6-Mavzu. Sanoat tarmoqlari korxonalarida ishlab chiqarish xarajatlari Reja


Download 231.65 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana16.04.2023
Hajmi231.65 Kb.
#1360340
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6-Mavzu. Soha iqtisodiyoti va menejmenti

Doimiy xarajatlar deb, hajmi ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining 
o‘zgarishiga qarab o‘zgarmaydigan xarajatlarga aytiladi. Doimiy xarajatlar 
korxona ishlab chiqarish dastgohlarining borligi, amal qilishi bilan bog‘liq 
xarajatlar bo‘lib, ular korxona hech narsa ishlab chiqarmasa ham amalga oshiriladi 
(korxona tomonidan to‘lanadi). Odatda, doimiy xarajatlarga qimmatli qog‘ozlar 
bo‘yicha majburiyatlar to‘lovi, reja to‘lovlari, binolar va dastgohlar 
amortizatsiyasining bir qismi, sug‘urta to‘lovlar, korxona mutaxassislarini 
tayyorlash to‘lovlari, rahbar xodimlariga haq to‘lashlar kiradi. Ishlab 
chiqariladigan mahsulot hajmining o‘zgarishiga bog‘liq holda o‘zgaradigan 
xarajatlar miqdoriga o‘zgaruvchan xarajatlar deyiladi. Ularga xomashyo, 
materiallar, yoqilg‘i, energiya, transport xizmatlari, mehnat resurslarining 
ko‘pgina qismi uchun va shunga o‘xshash mehnat resurslari uchun xarajatlar 


kiradi. Shuni aytish kerakki ishlab chiqariladigan mahsulot hajmining bir birlikka 
o‘sishi (yoki kamayishi) bilan o‘zgarmas xarajatlar summasini o‘sishi (yoki 
kamayishi) doimiy bo‘lib qolmaydi. Mahsulot ishlab chiqarish hajmining oshib 
borishi jarayonida o‘zgaruvchan xarajatlar qandaydir vaqt mobaynida past 
sur’atlar bilan ortib boradi: shunday holat ishlab chiqariladigan mahsulot 
hajmining ma’lum miqdorigacha davom etadi. Shundan so‘ng o‘zgaruvchan 
xarajatlar har bir keyingi ishlab chiqariladigan mahsulot uchun yuqori sur’atlarda 
oshib boradi. 
 O‘zgaruvchan xarajatlarning bunday harakati foydalilikning (qaytimning) 
kamayib borishi qonuni bilan belgilanadi. Mahsulot birligi uchun to‘g‘ri kelgan 
xarajatlarning o‘rtacha miqdori, odatda, mahsulot birligi uchun belgilangan baho 
bilan taqqoslashda ishlatiladi. Pirovard xarajatlar (MS) deb qo‘shimcha mahsulot 
birligini ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan ortiqcha (qo‘shimcha) xarajatlarga 
aytiladi. Pirovard xarajatlar umumiy xarajatlar yig‘indisi (summasi) 
o‘zgarishining (TS) ishlab chiqarilgan mahsulot hajmining (miqdori) o‘zgarishiga 
Q nisbati bilan topiladi:
MS
 
 
Pirovard xarajatlar (MS) korxonaning oxirgi mahsulot birligini ishlab 
chiqargan holda qiladigan xarajatlarini ko‘rsatadi va shu bilan bir vaqtda shu oxirgi 
birlik mahsulotga ishlab chiqarish hajmini kamaytirganda oladigan «tejamini» 
ham ifodalaydi. O‘rtacha xarajatlar bunday ma’lumotlarni bermaydi.
Pirovard xarajatlar mahsulot hajmining bir birlikka ko‘payishi yoki kamayishi 
bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni o‘zgarishini ko‘rsatadi.
Pirovard xarajatlarni pirovard tushum (mahsulot sotishdan kelgan pul 
mablag‘lari) bilan taqqoslash, mahsulot hajmining bir birlikka ortishi yoki 
kamayishi bilan bog‘liq tushum o‘zgarishini ko‘rsatadi va korxonaga ishlab 
chiqarish hajmining u yoki bu tomonga o‘zgarishi foydaliligini yuzaga chiqarishga 
imkon beradi.

Download 231.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling