6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri


Download 148 Kb.
bet4/6
Sana27.10.2023
Hajmi148 Kb.
#1727215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 мавзу Бош хисоби лотин

Xarajat markazlari – bu ilk ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish birliklari bo’lib, ular o’z zimmasidagi vazifalar va operasiyalar bir xilligi, ularning texnik jihatdan ta’minlanganligi, mehnatning tashkillashtirilishi, xarajatlarning yo’naltirilganligi bilan ajralib turadi. Ularni hisobga olish obyektlari sifatida ajratib, xarajatlarning ichki mohiyatini yanada detallashtirish, xarajatlar ustidan nazoratni kuchaytirish va hisobotlarni yanada aniqlashtirish uchun foydalaniladi.
Shu nuqtai nazardan, V.B. Ivashkevichning quyidagi fikri alohida ahamiyat kasb etadi: “Xarajatlarning kelib chiqish nuqtalari xarajatlarning ilk markazlari majmuasidir. Xarajat markazlari esa xarajatlarning kelib chiqish nuqtalariga nisbatan ishlab chiqarish uchun ketgan barcha xarajatlarning yanada detallashgan guruhlarini tashkil qiladi”.
V.F. Paliy fikriga ko’ra mana shunday markazlar albatta joriy etilishi darkor. “Ularni ishlab chiqarish xarajatlariga ketgan qo’shimcha axborotlar foydaliligi bilan muvofiqlashtirish lozim. Xuddi kelib chiqish nuqtalari va joylari kabi, ular, ya’ni xarajat markazlari ularning ishlab chiqarish jarayoniga nisbatan bo’lgan munosabati asosida ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va shartli kabi turlarga bo’linadi. Xarajat markazlari nomenklaturasi ma’lumotlarni zarur bo’lgan axborot kesimlari tarkibida guruhlash imkoniyatini beradigan kodlashtirish tizimini nazarda tutadi. Kodlashtirishni, shu jumladan hisob-kitobni xarajatlarning kelib chiqish nuqtalari bilan uzviy aloqadorlikda olib borish mumkin, biroq ular uchun maxsus kodlashtirish tizimlarini ham joriy etish mumkin, binobarin, xarajat markazlari bo’yicha ular hisobining analitik tahlillarini joriy etish imkoniyati mavjud. Bu oxirgi yo’l uchun keng imkoniyat yaratish darkor, chunki xarajat markazlari bo’yicha hisoblarni guruhlash, ularning umumiy hisobga olish va raqamlashtirishning takribiy qismi sanaladi, hamda uni kalkulyasiya qilish jarayoni bilan birgalikda olib borish maqsadga muvofiq bo’ladi”.
N.G. Chumachenko bu sohadagi AQSh tajribasini umumlashtirish asosida shunday xulosaga keladi: “xarajatlar markazi mazkur xarajatlarning ilk analitik hisob-kitobi boshlang’ich bo’lagi, ya’ni yacheykasi sanaladi, bu yacheyka mazkur barcha xarajatlarni hisobga olish uchun joriy etiladi. Xarajatlar markazi tashkiliy birliklar, ya’ni sex, bo’lim, uchastkadagi xarajatlar bilan muvofiq kelishi mumkin, yoki mazkur tashkiliy tuzilmalarning ichki qurilmalari bo’lishi mumkin. Xarajat markazlarini alohida tashkil qilish uchun sabab bo’lib qo’llanilayotgan turli asbob-uskunalar, operasiyalarni bajarish va funksiyalarning birligi asos bo’lib xizmat qilishi mumkin”. Shuningdek, olim, xarajat markazlarining asosiy mahsulotini (stanoklar guruhi, ishchilar) ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lgan ishlab chiqarish guruhi, hamda umumiy xarajatlarni o’z ichiga olgan hamda ularning o’rni, ya’ni lokalizasiyasi asosida guruhlarga ajratilgan va keyinchalik ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish bo’linmalari o’rtasida bo’linadigan xizmat ko’rsatish va nominal guruhlardan iborat qilib belgilanishini ta’kidlab o’tadi.
Shunday qilib, ular o’zlarining bosh e’tiborini xarajat markazlariga qaratadilar va bu jarayonda mazkur tushuncha va ularning kelib chiqish o’rinlarini o’zaro birlashtiradilar. Xarajatlarning kelib chiqish o’rnini hisobga olishni tashkil etish bo’yicha nazariy masalalar xorijiy iqtisodiy manbalarda keng o’rganilgan. Masalan, mashhur nemis olimlaridan R. Myullendorf va M. Karrenbauer kabilar, “Xarajatlarning kelib chiqish o’rni ishlab chiqarish jarayonida sexlar va uchastkalarni tashkil qiladi” deb hisoblaydilar. Ularning fikriga ko’ra “ular hisob-kitobning alohida mustaqil obyektlarini tashkil qiladilar. Mana shunday tarkibiy bo’linish korxonalarning turli bo’linmalarida vujudga kelgan xarajatlarni klassifikasiya qilish va ularni hisobga olish imkoniyatini yaratadi. Bu holat korxonada ana shunday xarajatlarni rejalashtirish, ularni tahlil qilish va ularning o’zgarishini nazorat qilish uchun asos bo’lib xizmat qiladi”.
Shuni ta’kidlash kerakki, so’nggi vaqtlarda maxsus adabiyotlarda javobgarlik markazlari istilohi keng qo’llanila boshlandi va iste’molga kiritildi. Tadqiqotlarda ta’kidlanishicha, javobgarlik markazlari bu - ma’lum bir boshqaruv darajasida o’z huquqlari va majburiyatlariga ega bo’lgan rahbarning faoliyat doirasidir. Mazkur rahbar tasarrufiga rasmiy ravishda moddiy, mehnat va moliyaviy zaxiralar o’tkazilib, rahbar ularning barchasi uchun, ayniqsa ulardan foydalanish samarasi uchun shaxsiy javobgarlikni o’z bo’yniga oladi. Mana shunday bo’linishga asoslanib javobgarlik markazlarini tashkil qilishni faqat bir bo’lim negizida cheklab qo’yish zarurdek hamda ularning rahbarlari javobgarlikiga barcha turdagi zahiralar, shu jumladan pul mablag’lari zaxiralarni o’tkazish kerakdek ko’rinadi, biroq bu o’rinda pul mablag’lari faqat bir vosita ekanligi, ular zaxiraning faqat ma’lum narhini namoyon qilishini esdan chiqarmaslik zarur.
V.B. Ivashkevich o’zining tadqiqotida “xarajat talab qilgan joylar va javobgarlik markazlari bir narsa emas, ular turlicha tushunchalardir”, -deydi. Uning fikriga ko’ra, “Javobgarlik markazi, odatda, bir necha xarajat talab qilgan joylarni taqozo qilib, har vaqt xarajatlarni nazarga olishnigina emas, balki faoliyat doirasini ham nazoratga olishni taqozo qiladi”. Xarajat markazlarini ularni hisobga olish bilan uzviy bog’lash, ularning narx nuqtai nazaridan qancha turishiga bog’liq o’lchamlari bilan muvofiq qarash orqali muallif xarajatlarning kelib chiqish o’rni va javobgarlik markazlari haqida fikr yuritadi, lekin bunda xarajat markazlariga hisob obyekti sifatida qaramaydi, u xarajatning kelib chiqish o’rni va javobgarlik markazlarini o’zaro joy almashtirmaydi. Bizning fikrimizga ko’ra, javobgarlik markazlarining shakllanish jarayonlarini ilmiy tadqiq etish, yoki unga muvofiq hisob jarayonlarini tashkil qilishda ikki emas, balki uch uzviy bog’liq tushunchani ko’rib chiqish darkor, ular – xarajatlarning kelib chiqish o’rni, ya’ni nuqtasi, xarajat markazlari va javobgarlik markazlari.
Shu bilan birga, javobgarlik ish joyi kesimida berilganda yana bir tushuncha, ya’ni “joy javobgarliki” tushunchasi ham mavjud bo’ladi. V.V. Paliy va V.P. Paliylarning bergan fikriga ko’ra, “...bizning mamlakatimiz va xorijiy davlatlarda ham to hanuz xarajat markazlari va javobgarlik markazlariga berilgan ta’riflarning bir yagona shakli va mazmuni ishlab chiqilmagan. Shu bois, “xarajatlarning kelib chiqish o’rni” va “xarajat o’rni” masalalari nimani anglatishi aniq bo’lmay qolib ketishi holati davom etmoqda”. Muallif xarajatlarning vujudga kelishi o’rnini unda xarajat miqdorini belgilab berish, ular borasida hisob yoki hisobot axborotlarini bilib olish mumkin deb hisoblangan ishlab chiqarish yacheykasi sifatida xarakterlaydi.
“Xarajat o’rni” deganda esa uning xarakteristikasi faqat bir xil bo’ladi. U zaxiralarni is’temol qilish o’rnini bildiradi va ko’pchilik hollarda ishchi joyi, ishchi o’rniga teng keladi. Ba’zi bir tadqiqotlarda ish o’rinlaridagi xarajatlarning vujudga kelish, xarajat markazlari va javobgarlik markazlari o’zaro bir tushuncha deb baholanadi. Biroq bunday yondashuv mohiyati ancha bahslidir.
Xarajatlarning vujudga kelish o’rni bilan xarajat markazlari bilan faqat ma’lum bir shart-sharoitlardagina o’zaro muvofiq kelishi mumkin, bu narsa faqat agar ular o’zaro o’xshash xarakteristikalarga ega bo’lsagina sodir bo’ladi. Mazkur o’zaro o’xshash xarakteristikalar yo ishlab chiqarishga oid, yoki tashkil qilishga oid, yoki ular har ikki tomondan hisobga oid bo’lishi mumkin. Keltirilgan xarajatlarning vujudga kelish o’rni, xarajat markazi va javobgarlik markazlariga oid ta’rif ishlab chiqarish xarajatlarining analitik hisobini tashkil qilish zaruratiga, mazkur hisobni esa butun korxona sohasida tashkil etishga qaram qilib qo’yadi. Hisobning ko’lami va chuqurligi qanchalik asosli va keng bo’lsa, shunchalik mutaxassislar va turli ishchilarning javobgarliki bo’yicha imkoniyatlari ham kengayadi. Bizning fikrimizga ko’ra, boshqaruv manfaatlaridan kelib chiqib korxonani javobgarlik markazlariga bo’lish aniq maqsad va strategik vazifalardan hamda real holatlardan kelib chiqqan holda hal etilishi lozim va quyidagi asosiy talablarga javob berishi kerak:
- javobgarlik markazlarini korxonaning moliyaviy-xo’jalik faoliyati va uning tashkiliy tuzilishi bilan bog’liq holda olib borish zarur;
- har bir javobgarlik markazi boshqaruvida ma’lum javobgarlikni o’z bo’yniga olgan shaxs - rahbar ishlashi darkor;
- har bir javobgarlik markazida faoliyat me’yorini belgilash ko’rsatkichlari va xarajatlarni taqsimlash bazasi bo’lishi kerak;
- har bir javobgarlik markazi rahbarining vakolati doirasi va javobgarliki chegaralarini aniq belgilab olish zarur.
Rahbar faqat o’zi nazorat qilishi imkoniyati bo’lgan sohalar bo’yicha ko’rsatkichlarga javobgar sanaladi;
- har bir javobgarlik markazi uchun uning ichki hisobotlari shakllarini ishlab chiqib, joriy etish kerak;
- javobgarlik markazlari rahbarlari markaz faoliyatini o’tgan vaqt uchun tahlil qilishda hamda istiqbol yillar uchun uning rejasi, xususan, byudjetini shakllantirishda faol ishtirok etishlari zarur.
Shu bilan birga, korxonani javobgarlik markazlariga bo’lganda ijtimoiy psixologik omillarni ham nazarga olish taqozo etiladi, chunki mazkur omillar markaz rahbarlarining motivasiyasiga o’z ta’sirini o’tkazishi mumkin. Shuni ham ta’kidlash kerakki, javobgarlik markazlarining ish jarayoni korxonalarning mutaxassislik sohalari xususiyatlari, texnologiya va ishlab chiqarish jarayonini tashkil qilish, dastlabki ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari, chiqarilgan maxsulotning tarkibi, texnik jihozlanishning darajasi va boshqa omillar bilan uzviy aloqadorlikda shakllanadi.
Olib borilgan tadqiqotlar natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, javobgarlik markazlarini tashkil qilishga eng asosiy ta’sir etadigan omillar bu – korxonaning asosiy moliyaviyxo’jalik faoliyati yo’nalishi va uning tashkiliy tuzulishidir. Xarajatlarning vujudga kelishi joylarini ajratish va javobgarlik markazlari bu hisob boshqaruvidagi analitik tahlilning asosidir. Javobgarlik markazlarining turli klassifikasiyalari va nomlanishlari mavjud. Ular tadbiq etish sohalari bilan aloqador bo’ladi. Javobgarlik markazlari klassifikasiyasi asosida rahbarlarning xo’jalik javobgarlikini belgilab beruvchi mezonlar turadi va u ularga berilgan eng keng vakolatlar bilan belgilanadi.
Javobgarlik markazlari shakllanishining bazasi bo’lib korxonani boshqarishning tarkibiy tuzilmasini shakllantirish hisoblanadi. Rahbar vakolati va javobgarliklari darajasi va hajmidan kelib chiqqan holda xarajatlar markazlari, daromad, foyda, kapital quyilmalar va investisiyalar, nazorat va boshqaruv kabilar ajratiladi

Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling