Mundarija kirish I bob. Afshorlar davlatining tashkil topishi va shakllanishi


Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili)


Download 309.5 Kb.
bet2/8
Sana17.06.2023
Hajmi309.5 Kb.
#1528498
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Nodirshoh (2)

Kurs ishi mavzusi bo‘yicha adabiyotlar sharhi (tahlili). Kurs ishi mavzuning tarixshunoslik masalalariga bag’ishlangan tadqiqotlarni uch guruhga: 1) sovet hukumati davridagi adabiyotlar, 2) Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar, 3) xorijiy mualliflar tomonidan yaratilgan tadqiqotlarga ajratilib o‘rganildi.
Birinchi guruhga oid sovet davrida chop etilgan adabiyotlarda sinfiylik mafkurasining ustunligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Biroq, tadqiq etilayotgan mavzu mohiyatini ochib berishda bu adabiyotlar muhim ahamiyat kasb etadi. Bu davrda chop etilgan qatoriga quydagi mualliflar: A. Nikitin, S. Gergamov, V.V.Bartold, A.A.Semyonov va P.P.Ivanov va boshqalar asarlarini kiritish mumkin.
Ikkinchi guruhni O‘zbekistonda mustaqillik yillarida chop etilgan adabiyotlar tashkil etib, o‘zbek davlatchiligi tarixida alohida ahamiyat kasb Nodirshoh davri tarixi nisbatan kamroq tadqiq etildi. Shunday bo‘lsada, bu davr davlatchilik, ijtimoiy-iqtisodiy tizimi ayrim tarixchi olimlar tomonidan imkon qadar o‘rganildi. Bu olimlar qatoriga: B.Ahmedov, G.Sultonova, A.Zamonov, A.Ziyo, G.Agzamova, A.Qandaharov, S.Inoyatov, O.Hayitova, B.Eshov, Z.Muqimov, va boshqalar ilmiy izlanishlarini kiritildi.
Uchinchi guruhga: Xorijiy tadqiqotlar tashkil etib, ularda Eron va Xurosonda Nodirshoh siyosiy faoliyati va u asos solgan shayboniylar sulolasi hamda davlati tarixini yoritishga oid bir qator ma’lumotlarni berib o‘tgan. Ularni H.Vamberi (Vengriya), S. Adams (AQSH), Remzi Kilich (Turkiya), D. Svetov, N. Aramin (Rossiya) va boshqa xorijlik tadqiqotchilar ilmiy ishlari tashkil etadi.
Shuni ta’kidlash joizki, Nodirshohning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy tarixi xususida yozilgan manbalar yetarlicha. Ushbu Kurs ishini yaratishda, asosan, davlatda tuzilgan turli hujjatlar asosida yaratilgan xrestomatiyalar, XVIII asrda Eronga tashrif buyurgan sayyohlar, elchilar va savdogarlarning kundaliklari, hisobotlari hamda mahalliy tarixchilarning asarlaridan, sovet va mustaqillik yillarida mavzuga doir amalga oshirilgan ilmiy tadqiqot natijalaridan keng foydalanildi

Download 309.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling