6-mavzu: Tashkiliy faoliyatda boshqaruv hisobi. Reja: Ishlab chiqarishni tashkiliy faoliyatini boshqaruv hisobiga ta’siri


Tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobida foydalanadigan baholash va nazorat ma’lumotlari


Download 148 Kb.
bet2/6
Sana27.10.2023
Hajmi148 Kb.
#1727215
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
6 мавзу Бош хисоби лотин

2. Tashkiliy faoliyatning boshqaruv hisobida foydalanadigan baholash va nazorat ma’lumotlari.
Hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan boshqaruv hisobi asosan tezkor qarorlarni axborot ta’minoti bilan shug’ullanganligi bois an’anaviy boshqaruv hisobi deb atalgan. Zamonaviy korxonalar joriy boshqaruv qarorlaridan tashqari uzoq muddatli yoki strategik boshqaruv qarorlari ham qabul qilishlari kerak. Hozirgi kunga kelib ularni ahamiyati raqobatni kuchayishi va ma’lumotlarni qayta ishlashni yangi axborot imkoniyatlarini paydo bo’lishi bilan yanada oshdi. Bu xolat korxonani uzoq istiqbolda barqaror faoliyat ko’rsatishidan manfaatdor bo’lgan biznes hamkorlar va boshqaruv xodimlari uchun o’ta muhimdir. Undan tashqari, ishlab chiqarish tizimi va texnologiyalarini rivojlanishi, menejment nazariyasi va amaliyotini takomillashtirilishi oqibatida mavjud boshqaruv hisobini takomillashtirish va sifatini oshirishga ehtiyoj tug’ilmoqda.
Kompaniya menejmentini strategik qarorlar tayyorlashi uchun zaruriy ma’lumotlarga bo’lgan ehtiyojini qondirish uchun boshqaruv hisobini yangi metodlari zarur. Ushbu metodlar majmui odatda zamonaviy yoki strategik boshqaruv hisobi deb nomlanadi. “Strategik boshqaruv hisobi” atamasi 20-asrning 80-yillarida AQSh va G’arbiy Yevropa mamlakatlarida paydo bo’lgan, biroq, keng qo’llanilmagan. O’tgan asrning 90- yillariga kelib,strategik boshqaruv hisobiga oid bahslar avj oldi.“Strategik boshqaruv hisobi” atamasi birinchi bo’lib, K.Simmondz tadqiqotlarida keltirilgan.
Strategik boshqaruv hisobining asosiy funksiyasi korxona faoliyatini samarali tahlil qilish va strategik boshqaruv qarorlari qabul qilinayotganda barcha manfaatdor shaxslarning xohishlarini hisobga olinishi uchun sharoit yaratishdan iboratdir. Boshqacha qilib aytganda, strategik boshqaruv hisobi turli manfaatdor guruxlar nuqtai nazarida korxona samarali faoliyat ko’rsatayotganlik darajasini aniqlash imkonini berishi kerak.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, zamonaviy boshqaruv hisobini roli an’anaviy boshqaruv hisobidan tubdan farq qiladi. An’anaviy boshqaruv hisobi asosan joriy boshqaruv qarorlarini axborot ta’minoti bilan shug’ullanadi. Strategik boshqaruv hisobi esa strategik qarorlarni ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Ushbu farq foydalaniladigan tahlil metodlarini turlicha bo’lishiga va boshqaruv hisobini boshqa fanlar, masalan, buxgalteriya hisobi, menejment, marketing va h.k. fanlar bilan o’zaro aloqasini boshqacha bo’lishiga olib keladi. Iqtisodiy adabiyotlar tahlili natijasida taktik va strategik boshqaruv hisobini taqqoslama tavsifi o’tkazildi.
Birinchidan, strategik hisob korxona boshqaruvi tizimida o’zigagina xos bo’lgan vazifani bajaradigan boshqaruv hisobi tizimini aloxida bir tarkibiy qismi hisoblanadi.
Ikkinchidan, strategik hisob korxona menejerlarini uzoq istiqbolga mo’ljallangan boshqaruv qarorlari tayyorlashi uchun tegishli ma’lumotlar bilan ta’minlashga xizmat qilishi kerak.
Uchinchidan, strategik boshqaruv hisobi nafaqat hisob tizimini, balki korporativ menejmentni korxona, biznes-birliklari, ma’suliyat markazlari va boshqalar faoliyati natijalari haqidagi moliyaviy, vaqtinchalik va sifat ma’lumotlarini shakllantiruvchi hamda umumlashtiruvchi muhim komponentini ham o’zida ifodalaydi.
To’rtinchidan, strategik hisob tushunchasini faqatgina strategik menejment kontekstida ko’rib chiqish mumkin, ya’ni ular chambarchas bog’langan.
Beshinchidan, ichki faoliyatga yo’naltirilishi borasida kengayish, ya’ni tahlil qilinayotgan ma’lumotlar tarkibiga (yoki shakllantirilayotgan ko’rsatkichlar tizimiga) tashqi ma’lumotlarni qo’shilishi kuzatilmoqda.
Xorijiy iqtisodiy adabiyotlarni tahlil qilish strategik boshqaruv hisobi quyidagi 3 ta funksiyani bajarayotganligini ko’rsatmoqda: - strategik boshqaruv hisobi qarorlar qabul qilinishiga yordam beradi; - strategik boshqaruv hisobi korxona xodimlarini ma’lumotlar bilan ta’minlovchi tizim hisoblanadi; - strategik boshqaruv hisobi korxonadagi ma’lumotlar olishningmavjud metodlari ehtiyojni qondirmagan xollarda ma’lumotlarni taqdim etish yo’llarini o’zgartirish imkoniyatini beradigan tehnologiya hisoblanadi.
Xulosa sifatida aytish mumkinki, strategik boshqaruv hisobi faoliyat ko’rsatishi uchun boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish jarayonlari buxgalteriya hisobi tomonidan ichki rejalashtirish doirasida taqdim etiladigan miqdoriy va sifatli ma’lumotlar bilan ta’minlanadi. Shunga mos ravishda zamonaviy buxgalteriya hisobi korxona ishlab chiqarish-xo’jalik faoliyatini amaldagi sharoitiga mos keluvchi strategik oriyentasiyaga ega bo’lishi kerak.
Shunday qilib, kompaniyani samarali boshqarishda biznes strategiyani ishlab chiqish, baholash va amalga oshirishni roli kattadir. Shu ma’noda olib qaraganda kompaniyalar samarali faoliyat ko’rsatishi uchun strategik hisobni joriy etishi kerak.
Strategik hisob quyidagi vazifalarni hal etish imkonini beradi:
- kompaniyani bozor segmentidagi o’rni to’g’risida haqqoniy ma’lumotlarni taqdim etish;
- doimiy o’zgaruvchi tashqi muhitni nazorat qilish;
- xo’jalik yuritishga xamoxang bo’lgan strategik yondashuvlar va maqsadli natijalarni asoslash;
- barqaror raqobat afzalliklarga asoslangan strategiyani ishlab chiqish.



Download 148 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling