|
6-MAVZU MATNI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’lim texnologiyasining modeli
b) ta’lim texnologiyasining kontseptual asoslari
o’quv fanining maqsadi, vazifalari va dolzarbligi, o’quv fani bo’yicha o’quv dasturiga mos auditoriya soatlarining hajmi va faoliyat turlari bo’yicha taqsimlanishi; o’quv fanining mazmuni: o’quv fanining o’quv dasturiga mos ravishda o’quv fanining mavzuiy mazmuni izchil bayoni yoritiladi; o’quv mashg’ulotlarida ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqishning kontseptual asoslari: bunda o’qitish, kommunikatsiya, axborot va boshqaruvning yo’l va vositalarini tanlash ishini amalga oshirish asosida yotuvchi ta’lim texnologiyasini loyihalashti-rishga kontseptual yondashuv belgilanadi v) ma’ruza, seminar va amaliy (laboratoriya) mashg’ulotlarda ta’lim texnolo-giyasi. 2. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini loyihalashtirish va rejalashtirish qoidalari. Ta’lim texnologiyasini ishlab chiqishda o’qituvchi harakatining ketma-ketligi
Ta’lim texnologiyasining modeli: 1. O’quv mashg’ulotini tuzilishini aniqlaydi. 2. O’quv mashg’ulotining maqsadini shakllantiradi, o’quv faoliyatining kutilajak natijalarini aniqlaydi va pedagogik vazifalarni belgilaydi. O’quv faoliyatining kutilajak natijalari – bu o’qitish natijasida talaba egal-lashi va bajarishi lozim bo’lgan harakatlar. Ular tomondan erishilgan natijalarni ob’ektiv baholash va belgilangan maqsadga mosligini aniqlash imkonini beradi, aniq, lo’nda va fe’l shaklida shakllantiriladi, tugallangan harakatni bildiradi (…..gapirib beradi, …..sanab, beradi, …. tavsiflaydi, …. yechimini topadi va hokozo). Pedagogik vazifalar – talabaning o’quv faoliyatini belgilangan natijasiga qarab harakatlanishini tashkil etishda o’qituvchi tomonidan bajarilishi lozim bo’lgan harakatlari. 3. Maqbul ta’lim modelini loyihalashtiradi (tanlaydi) Ta’lim modeli – bu belgilangan vaqtda va mavjud sharoitda belgilangan maqsadni amalga oshirish va bashorat qilingan o’quv natijalariga erishishni kafolatlaydigan ta’limning eng maqbul shakllari, usullari va vositalari majmuidir. 4. Qaytar aloqa yo’l va vositalarini tanlaydi: tezkor so’rov, savol-javob, o’quv topshirig’i natijalarini taqdimotini baholash va boshqalar. 5. Loyihaviy faoliyat natijasini jadval - o’quv jarayoni ta’lim texnologiyasi modeli ko’rinishida rasmiylashtiradi. 6. O’quv mashg’ulotida ta’lim texnologiyasini rejalashtirishni texnologik xarita ko’rinishida amalga oshiradi. O’quv mashg’uloti texnologik xaritasi – o’quv mashg’ulotida ta’lim tex-nologiyasi tuzilishining jarayonli (protsessual) bayoni aks etgan hujjat. O’quv mashg’ulotini o’ziga hos hususiyatlarini hisobga olgan holda, bosqichma-bosqich faoliyat ketma-ketligining mazmunini yoritadi Download 126 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling