6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati


Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari


Download 183.51 Kb.
bet6/7
Sana15.06.2023
Hajmi183.51 Kb.
#1485124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sifat menejmenti 6b

6.6. Iqtisodiy samaradorlikni baholash usullari va printsiplari
Iqtisodiy rivojlanishning bugungi bosqichida standartlashtirish ijtimoiy ishlab
chiqarishning jadallashuvini kuchaytirishda va samaradorlikni oshirishda borgan sari
ko’proq texnikaviy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda.
Standartlashtirish – tarixan moddiy va ijtimoiy sohalarni, juda ko’p turli
ob’ektlarni chegaralash faoliyati sifatida yuzaga kelgan.
SHuni ta’kidlash kerakki, u tartibga solish faoliyati sifatida juda ko’p ob’ektlarni
qamrab oladi. Bunday hollarda standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblash
alohida ahamiyat kasb etadi, chunki samaradorlik ko’pchilik aspektlarning jumladan:
standartlashtirishning kelgusi rivojlanish alьternativlarini baholash, ya’ni
makro darajada standartlashtirish muhim masalalarini yechilishini belgilaydi;
standartlashtirishni ba’zi takrorlanadigan jarayonlar, voqealarni tartibga
solish ishida foydalanishning maqsadga muvofiqligi;
standartlashtirish ob’ektlarining tavsiflarini tanlash va optimallashtirish
masalalarini yechishda standartlashtirish ob’ektining optimal parametrlari to’plami
variantini tanlash;
boshqaruv tsiklining turli bosqichlarida standartlashtirish tomonidan amalga
oshirilayotgan boshqaruvni baholash;



standartlashtirishni rivojlantirish yo’nalishlari orasida iqtisodiy resurslarni




ratsional taqsimlash.
Standartlashtirishning

aniqlash

standartlashtirish,

iqtisodiy

samaradorligini




shuningdek mahsulot sifatini oshirish bo’yicha ishlarni bajarishda yagona hisoblanadigan
bir qator umumiy tizimlarga asoslanadi. Ularning birligi shunga asoslanadiki, ular fantexnika taraqqiyotini joriy etishning konkret formasini ifodalaydilar, shuning uchun
standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligi fan-texnika taraqqiyoti iqtisodiy
samaradorligining yoki yangi texnika samaradorligining bir qismidir.

Umumiqtisodiy

yondoshuvning

zarurligi

standartlashtirish

samaradorligini










baholashni amalga oshirishni butun mamlakatimizning iqtisodiy manfaatlariga qaratishni






















taqozo

qiladi.

Standartlashtirishning

umumiqtisodiy

samaradorligini

aniqlash–bu







loyihalash, tayyorlash, muomala va iste’mol bosqichlarida standartlashtirish natijalarini






















e’tiborga

olgan

holda

respublikamiz

iqtisodiga

ta’sirini

aniqlashdir.

Iqtisodiy

93
samaradorlikni maksimal qiymati standartlashtirilayotgan ko’rsatkichlar


nomenklaturasini, bu ko’rsatkichlarning qiymatlarini, parametrlar qatorini tanlash va
sinovlar o’tkazish usullarini optimallashtirishda standartlashtirish va unifikatsiyalash
masalalarini hal etishda kriteriy bo’lib xizmat qiladi.
Umumiqtisodiy manfaatning ustuvorligi alohida standart yoki standartlar
sistemasining samaradorligini baholash butun mahsulotning hayot tsikli davomida
amalga oshirilishi kerakligini bildiradi. Agar standart umumtexnikaviy yoki tashkiliyuslubiy bo’lsa, u holda uning samaradorligini baholash umumiqtisodiy manfaatlar
asosida amalga oshirilishi kerak.
Ayrim ishlab chiqarish zvenolarida samara olinishining salbiy bo’lishi mumkinligi
ular tomonidan standartlashtirish ishlarini amalga oshirishda manfaatdorlik masalalarida
qiyinchilik tug’diradi.
Standartlarning bir necha variantda bo’lishi – ular orasidan eng yaxshisini tanlab
olish uchun zaruriy manbadir. Umumiqtisodiy yondoshuvning joriy etilishi alohida
standartlar variantlaridan umumiqtisodiy nuqtai nazardan tanlash imkoniyati
mumkinligiga tayanadi.
Iqtisodiy samaradorlik – xususiy optimallashtirish uslubi sifatida o’zining barcha
imkoniyatlaridan standartlar loyihalarining ko’p variantli emasligi sababli foydalana
olmaydi. Iqtisodiy nuqtai nazardan loyihalar samarasiz, faqatgina tavsiya etilgan
parametrlarini hisobga olish faoliyatidan iborat bo’lib qoladi.
Yana bir muhim aspekt – standartlarni joriy etganda, faqatgina ulardan
qo’llanilgan holatlarda emas, balki ular ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan sohalarda ham
ularni joriy etishning asosiy hamda yondosh oqibatlarini iloji boricha to’liqroq hisobga
olishning zaruriyligidir.
Standartlashtirishning iqtisodiy samaradorligini hisoblaganda standart
mahsulotning butun hayotiy tsikli bo’yicha - loyihalash, tayyorlash, muomala va
iste’molda qanday oqibatlarga olib kelishi hisobga olinadi.
Loyihalash bosqichida loyihalash ishlari hajmining, mahnat sarfining, loyihalash
muddatlarining quyidagi omillar hisobiga qisqarishi hisobga olinadi:
loyiha – konstruktorlik ishlarini tashkil etishni yaxshilash;
standart texnik hujjatlashtirishning takroran ishlatilishi;
standart shartli grafik tasvirlarning qo’llanishi;
nusxa ko’chirish ishlari hajmining qisqarishi;
texnikaviy arxivlarda saqlanayotgan hujjatlar hajmining qisqarishi;
standartlarga to’liq mos kelgan holda loyihalarni qayta ishlashga ketgan
harajatlarning qisqarishi;
yangidan chiqarilayotgan texnikaviy hujjatlashtirishni muhokama qilish va
tasdiqlashga ketgan vaqtning qisqarishi.
Ishlab chiqarish bosqichida iqtisodiy samaradorlikni hisoblash uchun quyidagilar
aniqlanadi:
material sarfining qisqarishi;
jarayonlar mehnat sarfining qisqarishi;
unifikatsiyani;
fond sig’imining qisqarishi;
yoqilg’i va elektr energiyasi harajatlari ulushining qisqarishi;
mahsulot ishlab chiqarish hajmining ortishi hisobiga mahsulot birligiga
to’g’ri keladigan shartli o’zgarmas harajatlar ulushining qisqarishi.
94
Muomala va iste’mol bosqichlarida iqtisodiy samarani hisoblash uchun iste’molchi
harajatlarining qisqarishini hisobga olinadi. Bunda quyidagilar aniqlanadi:
mahsulotning texnikaviy darajasini va sifatini oshirish;
mahsulotni ortish-tashish va saqlash harajatlarini qisqartirish;
bitta standart mahsulot birligi bilan bir nechtasini almashtirish zarurligi;
buyumlarning xizmat ko’rsatish muddatlarini uzaytirish;
buyumlarning ishonchlilik ko’rsatkichlarini oshirish;
yoqilg’i, energiya, yordamchi materiallar sarfi ulushini qisqartirish;
xizmat ko’rsatuvchi personal sonini kamaytirish;
ta’mirlash ishlari qiymatini kamaytirish.
Umumiqtisodiy yondoshuv printsipi samaradorlikni hisoblashda mamlakatimiz
iqtisodi uchun yagona bo’lgan kapital qo’yilma samaradorligi me’yoridan, ya’ni ishlab
chiqarish vositalarida buyumlashgan mehnatdan foydalanishni taqozo qiladi..
Agar samara hisoblangan vaqtda to’xtalmasa, umumiqtisodiy yondoshuvning
tavsifi to’liq bo’lmaydi. Iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichi aniqlanish davriga ko’ra
quyidagicha farqlanadi:
yillik;
standartlashtirilgan mahsulotni ishlab chiqarilish yillari bo’yicha;
standart kuchga ega bo’lgan muddat uchun;
standartlashtirilgan mahsulotning butun xizmat ko’rsatish muddati uchun, uni
ishlab chiqarilgan barcha yillar uchun.
Integral samara yangi mahsulotning natijaviy ko’rsatkichlarini yanada to’laroq
tavsiflaydi. Ushbu ko’rsatkichlarni hisoblashda juda ko’p sonli omillarni yillar bo’yicha
mahsulot ishlab chiqarish hajmini, har yili ishlab chiqarilgan mahsulotning xizmat
ko’rsatish muddatini, vaqt o’tishi bilan samaraning o’zgarishini hisobga olish kerak.
Umuman olganda integral samara ko’rsatkichi yangi mahsulot ishlab chiqarilishi
to’g’risida qaror qabul qilinayotganda barcha omillarni umumlashtiradi.

Download 183.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling