6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


-MAVZU: SOMONIYLAR DAVLATI VA QASHQADARYO VOHASI


Download 270.25 Kb.
bet2/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
21ta 7talik

8-MAVZU: SOMONIYLAR DAVLATI VA QASHQADARYO VOHASI


Reja:

  1. Somoniylar davrida Qashqadaryoda ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayot.

  2. Ismoil Somoniy davrida amalga oshirilgan islohotlar.

  3. Qashqadaryo vohasi qoraxoniylar va qoraxitoylar bosqini davrida

Somoniylar IX asrning birinchi choragida Movarounnahr viloyatlarini idora qilishga muvaffaq bo‘ladilar. Nuh Samarqand viloyatini, Ahmad Farg‘onani, Yahyo Shosh va Ustrushanani (Ilyos esa Hirotni) boshqaradi, IX asr o‘rtalariga kelib, nihoyatda parchalanib ketgan Movarounnahr bir sulola vakillari qo‘lida ma’lum darajada yaxlitlana boshlaydi. Asta-sekin Samarqand, So‘g‘d, Farg‘ona, Shosh va Ustrushana Ahmad xonadoni qo‘liga o‘tadi.


IX asrning 70 yillarida Movarounnahrda siyosiy parchalanish kuchayib, ichki nizolar avj oladi. Faqatgina Ismoil ibn Ahmad (892-907 y.) davrida siyosiy tarqoqlikka bardam berishga intilish kuzatiladi. Movarounnahr ichki va tashqi jihatdan kuchayish yo‘liga kiradi. Ikki asrdan ziyod davom etgan arablar istilosidan so‘ng, Movarounnahr hap jihatdan o‘zini o‘nglay boshlaydi. Arab xalifaligi tobeligidan qutulgan yurtda markazlashgan boshqaruv amalga oshadi, ichki nizolarga barham berila boradi.
Ismoil Somoniy asoslagan sulola saltanatining davomiyligi, eng avvalo, ularning mahalliy kishilarga, aslzoda va dehqonlarga, shuningdek, turk sipohiylariga tayanishida ko‘zga tashlanadi. Nizomulmulk ham Somoniylar xaqida gapirganida ular orasidagi eng aqlli, tadbirli va odil hukmdorni Ismoil Somoniy deb biladi va uning haqida naqllar keltirib o‘tadi. Nizomulmulk e’tiroficha, hukmdor o‘z yurtining yaxshi katxudosi – xo‘jayini bo‘lishi lozim, mamlakatning obodonligi uning zimmasida: ariq va nahrlar qazish, korizlar ochish, daryolarga ko‘priklar solish, qishloqlarning farovon va dehqonchilikning rivoji uchun g‘amxo‘rlik qilishi, istehkomlar va shaharlarda go‘zal, baland qasrlar qurishi, yo‘l bo‘ylarida rabotlar tiklashi unga obro‘ va qudrat keltiradi. U Ismoil Somoniyni shunday hukmdorlar mundarijasiga kiritadi. Nizomulmulk Ismoil Somoniyning yaxshi odatlaridan biri fuqaro ahvolini shaxsan o‘zi so‘rab bilgani, dardiga chora ko‘rganligida, deb qaraydi. Ismoil Somoniy shuhrati va quvvati uning saroyidagi turk sipohiylariga ko‘rsatiladigan xurmat va muruvvatda deb biladi. Oddiy piyoda turkiy harbiysi xizmatning har yilida bir pillapoya balandga ko‘tarila borgan. Turkiylardan tuzilgan sipohiylar Ismoil Somoniy davlatining harbiy tayanchi edi. Muhimi, somoniylar davrida harbiy istilohlar turkiycha bo‘lgan, masalan, turk sipohiysi uchinchi yil xizmat qilganda «qorachur» nomli belbog‘ (kamar), yettinchi yil xizmatdan so‘ng esa «visoqboshi» harbiy unvonini olgan, bulardan so‘ng «xaylboshi», «xojib» kabi pog‘onalar bosib o‘tilgan.
Ismoil Somoniy Buxoroda hokimiyatni qo‘lga kiritishda islom ruhoniylariga tayangan. Somoniylar davrini maxsus o‘rgangan N.N.Ne’matov bu haqda mulohaza yuritib, “Somoniylar sulolasining eng ulug‘vor namoyandasi Ismoil davrida arab istilosidan so‘ng birinchi marotaba siyosiy jihatdan parchalanib ketgan mamlakat birlashdi va amalda arab xalifalaridan mustaqil bo‘lgan kuchli, ma’lum darajada, markazlashgan davlat vujudga keldi, mamlakatda o‘zaro nizolar tugatilib, tashqi xurujlar barham topdi», deganda haqdir. Ismoil Somoniy akasi, Samarqand hukmdori Nasr orqali Iroqqa, xalifalikka yuboriladigan molu zarlarni o‘z hokimiyatining dastlabki vaqtlarida to‘xtatganligi ma’lum. Biroq, u islomga, ruhoniylarga, olimlarga, fiqhlarga hurmat bilan qaragan.
Olimlar podshoh oldida yer o‘pib, ta’zim bajo qilish rasmiyatchiligidan ozod qilinganlar. Ismoil davrida hanafiy mazhabdagi fiqhlar orasidan eng bilimdoni tanlanib, unga ustodlik rutbasi berilgan. Ustod (keyinchalik shayxulislom) davlat ishlariga aralashar, mansablarga siporish qilar, mushkul muammolarni hal etishda maslahatlar berardi. Akad.V.V.Bartoldning shahodat etishicha, o‘sha paytda butun Movarounnahrda olimlarni «donishmand»lar deb ataganlar.
Somoniylar hokimiyati yillarida Nasaf ancha rivojlangan va o‘ziga xos madaniy markazlardan biriga aylangan edi. Buni somoniylar davlati toj da’vogarlarining Nasafda turishi ham dalolat etadi. Buni Som’oniyning dalilida ham ko‘rish mumkin. Somoniy Ahmad ibn Asadning o‘g‘illaridan biri Ishoq Buxoroda shikoyatlar va arizalarni ko‘rib chiqish bilan (qozilik) shug‘ullangan. V.V.Bartold, bu mansab faqat somoniylar xonadonidan bo‘lgan kishilarga tegishli bo‘lgan, deb ko‘rsatadi.
SH.Kamoliddinovning: «Kitob al-ansab»ni sinchiklab o‘rganishi natijasida, bu mansabga shoh avlodi vakillarigina emas, boshqa kishilar ham qo‘yilishi, shuningdek, bu lavozim bo‘lak shaharlarda ham joriy etilishi mumkinligini aniqladi. Masalan, Nasafda bu ish bilan shaharning bosh qozisi Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad al-Kamidodiy (291/903 yilda vafot etgan) shug‘ullangan. Shoshda Abu Ali Muhammad ibn al-Hasan at-Tammar ar-Roziy (345/957 yilda vafot etgan), Buxoroda Abu Bakr Abdurahmon ibn-Muhammad al-Abxoriy (342/955 yilda vafot etgan) ana shu lavozimda bo‘lganlar. Nasaf Somoniylar davrida Movarounnahrning yirik shaharlari darajasiga ko‘tarilgan va faqat katta aholi manzillarida joriy etiladigan alohida, xos lavozimlar unda xam amal qilgan.
Somoniylar davrida Nasaf shahrida hokim (joylardagi vazirlar) bo‘lgan kishilardan ayrimlarining ismi shariflari xam Som’oniy asarida zikr etiladi. Masalan, Abu Ali Muhammad ibn Ja’far al-Vazariy (290/903 yilda vafot etgan), Abu Ishoq ibn Muhammad al-Mastiniy, bu kishi Nasafda hijriy 307 yilda (919/20) yilda hokimlik qilgan. Shuningdek, Abu Bakr Muhammad ibn So‘fyon al-Usbanikasiy (375/986 yilda vafot etgan) ham Nasaf hokimi bo‘lib turgan.
«Kitob al-ansab»da Nasafda Somoniylar davrida hokimlik qilgan hamma kishilar zikr etilmagan. Yuqorida nomlari qayd etilgan Abu Ali Muhammad ibn Ja’far al-Vazariy Ismoil Somoniy davrida Nasafda hokimlik qilgan. Al-Vazariy 903 yilda olamdan o‘tgan, Ismoil Somoniy esa undan to‘rt yil so‘ng, 907 yilda vafot etadi. Ismoilning o‘rniga o‘g‘li Ahmad taxtga keladi va bu vaqtda Nasafda hokimlik mansabida Abu Ishoq ibn Muhammad al-Mastiniy bo‘ladi. Ahmad ibn Ismoil 914 yilda hayotdan ko‘z yumganida ham, u shu maqomda edi. Ahmadning 8 yoshli o‘g‘li Nasr taxtga chiqqandan so‘ng ham viloyatlardagi hokimlar o‘z o‘rnilarida qolgan. Al-Mastiniy 919 yilda Nasr podshohligining beshinchi yilida hayotdan ko‘z yumadi. Shundan keyin oraliqda to 985 yilga qadar Nasafda kimlar hokimlik qilgan, aytish qiyin. Som’oniy 985 yili olamdan o‘tgan Nasaf hokimi Abu Bakr Muhammad ibn Ahmad So‘fyon al-Usbanikasiy nominigina keltirib o‘tadi, xolos. Uning vafot etgan yiliga qarab xulosa chiqarilsa, al-Usbanikasiy Mansurning o‘g‘li Nuh davrida Nasafni idora qilganligi ma’lum bo‘ladi.
Somoniylar saltanati yillarida Buxoro, Samarqand va Nasaf kabi shaharlarda bosh qozi bo‘lib ishlagan kishilar nomi ham «Kitob al-ansab»da qisman raqam etiladi. Manna shu tarqoq, muntazam bo‘lmagan xabarlar va nomlarning o‘ziyoq Somoniylar davrida nechog‘li ilmli, fozil kishilar, davlat arboblari yetishib chiqqanligini tasavvur etish imkonini beradi. Chunonchi, Nasafning yaqinidagi G‘ubdin qishlog‘idan chiqqan Abu Bakr Muhammad al-Hasan al-G‘ubdiniy an-Nasafiy Samarqandning bosh qozisi bo‘lib turadi. Nasaf shahrining o‘zida bu lavozimni bir qancha vaqt Abu Hamid Ahmad ibn Muhammad al-Kamidodiy (291/903-04) egallab turgan. Kamidodiy ham Ismoil Somoniy hayotligi davrida shu mansabga qo‘yilgan. Kamidodiy bosh qozi bo‘lishi barobarida shikoyat va arizalarni ham ko‘rgan, ularga javoblar aytgan. Undan so‘ng Nasafning bosh qozisi Abu Ishoq Ibrohim ibn Ma’qil an-Nasafiy (294/907) bo‘ladi. U bungacha Nasafda bosh qozi bulgan Tufayl ibn Zayd at-Tamimiy o‘rniga kelgan. Nasafda Abu Muhammad Abdulloh ibn Yahyo as-Saraxsiy ash-Shirazodiy (304/917) ham qonunchilikning bosh himoyachisi mansabiga ko‘tariladi. So‘nggi Somoniy hukdorlar davrida Nasaf shahrida Abu Ahmad al-Qosim ibn Muhammad al-Qantariy an-Nasafiy (388/998 yilda vafot etadi) va Ali ibn al-Husayn as-Sardoriy (370/980 yilda vafot etgan) bosh qozilik masnadida turganlar. Abu Ahmad an-Nasafiy keyinchalik Sag‘oniyonda xuddi shu lavozimni egallagan.
Nuh II (Nuh ibn Mansur 976-997 y.) davrida saroy fitnalari va o‘zaro kurashlar kuchayib ketadi. Mahalliy hokimlarning ba’zilari mustaqillik shevasini o‘rtaga soladilar, ayrim viloyatlar Somoniylar qo‘l ostidan chiqib keta boshlaydi. Mamlakat chuqur tanazzulni boshdan kechirayotganligi sababli, harbiy jihatdan kuchsizlanib qolgan edi. Somoniylar saltanatidagi ahvolni muntazam ravishda kuzatib kelayotgan qo‘shnilar, birinchi galda, turk hoqonlari bu vaziyatdan foydalanmay qolmasdilar. 992 yilda turkiylar lashkari Somoniylar sarhadlariga yetib keladi. Somoniylarga qarshi urush yalovini ko‘targan Qoraxoniy turkiylari edi. Ular Buxoroga hujum qilgunga qadar Yettisuvni, sharqiy Turkistonni va Kashg‘orni o‘zlariga tobe qilib ulgurgan edi.
Nuh mamlakatning harbiy quvvatini turklarga qarshi qaratishga intilgan bo‘lsa-da, bundan kutilgan natija chiqmaydi. Aholini muqaddas jihodga ko‘tarish haqidagi chaqiriqlar ham foyda bermaydi. Chunki turkiylar islom dinida edilar. Jamol Qarshiy «Kashg‘or tarixi» (XI asr) asariga asoslanib, turk hoqoni Sotuq Bo‘g‘roxon Abdulkarim (344/955 yilda vafot etgan) birinchi bo‘lib islomni qabul qilganligini aytadi. Ibn al-Asir ham 349/960 yilda 200000 chodirli turklar musulmon bo‘lganligini aytib o‘tadi.
Nuhning ishongan kishilari – Xuroson noibi Abu Ali Simjuriy, lashkarboshi Foyiqlar oshkora sotqinlik yo‘liga kiradilar. Simjuriy Qoraxoniy hukmdor Bo‘g‘roxon bilan yashirin aloqa bog‘lab, Movarounnahrga qo‘shin yuborishdan bosh tortadi. Turkiylarga qarshi yuborilgan Foyiq Bo‘g‘roxon tomoniga o‘tib ketadi. Shu tariqa, Bo‘g‘roxon Horun ibn Muso, Sotuqxoninng nabirasi «Shixob ad-davla va zaxir ad-dava» (davlat nuri va din tayanchi) unvonlari sohibi bo‘lgan zot Movarounnahrga qadam qo‘yganida deyarli biron-bir qarshilikka uchramaydi. Nuh Omul tarafga ketishga majbur bo‘ladi.
Somoniylardan putur ketishining bosh omili mamlakatda hamon asosiy o‘rinni band etuvchi dehqonlar – aslzodalar va din ahlining noroziligi edi. Dehqonlar, hatto, Bo‘g‘roxonni bir necha bor Somoniylarga qarshi yurishga undagan edilar. Xalifalikning qolgan-qutgan namoyandalari Somoniylar saroyida o‘zlari kutgan izzat-ikromga noil bo‘la olmaydi. Ularning ba’zilari, masalan, Xalifa Vasiq avlodidan bo‘lgan Abu Muhammad Abdulloh ibn Usmon al-Vasiqiy turklar tarafiga o‘tib ketadi. Bo‘g‘roxonning Buxoroga qarshiliksiz kirib kelishida ana shu ikki kata kuchning xayrixohligi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Bo‘g‘roxonning qattiq kasalga (bavosil) chalinishi oqibatida, u tezlik bilan o‘z yurtiga qaytishi zarur bo‘lib qoladi. Buxoroda Abdulaziz ibn Nuh (Nuh ibn Nasrning o‘g‘li) qoldiriladi. Vaziyatning bu xilda o‘zgarishi Nuhga imkoniyat ufqini ochadi, buning ustiga, turkmanlar uni qo‘llab-quvvatlayotgan edi. Bo‘g‘roxon Turkiston yo‘lida, Qo‘chqorboshi degan yerda vafot etadi. Nuh 992 yilning 17 avgustida Buxoroga qaytib keladi, Abdulaziz qo‘lga olinib, ko‘zlariga mil tortiladi. Zarafshon vohasida yana Somoniylar hokimiyati tiklanadi. Foyiq va Abu Ali bu paytda Nuhga qarshi ittifoqqa birlashadi. Nuhning ularga qarshi turishi uchun G‘aznaga, Sobuqteginga yordam so‘rab murojaat qilishdan o‘zga chorasi qolmaydi. Sobuqtegin vaqtida islomni qabul qilmagan turkiylardan bo‘lib, o‘z qabiladoshlari yoxud Somoniylarning din uchun kurashuvchi g‘oziylari tomonidan Xurosonga olib kelingan va Nishopurda sipohsolar Alptegin tomonidan sotib olingan edi. Falakning evrilishi tufayli ana shu sobiq qul Sobuqtegin 977 yilning 20 aprelida G‘azna amiri masnadiga ko‘tariladi.
Sobuqtegin bilan Nuhning uchrashuvi Kesh yaqinida ro‘y beradi. Sobuqtegin Kesh tuprog‘ida Nuhga, uning dushmanlariga qarshi kurashda yordam berish uchun qasamyod qiladi. Nuhning ishlari yomon ketmayotgan edi. Unga G‘o‘zgon va Garchiston amirlari qo‘shiladi, Abu Alining ittifoqchisi Go‘rgon amiri Doro ibn Qobus ham uning tomoniga o‘tadi. Nuh raqiblarini yengishga muvaffaq bo‘ladi.
Sobuqteginga bu g‘alaba uchun «Nasir ad-din va ad-davla»-din va davlat himoyachisi, degan faxriy unvon beriladi. Sobuqteginning Nuh raqiblari Foyiq va Abu Aliga qarshi ikkinchi yurishi Tusda uning to‘liq g‘alabasi bilan yakunlanadi. Abu Ali Nuhdan uzr so‘rab, kechirishni so‘raydi, Foyiqqa tamomila rad javobi beriladi. Raqiblar kuchlari bo‘lib yuboriladi. Foyiq Nuh ruxsatisiz Movarounnahrga yo‘l oladi, unga qarshi Begtuzun hojib boshchiligida sipoh yuboriladi. Ular Nasaf yonida duch bo‘ladilar, ammo ish to‘qnashuvga borib yetmaydi.
Foyiq Qoraxoniylar mulkiga talafotsiz yetib borishga muvaffaq bo‘ladi, uni yaxshi qabul qiladilar. Abu Ali Buxoroga qaytadi, dastlab iliq kutib olingan Abu Ali va uning hamrohlari hibsga olinadi, shu yili Qoraxoniylarning yangi yurishi amalga oshiriladi. Movarounnahrning bir qismigina qo‘lida qolgan Nuh turkiylarga qarshi tura olmas edi. U bu paytda Balxda turgan Sobuqteginga murojaat qiladi. Sobuqtegin G‘o‘zgon, Sag‘oniyon va Xuttol qo‘shinlari bilan Movarounnahrga keladi va Nasaf-Kesh oralig‘ida o‘rnashadi. U, Nuhning lashkarini ham shu joyga kelishini, qo‘shilishni taklif qiladi. Vazir Abdulloh ibn Uzayr Nuhni qolgan-qutgan, ozchilik qo‘shin bilan Sobuqteginga qo‘shilish taxtning obro‘siga to‘g‘ri kelmaydi, deb uni bu yo‘ldan qaytaradi.
Bundan g‘azablangan Sobuqtegin 20 ming kishilik qo‘shinni Buxoroga yo‘llaydi. Vazir Sobuqtegin qo‘liga topshiriladi, Nuh Sobuqtegin vajohatidan qo‘rqib, unga yon berishga majbur bo‘lgan edi. Sobuqtegin qo‘liga Abu Ali va uning Ilmangu degan hojibi ham topshiriladi. Ular Gardiz zindoniga tashlanadilar. Sobuqtegin va qoraxoniylar o‘rtasida sulh vujudga keladi, butun Sirdaryo havzasi qoraxoniylar qo‘liga o‘tadi, Samarqand noibi qilib esa, qoraxoniylar talabiga ko‘ra, Foyiq tayinlanadi.
Sobuqtegin Amudaryo janubidagi barcha viloyatlarning yagona xo‘jayini bo‘lib qoladi, Nuh Xuroson ishlariga aralashmay qo‘yadi. Boshqacha aytganda, Nuh nomigagina hukmdor bo‘lib qoladi. Nuh 387 yilning 14 rajabida vafot etadi (997 yil 23 iyul). Narshaxiyning yozishiga qaraganda, uning o‘g‘li Abul Xoris Mansur ibn Nuh bir yilu to‘qqiz oy hokimiyat tepasida turadi. Abulfazl Bayhaqiy uning aqlli va qattiqqo‘l bo‘lganligini, o‘z viloyatlarida tartib o‘rnatganligini aytadi. Biroq Somoniylar ishi poyoniga yetmoqda edi. «Buxoro tarixi» muallifi Abul Xorisning so‘nggi kunlari haqida gapirib, «Bektuziylar uni Saraxsda band qildilar. Shu bilan podshohlik Somoniylar sulolasi qo‘lidan chiqib ketdi, deydi.
Narshaxiy, chamasi, Hojib Bektuzunni ko‘zda tutayotgan bo‘lsa kerak. 999 yilda, u bilan Foyiq al-Xossa Mansur (Abul Xoris)ning Mahmud G‘aznaviy bilan qo‘shilib, kuchayishidan qo‘rqib, uni asir olishadi, so‘ng ko‘zlariga mil tortib, Buxoroga jo‘natib yuborishadi. Abul Xoris Mansur tez orada vafot etadi. Taxtga Bektuzun va Foyiqning qistovi bilan Mansurning ukasi Abdul Malik II ibn Nuh chiqaziladi.
Mahmud G‘aznaviy Mansurning xuni bahonasida Somoniylarga qarshi otlanadi va Somoniylarning so‘nggi amirini Afg‘onistonning shimoliy qismidan voz kechishga majbur etadi. Somoniy Abdul Malik II ning qo‘lida birgina Movarounnahr mulklari qoladi. Biroq shu 999 yili bu mulk ham qo‘ldan chiqadi. Qoraxoniy hukmdor Nasr Ilikxon Somoniylar poytaxti Buxoroni bosib oladi, Abdul Malik va uning xonadoni a’zolarini bandi etadi. Qoraxoniylarga bu safar ham biron-bir qarshilik harakati ko‘rsatilmaydi. Movarounnahr xalqi muntazam kurashlardan, qon to‘kishlardan bezib qolganligi boisidan, saltanat uchun bo‘layotgan tortishuvlarga deyarli befarq qaraydigan ahvolga tushgan edi. Qolaversa, so‘nggi Somoniy hukmdorlar xalq hayoti bilan deyarli qiziqmay qo‘ygan, oliq-soliqlar ortib ketgan, vaqtida ularga qarshi norozilik chiqishlari ham sodir bo‘lgan edi. Somoniylardan bezgan, norozi bo‘lgan xalq tashqi hujumlar paytida ularni qo‘llab-quvvatlamaydi. Bu xalqidan ajralib qolgan hukumatning qonuniy qismati edi.



Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling