6-mavzu: VI-XI asrlarda slavyanlarning ijtimoiy tuzumi. (2 soat)


Bolgariya davlatining vujudga kelishi


Download 262.68 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana16.06.2023
Hajmi262.68 Kb.
#1497761
1   2   3
Bog'liq
6 mavzu bayoni (1)


Bolgariya davlatining vujudga kelishi VII asrda Bolqon yarim oro’lining 
Shimoli-Sharqida Bolgariya davlati tashqil topdi. U o'z taqqiyoti davomida ikki 
bosqichni bosib o'tdi. 
- 1 Vll asrning I yarmida Dunayning janubida yashovchi dunay bo'yi 
slovyanlari, ya'ni yettita slovyan qabilasining katta ittifoqi vujudga keldi; Bu 
qabilalar Shimolda ovarlaga va Janubda Vizantiyaga qarshi qattiq urush olib bordi. 
- 2 Vll asrning I yarmida Dunayga Azov bo'yidan yangi qabila - Bolgarlar 
keldi; bular slovyanlar bo'lmay , tiliga qaraganda turk qabilalariga mansubdir . 
Bolgarlarning Dunay bo'yiga kelishi Dunay bo'yi slovyanlari ittifoqining 
taraqqiyotiga katta ro’l o'ynadi. 


Bolgar xoni Asparux Dunay ittifoqining knyazlari bilan shartnomalar tuzib, o'z 
drujinasi bilan 679 yida yoki 681 yilda Bolqon yarim oro’lining Dunay dan 
Janubdagi territoriyasiga ko'chib kelib joylashdilar, Osha vaqtda yuz bergan 
vaziyatga qaraganda, bolgarlar bu yerga istilochi sifatida emas, balki, umumiy 
dushman, avarlar va vizantiyaliklarga qarshi kurashda Dunay slovyanlari ga 
ittifoqchi bo'lib keldilar. Ammo bu ittifoqda kelgindi bolgar qabilalari slovyanlardan 
ustun bo'lib olganligi uchun mamlakat ham bolgarlar nomi bilan ataladigan bo'ldi. 
Asparux Vizantiya imperatori Konstantin IV bilan shartnoma tuzgan holda, 
Vizantiya imperiyasi birlashgan Varvarlarga Bolqon yarim oro’lining katta qismini 
berishga rozilik berdi. 
Natijada Asparux bolgar - slovyan davlatining bosh knyazi bo'ldi barcha 
slovyan qabilalari Asparuxga bo'ysundi. Yangi davlatning poytaxti avvaliga Pmeska 
Shahri, keyinchalik Preslava Shahri bo'ldi. 
VIII-IX asrlarda bolgarlar bilan slovyanlar o'rtasidagi yaqinlashish jarayoni 
tezlashdi. Bolgarlar slovyanlardan dehqonchilikni, hunarmandchilikni, slovyan dini 
va urf-odatlarini tilini ham o'zlashtirib oldilar. Feodal munosabatlar tarkib topa 
borgan sari yerli slovyan va kelgindi bolgar zodagonlari bitta hukmron sinf bo'lib 
qo'shilib ketdi.
IX asrda Bolgarlarning yuksalishi. XI asr boshlariga kelib Bolgariya juda katta 
bir davlatga aylandi .Qudratli xon Krum hukmronlik qilgan vaqtda (802-815) 
Bolgariya podsholigi tarkibiga hozirgi Bolgariyadan tashqari hozirgi Ruminya 
hamda Vengriyaning katta bir qismi (Tisa darypsining Janubidagi qismi) kirgan edi.
G'arbiy chegaralari Karl Buyuk imperiyasi chegaralariga borib yetar edi. Bolgariya 
IX asrninig II yarmida knyaz Boris (852 - 888) zamonida ham ancha kengaydi va 
mustahkamlandi. Bolgarlar va sharqdan kelgan va mahaliy slovyanlar han 
xristyanlikni Vizantiyadan qabul qildilar. 
Podsho Simeon zamonida Bolgariya. Bolgariya davlati ayniqsa podsho
Simyon Buyuk (893-927) davrida ancha qudratli davlatga aylandi. Bu davrda 
Bolgariya umumbolsion davlatiga aylandi. 
Vizantiyaning qo'lidan yarim oro’lning Janubiy qismlari, Egey dengizi qirg'oq, 
Makedoniyaning bir qismi (Solun Shahri bilan) va Fransiyaning bir qismigina qoldi, 
xolos. Ammo Semyon bu oblastlarga ham tahdid solib, Bolqon yarim oro’lining 
hammasisini, shu jumladan Vizantiya poytaxti konstantinapolning o'zini ham bosib 
olmoqchi bo'ldi . Garchan Simyon o'zining bu maqsadiga erisha olmagan bo'lsada, 
ammo o'zini 919 yilda bolgarlar va greklarning mustabid hokimi deb e'lon qildi. 
Uning O'rta yer dengizi davlatlari orasida ta'siri kuchli edi. 
Simyonning o'g'li bo'lgusi podsho Petr Vizantiya malikasiga, Vizantiya 
imperatorining nevarasiga uylandi. Preslaviyaga grek malikasi bilan birga ko'p 
greklar ham ko'chib keldilar. Preslaviya bu davrda gullab yashnadi. Vizantiyalik va 
Bolgariyalik ustalar yordamida saroylar, ibodatxonalar g'ishtin Shahar devorlari 
qurila boshlandi. Simson Vizantiya saroyida yaxshi tarbiya olganligi sababli 
Prislaviyadagi saroyida slovyan adabiy markazini tashqil etdi. 
Uning buyrug'I bilan Vizantiya chiqqan diniy-falsafry, va adabiy-tarixiy 
temalardagi har turli to'plamlardan juda ko'pi (Izmarabd ), " Zlatostruy " va 
boshqalar slovyan tiliga tarjima qilindi. X asrda ilk Bolgar yozuvchilar asarlar 


yaratdilar. IOANN ekzarx "Shestodnef degan kitobini chop etdi. Monax 
xirabbirning "slovyan tili to'g'risidagi" muloxazalar (rossujdeniy o slosyaniskom 
yasike) degan kitoblari pay do bo'ldi. Xrabriy slovyan tilining yer yuzida keng 
tarqalganligi va bu til orqali grek va latin singari hamma narsani ifoda etish 
mumkinligini 
isbotlaydi. 
Kitobxonlik 
Bolgariyada 
aholining 
asosiy 
mashg'ulotlariga aylangan. 
Podshoh Simyondan keyin Bolgariya 
Simyon vafotidan keyin Bolgariya ham tushkinlikka yuz tuta boshladi 
Bolgariyaning katta qismi qo'shni davlatlarga o'tib ketdi Bolgariya hisobiga ayniqsa 
Vizantiya kuchaydi Bolgariyada podsho hokimiyati zaiflashib, fiodal tarqoq 
mamlakatga aylandi. Dehqonlar ommasining ahvoli og'irlashib, soliqlar simson 
zamonidayon halq ommasining tinka madorini quritgan edi. Dehqonlar 
krepastnoylashishi ancha tezlashdi. Vizantiyadagi kripastnoy dehqonlar singari 
Bolgariyada ham ularni pariklar deb atalardi. 
Bogomillik Boyar - feodallar ekusplo’tasiyasidan ezilgan dehqonlar 
ommasining noroziligi keng suratda avj olgan yeritiklar harakatida-Bogomiyalikda 
o'zining yorqin ifodasini topdi. Bagomiyalik dastlab podsho simpsom zamonidayoq 
paydo bo'lgan edi. Bagomiylik X asr o'rtalarida ayniqsa keng tarqaldi. Taxmin 
qilishlaricha bogomiylik degan nom bogominlarning dastlabki jamoasi rahbari 
bogomiya yoki bogumiya degan podshomning nomidan kelib chiqqan. Balki bir 
talqinga ko'ra bu so'z xudoga xush keladigan ("ugonniye bogu") degan ma'noni 
anglatadi, bu ham mazxab tomonidan qabul qilingan bo'lib bular gunoh ishlarga 
xizmat qiladigan provoslav cherkovi tarafdorlari qarama qarshi o'laroq , o'zlarini 
odil kurashuvchilar deb hisoblaydilar. Bagomillar davlat provoslav cherkovini inkor 
etdilar va cherkov er egaligiga qarshi chiqdilar. 
- ular krepostnoylik huquqi muqaddas kitobga ham to'g'ri kelmaydi , deb 
targ'ib qiladilar. 
- Ular o'zini idora qiladigan patriarxal xo'jalikni feodal davlatga qarshi 
qo'yadilar. 
- Ularning o'zlarining maxsus demokratil cherkov tashqiloti bo'lib, ularga 
saylab qo'yiladigan xalq oqsoqollari boshchilik qiladi. 
- Ularning adabiyotlari, taqiqlangan kitoblari ham bor edi, bu kitoblarda 
provoslav cherkovini qattiq qoralab tanqid qilar edilar. 
Hukumat tominidan taqib qilingan Bagomillarlar bolqon yarim oro’lining 
boshqa Shaharlariga ko'chirib yoborilar edi. 
Keyinchalik Bagomillik G'arbiy evropadagina emas balki sharqiy evropadagi 
harxil yretik harakatlarning (G'arbda katarlar va alivigoylar, pisqol va novgorodda-
strigolniklar va h.k) avj olishga ta'sir ko'rsatdi. 
Birinchi Balgariya podsholigining tugashi X asrlariga kelib bolgariyada ichki 
sotsial ziddiyarlar nihot darajada keskinlashdi. Bundan foydalangan vizantiya 
imperatori Kiyev kinyazi sivyatoslavni yordamga chaqirib bolgariyada hujum 
uyushtirdi. Sivyataslav bolgariyaga ikki marta (968-969 va 969-971 y.y) yurush qildi 
. bu yurishlar natijasida dunayda o'z hokimatini o'rnatdi. Sivyataslav filippopal 
(Plovdiv) shaxriga hujum qilib, vizantiyaga qarshi yurish tayyorgarlik ko'rdi, ammo 


loann simisxiy katta qo'shin bilan unga qarshi chiqib, rus va bolgarlarni 
Bolgariyadan ham siqib chiqarib Bolgariyaning katta qismini Vizantiyaga qo'shib 
oldi. 
Istelo qilinmay qolgan G'arbiy Bolgariyani markazi Oxrid Shahri bilan Vasiliy 
II Bolgaroboysa (Bolgarkesar) o'ziga bo'ysundirdi. 
(Bolgaroboysa - balgarcha "bolgarlar qotili" ma'nosida) U 1014 yilda o'zi 
uchun muvoffaqiyali tugagan jangdan key in asir olingan 15 ming bolgarning ko'zini 
uyishga buyruq berdi. Bolgar podsholigi 1018 yilda batamom tugadi. shu vaqtdan 
boshlab XII asrga bolgarlar Vizantiya asoratiga tishib qoldilar. 
Bolqon yarim oro’lidagi serb qabilalari VI - XI asrlarda Bolqon yarim 
oro’lining Shimoli - g'arbiy qismida turli serb qabilalari o'rnashgan bo'lib, bular 
serblarga, xorvatlarga va slovyanlarga bo'linar edi. 
Serb qabilalarining azaldan yashab kelgan yerlari Adriatina dengizi, Istriya, 
daryolardan: Drava, Dunay va Marova ham shar - Planina tog’' massivi o'rtasidagi 
keng territoriyadan iborat edi. Ular uzoq vaqt kichiq -kichiq birlashmalar shaklida 
yashab keldilar . Bu birlashmalar qarindoshlikka asoslangan holda tarkib topgn edi 
. Bular esa o'z navbatida potriarxal oilalariga bo'linar edi. Sharqiy Serblarda bu holat 
boshqacharoq bo'lib, xonadon jamoasi bo'linmasdan umumiy bir xo'jalik olib 
boruvchi katta oila keng tarqalgan edi. Bu xonadon qabilasi «to'da», «buyuk to'da»
(yoki zadruba) deb atalar edi. 
Manbalarda VIII - X asrlardayoq serblardan qullar bolganligi tilga olinadi. Xalq 
majlislariga («sborlari» yoki «soborlari»ga) toplanib eng muhim masalalar hal 
qilinar edi. Erkin jamoalar tepasida julanlar, julaboshliqlari turar edi. 
Serblarga qo'shni bo'lgan - Vizantiya, Vengriya, Bolgariya davlatlarining 
ularga hujum qilib turishi serblarda davlat tuzilishini ancha tezlashtirdi. 

Download 262.68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling