REJA:
1.Byudjet hisobining predmeti va metodi
2.Byudjet hisobining byudjet ijrosi sohasidagi vazifalari.
3.Byudjet hisobi sub’ektlari va ob’yektlarining iqtisodiy mazmuni.
4.Byudjet hisobining boshqa maxsus fanlar bilan aloqasi. 5.Byudjet hisobini horijiy mamlakatlarda yuritish amaliyoti.
Byudjet hisobining predmeti va metodi.
Byudjet hisobining predmeti bu byudjet ijrosi jarayonida byudjet mablag’lari va ularni manbaalari harakatiga oid iqtisodiy munosabatlar majmuasidir.
Byudjet hisobi bu byudjet ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi bo’lib, Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi jarayonida hisobga olinadigan moliyaviy, nomoliyaviy hamda moliyaviy majburiyatlar xolati bo’yicha pul o’lchovida axborotlarni yig’ish, ro’yxatga olishning tartiblashtirilgan tizimidir.
Byudjet hisobini yuritishdan maqsad foydalanuvchilarga byudjet ijrosi jarayoni bo’yicha to’liq hamda aniq buxgalteriya va moliyaviy axborotlarni shakllantirib berishdan iborat.
Byudjet hisobi Davlat byudjeti, Davlat maqsadli va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalari byudjeti ijrosi bo’yicha yuritiladi va byudjetlar ijrosi holati haqida ma’lumotlarni shakllanishini ta’minlaydi.
Byudjet hisobining uslubiy asoslarini byudjet ijrosi buxgalteriya hisobiga oid qabul qilingan qonuniy xujjatlar tashkil etadi (3-chizma).
1-chizma. Byudjet hisobini me’yoriy-xuquqiy asoslari tizimi
Davlat byudjeti ijrosining hisobi ustidan umumiy uslubiy rahbarlik qilish vakolati O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga yuklatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |