6-mavzu. Sterilizatsiya va dizinfekatsiya. Aerob miroorganizmlarning sof kulturasini ajratish uslubiy ko’rsatma Mavzuning dolzarbligi
Download 54.16 Kb.
|
3-Mashg'ulot (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5-mavzu. Mikroorganizmlarning kulturasini olish uchun oziq muhitlar Bakteryalarning oziqlanish tiplari va mexanizmlari. Mikroorganizmlarning o’sishi va ko’payishi
- Bakteriyalarning oziqlanish tiplari bo’yicha guruhlanishi
- Aminokislotalar sintezi
- Energetik metabolizm (biologik oksidlanish)
- Substradni fosforlash orqali energiya olish. Achish (bijg’ish)
- Chumoli kislotali achish
- Oksidlanish yo’li bilan fosforlanish energiya olish
- Mikroorganizmlar fermentlari
- Bakterya fermentlarning o’ziga xosligi
- Oksidoperduktazalar Transferazalar Gidrolazalar Liazalar
5-mavzu. Mikroorganizmlarning kulturasini olish uchun oziq muhitlar. Bakteryalarning oziqlanish tiplari, mexanizimlari. Mikroorganizmlarning o’sishi va ko’payishi. 6-mavzu. Sterilizatsiya va dizinfekatsiya. Aerob miroorganizmlarning sof kulturasini ajratish uslubiy ko’rsatma Mavzuning dolzarbligi Mikroorganizmlarning o’sishi va ko’payishi uchun oziq manbai zarur bo’lib,bu oziq manbayi bakterya hujayrasi uchun nlastik material va energiya ishlab chiqarish uchun sarfladi. Mikroorganizmlar oziq manbayi sifatida oziq muhiti tarkibiga kiruvchi oqsilar,lipitrar, uglevodlar va mikroelemetlardan foydaianiladi. Oxirgi paytlarda laboratoriya amalyotida oziq muhitlaridan mikroorganizmlarning tekshirayotgan materiyaldan sof kulturasini ajratib olish,shuningdek, ularning o’ziga xos hususiyatlarini o’zgartirish uchun foydalanilmoqda Darhaqiqat, oziq muhitlar o’zining hususyatlari bilan tadqiqot natijalarini olishda muhum ahamyatga ega.
Bakteriologik metod mikrobiologik amalyoti faolyatida eng muhimidir. Shuning uchun,taraqiyot qilinayotgan mikroorganizmlar o’stirish uchun oziq muhitlardan foydalaniladi. Ifeksion kasalliklarni oldini olish ularga qarshi kurashishning eng muhim asosiy usullaridir. Bu faolyatga bog’liq holda tibbiyot muassasada odam organizimi va boshqalarga kasalikni ortib ketmasligini oldini olish katta ahamyatga ega. Bu dekonaminatsiya metodi yordamida amalga oshiriladi. Bulardan eng muhumlari –sterilizasiya,dezinfeksiyasi,antisiptika va siptika. Bakteriologik metod ko’pkina infeksion kasalliklarga tashhis qo’yishga muhim ahamyatga ega. Koloniyaga tafsif berish bakteroologning muhum ishlarining bir qismi bo’lib har bir mikroorganizm turi o’ziga xos o’sish hususyatini namoyon qiladi. Mikroorganizmlarning fizalogik va biokimyoviy o’ziga xosligi ularning sistematikasida muhimdir. Shuningdek,ularning kasallik tasiri mexanizimining o’rganishda kulturasini olishda turini anilashda idinfikatsiya va farqlashda muhimdir. Va yana,vaksinalar,antibyotiklar va boshqa fizologik faol moddalar ishlab chiqarish biotexnologiyasi uchun muhim hisobladi. Metabolizm (Moddalar almashunuvi) Malumki Metabolizm ikki xil bir-biriga qarama-qarshi bo’lgan jarayonlar yig’indisi-Metabolizm o’z ichiga katabolizm, yoki inergitik metabolizm va anabolizm yoki plastic (konstruktif)metabolizm oladi. Prokariotlarda Eukariotlar singari fermentative katabolitik tasirida reaksiya jarayonida energiya ajralish ruy beradi, bu energiya ATF malekulalariga to’planadi. Fermentlar tasirida anobolik reaksiya jarayonida bu energiya ko’p sonli organic makromolekulalar sintezi hosil qilishi uchun sarflanadi va natijada bu makromolekulardan mikrob hujayrasini tashkil qiladigan biopolinurlar hosil bo’ladi. Anabolizm va katabolizmlarning o’zoro tasirlashivuning malum bosqichida bir xil oraliq mahsulotlar (Amfibolitlar)hosil bo’lib,ikkala jarayon uchun ham sarflanadi. Anobolik va katabolik reaksiyalari uchun kerakli birikmalar. Oziqlanish sarflanadigan. Mikroorganizmlar metabolizm xilma-xil bo’lishligi bilan bir biridan ajralib turadi mikrob hujayralari har-xil organik va mineral birikmalardan iborat bo’lgan moddalardan oziq sifatida foydalaniladi. Uglerod manbayi va oziqlanish tiplari uglerod o’zlashtirishiga ko’ra barcha mikroorganizmlar ikki guruhga bo’linadi –Abtotroflar Geterotroflar Abtotroflar(lotincha autos-o’zi trophe-oziqlanish)hujayra o’zining barcha uglerod saqlovchi komnometlarini tuzishda Uglerod-4 oksididan asosiy manba sifatida foydalandi. Geterotroflar (-Boshqa,boshqalar hisobidan oziqlanish) Co2 o’zlashtirishi hisobida yashay olmaydi Ular uglerod saqlovchi turli-tuman organik birikmalardan –geksozalar (glyukoza) ko’p atomli spirtlar ko’pincha uglevodlardan foydalanadi. Ko’pchilik mikroorganizmlar uglerod manbayi sifatida aminokislotalar organik kislotalar va boshqa birikmalardan foydalaniladi. Elektron berish (donor)va energiya banbayi Energiya manbayi va elektron donorlar tabiatida ko’ra mikroorganizmlar quydagi guruhlarga bo’linadi. Fototroflar (fotozentizlovchi) quyosh energiyasidan energiyasidan,va xemotroflar (xemosintezirlovchilar) oksidlanish –qaytarilish reaksiyalar hisobidan hosik bo’lgan energiyadan foydalanadilar. Fototriflarga bazi bir sanrafit mikroorganizmlar kiradi. Xemosintezlovchi mikroorganizmlar odamlarda kasalik qo’zg’atishda muhim rol o’ynaydi. Xemotroflar elektron berish xususiyatiga ko’ra quydagi guruhlarga bo’linadi: Xemolitotroflar (xemoabtotroflar)va xemoorganotroflar (xemogeteroroflar)Azot manbayi mikroorganizmlar tarkibida azot saqlovchi birikmalrni (aminokislatalar,nurinlar nurimudinlar bazi vitaminlar) sintezlash uchun yatarli azot manbayiga muhtoj bo’ladilar. Faqat bazi bir mikroorganizmlar molekulyar azotni atmosferadan o’zlashtira oladilar (azotsaqlovchi bakteryalar) yoki noorganik azotni ammoniy tuzlar nitratlar nitritlardan o’zlashtiruvchi mikroorganizmlar ham mavjud. boshlari esa azotni faqat axot saqlovchi organik birikmalardan o’zlashtiradilar. Barcha o’ziga kerakli organik birikmalarning (uglevodlar aminokislotalar va o’sha)glyukoza va amoniy tuzlaridan sintezlovchi mikroorganizmlar prototroflar deb ataladi. Agar sintezlay olmasa ayksotroflar deb ataladi. Ular bu birikmalarni va boshqa usish omilarini tayor holda atrof muhittdan yoki ho’jayin organizimidan (odam hayvonlardan) o’zlashtiradi. Auksotroflar ko’pincha odamlar uchun patogen yoki shartli-patogen bo’livchi mikroorganizmlardir. Azot va ugleroddan tashqari barcha mikroorganizmlarning biosintetik reaksiyalari uchun fosfor, oltingugurt tutuvchi birikmalar va yana Mg,K,Ca,Fe ionlari va boshqa mikroelementlar zarur bo’ladi. Bakteriyalarning oziqlanish tiplari bo’yicha guruhlanishi
O’sish omillari O’sish omillariga aminokislotalar, purin va pirimidin asoslari, lipidlar, vitaminlar temir tutuvchi parfinlar (gem) va bhoshqa birikmalar kiradi. Bazi mikroorganizmlar o’zlariga kerakli o’sish omillarini o’zlari sintezlay oladi boshqalari esa, tayyor holatda atrof muhitdan oladi. U yoki bu mikroorganizmlarning malum bir o’sish omillariga muhtoj bo’lishi o’zgarmas belgi hisoblanadi, bu ulardan bakteriyalarning differensiyalash va udentifikatsiyalash uchun foydalaniladi. Shuningdek, labaratoriya va biotexnologiya tadqiqotlari uchun oziq muhitlar tayyorlash uchun ishlatiladi. Aminokislotalar ko’pgina mikroorganizmlar, ayniqsa bakteryalar u yoki bu aminokislatalarga muhtoj bo’ladilar bir yoki ko’p miqdorda chunki ular bu aminokislotalarni o’zlari sintezlay olmaydilar. Masalan klastridiy-leysinni, tirozinni, streptoklar-leysenni, argininni va boshqalarni sintezlay olmaydi. O’zlariga kerakli aminokislotalar yoki birikmalarni sintezlay olmaydigan bunday mikroorganizmlar auksotroflar deb ataladi. Purin va pirimidin asoslari va ularning hosilalari (adenin, guanin, sitozin, uratsil, timin va boshqalar) steptokoklarning har xil turlari uchun o’sish omillari bo’lib hisoblanadi. Bazi azot asoslari stafikoklar va boshqa bakteryalarning o’sishi uchun zarurdir. Mikroorganizmlarning bazi turlari nukleotidlarga muhtoj bo’ladi. Lipidlar, ko’pincha foslipidlar komponomentlari –yog’ kislotalar steptokoklar, mikroplazmalarning o’sishi uchun kerak bo’ladi boshqa prokoriotlardan farq qilib, xolesmerin va boshqa sterinlar bo’yicha mikoplazmalar- ning barcha turlari ayksotrofdir. Bu birikmalar fosfolipitlar sitoplazmatik membranalar tarkibiga kiradi. Vitaminlar asosan ko-fermentlar tarkibiga kiradi. Ko’pgina bakteryalar malum bir vitaminlar bo’yicha ayksotrofdir yani bazi vitaminlarni sintezlay olmaydilar. Masalan difterya korinebakteryalari shigellalar NAD va NADF tarkibiga kiruvchi nikotin kislota va uning amagsiga. Tillarang stafilokokk, pnevmakokk, brusellalar pirofoosfat tarkibiga kiruvchi – tiamin (Ti)ga qoqshol muhtoj bo’ladi. Bazi sterepkokkot turlari hosilalari KoA tarkibiga kiruvchi pantotenot kislotalari o’sishi uchun kerak bo’ladi. Bulardan tashqari, ko’p bakteryalarning o’sish omili uchun tolvol kislota, bioten va yana sitoxrom komponentigem ham kerak bo’ladi. Bu oxirgi moddalar gemo-fil bakteryalar tuberkuleyor mikobakteryalari uchun zarurdir. Plastik (konsturiktiv) metabolizm. Uglevodlar biosentizi, mikroorganizmlar uglevodlar tarkibiga kiruvchi mono-oligo-polisaxaridlar va boshqa birikmalarni sintez qiladi. Bunda Co2 kalvin siklida ribuloza -1,5 fosfat -3fosfornoglizirin kislota hosil bo’lishi uchun asosiy mahsulot bo’ladi. Geterotroflar glyukozani uzun zanjirli C2-C3-uglerod saqlovchi brikmalardan sentez qiladi. Bu ikkala holatda ham qaytar holatga olib keluvchi asosiy oligoliz reaksiyalari ishlatiladi. Prakariot hujayralarida eukariotlarniki kabi shakarni qayta hosil bo’lishi keng rivojlangan bu nuklioziddi fosfor hosil qiluvchi hisobidan yuz beradi. Oligo va polisaxaridlar akseptor molekulalari- ga birikkan nukleozid disoxaridlardan hosil bo’lgan shakar qoldiqlaridan sinez bo’lad.
Ko’pchilik prokoriotlar glikolitik siklda hosil bo’lan piruvatdan barcha aminonokislotalarni sintez qiladi. Uch karbon kislata sikli(STK)da hosil bo’lgan ketoglutamat va fumaratdan ham aminokislatalarni sintezlaydi. Energiya manbayi sifatida ATF dan foydalanadi. Aminokislotalar hosil bo’lishining oxirgi bosichida amirlanish pereamirlanish reaksiyasi yordamida hosil bo’lgan azot molekula holatda o’tadi, Azotning anorganik holatdan organik holatga o’tishi amoniy ioni orqali bo’ladi. Faqat bir nechta aminokislotalar (L-alanin,aspartat va L-glutamat) tog’ri amirlanish orqali qolganlari esa pereamirlanish orqali o’tadi. Ko’pincha prokaryotlar eukoriotlar singari proteaga va peptidiga fermentlari yordamida oqsilardan hosil bo’lgan aminokislotalarni oladi. Hosil bo’lgan oligopeptet va aminokislotalar mikrob hujayrasiga qayta o’tadi biosentizga qatnashadi yoki oxirigacha parchalanadi. Auksotrof prokariotlar (qaytar patogen bakteryalar, mikroblazmalar,spiroxetalar) aminokilatalarning xo’jayin organizimidan tayor holda o’zlashtiradi. Xlamidiya va rekkitsiyalar qatiy hujayra ichi paraziti bo’lib metabolizm yoli reduksiyaga uchragan (yuqolgan). Lekin ular tayor hosil bo’lgan mahsulotni yo’q qilishda ishtirok fermentlar ishlab chiqaradi. Reketsiyalar ham bazi aminokislatalarni sintez qiladi,oqsil tarkibiga kiritadi boshqalari esa hujayin organizimidan oladi Lipidlar biosintezi Mikroorganizmlar lipidlari yog’ kislotalar,fosfolidlar, mum tarpen quyuq yusimon modda korotinoitlar uzun zanjirli to’yingay va to’yinmagan yog’ kislotalar tarkibida bo’ladi. mikroorganizmlarning yog’ kislotalari biosintizida asetil saqlovchi oqsilar muhum rol o’ynaydi. Biosintez paytida ularga asil fragmentlari tuofer hosil qilib bog’lanadi. Bu fragmentlarning ketma-ket birikishidan 16-18 uglerod atomli yuqori yog’ kislotalar hosil bo’ladi. Bazi bakteryalar 24-30 uglerod atomli yog’ kislotalarning sintez qiladi. Ko’pgina mikroorganizmlar ikkita bog’li yog’ kislotalarni sintez qiladi bulardan kiyinchalik kerakli to’yingan yog’ kislotalar hosil bo’ladi. Bu jarayon aeroblarda kislorod ishtirokida amalga oshadi. Mikorlarmalar yog’ kislotalar bo’yicha ayksotroflar yog’ kislotalarni tayor shaklda xo’jayin hujayradan yoki oziq muhidan oladi. Sil mikrobakteryasi va boshqa kislotaga chidamli bakteryalar glisirindan lipidlarni sintez qiladi. Hujayradagi lipid kiritmalari zaxiradagi oziq modda hisoblanadi. Lipidlarning sintez qilish uchun uglerod manbayi sifatida vitaminlardan foydalanadi. Korinobakteryalarda lipidlarning mikol kislotasi bakterya hujayrasida palmetin kislotaning ikkita molekulasini to’planishi va oraliq eferning tatijasida sintez qilinadi.
Bakteryalarning o’sishi va ko’payishi uchun mineral birikmalar – ionlar NH, K, Mg va bohqalar zarurdir. Amoniy ionlari ba’zi bakteryalarga ammino kislotalar sintezi uchun Kaliy ionlari- t RNK niribosama bilan birikishi kerak bo’ladi. Kaliy ionlarining hujayra ichidagi malum kansentratsiyasi tufayli bakteryalarda yuqori osmotik bosim ta’minlanadi. Temir magniy ionlari qator fermentatif jarayonlarda kofoktor rolini o’ynaydi. Ular sitoxromlar va boshqa gemonronteglar tarkibida kiradi. Bir qator patogen va shartli-patogen bakteryalar eshirixalar shigellalar va boshalar temirning xo’jayi organizmdan o’zlashtirishi ularning neytral va kuchsiz ishqoriy pH bo’lganda qiyilashtiradi. Ba’zi mikroorganizmlarda- siderofera deb ataladigan maxsus modda ajratib chiqaradi. Bu modda temirni yaxshi eriydigan qiladi va tashilishini qulaylashtiradi. Bakteriyalar oziq muhitlarda oltingugurt 4-oksidi va fosfor 6-oksidi anionlarini o’zlashtiradi bu anionlardan tarkibida shu elementlar bo’lgan oltingugurt saqlovchi aminokislotalar fosfolitlar birikmalar sintez qiladi.
Mikrob hujayrasining tarkibiy qismlarining sintezi va hayotiy jaroyonlaning taminlashi uchun oziq moddalar bilan qatorda keraklik miqdorda energiya ham talab qiladi. Bu energiya bo’lgan ehtiyoj biologik oksidlanish orqali qondiriladi, natijada ATF molekulasi sintezlanadi. Mikroorganizmlar olami juda xilma-xil. Bazilari energiya mineral birikmalardan ham olishi mumkin masalan temir bakteryalari energiyani bevosita temirning oksidlanishidan olinadi fiksasiyasi uchun sarflanadi. Shuningdek oltingugurt bakteryalari energiyaning oltingugurt saqlovchi birikmalarning oksidlanishidan olinadi. Ammo ko’pgina prokoryotlar energiyani dwgidrogenlarnish yo’li orqali oladi. Aeroblar bu maqsadda erkin kislorodga muhtoj bo’ladilar. Qatiy aeroblar (masalan psevdomonadlar) kislorod bo’lmaganda yashab ko’paya olmaydi. Ular bu molekulyar kislorodni elektron akseptor sifatida foydalanadi. Anaeroblar oziq moddalarning oxiragacha parchalanmay kislorodsiz sharoitda energiya oladi. Qat’iy anaeroblar (masalan qoqshol botulizm qo’zg’atuvchilari) oz miqdordagi kislorod bo’lganda ham chiday olmaydi ular ATF ni uglerod oqsil va lipdlarni substradni piruvatgacha fosforlash (pirouzum kislotagacha) orqali oladi. Bunda nisbatdan oz miqdorda energiya ajraladi. Fokultatif anaeroblar ham borki, bular kislorod bo’lsa ham bo’masa ham yashay oladi. Ular ATF ni oksidlanish va substatni fosforlash orqali oladi. Substradni fosforlash orqali energiya olish. Achish (bijg’ish) Mikroorganizmlar geksozalarni (glyukozan) uch yul orqali – glikoliz, geksoeomonofosfat va 2-keto-3 gezoksi-b-glyukomat siklari orqali parchalanadi. Glikoliz (Emden – Meyergof yo’li) Glyukozani parchalanishi natijasida 2 molekula sarflanadi va 4 molekula ATF sintezlaydi shunday qilib umuman 2 molekula ATF va 2 molekula HAD H ajralib chiqadi. Fosforlanish reaksiyasi bevosita fosfatni oraliq mahsulot ADFga o’tishi substali fosforlanishi deb ataladi,Bazi mikroorganizmlarda glikoliz siklida nitratlar yoki uglerod 4-oksidi elektron akseptor (elekrton berishi) bo’lishi mumkin. Piruvatning kiyingi parchalanish yo’li mikroorganizmlarning o’ziga xosligiga bo’liq Achish anaeroblar uchun energiya olish yo’li bo’lib oksidlanish-qaytarilish natijasida organik birikmalar elektron berishi yoki olishi vazifasini bajaradi. Oxirgi mahsulotning hosil bo’lishiga qarab bir nechta achish xillari mavjud; Sut kislotali, sipirtli, chumoli kislotali, propinli, va boshqalar. Har qanday achish xillarini o’ziga xos mikroorganizmlar keltirib chiqaradi. Sut kislotali achish Laetabasillus, streptococcus bifidofacterium avlodi(urug’) piruvatdan sut kislotasini hosil qiladi. Bazi holatlarda faqat sut kislotasi hosil bo’lsa (gomofermen achish) sut kislotasi bilan bir vaqtda spirt aseton va bpshqa moddalar hosil bo’lishi mumkin bu holat asosiy mahsulotni miqdorini oshirib yuboradi.
Bu achish xilli entrobakteryalar oilasiga kiruvchi mikroorganizmlarga xos. Bu xil ajishda oxirgi mahsulot chumoli kislotasidir. Shuningdek bunda sut kislotasi sirka kislotasi va boshqa mahsulotlar ham hosil bo’ladi. Bazi enterobakteriyalar (masalan ichak tayoqchasi) sut kislotani vodorod va uglerod 4-oksidi gacha parchalaydi. Kislota va gaz hosil bo’lishi o’zgarmas belgi bo’lib bakteryalarning muhitida identifikatsiya qilishda foydalaniladi. Enterobaeter urug’ga mansub bakteryalar piruvatdan oz miqdorda nordon mahsulot asitil metilkarbinol (asetoin) hosil qiladi. Bu jarayondan fores – proskauer reaksiyada bu bakteryalarning edintifikatsiyasi qilishda foydalaniladi.
Achish jarayonining asosiy mahsulotlaridan biri yog’ kislotasidir. Bu achish jarayonida sirka kislotasi ham hosil bo’ladi. Klastridiyning bazi turlari yog’ va boshqa kislotalar bilan birga butanol aseton va boshqa birikmalar hosil qiladi. Bu holatda ularda asetinobitilli ajish jarayoni yuz beradi. Propionli achish. Bu achish xili propion bakteryalarga xos bo’lib piruvatdan propion kislotasi hosil bo’ladi. Ko’p bakteryalar uglevodlarning achitganda boshqa mahsulotlar bilan bir qatorda etil spirti ham hosil qiladi. Bunda u odatda asosiy mahsulot hisoblanmaydi. Fosfogolikonat, yoki geksozomonofosfat (GKM) yoli. Bu glyukozaning parchalanish yo’li ko’pgina miroorganizmlar uchun xosdir. GMF yo’lining ketma-ket reaksiyalari yuksak organik hujayralarida uchraydigan bakteryalarni idintifikatsiya qilishda ahamyatlidir. Bu yo’lning asosiy funksiyanal ahamiyati shundaki nuklen kislotalarning biosentiz qilishda uglerod komponetlari (pentoza fosfat) tayorlashda muhum rol uynaydi shuningdek biosintez reaksiyalari uchun asosiy NADF-vodorod bo’lib xizmat qiladi. Ketodezoksifosfoglyukonat (KDFG) yoli (Entener –Dudorov) Glyukozaning bunday parchalanish yo’li bazi yuksak geterotrof organizmlarda KDFG yo’li bo’lmaydi. Bu mikroorganizmlarda pirouzum kislota ikki xil yo’l bilan hosil bo’ladi. 2-keto 3-gezoksi -6-fosforglyukon kislotani parchalanishi va gliserinalgegid -3 fosfatni pksidlanish. KDFG yo’lida glyukozani parchalanishidan 1 molekuladan ATF NAD vodorod va NADF vodorod hosil bo’ladi va gaz hosil bo’lmaydi. Bakteryalar KDFG yo’lida glyukozani parchalanish paytida fermentlar hosil qiladi. KDFF- yo’li asosan aerob mikroorganizmlarda uchraydi shuning uchun ularning aerob metabolizmiga –oksidlanish deb ataladi. Bunday qarama-qarshi bo’lgan glikolizli yo’l qat’iy va fakultatif anaeroblar achitadigan deb ataladi. Ko’p gina mikroorganizmlar glyukozadan tashqari boshqa monosaxaridlarni shuningdek di-tri-va oligosaxaridlarni o’zlashtiradi o’ziga xos yo’li bilan glyukozani parchalaydi. Shunday qilib glyukoza va boshqa uglevodli manbalarning substradli fosforlanishidan uncha ko’p energiya ajralib chiqmaydi. Bunda hosil bo’lgan achimagan oksidlanmagan mahsulotlar hujayra tomonidan anaerob sharoitda o’zlashira olmaydi va undan tashqarida chiqarib yuboradi masalan sut kislota spirtda malum miqdorda energiya saqlaydi. Energiyaning to’liq ajralib chiqishi faqat glyukozaning uglerod 4-oksidi va suv gacha parchalanganda hosil bo’lai. Oksidlanish yo’li bilan fosforlanish energiya olish Glikoliz jarayonida hosil bo’lgan piruvat asitet-Ko A (faolashgan sirka kislota) gacha oksidlanadi, bunda sirka kislota bilan o’zoro tasirida uch karbon kislota siklida (STK) qatnashashadi. Bunday universal biokimyoviy mashina aerob va anaerob mikroorganizmlarda ham uchraydi asitil guruhning ajralishidadan 4 juft atom H hosil bo’ladi, qaysiki HAD, FAD, va HADF larning HAD-H, HAD-H va HADF H gacha qaytaradi (tiklaydi) STK(uch karbon kislota) ning asosiy muhim vazifalaridan yana biri oldin faolyat ko’rsatgan amino kislotalarning biosintez reaksiyalarida jalb etishdir. Buni qatiy anaeroblarda STK da qatnashuvchi ko’p fermentlar mavjudligi bilan tushuntirish mumkin. Prokaryotlarda eukoryotlari singari STK (uch karbon kislota ) sikliga kata bolizm mahsulotlari amino kislotalar asetil-KoA orqali jalb etiladi Barcha aerob va fakultatifv anaerob bakteryalarning nafas olish zanjiri sitoplazmatik membranada joylashgan elektronlarning molekulyar kislotaga o’tishi nikotinamid degedrogeniz yoki xinon va sitoxrom orqali amalga oshadi. Bunday nafas olish zanjiri har bir bakterya turi uchun o’ziga xos bo’lib, oraliq tushuvchi moddalar tarkibi va elektron akseptorlarning tabiati bilan farq qiladi. Bakteryalarda substratlarning oksidlash sitoxromlarga bog’liq bo’lmay, balki flabinga bog’iq oksidaza substratni kislorod bilan o’zoro tasirlashtiradi. Bunda vodorod FAD H2 dan bevosita (vodorod peroksidiga) ga o’tadi. Aeroblar H2O2 ni katalaza fermenti yordamida parchalab yuboradi. Anaeroblarda H2O2 ni parchalaydigan katelaza fermenti bo’lmaydi natijada bu modda to’planib ularning o’sishini to’xtatadi va o’ldiradi. Fakultatib anaeroblarda oxirgi elektron akseptor sifatida anaerob sharoitda nitradlardan No3 va No2 hosil qilish orqali foydalanadi. Bu jarayon nitrifikatsiya deb ataladi, ularda sitoxromoksidaza fermenti vazifasini nitratreduktaza bajaradi.
Mikroorganizmlar 6-sinfga oid fermrntlar ishlab chiqaradi bular: Oksidoreduktaza, transferaza, liaza, gidroleza, izomeraza va ligaza. Mikroorganizm fermentlari tarkibini ularning genomi belgilaydi va o’zgarmas belgi hisoblanadi. Shuning uchun shakarlar, oqsilar vaboshqa moddalarning parchalovchi fermentlarga qarab ularning turlarini aniqlashda foydalanadi. Shu bilan bir qatorda, fermentlar (neyraminadaza, gialuronidaza, koagiloza, va boshqalar) bazi yuqumli kasaliklarning patogen xususyatlarini nomoyon qiladi. Ba’zi fermentlar mikroorganizmlarning sitoplazmasida, sitoplazmatik membranasida plazmatik boshliqlar orasida joylashadi boshqalari masalan gidorolara atrof muhitiga ajraladi. Bunga qarab fermentlar ekzo-va endofermentlarga ajraladi. Ekrofermentlar atrof muhitdagi makromoddalarni oddiyroq birikmalargacha parchalaydi kiyinchalik bu moddalarni mikrob hujayrasi tashydi. Bazi fermentlar sitoplazmada joylashadi boshqa fermentlarga bog’liq bo;lmay boshqalari esa bir biriga bog’liq holda metabolitik reaksiyalarda qatnashadi. Hujayra ichidagi fermentlar vazifasi va tuzulishi bilan birlashib multiferment kompeleksni hosil qiladi, masalan nafas olish zanjiri fermentlari sitoplazmatik membranada joylashadi. Mikrob hujayrasida doimo ma’lum miqdorda sintez bo’lib turuvchi fermentlar konistituv deb ataladi. Bu fermentlarga glikoliz fermentlari kiradi. Substatga qarab konsentratsiyasi oshib boruvchi fermentlar indusibel (induksiya, substrat) deb ataladi. Bularga tashish katabolizm fermentlari va laktoza-galoktozidapermaza, p-galoktozidaza va galokzidasetiltransferaza, pensilinni parchalovchi –B-laktamazolar kiradi. Bular substrat bo’lmaganda ma’lum niqdorda bakterya hujayrasida bo’ladi,kerakli indikatorlar bo’lganda ularning miqdori teazda oshadi. Fermentlarning funksiyonal aktivligi va ferment reaksiyasi tezligi sharoitda bog’liq bo’ladi ( birinchi navbatda muhitning harorati va pH iga) Ko’p patogen mikroorganizmlar uchun optimal harorat 37’C va pH 7,2-7,4. Teng. Bakterya fermentlarning o’ziga xosligi Fermentlarning rasional nomi ular tasir qiladigan substrad yoki reaksiya nomining oxiriga aza qo’shimchasi quyish bilan tuziladi. Masalan kraxmal (atuylim) amilaza, yog’ (lipid) lipazalar, siydikchil (urea) ureaza,oqsil (protein) proteinaza; shuningdek, gidroliz – gidrolaza, oksidlanish va qaytarilish –oksidoreduktaza, ko’chirish (transfer) transferaza, fosforoliz –fosforilaza. Bir qancha fermentlar uchun ko’dan beri amalda o’lanadigan trivial oddiy, eski nomlar xam saqlanib qolgan, masalan pepsin, tripsin, katepsin va hokozo. Lekin fermentlarning ilmiy nomi ularning jaxon bioximya ittifoqi atamalar qo’mitasi tomonidan 1965 yil shlab chiqilgan klassifikasiyaga asoslangan. Maskur klassifikasiyaga muofiq, kataliz qilinadigan kimyoviy reaksiya asoslanib, barcha fermentlar oltita sinfga bo’lingan.
Oksidoperduktazalar Transferazalar Gidrolazalar Liazalar Izomerazalar Ligazalar(sintetazalar) Oksidoperduktazalar – oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarini kataliz qiladigan katta fermentlar grupasi. Ular vodorodni ajratib olib bishqa birikma (akseptor) ga uzatish yoki substradga kislorod biriktirish, elektronlarni ko’chirish orqali oksidoperduksiya ishtirok etadi. Kataliz qilinadigan reaksiya tipiga qarab, ular degedrogenazalar va oksidazalarga bo’linadi. Transferazalar – turli atomlar grupasi, kislitalar qoldig’i va boshqa radikalar bir molekuladan ikkinchi molekulaga uzatilishini kataliz qiladi. Gidrolazalar – molekulalar suv biriktirib olib, parchalanishini katalizlaydi. Liazalar- birikmalardan grupalarni suv ishtirokisiz, qo’sh bog’ xosil qilish yo’li bilan ajratadi yoki qo’sh bog’li o’ringa grupalarni biriktiradi. Izomerazalar- izomerlanish reaksiyarining turli tiplarini katalizlaydi. Ligazalar – ATP molekulasidagi pirofosfat bog’ining parchalanishi bilan birga o’tadigan ikki molekulaning bir-biriga bog’lanish reaksiyasini katalizlaydi. Download 54.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling