6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja


Download 231.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi231.65 Kb.
#1360340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti

Iqtisodiy xarajatlar – bu korxona to‘lashi shart bo‘lgan to‘lovlardir. 
Bunday to‘lovlar tashqi yoki ichki to‘lovlar bo‘lishi mumkin. Korxonaning o‘z 
hisobidan mehnat resurslari, xom ashyo, yoqilg‘i, transport xizmatlari, energiya va 
boshqalar bilan ta’minlovchilar foydasiga beradigan pul to‘lovlari, ya’ni pul 
xarajatlar – tashqi xarajatlar deb ataladi. Boshqacha so‘z bilan aytsak, tashqi 
xarajatlar shu korxonaga egalik qilmaydigan ta’minlovchi tashkilotlarning 
resurslari uchun to‘lovlardan iboratdir. Korxona bulardan tashqari, faqat o‘z 
ixtiyorida bo‘lgan resurslardan ham foydalanishi mumkin. Resurslardan 
foydalanish bo‘yicha bo‘ladigan xarajatlar ichki xarajatlar, ya’ni haq 


to‘lanmaydigan xarajatlar deb ataladi. Korxona yoki tarmoqning belgilangan 
hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qiladigan xarajatlari ishlab 
chiqarishda band bo‘lgan barcha resurslar miqdorini o‘zgartirish imkoniyatlariga 
bog‘liqdir.
Foydalaniladigan ko‘pgina resurslar miqdori (ko‘pincha jonli mehnat turlari, 
xom ashyo, yoqilg‘i, energiya va boshqalar) osongina, tez o‘zgartirilishi mumkin. 
Boshqa resurslarni o‘zlashtirish uchun ko‘p vaqt talab qilinadi.
Masalan, qayta ishlash sanoati korxonalari asosiy fondlari, ya’ni uning ishlab 
chiqarish binolari maydonlari, undagi mashina va dastgohlarning miqdori uzoq 
vaqt mobaynidagina o‘zgartirilishi mumkin.
Ishlab chiqarish jarayonida ishlatiladigan resurslar hajmini o‘zgartirishga 
ketgan vaqt - qisqa muddatli va uzoq muddatli davrlarga ajratiladi. 
Qisqa muddatli davr – bu korxona o‘zining o‘zgarmas ishlab chiqarish 
quvvatidan intensiv foydalanish darajasini o‘zgartirish uchun yetarli miqdordagi 
davrdir. 
Uzoq muddatli davr – bu ancha uzun bo‘lgan davr bo‘lib, korxonada band 
bo‘lgan barcha resurslar va ishlab chiqarish quvvati miqdorini ham o‘zgartirish 
mumkin bo‘ladi. Tarmoq nuqtai nazaridan olsak, uzoq muddatli davr - uning 
tarkibida amal qilib turgan korxonalar tarmoqni tark etib ketishi va yangilari 
tarmoq tarkibiga qo‘shilishi uchun yetarli bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi. Agar 
qisqa muddatli davr – quvvatlarni o‘zgartirish mumkin bo‘lmagan davrdan iborat 
bo‘lsa, uzoq muddatli davr o‘zgaruvchan quvvatlar davridir. Mahsulot ishlab 
chiqarishning kamayib borishi yoki «nisbatlar o‘zgarishi» qonuni shuni 
tasdiqlaydiki, ma’lum vaqtdan so‘ng o‘zgaruvchan resurslar birligini o‘zgarmas 
resurslarga sarfni oshirib borish har bir keyingi o‘zgaruvchan resurs birligiga 
to‘g‘ri keladigan qo‘shimcha pirovard mahsulotni ishlab chiqarishni kamaytiradi. 
Boshqacha qilib aytsak, agar shu mashinalarda xizmat qiluvchi ishchilar soni oshib 
borgan sari mahsulot ishlab chiqarish hajmi ham pasayib boradi.

Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling