6-Mavzu. X-window, Faylli tizim


Bir necha ish stolini moslash


Download 379.96 Kb.
bet7/7
Sana19.06.2023
Hajmi379.96 Kb.
#1601976
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Ma\'ruza-6

Bir necha ish stolini moslash.
Linux OT bir necha ish stollari bilan ishlash imkoniyatini beradi va ularning har biri alohida o`z parametrlariga ega bo`lishi mumkin. Masalan, biri iqtisod masalalarini ishlatishga moslangan bo`lsa, ikkinchisi san`atga doir ish stoli bo`lishi mumkin.
Bir qancha ish stollari virrtual ish stollari deb ham ataladi. Virtual ish stoliga atalgan panel quyidagi rasmda ko`rsatilgan.

Rasm 13. KDE ish stoli paneli

4 ta kvadratdan tashkil topgan ob`yekt ayni vaqtda mavjud ish stolini ko`rsatadi. Birinchi kvadratning oq rangda ekanligi uning aktiv ekanligini ko`rsatadi. Ikkinchi va to`rtinchi ish stollarida 1 ta oynaning borligi bu ish stollarida 1 tadan dastur aktivligini bildiradi. Vazifalar panelidagi 2 dasturlar aktiv ekanligini bildiradi. Boshqa ish stoliga o`tish uchun unga mos kvadratni tanlash kerak. Vazifalar panelidagi dasturni bosganimizda bu dastur qaysi virtual ish stolida bo`lishidan qat`iy nazar ish stoli bilan ishga tushiriladi. 


Dasturlar bir ish stolidan boshqasiga osonlik bilan olib o`tilishi mumkin. Buning uchun oyna yuqori qismidagi strelkaga sichqonchani bosish kerak. Unda quyidagi menyu chiqadi.

Rasm 14.
Kerakli punkt orqali belgilangan ish stoliga o`tkazish mumkin yoki hamma ish stollariga ham o`tkazish mumkin.
Panelda 4 ta virtual ish stoli ko`rsatilgani bilan uni bir nechtagacha ochish mumkin. Buning uchun ish stoliga sichqoncha o`ng tugmasi bosilib, Configure Desctop bo`limi topiladi. Rasmda ko`rsatilganidek, chap qismidan Multiple Windows punkti tanlanadi.

Rasm 15. Ish stolini moslash oyinasi

Rasmda 5 ta virtual ish stoli bo`lib, ulardan birinchisi aktivdir. Unda 1 ta aktiv dastur bor. 


Number of Desktops maydonida ish stollari sonini berish mumkin. Qulaylik uchun ularga nom ham berish mumkin. Sichqoncha ish stoli ustiga olib borilganda uniing nomi ko`rsatiladi.
Nazorat savollari:

    1. Operatsion tizim deb nomlangan dasturlar to'plami nima qiladi?

    2. Kompyuter texnikasini boshqarishni ta'minlaydigan, fayllar bilan ishlashni tashkil etuvchi va foydalanuvchi bilan o'zaro aloqani amalga oshiradigan dasturlar majmuasi qanday nomlanadi?

    3. 1970 -yillarning oxirida UC Berkli xodimlari UNIX manba kodiga bir qator yaxshilanishlarni kiritdilar. Rivojlanish BSD deb nomlandi. Qanday yaxshilanishlar bor edi?

    4. BSD -da nima yangilik va UNIXda etishmayapti?



Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:


    1. Linux. От новичка к профессионалу. — 6-е изд., перераб. и доп. — СПб.: БХВ-Петербург, 2018. —672 с.

    2. A Practical Guide to Linux Commands, Editors, and Shell Programming. Mark G. Sobell [MGS]

    3. Linux Users Resource (Prentice Hall PTR Developer's Resource Series). Jim Mohr [JM]


Internet manbalari ro'yxati:

    1. https://intuit.ru/studies/courses/493/349/lecture/8337?page=3

    2. https://computefreely.org/

    3. https://linuxnewbieguide.org/

Download 379.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling