6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja


Mahsulot bahosi to‘g‘risida tushuncha. Mahsulot bahosin belgilash


Download 231.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/6
Sana16.04.2023
Hajmi231.65 Kb.
#1360340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti

  
3. Mahsulot bahosi to‘g‘risida tushuncha. Mahsulot bahosin belgilash 
asoslari.  
Xarajatlar o‘zining turli belgilari bo‘yicha hisob va tahlil ob’ektiga 
bo‘linadi. Bular bevosita korxona xarajatlarining yuzaga chiqish o‘rni, shakli, 
javobgarlik markazlarining tarkiblanishi bilan bog‘lanadi. Iqtisodiy tahlilning 
muhim jihati bevosita ushbu ob’ektlar bo‘yicha xarajatlarni davriy o‘rganish 
asosida ularni kamaytirish yuzasidan korxonada mavjud bo‘lgan ichki 
imkoniyatlarni aniqlash va ularni ishga solishga qaratilgandir. Bu esa korxona 
faoliyatining natijasi bilan ham bog‘lanadi.


Ishlab chiqarish xarajatlarini tahlil etishda ularni kamaytirish yo‘nalishlarini 
belgilash birinchi o‘ringa qo‘yiladi. Bu borada ishlab chiqarish xarajatlarini reja 
va o‘tgan yillarga nisbatan mahsulot hajmiga ta’sir etmagan holda o‘sib ketishi 
sabablari o‘rganiladi. Ularni maqsadli boshqarishning yo‘nalishlari belgilanadi. 
Resurslarning tejalishi va shu asosda rag‘batlantirish mexanizmining yo‘lga 
qo‘yilishi istiqbol ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tavsiflash va belgilash imkonini beradi. 
Korxonada nafaqat ishlab chiqarish xarajatlari, balki ishlab chiqarishdan tashqari 
xarajatlarni ham to‘g‘ri boshqarishga muhim ahamiyat beriladi. Mahsulot ishlab 
chiqarishning kritik hajm darajasini aniqlash va unda o‘zgaruvchan hamda 
o‘zgarmas xarajatlarni to‘g‘ri belgilash masalalari ham tahlilning muhim jihatidir. 
Mahsulot ishlab chiqarishning kritik hajm darajasi ishlab chiqarish xarajatlarini 
mahsulot hajmining o‘zgarishiga muvofiq me’yorlanishi bilan belgilanadi.
Tahlil etishda o‘rganish ob’ekti va tahlil maqsadidan kelib chiqqan holda 
korxona xarajatlarining u yoki bu turkumi bo‘yicha o‘zgarishlar va o‘zgarish 
sabablariga baho beriladi. Taqqoslashdagi qiyosiy o‘rganishda joriy davr va o‘tgan 
yil ma’lumotlari, reja ko‘rsatkichlari, o‘rtacha ko‘rsatkichlar va tarmoq bo‘yicha 
boshqa ma’lumotlar olinadi. Taqqoslashda ko‘rsatkichlar bo‘yicha mutloq 
o‘zgarishlar nisbiy ko‘rsatkichlarni qo‘llash orqali to‘ldiriladi. Muhim jihati 
shundaki, e’tibor dinamik o‘zgarishlar va ularni taqqoslashdagi muammolarga 
qaratiladi. Bu muammolar bevosita ma’lumotlarning taqqoslash vaznlari va 
ularning bir xil kuchda emasligi bilan belgilanadi. Mahsulot ishlab chiqarish 
hajmini baholashda taqqoslama baholarning qo‘llanilishi kabi ishlab chiqarish 
xarajatlarini ham dinamik jihatdan to‘g‘ri baholash uslubini yaratish lozim. Bu 
masalada ko‘proq xarajatlarni nisbiy ko‘rsatkichlar asosida o‘rganishda foyda 
beradi. Xarajatlarning taqqoslash ko‘rsatkichiga nisbatan o‘zgarishlari va 
o‘zgarish sabablariga e’tibor qaratiladi.

Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling