6-Mavzu. X-window, Faylli tizim
Download 379.96 Kb.
|
Ma\'ruza-6
- Bu sahifa navigatsiya:
- KDE Control Center
Ish stoli bilan ishlash.
Ish stoli – bu ba`zi komponentlardan iborat maydon. Unda siz kerakli znachoklarni bosib, dasturni oyna orqali ishlatishingiz mumkin. Ayni vaqtda bir-biriga bog`liq bo`lmagan bir qancha oynalar ochishingiz mumkin. Ish stoli qulay ishlash uchun bir qancha komponentalar taklif etadi.Windows foydalanuvchilari bularning ko`p qismi bilan tanish. Belgilar. Belgilar ustiga sichqonchani bosish orqali dasturlarni ishga tushirishingiz mumkin. Odatda belgilar sichqoncha tugmasini 2 marta bosish orqali, panel tugmalari esa bir marta bosish orqali ishga tushiriladi. Ammo bularni o`z xohlaganingizcha qo`yishingiz mumkin. Bu keyinroq ko`rsatib o`tiladi. Menyu. LINUX OT 2 turdagi, ya`ni bosh menyu va kontekst menyularni taklif etadi. Siz bu menyularga bo`limlar qo`shish yoki olib tashlash imkoniyatiga egasiz. Odatda yangi dastur o`rnatilganda, uning nomi bosh menyuda chiqadi. Bosh menyu. Bu xuddi Windows dagidek ostki panel chap tugmasini bosish orqali ishga tushiriladi. Unda mavjud dasturlar va boshqarish utilitalari bo`limlari bor. KDE da bu “K” harfi bilan, gnome da esa panja belgisi orqali tasvirlangan tugmadan iborat. Lekin Linux ning turli versiyalarida o`z maxsus belgisi ham bor. Fedora da qizil shlyapa bo`lsa, SUSE panelida yashil drakon boshi tasvirlangan tugmalar mavjud. Kontekst menyusi. Bbu sichqonchani o`ng tugmasi bosilganda chiqadigan yordamchi oyna bo`lib, u turli vazifalar bajarish imkoniyatini beradi. Masalan, ish stolining bo`sh qismiga bosilganda bir menyu, znachoklarni bosganda boshqa bir menyu, panelga bosilganda ham boshqa bir menyu chiqadi. Menyu belgilangan ob`yekt ustida amal bajarish imkoniyatini beradi. Ko`p menyularda element nomining bir harfi maxsus belgilangan bo`lib, shu harfni bosish orqali sichqonchani ishlatmay turib bajarish mumkin. Ba`zi menyular maxsus klavishlar kombintsiyasiga ekvivalent bo`lib, shu kombinatsiyalar orqali ham vazifani bajarish mumkin. Masalan, Alt + F9 tugmasi ekvivalent bo`lsa, shu ikkala tugmani bosish orqali vazifa bajarilishi mumkin. Yordamchi (vsplivayushiye) podskazkalar sichqonchani element ustiga olib borganda ko`rsatiladigan u haqida axborot. Foydalanuvchi bularni o`chirishi yoki yoqishi mumkin. Oynalarni manipulyatsiya qilish. Oynalar bir joydan boshqa joyga ko`chirilishi, kattalashtirilishi, kichiklashtirilishi, o`chirilishi yoki berkitilishi mumkin. Ko`chirish. Oynaning ustki qismiga sichqonchani bosib turgan holda bir joydan boshqa joyga olib o`tish. Yoki chap tepa burchagida tugmasini bosib Move bo`limini tanlash kerak. Olchamni o`zgartirish uchun oynaning chegarasiga sichqonchani bosgan holda yurgizishimiz kerak. Kattalashtirish, kichiklashtirish yoki ish stolini ko`rsatishda oyna nomi ustiga sichqoncha chap tugmasi ketma-ket 2 martta bosilganda kattalashgan yoki kichiklashgan holga o`tadi. Bu amalni oyna o`ng ustki qismidagi maxsus tugmalar orqali ham qilish mumkin. Ish stolini ko`rsatish uchun ostki paneldagi Show Desktop tugmasini bosish orqali amalga oshiriladi. Agar bu tugma bo`lmasa, uni qo`shish keyinroq aytib o`tiladi. Yopish. Oyna o`ng burchagi tugmasini bosish orqali chiqadigan oynadan Close bo`limini tanalsh orqali amalga oshiriladi. Tashqi ko`rinish. Ish stolini osongina o`zgartirish mumkin. Masalan, Fedora, Mandrake yoki SUSE dan ekran zastavkasi ko`k fon bo`lib, uning rangini o`zgartirish yoki boshqa rasm qo`yish mumkin. Siz ish stolining barcha elementlarini o`zgartirishingiz mumkin. Ko`pchilik foydalanuvchilar o`z didlariga mos qilib, o`z mavzularini yaratadilar. Ularning ba`zilari Linuxda mavzu ko`rinishida mavjud bo`lib, ular hammasi birgalikda yaxlitlikni tashkil etadi. Ba`zi qo`shimcha mavzularni Linux saytlaridan olishingiz mumkin. Umuman olganda barchasini moslash mumkin. Foydalanuvchilar o`z xohishlari bo`yicha barchasini o`zgartirib, keyingi foydalanuvchiga boshqa ko`rinishda taqdim etmoqdalar. Keyingi bo`limlarda aytiladigan o`zgartirishlar Sizning Linux ingizda boshqacha bo`lsa, uni siz xohishingizga qarab moslashishingiz mumkin. KDE va GNOME ish stolini moslashning turlicha usullarini taklif etadi va ular bir-biriga o`xshash. Keyingi bo`limlarda asosiy va odatiy o`zgartirishlar aytib o`tiladi. Ko`rsatib o`tilmagan o`zgartirishlarni o`zingiz qilishingiz mumkin. KDE ish stolidagi o`zgartirishlar KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi) orqali qilinishi mumkin. Buni bevosita bosh menyudan yoki Preferences (parametrlar) yordamchi menyusidan chaqirishimiz mumkin. KDE Control Center yuklanganda quyidagi oynani ko`rish mumkin. Rasm 5. KDE Control Center (KDE boshqaruv markazi) Ish stolining ko`rinishlari look and feel bo`limida bajariladi. GNOME da ish stoli KDE Control Center kabi butun bir tizim bo`lmasdan, moslashishlar dialoglarini chaqirishda alohida menyu elementlari bor. Odatda menyu elementlari bosh menyudagi alohida guruhda mavjud. masalan, Fedorada bu boshqaruv elementlari guruhi Preferences da, Mandrake da esa System Configuration bo`limida olib boriladi. Menyu elementlari boshqaruv tizimi SUSE versiyasida GNOME da ko`rinishi quyidagicha. Rasm 6. GNOME ish stolini moslash Desktop Preferences (ish stoli moslanishlari) punktning ost punktida elementlarning moslanish bo`limlari ko`rsatilgan. Qolgan qismlarda quyidagi asosiy boshqaruv bo`limlari muhokama etiladi. Fon. Ish stoli va paneli fonini o`zgartirish yoki o`rniga rasm qo`yish mumkin. Znachok. Ish stoliga znachoklarni qo`shish yoki olib tashlash mumkin. Shrifftlar. Shriftlar stili va o`lchamini o`zgartirish. Ekran saqlovchisi. Ekran saqlovchisini tanlash va yuklanish vaqtlarini belgilash mumkin. Sunday qilib KDE va GNOME ish stollarining asosiy qismlari aytib o`tildi. Download 379.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling