6-Mavzu. Standartlashtirish va mahsulot sifati
Standartlashtirishning nazariy asoslari
Download 183.51 Kb.
|
sifat menejmenti 6b
6.4. Standartlashtirishning nazariy asoslari
Standartlashtirish – faqatgina bugungi kunning emas, balki jamiyatning ho’jalikiqtisodiy faoliyatining kelajakdagi rivojlanishining ham asosini belgilaydi. Standartlashtirish ilmiy texnika taraqqiyotiga to’liq javob bergan holda amalga oshirilishi kerak. Zamonaviy standartlashtirishning nazariy asosi bo’lib ustuvor sonlar sistemasi hisoblanadi. Ustuvor raqamlar deb yangidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning parametrlari qiymatlarini belgilashda boshqa raqamlarga nisbatan afzallikka ega bo’lgan raqamlarga aytiladi. Ustuvor raqamlar qatorlari quyidagi shartlarni qanoatlantirishlari kerak: - ishlab chiqarish va ekspluatatsiyalarning shartlariga javob beradigan chegaraning ratsional sistemasini aks ettirishi; - sonlarning ortib borishi yoki kamayib borishining cheksiz bo’lishi; - har bir qatorning barcha o’ninchi darajali yoki kasr qiymatlarini kiritish; - oddiy va oson eslab qoladigan bo’lish. Ushbu shartlarga javob beradigan va qulay raqamlar qatori-geometrik qatorlar, masalan, geometrik progressiya qiymatlari qatoridir. Geometrik progressiya-bu har bir hadi o’zidan oldingi hadni bir xil songa ko’paytirish orqali hosil qilingan sonlar 90 qatoridir(4; 6; 9; 13,5; 20; 25;), bunda qatorning har bir hadini hosil qilish uchun o’zidan oldingi hadni ko’paytirish kerak bo’lgan son geometrik progressiyaning mahraji deyiladi. Keltirilgan progressiyaning ijobiy xususiyatlari shundan iboratki, har bir o’nlik intervaldagi hadlar soni (1-10; 10-100; 100-1000 va h.k., shuningdek 1-0,1; 0,1-0,01; 0,01-0,001; va h.k.) butun progressiya davomida doimiy, hamda yuqorida aytilgan progressiyalar mahraji uchun 5,10,20,40,80 va 160 ga teng. Progressiyaning ixtiyoriy ikkita hadining ko’paytmasi yoki nisbati ham shu progressiyaning hadi hisoblanadi. Progressiya ixtiyoriy hadining musbat yoki manfiy butun sonli ko’rsatkichi har doim uning hadi hisoblanadi. Ko’pchilik rivojlangan davlatlar normal chiziqli o’lchamlarga milliy standartlarni qabul qilganlar. Xalqaro standartlash tashkiloti (ISO) ko’rsatmalari asosida tuzilgan GOST 8032-84 ustuvor raqamlarning 4 ta asosiy qatorini (R5, R10, R20, R40) va (R80 va R160) qatorini o’rnatadi. Agar ustuvor raqamlarni yaxlitlash samaradorlikning pasayishiga sabab bo’lsa yoki ba’zi texnikaviy sabablarga ko’ra iloji bo’lmasa, R80 va R160 qo’shimcha ustuvor raqamlar qatoridan foydalanish mumkin. Bunda R5 qator ko’rsatkichlarini R10 qator ko’rsatkichlaridan, R10 qator ko’rsatkichlari R20 qator ko’rsatkichlaridan, R20 qator ko’rsatkichlari R40 ko’rsatkichlaridan ustuvordir. Download 183.51 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling