6-mavzu. Xalqaro hisob-kitoblar
Download 0.6 Mb.
|
6-mavzu
1944 yilda AQShning Bretton-Vuds shahrida uchinchi marta davlatlararo konferentsiya chaqirildi. Konferentsiyaning muhim natijalaridan biri shundaki, unda davlatlar oltindan hamda Angliyaning funt sterlingi va AQSh dollaridan xalqaro hisob-kitoblarda to‘lov vositasi sifatida foydalanishga kelishib oldilar. Bu vaqtga kelib, Angliyaning xalqaro savdodagi va xalqaro kapitallar haraktidagi mavqei ancha zaiflashib qolgan edi. Shu sababli, AQSh dollarining xalqaro to‘lov vositasi sifatidagi ahamiyati keskin oshib ketdi.
Turli davlatlarning xo‘jalik yurituvchi subyektlari o‘rtasida yuzaga keladigan xalqaro iqtisodiy munosabatlarda xalqaro hisob-kitoblar tizimi muhim rol o‘ynaydi. Ular o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar natijasida yuzaga keladigan pullik talablar va majburiyatlarning asosiy qismi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi. Xorijiy valyutalarda amalga oshiriladigan naqd pulsiz hisob-kitoblar, bir tomondan, to‘lovlarni amalga oshirishning shartlari va tartibini o‘z ichiga olsa, ikkinchi tomondan, banklarning ularni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan har kunlik faoliyatini o‘z ichiga oladi. Bunda yetakchi rolni yirik xalqaro tijorat banklari o‘ynaydi.
Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling