6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


-MAVZU: XVI asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida Qashqadaryo vohasida Shayboniylar hokimiyati


Download 270.25 Kb.
bet5/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
21ta 7talik

13-MAVZU: XVI asr oxiri – XIX asrning birinchi yarmida Qashqadaryo vohasida Shayboniylar hokimiyati
Reja:

  1. Shayboniylar davrida ma`naviy madaniyat va ilm-fan ravnaqi.

  2. Shayboniyla davrida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy hayot.

  3. Shayboniylahukumronligining o‘rnatilishi davrida Qashqadaryo vohasi.

Amir Temur vafotidan so‘ng, o‘tgan to‘qson yilga yaqin vaqt davomida uning vorislari Movarounnahr va Xurosonda hukmronlik qildi. Shohruh va Ulug‘bekdan so‘ng Abu Said Mirzo Xurosonni bir muddat, uning o‘g‘illari esa Movarounnahrni qariyb XVI asrga qadar idora qildilar.


1469 yilda Abu Said Mirzodan so‘ng Xurosonda hokimiyatga kelgan Sulton Husayn Mirzo qirq yilga yaqin Hirotda, o‘z taxtida mustahkam turdi. Bu o‘rinda V.V.Bartoldning «Markaziy Osiyolik muallif Vosifiyning yozishiga ko‘ra, hatto, temuriylarning dushmani, o‘zbeklar davlatining asoschisi Shayboniy ham payg‘ambar zamonidan buyon yer yuzida Husayn Boyqoradek diyonatli, fazilatli va dono podshoh o‘tmaganligini tan olgan», degan so‘zlarini keltirish bilan kifoyalanamiz.
XV asrning 90-yillariga kelib Temuriylar mulkida shahzodalar o‘rtasida hokimiyat talashuv qutqusi avj oladi. Bu holni Hirotda, Husayn Boyqaro farzandlari, shuningdek, Abu Sa’id Mirzoning Movarounnahrda hukm surayotgan o‘g‘illari misolida ko‘rish mumkin edi.
Toju taxt uchun kurashlar tobora kengayib, unga Hisordan Sulton Mas’ud Mirzo, Andijondan Zahiriddin Muhammad Bobur va... Turkistondan Muhammad Shayboniylar ham qo‘shiladilar Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulkiga daxl qilishi Movarounnahr ichki nizolarining oxirgi nuqtaga kelib qolganidan dalolat edi. Uzoqni ko‘ra olmaydigan ayrim temuriyzoda shahzodalar taxt va mamlakat taqdirini o‘zlarining shaxsiy istaklaridan tuban qo‘yganlar.
Muhammad Shayboniy Temuriylarni yaxshi bilar edi. Uning bobosi Abulxayrxon 1428 yilda nayman, qo‘ng‘irot, qushchi, qiyot, uyg‘ur, durman, qorluq, uyshun, kenagas singari turkiy qabilalar boshliqlari qo‘llab-quvvatlashi bilan hokimiyatga kelgan edi. Abulxayrxonning vafoti (1468) uning davlatida hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarni kuchaytirib yuboradi. Taxt talashlarida jon saqlash umidida Muhammad Shayboniy (1451 yilda tug‘ilgan) Buxoroga keladi. Buxoroda o‘sha paytda Abdulali Tarxon hokim edi. Buxoro tarxonlari Samarqand podshohi Sulton Ahmadga juda yaqinlashib ketgan, xukmdor ular chizig‘idan chiqmasdi. Bobur, keyinchalik Muhammad Shayboniyning bu yanglig‘ kuchayib ketishiga ham tarxonlar, birinchi galda, Abdulali sabab bo‘lganligini koyinish bilan yozadi: «Yana bir Abdulali Tarxon edi. Darvesh Muhammad Tarxonga yovuq uruq bo‘lur edi. Singlisi ham munda edi. Boqi Tarxonning onasi bo‘lgay. Agarchi Darvesh Muhammad Tarxon to‘ra va mucha bila mundin ulug‘ edi, vale, bu fir’avn ani ko‘zga ilmas edi. Buxoro hukumati necha yil munda edi, navkari uch mingta yetib edi... Zobit va zolim va fosiq va mudammi’ kishi edi. Shayboniyxon garchi navkari emas edi, vale, necha mahal muning bila bo‘lur edi. Kichik kirim sultonlar xud aksar navkari bo‘lub edilar, Shayboniyxonning muncha taraqqiy topmog‘iga va muncha qadim xonavondalar buzulmog‘iga Abdulali Tarxon sabab bo‘ldi».
Muhammad Shayboniyning Temuriylar mulklariga jur’at bilan bostirib kirishi shu tariqa chuqur ketgan ildizlarga ega bo‘lgan. Bunda tag‘in bir jihat ham borki, u ikki sulola kurashi tarixida asosiylarning asosiysi bo‘lsa ajab emas. Bu – Temuriylarning o‘zaro ichki kurashlari va oqibatda Movarounnahrning 4-5 bo‘lakka bo‘linib, nihoyatda zaiflashib qolganligi edi. Muhammad Shayboniy Buxoroda yashaganida, Abdulali bilan «do‘stona» munosabatlar o‘rnatganida, bu vaziyatni chuqur o‘rganib, bir qarorga kelgan.
Bu orada Shayboniyxon Buxoroni qo‘lga kiritib, Samarqand ustiga yurish boshlaydi. Bobur va Samarqand beklari (Sulton Alidan norozi bo‘lganlar) Keshga o‘z ko‘ch-ko‘roni bilan kelib joylashadi. Samarqand Zuhra Begimning nodonligi oqibatida Shayboniyga jangsiz topshiriladi.
Muhammad Shayboniyga qarshi Zahiriddin Muhammad Bobur shiddatli janglar olib boradi. Bobur atrofida ikki yuzi qirq kishi jam bo‘lgan edi. Shayboniyxon qo‘shini uch-to‘rt ming edi. Shayboniy azaliy bosqinchilar udumicha ish tutib, bosib olgani joylardan qo‘shiniga askarlar olgan, qariyb yetti-sakkiz minglik qo‘shinga qarshi borishga jur’at etish favqulodda hodisa edi. Bobur Samarqandni olishga jur’at qiladi. Uning ana shu hujumi tarixiy asarlarda yuksak baholangan. Shayboniy Samarqandni olganidan so‘ng o‘zi shahar atrofidagi Xoja Diydor navohisida o‘rnashib, shaharda Jonvafobiy boshchiligida olti yuz kishilik qo‘shin qoldirgan edi. Bobur kutilmaganda unga qarshi hujum qilib, Samarqandni egallashga muvaffaq bo‘ladi.
Boburning Samarqandni olganligi xabari Movarounnahrga yoyilib, uni ko‘pchilik viloyatlarda qo‘llab-quvvatlash boshlanib ketadi. Bu haqda uning o‘zi: «Samarqand fathidin so‘ng Shovdor va So‘g‘d va tumonot yovug‘i qo‘rg‘onlar birar-birar menga ruju’ qila boshladilar. Ba’zi qo‘rg‘onlardin o‘zbak dorug‘alari tavahhum qilib, solib chiqtilar va ba’zi qo‘rg‘onlar o‘zbak kishisini qovlab bizga kirdilar. Ba’zi dorug‘alarni tutub qo‘rg‘onlarni berkittilar. Ushbu fursatga Shayboqxon Xoja Diydor va Aliobod navohisida edi. Qo‘rg‘onlarning mundoq kirganlarini va elning bu nav’ rujuini ko‘rub, o‘lturg‘on yeridin Buxoro sari ko‘chti. Tengri inoyati bila So‘g‘d va Miyonqol qo‘rg‘onlari uch-to‘rt oyda aksar bizga ruju’ qildilar. Boqi Tarxon ham fursat topib kelib, Qarshi qo‘rg‘oniga kirdi. Xuzor va Qarshi ham o‘zbak tasarrufidin chiqti», deydi.
Bobur o‘ziga qarshi turgan muxolifning kuchini yaxshi bilar edi. Uning aytganlaridan ma’lum bo‘ladiki, Samarqandda turgan Boburni asosan Samarqand viloyati va Qarshi vohasi qo‘llab-quvvatlagan. Buxoro bu paytda Shayboniy qo‘l ostida edi. Shayboniy xurujidan xavflangan Bobur Movarounnahr viloyatlariga yordam so‘rab juda kup bora murojaat qiladi.
Bobur yordam so‘rganlar uch toifa: ularning bir qismi ittifoqlikni inkor qilganlar; boshqa birlari oldin Boburga dushmanlik ruhida bo‘lganligi sababli na salbiy, na ijobiy javob berishni lozim topmay, kutishni afzal bilganlar; uchinchilari xo‘ja ko‘rsinga, arzimaydigan yordam (chamasi, oziq-ovqatdan bo‘lsa kerak) yuborgan kishi bo‘lganlar.
Bobur bu orada Hirotga ham yordam so‘rab murojaat qiladi. Unga Alisher Navoiydan noma ham kelgan. Biroq, Sulton Husayn Boyqaro Shayboniyxon bilan munosabatni buzishni istamagan ko‘rinadi. Buni Boburning «Sulton Husayn mirzodek mardona va sohib tajriba podshoh bizga madad qilmay va ko‘maklar berib, elchi yubormay, Shayboniyxonga Kamoliddin Husayn Gozurgohiyni muxosara ovonida elchilikka yibordi», degan so‘zlaridan ham bilsa bo‘ladi.
Dastlab Bobur g‘alabasi qizg‘in qo‘llab-quvvatlangan. Ayniqsa, Qarshi vohasi shahar-qishloqlarida bu ko‘tarilish Shayboniylarga, bosqinchilarga qarshi isyon tarzida amalga oshgan. Biroq, dushmanni tamomila mahv qilmoq uchun Boburni to‘rt-besh joyda qo‘llab-quvvatlash kifoya qilmas edi. Boburning yuqoridagi so‘zlaridan ma’lum bo‘ladiki, ayrim shahar va joylardagi hokimlar Boburning mustahkamlanishidan manfaatdor bo‘lmaganlar. Bobur Farg‘ona, Toshkand haqida umuman so‘z yuritmaydi. Ulardan (ya’ni, muxoliflari Hasan YA’qub va Ahmad Tanbaldan) yordam kutmagan. Uning umidi Sulton Husayn Boyqoradan bo‘lgan. Shayboniyxon Samarqandni qamal qilib turganda, Hirotdan unga elchilar keladi. Bu Boburni emas, Shayboniyni tan olishdan boshqa gap emas edi. Shayboniyxon Boburni Samarqandda qamal qilganida Shahrisabzda ikki ming kishilik qo‘shin bilan turgan Boqi Tarxon ham yordamga kelishdan bo‘yin tovlaydi. Keshga ko‘ch-ko‘roni bilan kelgan Samarqand beklari, xususan, Muhammad Mazid Tarxon ham ko‘mak haqida bosh qotirmaydi. Oqibatda, hamma tomondan qo‘li uzilgan Bobur qamal dahshatlariga chidashga majbur bo‘ladi.
XV asrning oxirlarida, aniqrog‘i, 1497-98 yildan boshlangan va XVI asrning dastlabki yillariga qadar muttasil davom etgan bosqinlar, hokimiyat almashinuvlari xalqning tinkasini quritadi. Ko‘pincha bir yilga yetmaydigan podshohlar, hokimlar iloji boricha zaxira to‘plashga intilganlar. Boburga yordam yetishmaganligi sabablarini yuqorida uning o‘zi zikr etgani vajlardan tashqari, xalqning qashshoqlanishi bilan ham izohlash to‘g‘ri bo‘ladi.
Muhammad Shayboniy Samarqandni qo‘lga kiritganidan so‘ng, Movarounnahr shahar va qishloqlarini birin-ketin bosib olishga kirishadi. Shayboniyning mo‘ljali Qashqa vohasi edi. Qashqadaryo shahar va qishloqlari, aholisi Boburni qo‘llab-quvvatlagan edi. Boburga eng qiyin bo‘lgan damlarda uning ishongan kishilari Boqi Tarxon va boshqalar unga pand beradilar. Farg‘ona va Samarqanddan ajralgan Bobur Kobulga ketishga, tarki vatan qilishga majbur bo‘ladi.
XVI asr boshlarida, to‘qqiz yuz yettinchi (1501-1502) hijriy yildan keyin yuz bergan voqea-hodisalar Muhammad Solihning «Shayboniynoma» dostonida o‘z ifodasini topadi. Muhammad Shayboniy garchand asarda maqtov bilan zikr etilsa-da, shoir o‘sha davrda yuz bergan jangu jadallarni haqqoniy aks ettiradi. Buni Qashqa vohasi shaharlarining bosib olinishi talqin etilgan sahifalarda ham ko‘rish mumkin bo‘ladi.
Muhammad Shayboniy Qarshi ustiga yurish qiladi. Dobusiya qal’asida yengilib, Buxoroni qo‘ldan boy bergan Boqi Tarxon bu vaqtda Shahrisabzdan kelib, Qarshi qal’asida o‘rnashgan edi. Solihning shahodat etishicha, Shayboniy Qarshiga hujum qilganiga qadar uning «tegrasini chopadi», ya’ni atrof-tevarakdagi (Buxoro yo‘li ustidagi) qishloqlarni bosqin qiladi va talaydi.
Qarshi qamali to‘qqiz yuz yettinchi yilning qishida yuz bergan. Qish bo‘lganligi sabab, lashkar o‘lja olish bilan kifoyalanadi va orqaga qaytadi. Shayboniy viloyatning «tuzdagi mol»larini olib, Buxoroga yo‘l oladi. Lashkar faqat talon bilan cheklanmay, «nozanin qizlarni asir oladilar». Muhammad Solih, bundan xabar topgan xon, qizlarni ozod qilishni buyurganligini so‘zlaydi. «Xonning bu marhamati qochgan elni shaharga, o‘z joylariga qaytarishga» da’vat etishga xizmat qilishi kerak edi. Bu bilan Shayboniy uzoqni ko‘zlagan edi: Qarshi hali fath etilmagan, xalqda o‘ziga rag‘bat uyg‘otsa, yanagi kelishida qal’ani olish qiyin bo‘lmasligi oson kechardi.
Qish tugab, «yoz ochilg‘och», Shayboniy yana Buxorodan Qarshi tomonga qo‘shin tortadi. Qarshi qal’asi himoyachilariga taslim bo‘lishni taklif qilib, o‘n kun shu atrofda javob kutib qoladi. Qal’adagilar unga tobe bo‘lishdan bo‘yin tovlab, qattiq mudofaaga kirishadilar. Qal’ani hujum bilan ololmasligiga ko‘zi yetgan Shayboniy Xuzorni qo‘lga kiritishga ahd qiladi.
Xuzorni qo‘lga kiritgan Shayboniy yana Qarshi sari otlanadi. Uning maqsadi bu shaharni o‘ziga tobe etish edi. Qarshi qal’asi qamali juda og‘ir kechadi. Mudofaadagilarning tashqi olam bilan aloqasi uziladi. Shayboniy lashkari tevarak-atrofni o‘rab olgan, kirib-chiqish mutlaqo to‘xtab qolgan edi.
Yozning issig‘ida ikki oy davom etgan Qarshi shahri qamali shu tariqa umumiy ofatga-o‘latga olib keladi. Kasallik avj olib, atrof-tevarak qishloqlarga ham tarqaladi. Muhammad Solihning guvohlik berishicha, Qarshi qamalida bo‘lgan shu yerlik sayidning hisobiga ko‘ra, Shayboniyxon qamali chog‘ida o‘ttiz ming kishi o‘ldirilgan.
XVI asr boshlarida Qarshi shahrida qancha aholi yashagan, aniq aytish mushkul. Muhammad Solih o‘lganlar soni xususida mubolag‘a qilayotgani yo‘q. U, o‘zining so‘zi ishonchli bo‘lishi uchun qamal payti qo‘rg‘onda bo‘lgan sayid-ruhoniyning gapini dalil qilib keltiradi. Qarshida ikki oy davomida o‘ttiz ming kishi qirilgan bo‘lsa, bu hisobga shaharga yaqin manzillar aholisidan o‘ldirilganlar ham kiritilgan bo‘lishi ehtimol. Qarshi qamali cho‘zilib, o‘lat dorigandan so‘ng, Boqi Tarxon ham kasalga chalinadi. U Shayboniyxonga murojaat qilib, ketishga izn so‘raydi. Uning bosh egib, qal’ani tashlab ketishi Shayboniyga ham ma’qul tushadi.
1502-1503 yilning qishi juda qattiq keladi. Muhammad Solih bu davrdagi Movarounnahrning ahvolini Samarkand, Qarshi, Buxoro va Kesh misolida gavdalantirar ekan, xalqning talanganligi, qashshoq bo‘lib yo‘llarda gadoylik qilgani haqida achinib so‘zlaydi.



Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling