Davlat maqsadli jamg’armalarida jumladan byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi, Respublika yo’l jamg’armasi va boshqa byudjetdan tashqari jamg’armalarida jamg’armalar byudjeti daromadlari shakllanishi, xarajatlarini amalga oshirish, hisoblashuvlar hisobi, byudjet ijrosi natijalari bo’yicha buxgalteriya axborotlari belgilangan tartibda shakllantirilmoqda, hisobotlar tuzilmoqda.
Byudjet tashkilotlarida byudjet mablag’lari bo’yicha xarajatlar, byudjetdan tashqari mablag’lar bo’yicha daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosi jarayoni buxgalteriya hisobi “Byudjet tashkilotlarida buxgalteriya hisobi to’g’risida”gi Yo’riqnoma (O’z.R AV. tomonidan 2010 yil 22 dekabrda № 2169-son bilan ro’yxatdan o’tgan) ga asosan yuritilmoqda. Byudjet tashkilotlari moliyaviy, nomoliyaviy aktivlari tarkibi, debitorlik va kreditorlik majburiyatlari, joriy va yakuniy moliyaviy natijalar bo’yicha buxgalteriya axborotlari shakllantirilib “O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan mablag’ bilan ta’minlanadigan tashkilotlarning davriy moliyaviy hisobotlarini tuzish, tasdiqlash hamda taqdim qilish bo’yicha qoidalar” ga (O’z.R AV. tomonidan 2011 yil 27 sentyabrda № 2270-son bilan ro’yxatdan o’tgan) asosan buxgalteriya hisobotlari tuzilmoqda.
Byudjet hisobining vazifalari:
Byudjet ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Byudjet ijrosi jarayoni muomalalarini hujjatlashtirish yordamida ro’yhatga olish;
Byudjet ijrosi jarayonida buxgalteriya hisobvaraqlarda byudjet mablag’larini holati va harakatini aks ettirish;
Byudjet tashkilotlarida daromadlar va xarajatlar smetalari ijrosini amalga oshirish va natijalarini shakllantirish;
Byudjet tashkilotlari buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida aktivlarning holati, harakati, mulkiy qiymatliklar va majburiyatlarning holati hamda moliyaviy natijalari to’g’risidagi to’liq hamda aniq ma’lumotlarni shakllantirish;
Byudjet ijrosiga oid buxgalteriya hisobi ma’lumotlarini umumlashtirish va hisobotlarni tuzishdan iboratdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |