6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati


Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari


Download 183.51 Kb.
bet2/7
Sana15.06.2023
Hajmi183.51 Kb.
#1485124
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
sifat menejmenti 6b

6.2. Standartlarni ilmiy tashkil etish printsiplari
Standartlashtirish - haqiqatda amalga oshirilayotgan yoki potentsial masalalarga
nisbatan ko’plab marta foydalanish uchun ma’lum shartlarni o’rnatish orqali optimal
darajada tartibga solishga erishishdir.
87
Bizning respublikamizda standartlashtirish ishlari bilan Uzdavstandart,
shuningdek, faoliyat sohalarining biriktirilishiga qarab Davlat tabiatni saqlash qo’mitasi,
Davlat qurilish, hamda O’zbekiston Respublikasi sog’liqni saqlash Vazirligi
shug’ullanadi.
Sobiq ittifoqning Davlat standartlari Vazirlar Mahkamasining 02.03.92y. qaroriga
hamda SNG davlatlarining standartlashtirish, metrologiya va sertifikatlashtirish sohasida
birgalikda kelishib faoliyat olib borish to’g’risidagi kelishuviga ko’ra ushbu davlatlarning
Xalqaro standarti sifatida ishlatiladi. Sobiq ittifoq davlatni boshqarish organlari
tomonidan tasdiqlangan tarmoq standartlari va texnik shartlar ularning vakolatli
muddatlari tugagunga qadar O’zbekiston respublikasi territoriyasida kuchga ega.
Standartlashtirish ishlarining jahon tajribasi shuni ko’rsatadiki, standartlarning
yuqori sifatli va samarali bo’lishini ta’minlash uchun ularning ishlab chiqish bosqichida
quyidagi majburiy printsiplarni bajarish shart.
1. Sistemalilik printsipi. Texnik taraqqiyot va ishlab chiqarilayotgan mahsulot
sifatining ortishi kishilarning mehnati, mehnat vositalari hamda mehnat predmetlarini
birlashtiruvchi ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan sistemali yondoshuvni taqozo qiladi.
Sistema deganda, ko’zlangan maqsadga maksimal samaradorlik va eng kam
xarajatlar bilan erishishni ta’minlaydigan o’zaro bog’langan elementlar to’plamining
faoliyati tushuniladi. Elementlar sistemasining miqdoriy aloqalari determinatlashgan yoki
tasodifiy bo’lishi mumkin.
Sistemaga kiruvchi o’zaro bog’langan elementlar sistemasi ularni turli darajalarda
ierarxik bog’liqligini o’rnatishga imkon beruvchi strukturani hosil qiladi.
2. Komplekslik va optimal chegaralanish printsipi. Standartlarni ishlab
chiqishda standartlashtirishning yakuniy ob’ektiga ta’sir etuvchi barcha asosiy
elementlarni e’tiborga olish kerak. Standartlashtirish ishlarini mehnat sarfini qisqartirish
uchun asosiy ob’ektga unchalik ta’sir ko’rsatmaydigan omillar e’tiborga olinmaydi.
Standartlashtirishda moddiy va moddiy bo’lmagan o’zaro bog’langan elementlar
kompleksiga talab va tavsiflar sistemasi ko’rib chiqiladi.
3. Standartlarni optimallashtirish va progressivlik printsipi Standartlar
tomonidan o’rnatilgan ko’rsatkichlar, me’yorlar, tavsiflar va shartlar fan, texnika va
ishlab chiqarishning jahon darajasiga javob berishi kerak. Ular standartlashtirilayotgan
ob’ektlarning rivojlanish yo’nalishlarini e’tiborga olishlari shart.
4. Standartlashtirilayotgan mahsulotning bog’liqligini ta’minlash printsipi.
Mahsulotlar ekspluatatsiya qilish ko’rsatkichlari bo’yicha bir-birining o’rnini bosishni
ta’minlashga imkon beruvchi bu printsip kompleks standartlashtirishda, shuningdek
mahsulotlarni standartlash-tirishda, texnik shartlarni ishlab chiqishda asosiy o’rin tutadi.
5. Standartlarning o’zaro bog’liqlik printsipi. Umumtexnikaviy va
tarmoqlararo standartlarning ko’p sonli, turli-tumanligi ular o’rtasida o’zaro bog’liqlik
o’rnatishni taqozo etadi. Kompleks standartlashtirish usuli ushbu printsipning muhimligi
va samaradorligining yaqqol misolidir. SHuningdek, standartlashtirish sohasidagi
qo’llaniladigan tushunchalarning o’zaro bog’liqligi ham muhimdir.
6. Standartlarni ishlab chiqishning ilmiy-tadqiqot printsipi. Standartlarning
loyihalarini tayyorlash va muvaffaqiyatli tatbiq etish uchun faqatgina amaliy tajribani
keng umumlashtirishgina emas, balki maxsus nazariy, eksperimental va tajriba
konstruktorlik ishlarini ham amalga oshirish zarurdir. Bu printsip barcha standartlarga
tegishlidir.
7. Ustivorlik printsipi. Odatda tipik birlashmalar va detallarning tipi va
o’lchamlari, shuningdek boshqa parametrlar ishlab chiqarishning turli tarmoqlari uchun
88
bir vaqtda standartlashtiriladi. SHuning uchun bunday standartlar parametrlari bo’yicha
katta diapazonni egallaydilar.
SHu printsipga ko’ra rezbalarning metrik qadami va diametri qatori, normal
burchaklar qatori va boshqalar tuziladi. Bundan tashqari mahsulot tiplari, tip o’lchamlari,
parametrlarini qo’llashga ruxsat etiladigan zaruriy minimumiga keltiradigan
chegaralangan tarmoq standartlarini ham yaratish tavsiya etiladi.
8. Dinamika printsipi. Iqtisodiyotning samaradorligini oshirish uchun
standartlashtirish ob’ektlarining texnika taraqqiyoti shartlariga javob beradigan darajada
bo’lishlari uchun vaqti-vaqti bilan qayta ko’rib chiqish zarur.
9. Minimal moddiy xarajatlar ulushi. To’qimachilik va yengil sanoat
mahsulotlarida moddiy sarf xarajatlarni ulushi 65-80% ni tashkil etadi. SHuning uchun
ham mahsulot birligiga ketadigan xom-ashyo sarfini qisqartirish muhim ahamiyatga
egadir. Mahsulotlarni standartlashtirishda xom-ashyo sarfi ulushini qisqartirishga imkon
beradigan ilg’or texnologiyani tatbiq etish, eng maqbul bichish kartalarini qo’llash,
mahsulotning uzoqqa chidamlilik, ta’mirlanuvchanlik xususiyatlarini yaxshilash moddiy
xarajatlar ulushini qisqartirishga imkon beradi.

Download 183.51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling