Mundarija kirish I bob. Afshorlar davlatining tashkil topishi va shakllanishi


Download 309.5 Kb.
bet1/8
Sana17.06.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1528498
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nodirshoh (2)


MUNDARIJA

KIRISH……………………………...……………………………….………...….2

I BOB. AFSHORLAR DAVLATINING TASHKIL TOPISHI VA SHAKLLANISHI……………………………………………………………6-14
1.1.Erondagi siyosiy vaziyat va o`zaro urushlar…………………………………6
1.2. Nodirshohning hokimyat uchun kurashi.Nodirshoh davlatining vujudga kelishi……………………………………………………………………………14
II BOB. NODIRSHOH DAVRI. NODIRSHOH DAVLATINING YUKSALISHI VA TARAQQIYOTI. AFSHORLARNING INQIROZI…15-24
2.1. Nodirshohning islohotlari va harbiy yurishlari……………………………….15
2.2. Nodirshoh(Afshorlar) davlati inqirozi va siyosiy parokandalik……………...21
XULOSA………………………………………...………….…………………....25
FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI…………..27
ILOVALAR………………………………………..……………………………..29


KIRISH
Kurs ishi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Bugungi kunda mamlakatimiz xalqining ko‘p ming yillik madaniyati, milliy qadriyatlari va urf-odatlarini tiklash hamda fuqarolarda o‘zlikni anglash xalqimizning boy moddiy va ma’naviy merosini tiklashb asrab-avaylash bo‘yicha ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. “Milliy o‘zligimizni anglash, Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o‘rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini kuchaytirish, gumanitar soha olimlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashimiz lozim”1. Tarix ilmi umuminsoniy qadriyatlar ichida eng asosiysidir. Jahon tarixi va madaniyatida katta o‘rin tutuvchi Nodirshoh hukmronligi davrini o‘rganish, o‘sha davr voqea-hodisalarini, davlat negizini tashkil etgan boshqaruv tizimini haqqoniy o‘rganish bugungi tarix fanining dolzarb mavzularidan hisoblanadi.
Eron davlatchiligi tarixining ajralmas qismi bo‘lgan – Nodirshoh davrida Eron va Xurosonning siyosiy hokimiyatining o‘rnatilishi o‘rganish alohida ahamiyat kasb etadi. Mazkur davr Eron hududida Safaviylar sulolasi qo‘lida bo‘lgan Eron davlatining inqirozga yuz tutishi oqibatida siyosiy kurash nihoyatda kuchaygan, mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida keskin o‘zgarishlar yuz bergan davr hisoblanadi. Shu bois, eron xalqi davlatchiligi tarixini o‘rganishda nisbatan kam tadqiq etilgan hamda e’tibordan chetda qolib kelgan Nodirshoh boshchiligidagi Afshorlar sulolasi hukmronligi davri ham o‘ziga xos o‘ringa ega.
Eron davlatchiligi tarixini o‘rganishga jiddiy e’tibor berilayotgan bugungi kunda Nodirshoh davlatining tashkil topishi, markazlashuvi, markaziy va mahalliy boshqaruv hamda unda faoliyat olib borgan mansablar transformatsiyasining o‘ziga xos jihatlari, mamlakatda faoliyat olib borgan mansabdor shaxslar hayoti, ijtimoiy-iqtisodiy sohada amalga oshirilgan tadbirlar, yer egaligi, uning taqsimlanishi bilan bog’liq an’analar, suv inshootlari va ularning qurilish mexanizmlari, xorijiy mamlakatlar bilan olib borilgan diplomatik munosabatlar, savdo-sotiq va boshqa jarayonlarni tadqiq etish va ochib berishga ehtiyoj benihoya katta. Davlatchilikning muhim tayanchi bo‘lgan Nodirshoh asos solgan davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy muammolari tarix fanida maxsus o‘rganilmaganligi bois mazkur ilmiy muammo tadqiqot mavzusi qilib olindi hamda tadqiqotda ushbu davlatning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tizimiga oid masalalarni yoritish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling