6-mavzu: VI-XI asrlarda slavyanlarning ijtimoiy tuzumi. (2 soat)


Download 262.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana16.06.2023
Hajmi262.68 Kb.
#1497761
  1   2   3
Bog'liq
6 mavzu bayoni (1)



6-mavzu: VI-XI asrlarda slavyanlarning ijtimoiy tuzumi. (2 soat). 
1. Slavyanlarning guruhlarga bo‘linishi.
2. Harbiy va janubiy slavyanlarda davlatchilik munosabatlarining
shakllanishi. Ulug‘ Moraviya davlati. 
3. Slavyanlarda yozuvning ixtiro etilishi.
4. Slavyanlarning ijtimoiy hayoti.
5. Bolgariya, Polsha, Chexiya, Serbiya, Xorvatiya davlatlarining 
shakllanishi. 
Mavzuga oid tayan tushuncha va iboralar: Avarlar, «obrlar», slavyan, «Samo 
davlati», serb, knyaz, zlichan, «Shahar kattalari», obodrit, lyo’tich, feodal, 
vechelar, pomor, lujichanlar, silezlar, arxiyepiskop, zodagon, lex, Moraviya,
«ulug Moraviya». 
O’qituvchi maqsadi: VI-VII asrlarda G’arbiy slavyan davlatining vujudga 
kelish shart-sharoitlarini aytish, Knyaz Samo davrida slavyanlar davlatidagi ichki 
ahvolga baxo berish, Ulug Moraviya ittifoqining tashqil topishini tushuntirish va 
oxir-oqibatda bu davlatning vengrlar tomonidan istilo qilinish sabablarini ochib 
berish. 
1- asosiy savolning bayoni: 
Eng ilk g’arbiy slavyan davlati Bogemiya qabilalari ittifoqi bo`lib, bu ittifoq 
VII asrning O’rtalrida xukm so`rgan edi. Bu ittifoq slavyanlarning avarlarga qarshi 
olib borgan kurashi prosessida vujudga keldi. Avarlar turk irkiga mansub xalq 
bo`lib, Dunayga VI asrning ikkinchi yarmida keldilar. VI asrning oxirida- VII 
asrning boshlarida ular bir qancha slavyan qabilalarini o’zlariga buysundirib, bu 
qabilalarga xiroj soldilar va ko`p kishini qo’l qilib oldilar. Slavyanlar avarlar 
hukmronligiga qarshi qo’zgolon ko’tarib, ulardan ozod bo’ldilar va juda katta bir 
harbiy-qabilaviy ittifoq tuzdilar. Bu siyosiy ittifoqka Samo degan bir knyaz bosh 
bo’ldi. Samo frank savdogari bo`lib slavyanlar bilan savdo qilgan va ularning 
harbiy boshligi bo`lib qolgan. Slavyanlar VI-VII asrlardagi «Ko’chish»dan keyin 
G’arbiy Yevropada juda katta territoriyani ishgol qildilar. G’arbda – Yelba bo’ylab 
ketgan chegaradan, Sharqda Visla xavsasigacha, Shimolda Baltika dengizi 
kirgoqlaridan, janubda Dunaygacha bo`lgan territoriyada slavyanlarning g’arbiy 
tarmogi deb atalgan ko`p sonli slavyan qabilalari yashar edi. G’arbiy slavyanlar 
urugchilik tuzumining tushkunlik bosqichini boshidan kechirayotgan bo`lib, VII-
IX asrlar ichida o’zlarining qabilaviy ittifoqlarini tuzdilar. G’arbiy slavyan 
davlatlarining vujudga kelishida ichki shart – sharoitlardan, ya’ni hukmron feodal 
yer egalari sinfining va shaxsan qaram bo`lgan dexqolar sinfining tashqil 
topishidan tashqari, slavyan qabilalarining qo’shni xalqlarga qarshi olib borgan 
qattiq kurashi ham ahamiyatga ega bo`lib, g’arbiy slavyan davlatlarining vujudga 
kelishini tezlashtirdi. Samo degan nomning o’zagi slavyancha bo`lganligining o’zi 
(Samoslav), Samoning ma’jo’ziy, ya’ni xristianlikdan oldingi tarzdagi turmush -
maishati va uning avarlargagina emas balki franklarga ham qarshi urush olib 


borgani Samoning slavyan bo`lganligidan dalolat beradi. Shunday qilib Samo 35 
yil hukmronlik qildi. Samo o’lgandan keyin qabilalar ittifoqi tarkalib ketdi. 
G’arbiy slavyanlarning ittifoqlari ichida mustaxkamrogi Ulug Moraviya ittifoqi 
edi. U ham bulajak chexiya territoriyasida vujudga kelib, butun bir asr xukm surdi. 
Bu ittifoqka Moymir ismli bir knyaz (818 – 846) asos solgan bo`lib, undan keyin 
Rostislav (846 – 870) va Svyatopolk (870 – 894) degan knyazlar idora qildi. Bu 
knyazlarning hammasi ham nemis feodallariga qarshi qattiq kurash olib bordi.
Krill va Mefodiy Solun shaxridan chiqkan greklar bo`lib, slavyan tilini 
yaxshi bilar edilar. Krill bilan Mefodiy Moraviyaga 863 yilda kelib, muvaffaqiyat 
qozondi. Katolik nemis ruxoniylari ularning ishiga har qanday yullar bilan 
tuskinlik qilishga o`rindi, buning uchun papaga ular ustidan shikoyat qildilar. 870 
yilda Rostislav o’z jiyani Svyatopolk nemislarning yordami bilan taxtdan tushirdi. 
Biroq, oradan ko`p vaqt utmay, nemislar Svyatopolkdan ham kutulishga qaror 
qildilar. Oxir oqibatda Germaniya qiro’li (Lyudovik Nemis) yon berdi va 874 yilda 
Svyatopolk bilan bitim to’zib uni Moraviya knyazi deb nom oldi. Keyinchalik 
Svyatopolk Moraviya davlatining chegaralarini ancha kengaytirishga, Laba, Oder 
bo’ylarida, Karpat yetaklarida yashovchi slavyanlarni busundirishga muvaffak 
bo’ldi. Biroq, har xolda u nemis feodallariga bir muncha yon berishga majbur 
bo’ldi. Bu yon berishdan biri Mefodiyning faoliyatiga zarar yetkazib, katolik 
cherkovining faoliyatiga erkinlik berildi. Mefodiy o’lgandan keyin (885 y) uning 
shog`irdlari Moraviyadan butunlay xaydab chiqarildi. Lekin Ulug Moraviya 
davlatining haloq bo`lishiga asosan IX asrning oxirida O’rta Dunayda vengrlarning 
paydo bo`lishi sabab bo’ldi, ular 906 yilda Moraviya davlatini g`oyat darajada 
harob qildilar. Moraviyaning vengrlar tomonidan vayron va harob qilinishi 
Moraviya ittifoqining parchalanib ketishiga sabab bo’ldi.
Nazorat topshiriqlar: 
1. Knyaz Samo davrida slavyanlarning ijtiomiy hayotini ochib bering. 
2. Ulug Moraviya ittifoqini tashqil topishi. 
3. Slavyan davlatlari qaysi asrlarda vujudga keldi. 
2-asosiy savolning bayoni: 
X asrning boshlarida Ulug Moraviya davlatining bir qismidan Chexiya 
knyazligi vujudga keldi. Chex knyazlari IX asrda ham bor edi, u vaqtda ular hali 
Moraviya knyazlariga qaram edilar. Chunonchi, knyaz Borivoy (874-879), uning 
xotini Knyagina Lyudmila yepiskop Mefodiydan xristianlikni qabul qilganlar 
orasida tilga olinadi.IX asrning oxirlarida Chexiyada bir qancha vaqtgacha ikkita 
qabilaviy ittifoq: Shimoliy-g’arbda markazi Praga Shahari bo`lgan asl chexlar 
ittifoqi va janubi-sharqda markazi Libisa Shahari bo`lgan zlichanlar ittifoqi xukm 
surib keldi. Chexiyaning Shimoliy-g’arbiy qabilalar ittifoqi engib chiqdi. Pshemisl 
xonadoniga mansub bo`lgan knyazlar X-XI asrlar davomida urug zodagonlariga, 
ya’ni lexlarga qarshi qattiq kurash olib borishga majbur bo’ldilar. Lexlarga qarshi 
olib borilgan bu kurash knyazlar – Boleslav I Daxshatli (936 – 937) va Boleslav II 
(967 – 999) zamonida ayniqsa keskin tus oldi. Bu kurash natijasida zlichan 
qabilalari ittifoqiga boshchilik qilgan Slavnikovichlarning butun bir avlodi – lexlar 


kirib tashlandi. Chexiya qiro’llikka aylandi, biroq imperiya sistemasida qolaverdi. 
Bu vaqtda yeski lex zodagonlarning ko’chi butunlay sindirilgan edi. Ularning 
o`rnini xizmat axli bo`lgan yerdor yangi zodagonlar oldi. Bular qiro’l hokimiyati 
bilan mustaxkam aloqada bo`lib, bu vaqtda anchagina feodallashib qolgan edilar. 
G’arbiy Yevropaning markazida joylashgan. O’rta asr Chexiya davlati so`nggi 
yo’z yilliklarda juda tez rivojlandi. Biroq chex xalqi usib, o’lgaygan sari uning 
germanlar ta’siri bilan kelisha olmasligi mukarrar ravishda nomoyon bo`lgan edi. 
Bu ziddiyat negizida Chexiyaning Germaniyada siyosiy qaramligi yotar edi. 
Chexiya davlati bilan bir vaqtda yana bitta g’arbiy slavyan davlati –Polsha 
tashqil topdi. Bu davlat dastlab Visla daryosi xavzasida yashovchi bir nechta 
qabilaning, ya’ni polyaklar (yangi davlat shularning nomi bilan ataldi) , slezanlar 
(yoki silezlar), kuyavlar, mazurlar (yoki mozovshanlar) va boshqalarning 
ittifoqidan iborat bo’ldi. Polshaning birinchi knyazi Pyastlar xonadoniga mansub 
bo`lgan Meshko (Mechislav) bo’ldi.
966 yilda Meshko o’z drujinasi bilan birlikda xristianlikni qabul qildi. Polsha, 
shunday qilib, katoliklar mamlakati bo`lib qoldi. Meshkoning ugli va vorisi 
Boleslav I Botir (992-1025) juda kuchli knyaz bo`lib, uning juda ko`p (20 ming 
kishiga yaqin) drujinasi bor edi. Boleslav davrida Krakov Shahari bilan birga 
Malaya Polsha, shuningdek, butun Sileziya Polsha davlati sostaviga kirdi. Boleslav 
slavyanlarni – pomorlarni (Baltika dengizi kirgoqlarida yashagan slavyanlarni), 
polab slavyanlarining (lujichanlarning) bir qismini buysundirdi va Cherven 
Shaharlarini (xozirgi G’arbiy Ukrainada) bosib oldi. Shunday bo`lishiga qaramay, 
Polsha davlati kattagina territoriyani o’z ichiga olar edi. Dastlabki Polsha 
ittifoqiga kirgan ko`pdan – ko`p qabilalar bora-bora qo`shilib, yagona polyak 
xalqalarga aylandi. Polsha davlati butun O’rta asr davomida Germaniya imperiyasi 
bilan xech qanday vassallik munosabatida bo’lmay, mustaqil dalat bo`lib yashab 
keldi.
Nazorat topshiriqlari: 
1. Chexiya va Pol’sha davlatining tashqil topish shart-sharoitlarini tushuntirib 
bering. 
2. Chexiya va Polsha davlatining ijtimoiy hayotiga baxo bering. 
3. Chexiya davlati bilan Germaniya O’rtasidagi munogsabatlarini shuntirib 
bering. 
3-asosiy savolning bayoni: 
X-XI asrlar davomida g’arbiy slavyanlar – polab slavyanlari va Baltika 
bo’yi slavyanlari ham davlat tuzish yulida harakat qildilar. Lekin bu harakatlar 
xech qanday mustaxkam davlat birlashmalarini vuudga keltira olmadi. Bunga 
nemislar agressiyasi halal berdi, bu qabilalar eng oddiy harbiy-qabilaviy ittifoqlar 
bosqichida to`rgan vaqtda nemislar agressiyasiga duchor bo’ldilar. Davlat tuzish 
yulidagi harakatlardan pomor slavyanlarining siyosiy ittifoqini ko’rsatib o`tish 
kerak. Pomor slavyanlari nemislarga, daniyaliklarga, skandinaviyaliklarga qarshi 
qattiq kurash olib bordilar. Mana shu asosda X asrda sharqiy pomorlarda 
mustaxkam knyaz hokimiyati ayniqsa rivoj topdi. Bir nemis xronikasida 


aytilishcha, sharqiy pomorlarning bosh knyazida 40 ming kishidan iborat kushin 
bo`lgan. 
Sharqiy Pomoreda Qolobreg, Belgrad (yoki Belgrad), Gdansk degan 
kattagina savdo Shaharlari bo`lib, bu Shaharlar kal’a ham edi. XI asrda sharqiy 
pomorlar Polshaga buysunib, XIII asrning O’rtalarigacha Polshaning qo’l ostida 
bo’ldilar. G’arbiy Pomorlar X-XI asrlrda Shahar federasiyasi tipida ittifoq tuzdilar. 
Bu ittifoqka Volin, Shchesin, Kamen va boshqa Shaharlar kirdi. Bu Shaharlarda 
hokimiyat Shahar aristoqratiyasi qo’lida – mahalliy savdogarlrga, yer egalari va 
qisman qo’ldorlardan iborat bo`lgan «Shahar kattlari» qo’lida bo`lib, bular 
mahalliy knyazlarni ham nazorat qilib turardilar, bu knyazliklar faqat harbiy ro’l 
uynar edilar. G’arbiy Pomore Shaharlarining siyosiy tuzumi ba’zi jixatdan 
Shimoliy rus Shaharlarining Novgorod va Pskovning tuzumiga uxshar edi. Polab 
slavyanlaridagi qiro’lliklar ichida eng kuchligi Vend qiro’lligi edi. Bu 
qiro’lliklarning asosi Yelba quyi oqimining ung kirgogida yashovchi obodridlar 
ittifoqi tashqil yetar edi. X asrdayoq kuchli obodrid knyazlari Mstivoy, Mstislav 
va boshqalar dong chiqargan edi, bu knyazlar nemis xronikalarida slavyan 
qiro’llari (reges slavorum) deb ataladi. XI asrda obodrid knyazlarining Goshalk 
(1030-1066), Krutoy (1066-1093) va Goshalkning ugli qiro’l Genrixdan (1093-
1125) iborat butun bir dinastiyasi vujudga keldi. Genrix Goshalkovich rasmiy 
suratda vendlar (ya’ni vened slavyanlari) qiro’li deb yuritilar edi. Unga 
obodridlardan tashqari, lyo’tichlarning ham xiyla qismi buysunar edi. 
Obodrid knyazlari vityazlardan to’zilgan o’z drujinalriga suyanib turib, 
urug zodagonlariga qarshi kurash olib bordi. O’z hokimiyatini kuchaytirish uchun 
ular nemis feodallari bilan ittifoq tuzdilar. Goshalk xuddi shu maqsadni ko’zlab 
qiro’lliklar marosimi asosida xristianlikni qabul qildi. Biroq xristianlik 
mamlakatda jiddiy qarshilikka uchradi. Knyaz Krutoy yeski «majusiyar guruhi» ga 
suyanib turib, Goshalkni agdardi. Goshalkning ugli Genrix ham, Krutoyning 
o`rnini egallab, otasining Germaniya bilan yaqinlashuviga va xristianlashuviga 
qaratilgan siyosatini davom yettirdi. Biroq nemislar bilan, jumladan nemislarning 
katolik cherkovi bilan yaqinlashuv vend qiro’lliklariga o’z mustaqilliklarini saqlab 
qolishda yordam bermadi. XII asrda, nemislarning «sharqka tazyiki» yana 
boshlanishi bilan obodritlarning yerlari birinchi navbatda istilo qilinib, nemis 
feodallari asorati ostiga tushib qoldi. Quyida, Vizantiya tarixi gapirilgan vaqtda, 
janubiy slavyan mamlakatlari tarixi bilan, xususan Bolgariya tarixi bilan 
tanishamiz, Bolgariya Yevropadagi eng qadimgi slavyan davlatlaridan biri bo`lib, 
VII asrning ikkinchi yarmidayoq to’zilgan edi. Shu narsani unutmasligimiz 
kerakki, shu VII-IX asrlarda Sharqiy Yevropada ham slavyan davlatlari tashqil 
topdi, bu davlatlar keyingi vaqtda vujudga kelgan qadimgi ulug Kiyev rus 
davlatining bevosita o`tmishdoshi edi. 
Nazorat topshiriqlari: 
1. Polab va Baltika bo’yi slavyanlarining davlat tuzish yulidagi o`rinishlariga 
baxo bering. 
2. Pomorlarda knyaz hokimiyati qachon vujudga keldi? 
3. Yevropada Bolgariya davlati qachon tuzildi? 


3-asosiy savol: Kiеv Rusi. 
1X asrning O’rtalarida vujudga kelgan qadimgi Rus davlati poytaxti Kiyev 
shaxri bo`lgan. Slavyan qabilalari feodal jamiyatiga urugchilik jamoasining 
yemirilishi natijasida utdilar. Kiyev Rusining iqtisodiy va madaniy taraqqiyotida 
Vizantiyaning ro’li nihoyatda katta bo`lgan. 
Rus yerlarida X1 asr oxiri-XII asr boshlarida feodalizm o’zil-kesil o’rnatildi. 
Mamlakatda bolangan iqtisodiy taraqqiyot, uning turli qismlarida yirik yer egalari, 
knyaz va boyarlarning kuchayishiga olib keldi. Kiyevdan uzoqdagi va endilikda 
yetarlicha rivojlangan Novgorod, Polosk, Smolensk, rostov, Suzdal, Ryazan kabi 
yirik Shaharlar o’z viloyatlarining mustaqil markazlari bo`lishga intilishar edi. 
Vladimir Monomax va uning ugli Mstislavning qipchoqlarga qarshi harbiy 
yurishlari, ularning xavfini vaqtinchalik bo`lsada bartaraf yetdi va markaziy harbiy 
birlikka birmuncha zaruriyat bo’lmay qoldi. Yirik Shaharlarning boyarlari bundan 
foydalanib, Kiyevga qaram bo`lmagan mustaqil knyazliklar barpo qilishga 
kumaklashib, ayrim knyazlarni o’zlariga xukmdorlikka taklif qila boshladilar. 
Knyazlarning 1097 yili Lyubechda bo`lgan sezdi: «har kim o’z yurtiga ega bulsin» 
deb qaror chiqardi. Bu etsa feodal tarqoqligi boshlanishini tantanali ravishda ye’lon 
qilinishi edi. Solnomachi 1132 yili «butun Rus yeri bo’linib ketdi» deb yezgan edi. 
Rusda feodal tarqoqlik davri boshlandi.
Kiyev Rusi buyuk knyazlari hokimiyatining zaiflashuviga janubiy 
viloyatlardagi tushkunlik ham sabab bo’ldi. Kiyev va uning atrofidagi yerlarga turli 
knyazliklarning taxdtdi, shuningdek kuchmanchi poloveslar hujumlari tuxtovsiz 
davom yetardi. Natijada XP asrdan boshlab ko`plab dehqonlar va Shahar axolisi 
tinchroq joylarni axtarib, janubi-g’arbiy va ayniqsa Shimoli-sharqiy, Volga-Oqa 
daryolari xavzasiga ko’cha boshladi. Yangi yerlarda tez orada Shahar va qishloqlar 
barpo yetilib, ulardagi axoli soni ko`payib bordi. 
Kiyev Rusidan mustaqil knyazliklar: Chernigov, Polosk, Pereyaslav, Galisk, 
Volinsk, Smolensk, Ryazan, Rostov-Suzdal, Novgorod yeri, Kiyev knyazligi va bir 
qator mayda knyazliklar tashqil topdi. Har bir knyazlik butunlay mustaqil bo`lib, 
o’zining ichki tartiblarinigina emas, balki tashqi sietsat olib borishi, urush va tinchlik 
muammolarini hal yetish huquqlariga ham ega edi. 
1. Janubiy slavyanlar: Bolgar, Serb va Хorvat qiro’lliklari 

Download 262.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling