6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja


-jadval  Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha


Download 231.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/6
Sana16.04.2023
Hajmi231.65 Kb.
#1360340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti

1-jadval 
Ishlab chiqarish xarajatlarining iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha 
turkumlanishi
Iqtisodiy elementlar bo‘yicha
Moddalar bo‘yicha 
Ishlab chiqarish xarakteridagi 
bevosita va bilvosita xarajatlar 
Xom ashyo 
Yoqilgi 
Elektr quvvati 
Extiyot qismlar 
Idishlar va h.k 
Ishlab chiqarish xarakteridagi bevosita va 
bilvosita mehnat haqi xarajatlari 
Asosiy ish haqlari 
Qo‘shimcha ish haqlari 
Ish haqlariga ustamalar 
Ishlab chiqarishga taaluqli 
Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga 


 mehnat haqidan ajratmalar 
Mehnat birjasiga 
Kasaba uyushmasiga 
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar 
amortizatsiyasi, eskirish xarajatlari 
Nomoddiy aktivlarning eskirishi 
Asosiy vositalarning eskirishi 
Asosiy vosita va nomoddiy aktivlar
ijara haqlari 
Ishlab 
chiqarish 
xarakteridagi 
boshqa 
xarajatlar 
Turli ishlar va xizmatlar 
Soliqlar, yigimlar
Ishlab chiqarish xarajatlarini iqtisodiy elementlar va moddalar bo‘yicha 
o‘rganish quyidagicha farqlanadi: bo‘limlar va korxona bo‘yicha jami xarajatlar 
faqat iqtisodiy elementlar bo‘yicha o‘rganiladi, mahsulotlar turi va turkumi 
bo‘yicha esa ishlab chiqarish xarajatlari kalkulyatsiya moddalari asosida ko‘rib 
chiqiladi. Tahlil etishda ishlab chiqarish xarajatlarining jami o‘zgarishi va uning 
tarkib bo‘yicha o‘zgarishlari mutloq va nisbiy jihatdan o‘rganiladi. Nisbiy jihatdan 
o‘rganishda har bir turkum xarajat moddasi yoki elementining jami ishlab 
chiqarish xarajatlari tarkibidagi salmog‘iga baho beriladi. Mahsulotlarni ishlab 
chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlar tarkibini iqtisodiy elementlar va 
moddalar bo‘yicha quyidagi tarkibda berish mumkin.
Bir so‘mlik mahsulot hajmiga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarajatlari 
va ularning har bir xarajat elementi bo‘yicha o‘rganilishi ham xarajatlarni 
maqsadli boshqarishda muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bir so‘mlik 
mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarishxarajatlari korxona asosiy 
faoliyatining samaradorligini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichdir. Ushbu 
ko‘rsatkichni ayrim tur xarajat elementlari bo‘yicha ham o‘rganish mumkin: bir 
so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan moddiy ishlab chiqarish xarajatlari, bir 
so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan ishlab chiqarish xarakteridagi mehnat haqi 
va xarajatlari va h.k. Bir so‘mlik mahsulotga to‘g‘ri keladigan xarajat 
ko‘rsatkichini quyidagi bog‘lanishlarda aniqlash mumkin:


Mahsulot ishlab chiqarish uchun ma’lum miqdorda xarajatlar talab qilinadi. 
Xarajatlarning pulda ifodalanishi mahsulotning tannarxini tashkil etadi. Mahsulot 
tannarxi sanoat korxonalarida ish samaradorligini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich 
hisoblanadi. Mahsulot tannarxining o‘zgarishda xarajatlardan foydalanishning 
samaradorlik darajasini, mehnat unumdorligini, ishchilarga to‘lanadigan mehnat 
haqini, asosiy fondlardan foydalanishni va xom ashyo-materiallaridan 
foydalanishni ko‘zda tutamiz. Chunki sanoat korxonalarining xo‘jalik hisobida 
ishlash jarayonida mahsulot tannarxining pasayishi muhim ahamiyatga ega.
Mahsulot tannarxini tahlil qilishda hisobot davridagi mahsulot tannarxi 
rejadagi mahsulot tannarxi bilan hamda o‘tgan yilgi mahsulot tannarxi bilan 
taqqoslanadi. Mahsulot tannarxini tahlil qilishda tahlilning vazifalari 
quyidagilardan iborat:
- umumiy xarajatlar sarfiga baho berish, - xarajatlarni elementlari va 
moddalari bo‘yicha qanday sarflanganligini tekshirish, - bir so‘mlik tovar 
mahsulot uchun ketgan xarajatlarni tahlil qilish va uning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash, - xarajatlarning ayrim moddalarini alohida-
alohida tahlil qilish va shuning bilan birga tahlilning natijalariga ko‘ra mahsulot 
tannarxini pasaytirish imkoniyatlarini belgilab berish.
Mahsulot tannarxi - korxonaning mahsulot ishlab chiqarish va sotish 
xarajatlarining puldagi ifodasidir. Tannarx asosida ishlab chiqarish xarajatlari 
yotadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot tannarxini tahlil qilishning 
ahamiyati mulkchilikning barcha shakllarida ish yuritayotgan korxonalar uchun 
ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish xarajati to‘g‘risida to‘la-to‘kis ma’lumotga ega 
bo‘lmasdan ishlab chiqarishni ilmiy jihatdan va samarali boshqarish mumkin 
emas. Bu ko‘rsatkich foyda, daromad, rentabellik darajasi, baho va boshqa ko‘p 
ko‘rsatkichlar bilan bog‘liq. Shuning uchun qishloq xo‘jalik korxonalarda 
mahsulotlarning ishlab chiqarish tannarxi va to‘liq tannarxini farqlash kerak. 


Korxonaning ishlab chiqarish uchun qilgan barcha xarajatlari mahsulotning ishlab 
chiqarish tannarxini belgilaydi.
Mahsulotning to‘liq tannarxi esa ishlab chiqarish tannarxi va mahsulotni 
sotish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarini o‘z ichiga oladi. Xalq turmush 
darajasining yuksalishi mahsulot tannarxning pasayishiga ko‘p jihatdan bog‘liq. 
Bunga esa, asosan, mehnat samaradorligini oshirish va ishlab chiqarish 
xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin. U jonli va buyumlashgan 
mehnatni tejashni bildiradi, foyda miqdorining ko‘payishini, byudjetga tushadigan 
to‘lovlarning ortishini ta’minlaydi. Shu bois mahsulot tannarxini muntazam 
ravishda pasaytirib borish muhim ahamiyatga ega bo‘lib, ishlab chiqarishning 
barqaror rentabellikka ega bo‘lishini ta’minlashning muhim shartidir.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning asosiy yo‘llari quyidagilardan iborat: 
boshqaruv usullarini, ishlab chiqarish va mehnatni ilmiy tashkil qilishni, xo‘jalik 
hisobini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlari va ishlab chiqarish 
fondlaridan foydalanishni yaxshilash, moddiy resurslardan tejab-tergab 
foydalanish, ishlab chiqarishni boshqarish va unga xizmat ko‘rsatish xarajatlarini 
kamaytirish, xo‘jasizlikka qarshi kurashish va hokazolar.
Ishlab chiqarish korxonalarida mahsulot tannarxini tahlil qilishning 
vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Mahsulot tannarxini pasaytirish rejasining bajarilishini aniqlash; 2. Tannarxni 
rejalashtirilganiga nisbatan o‘zgarish sabablarini aniqlash va uni pasaytirish 
imkoniyatlarini topish;
3. 
Tannarxni pasaytirish imkoniyatlarini aniqlashga qaratilgan choratadbirlar 
ishlab chiqarish;
4. 
Mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish bilan bog‘liq bo‘lgan haqiqiy 
xarajatlarning rejaga nisbatan bo‘lgan iqtisod (tejash) yoki ortiqcha xarajatga ta’sir 
etuvchi omillarni aniqlash;
5. 
Mahsulot ishlab chiqarish jarayonida moddiy va mehnat resurslaridan to‘g‘ri 
va oqilona foydalanish ustidan nazorat olib borish;
6. 
Mahsulot ishlab chiqarishda mahsulot ayrim turlarining haqiqiy tannarxini 
reja tannarxi bilan solishtirish va farqlarni belgilash, ularning sabablari va 
tannarxini pasaytirishning imkoniyatlarini aniqlash, tannarx bo‘yicha rejaning 
bajarilishini nazorat qilish.
Tahlil qilish mahsulot tannarxining qator yillar bo‘yicha va tarkibini 
tekshirishdan, asosiy mahsulot turlarning tannarxini pasaytirish rejasining 
bajarilishini o‘rganishdan boshlanadi. Mahsulot tannarxini pasayishi va oshishiga 
ta’sir etuvchi omillar o‘rganiladi. Buning uchun mahsulot turi bo‘yicha tahlil 
etiladi. Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga 
olish va mahsulotlar tannarxini aniqlash, moliyaviy natijaga dahldor bo‘lgan 
elementlarni iqtisodiy jarayonlarning turi, o‘rni, joyi va javobgarlik bo‘yicha 


hisobga olinishini va nazorat qilinishi korxonaning xo‘jalikmoliya faoliyatini 
boshqarishda muhim hisoblanadi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish 
tannarxini aniqlashga hisobkitoblarining muhim ob’ekti sifatida qaraladi. Bunda 
mahsulot tannarxining to‘g‘ri aniqlanishiga ahamiyat beriladi. Mahsulotlar 
tannarxini aniqlash va hisobga olish, moliyaviy natijaviylikni tarkibli o‘rganish 
bilan birga, foydaning shakllanish qatorlarini to‘g‘ri baholash imkonini beradi. 
Alohida olingan mahsulotlar tannarxining tahlili xarajatlarni iqtisodiy elementlar 
bo‘yicha emas, balki xarajat moddalari bo‘yicha o‘rganishni, ularning rejaga va 
o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishlariga baho berishni hamda o‘zgarish sabablarini 
o‘rganishni tavsiflaydi. Alohida olingan mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxini 
aniqlash va tahlil etish ishlab chiqarishni boshqarishda sarflar va daromadlarning 
yuzaga chiqish o‘rinlariga to‘g‘ri baho berish imkonini beradi. Mahsulotlar ishlab 
chiqarish tannarxiga va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni xarajat 
moddalarining har bir turi bo‘yicha alohida tarkiblash mumkin. Material xarajatlar 
yoki xom ashyo xarajatlar o‘zgarishiga moddiy sarflar me’yorining o‘zgarishi, 
ularning sotib olish baholarining o‘zgarishi ta’sir qilsa, mehnat haqi xarajatlarining 
o‘zgarishida ishchilar soni ta’sir qiladi. Amortizatsiya xarajatlari bo‘yicha ham 
xuddi shu shaklda tarkiblashni aytib o‘tish mumkin, ya’ni, amortizatsiyalangan 
qiymatning o‘zgarishi, amortizatsiya me’yorlari, shuningdek amortizatsiya 
ajratmalari ajratiladigan asosiy vositalar turi, salmog‘iga bog‘liq va h.k. Omillar 
ta’sirini aniqlashda har bir ta’sir birligi alohida va boshqa omillar ta’sirisiz 
o‘rganiladi. Alohida mahsulot turlari bo‘yicha ishlab chiqarish tannarxini aniqlash 
va tahlil etish, ayrim mahsulotlarning foydali va rentabillik darajasini tahlil etishda 
juda qo‘l keladi. Mahsulot ishlab chiqarish va texnologik jarayonlarning 
xususiyatiga bog‘liq. Sanoat korxonalaridagi kalkulyatsiyamoddalari tarkibining 
deyarlik bir xilda bo‘lishi tannarxni umumiy hajmda va uslubda o‘rganish 
imkonini beradi. Bunday tahlil bozor iqtisodiyoti sharoitida mahsulot birligiga 
belgilanadigan narxni aniqlashda foyda va rentabillikni oshirishda muhim o‘rin 
tutadi.
Xarajatlar ichida ko‘p ulushni material xarajatlari tashkil etadi, shuning 
uchun material xarajatlari sarfini tahlil qilishga alohida to‘xtalib o‘tilishi zarur. 
Material xarajatlarining o‘zgarishi, asosan, eng muhim ikkita omilga bog‘liq. 
Birinchisi, sarflanadigan material xarajatlari me’yorining o‘zgarishiga, ikkinchisi, 
material xarajatlari bahosining o‘zgarishiga bog‘liq bo‘ladi. Ishlab chiqarish 
korxonalarida tannarxi tahlil qilishda umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlardan biri, bir 
so‘mlik tovar mahsuloti uchun sarflangan xarajat hisoblanadi. Tahlil jarayonida 
bir so‘mlik tovar mahsulot uchun sarflangan xarajatlarning o‘zgarishiga ta’sir 
ko‘rsatuvchi omillarni aniqlash muhim ahamiyatga ega. Buning o‘zgarishiga 
ishlab chiqarilgan mahsulot tarkibining o‘zgarishi, materiallar bahosining 


o‘zgarishi, ayrim mahsulotlar tannarxining o‘zgarishi va boshqa omillar ta’sir 
ko‘rsatadi.
Mahsulot tannarxini pasaytirishning imkoniyatlarini aniqroq bilish uchun 
kalkulyatsiya moddalarida berilgan xarajatlarni har taraflama o‘rganish zarur. 
Birinchi navbatda, qaysi moddalari bo‘yicha ko‘proq sarflarga yo‘l qo‘yilgan 
moddalar tahlilga jalb qilinadi, sabablari o‘rganiladi va pasaytirish yo‘llari 
belgilab beriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 5 
fevralda qabul qilingan 54-sonli “Mahsulot (bajarilgan ish, ko‘rsatilgan xizmat)lar 
ishlab chiqarish tannarxi, mahsulot (ish bajarish, xizmat ko‘rsatish) ishlab 
chiqarish va sotish xarajatlari tarkibi va moliyaviy natijalarning shakllanish tartibi 
to‘g‘risida”gi Nizomga asosan mahsulot (ish, xizmat)ning ishlab chiqarish 
tannarxi mahsulotni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash jarayonida 
foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materialllar, yoqilg‘i, energiya, 
asosiy fondlar, mehnat resurslari va ishlabchiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa 
xarajatlar qiymatini o‘z ichiga olgan baho sifatida aniqlanadi.
Ishlab chiqarish tannarxini tashkil qiladigan xarajatlar quyidagi maqsadlar 
uchun aniqlanadi:
1. 
Mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan hosil bo‘lgan barcha xarajatlar 
to‘g‘risidagi ma’lumotlarning buxgalteriya hisobi schyotlarida to‘liq va aniq 
yig‘ilib borishi korxona faoliyatining rentabelik hamda bozordagi raqobat 
qobiliyati darajasini aniqlash;
2. 
Soliq solishni to‘g‘ri belgilash. Respublikamizda mavjud ishlab 
chiqarish korxonalarining mahsulot tannarxini chuqur va muntazam tarzda tahlil 
qilish milliy iqtisodiyotning rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, 
mahsulot tannarxi korxona rentabellik darajasi bilan bog‘liqdir. Tannarx qancha 
past bo‘lsa, rentabellik darajasi shuncha yuqori bo‘ladi. Demak, ishlab 
chiqarilayotgan mahsulotlarning tannarxini pasaytirish tadbirlarni amalga oshirish 
korxona moliyaviy natijasini ijobiy bo‘lishga, xalq turmush darajasining 
yuksalishiga olib keladi. Bunga esa, asosan, mehnat samaradorligini oshirish va 
ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish yo‘li bilan erishish mumkin. Bundan 
tashqari, bozorda tovar turlarini ko‘paytirib, korxonalarning xo‘jalik 
mustaqilligini ta’minlash kerak. Buning uchun, ishlab chiqarishga, ya’ni 
zamonaviy texnika-texnologiyani jalb qilish, malakali mutaxasislarni yetishtirish 
mavjud mehnat vositalardan samarali foydalanish darkor. Ishlab chiqarish 
korxonalari xarajatlari takribida mehnatga haq to‘lash va unga tenglashtiriladigan 
to‘lovlar salmoqli hissani takshil etadi. Mehnat haqiga tenglashtiriladigan to‘lovlar 
tarkibiga xodimlarning ishga qatnashi va ovqatlanishi bilan bog‘liq bo‘lgan 
xarajatlar, kiyimkechaklar, kommunal xizmat va uy-joy uchun to‘lovlar, ularni 
o‘qitish bilan bog‘liq va boshqa shu kabi to‘lovlar kiritiladi.


Korxonada mehnat haqi xarajatlarini tahlil etishda mehnat haqi fondining 
reja va o‘tgan yillarga nisbatan o‘zgarishi va o‘zgarish sabablariga, bir xodimga 
to‘g‘ri keladigan o‘rtacha mehnat shaki fondi hamda uning o‘zgarishiga baho 
beriladi. Mehnat haqi fondining shakllanishi va uning berilishi davlat tashkilotlari 
tomonidan tartibga solib turiladi va nazorat qilinadi.
  
  
Nazorat uchun savollar  
1. Ishlab chiqarish xarajatlarining mohiyati, tarkibi va elementlari. 2. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ularni tahlil 
qilish usullari.
3. Korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari tahlili va baholanishi
4. Maxsulot tannarxini aniqlash usullari.
5. Mahsulot ishlab chiqarish tannarxi shakllanishining korxona foydasiga ta’siri.
6. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotishni ifodalovchi hajm ko‘rsatkichlari.

Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling