6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi


-MAVZU: XIV asr II yarmida siyosiy hayot. Amir Temurning siyosat hokimiyatiga kelishi


Download 270.25 Kb.
bet4/12
Sana19.11.2023
Hajmi270.25 Kb.
#1786956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
21ta 7talik

14-MAVZU: XIV asr II yarmida siyosiy hayot. Amir Temurning siyosat hokimiyatiga kelishi.
REJA:

  1. Amir Temurning tarjimayi holi

  2. Amir Temur haqida qiziqarli faktlar.

  3. Amir Temurning siyosat hokimiyatiga kelishi.

Amir Temur O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan O‘rta Osiyolik turkiy hukmdor, sarkarda va zobit. Sarkarda, poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanati (1370 yil) asoschisi.


Amir Temur 1336 yil 9 aprel kuni Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (Yakkabog‘) qishlog‘ida tug‘ilgan. Rivoyatlarga ko‘ra, u qo‘lida qip-qizil qon bo‘lagi bilan, sochlari esa mo‘ysafid kabi oppoq holatda tug‘ilgan, bunday holat Chingizxon haqida ham gapirilgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay turk avlodining barloslaridan bo‘lib, Movarounnahrda o‘ziga yarasha obro‘-e’tiborga ega, nufuzli ziyolilardan bo‘lgan. Uning ota-bobosi afsonaviy turkiy Alan quva shajarasidan kelib chiqqan bo‘lib, Chig‘atoy ulusining saroydagi obro‘-e’tiborli kishilari qatoridan joy olgan. Kesh va Nefes atrofidagi yerlar ularga qarashli mulk hisoblangan.
Temurning otasi Tarag‘ay doimiy ravishda xon ulusi bo‘lmish Il daryosi qirg‘og‘iga chaqiriluvchi chig‘atoy beklari qurultoylarida ishtirok etgan. 1355 yil u Turmush og‘a barlosi amir Jakuning qiziga uylanadi.
Movaraunnahrning bosh amiri Qozag‘on Amir Temurning qobiliyatlariga ishonch hosil qilib, shu yiliyoq unga nevarasi Uljay Turkan og‘ani nikohlab beradi. Ushbu nikoh sharofati bilan Qazog‘onning nevarasi amir Husayn va Amir Temurlar ittifoqi vujudga keladi. Bu ittifoq mo‘g‘ullarga qarshi kurashda juda qo‘l keladi. 1356 yil Amir Temurning 2 o‘g‘li dunyoga keladi — Jahongir va Umar Shayh.XIII asr boshi XIV asr oxirlariga kelib Movaraunnahrning iqtisodiy ahvoli kundan-kunga yomonlashib boradi. Bundan Mo‘g‘uliston xoni Tug‘luq Temur foydalanib qoladi va hech qanday qarshiliksiz Qashqadaryogacha yetib boradi. Amir Temur unga xizmat qilishni boshlaydi. Biroq, Tug‘luq Temur Movaraunnahr hukmdori etib o‘zining o‘g‘li Ilyos Xodjani tayinlaydi va Amir Temur shahzodaga xizmat qilishdan bosh tortib, Balx hukmdori amir Husayn bilan birlashib olib, mo‘g‘ullar bilan qat’iy jangga kirishadi.Bu vaqtda Samarqandda sarbadorlar - “dorga osiluvchilar”, shuningdek, mo‘g‘ullarga qarshi kurashuvchilar hukmron surgan. Mazkur xalq harakatining “Yoki ozodlik uchun kurash, yoki dorga osilgan kalla” shiori ham uning ishtirokchilari tomonidan yaratilgan. 1370 yil Amir Temur Balxda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Turonning bosh amiri etib e’lon qilinadi.Chingizning qizi Saroy Mulk Xonim bilan nikohi esa Amir Temurga “gurgan”, ya’ni “xonning kuyovi” faxriy unvonini berdi.Amir Temurning asosiy vazifasi parchalangan davlatga bardosh berish va alohida yerlarni bir davlatga birlashtirishdan iborat bo‘lgan. Mazkur davlatning poytaxti etib u Samarqandni tayinlab, tezkorlik ila shaharning himoya devorlarini, qo‘rg‘onlar va saroylarni barpo etishni boshlaydi.
Amir Temur Amudaryo va Sirdaryo orasidagi yerlarni, shuningdek, Farg‘ona va Shosh viloyatlarini o‘ziga bo‘ysundirib, birlashtiradi, so‘ngra bosqinchilik yurishlarini boshlaydi.
Amir Temur hukmronligi 35 yil davom etgan (1370 - 1405). U Ind va Gangdan Sirdaryo va Zarafshongacha, Tyan Shandan Bosforgacha bo‘lgan katta saltanatni yaratgan. Hayotining katta qismini yurishlarda o‘tkazgan.
Amir Temur 1405 yil Xitoyga yurishi vaqtida O‘tror shahrida vafot etgan.Amir Temur haqidagi qiziqarli faktlar
1. Amir Temurning to‘liq ismi - Temur ibn Tarag‘ay Barlos bo‘lgan, tarixiy asarlarda esa uni Tamerlan nomi bilan tilga olishadi.
2 Temurning qarsaqpay yozuvlari Sankt-Peterburg shahrida, Ermitajda saqlanadi. 
3. Amir Temur shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan.
4. 1398-1399 yillar davomida Amir temur Hindistonga yurish qilgan va uni zabt eta olgan. O‘sha paytlarda Temur qo‘shini tarkibi 120 ta harbiy fillar bilan to‘ldirgan.
5. Amir Temurning hayoti davomidagi eng yirik urushIroq safarida bo‘lib o‘tgan va 7 yil davom etgan. 1402 yilda Anqara yonidagi jangda Usmonlilar hukmdori Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan Amir Temur uni asirlikka oladi. Bu esa Usmonlilar imperiyasining yemirilishiga sabab bo‘ladi. G‘alaba natijasida Kichik Osiyo ham qo‘lga olingan, buning munosabati bilan esa Amir Temurga Angliya, Frantsiya va Kastiliya qirollari tomonidan tabriknomalar kelgan. Kastiliya elchisi Rui Gonsales de Klavixo Samarqandga tashrif buyurib,bu haqida butun boshli kitob ham yozgan. 
6. 20 yil davomida Usmonli sultonlari qo‘lga kirita olmagan Smirna qal’asini Amir Temur 2 hafta ichida ishg‘ol etgan. 
7. Buyuk imperiya asoschisi ko‘plab mamlakatlar, jumladan Vizantiya, Angliya, Frantsiya, Kastiliya, Xitoy, Misr kabi davlatlar bilan diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan. Amir Temur tomonidan Fransiya qiroli Karl VI maktubning asl nusxasi hamon saqlanib qolgan. 
8. 1404 yilda Amir Temur 200 000 qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilish uchun yo‘lga otlangan. 
9. Temurning o‘limi sababli Xitoy jangi amalga oshmay qolgan. Uni Samarqandga, Go‘ri Amir maqbarasiga dafn qilganlar.
10. Ayrim paytda Temurga tegishli mashhur rubin toshi Londonda, uning qilichi esa Tehron muzeyida saqlanadi.
Klavixo Amir Temur yurtida bo‘lganida bu navli qo‘ylarga e’tibor bermay qolmaydi. 1404 yilda Shahrisabzda bo‘lgan ispan elchisi Klavixo Movarounnahr haqida so‘zlar ekan, «Bu joy hamma narsaga farovon – g‘alla bo‘lsin, sharobu go‘sht, mevayu qushlar; qo‘ylari juda ham yirik va dumbali, hatto, ba’zilarining quyrug‘i vazni yigirma fut, ya’ni, bir odam zo‘rg‘a ko‘tara oladigan darajada og‘ir keladi. Bunday qo‘ylar nihoyatda ko‘p va juda arzon. Qachonki, sen’or (Sohibqiron o‘z qo‘shini bilan shu joyda bo‘lganida ikkita semiz qo‘y bori yo‘g‘i bir dukat baholangan edi. Boshqa mol-ashyolar (ham) juda arzon, hatto, yarim realga teng bo‘lgan bir miriga bir yarim botmon g‘alla berishardi. Non shunchalik arzonki, bundan arzonroq bo‘lishi mumkin emas, guruch esa aql sig‘mas darajada mo‘l»,1 – deb ta’kidlaydi ispan qirolining elchisi.
Amir Temur vafotidan keyin Temuriylar davlatining asosiy poytaxti Samarqanddan Hirotga ko‘chadi. Zamonamizning muarrixlari Shohruh Mirzoning poytaxt masalasida bu xilda yo‘l tutganligi oqibatlariga hali yetarlicha baho berganlari yo‘q. Bir narsa aniqki, yangi poytaxt – Hirotga Movarounnahrdan, ayniqsa, Temuriylarning nasab tayanchi bo‘lgan barloslardan aksariyat xonadonlar ko‘chib o‘tib, doimiy o‘rnashib qolganlar. Ulug‘bek Mirzodan so‘ng Temuriyzodalarning Qashqa vohasiga bo‘lgan e’tibori bir qadar susayadi. Bu hol, ayniqsa, Qarshi shahri misolida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Amir Temur va Temuriylar davri Movarounnahrda ro‘y bergan tarixiy-madaniy jarayonlardan Shahrisabz ham chetga qolmagan. Amir Temur o‘z vatani sifatida, temuriy shahzodalar esa bobolarining yurti sifatida Shahrisabzga nihoyatda katta e’tibor qaratib, bu erda ko‘pgina obodonchilik ishlari, madaniy-me’moriy inshootlar bunyod etganliklari bois Kesh-Shahrisabz o‘rta asrlarda “Qubbatul ilm val adab” degan muqaddas nomga sazovor bo‘lgan edi. Sharofiddin Ali Yazdiy ma’lumotlariga ko‘ra, Shahrisabzda o‘z davrining mashhur islom namoyondalari yashagan bo‘lib, ulardan biri Abu Muhammad Obdon Keshiy edi.
XIV-XV asrlarda Abdulloh Samarqandiy, Abu Abdulloh Muhammad Buxoriy va Abdul Husayn Muslim Nishopuriylar ham Shahrisabzda yashab islom tariqatini rivojlantirganlar.
Amir Temur va temuriylar davrida ham, hozirgi kunda ham Kesh – Shahrisabzga keluvchilarning diqqat e’tiborini tortib turgan yirik me’morchilik inshooti bu – Oqsaroy binosi hisoblanadi. XIV asr oxiri –XV asr boshlarida bunyod etilgan bu yodgorlikning umumiy balandligi o‘z davrida 70 metrga yaqin bo‘lib, hozirgi kunda 38 metri saqlanib qolgan. Yodgorlik haqida Sharofiddin Ali Yazdiy, Abdurazzoq Samarqandiy, Ibn Arabshoh, Zahiriddin Muhammad Bobur, ispan elchisi de Klavixolar ma’lumotlar beradilar.
Oqsaroyning saqlanib qolgan ikkita ulkan ustuni sirlangan mozaika va betakror o‘yma naqshlar bilan bezatilgan. Bu yerdagi geometrik va tabiiy naqshlar etti xil rangda tanlangan bo‘lib, xalq orasida “haft rangi” deb nomlanadi. Oqsaroyning g‘arbiy ustuni old tomonida, “Agar bizning kuch qudratimizga shubha qilsang, biz qurdirgan imoratlarga boq!” degan mashhur xitobnoma bitilgan. Bu xitobnoma va binoning salobati Amir Temur salatanatining kuch-qudratidan dalolat beradi. Darhaqiqat, hozirgi kunda Oqsaroy binosining saqlanib qolgan me’moriy qoldiqlari, u hajm jihatdan ulkan bo‘lib, o‘rta asrlarda shakl va me’moriy bezatilishi jihatdan tengi yo‘q ekanligini ko‘rsatadi.
Shahrisabzdagi o‘rta asrlar O‘rta Osiyo shaharlari me’morchiligining yana bir nodir namunalaridan biri shaharning janubi-sharqida joylashgan bita me’morchilik majmuiga birlashgan ikkita inshoot guruhi – Dorussiodat va Doruttilovat majmualari hisoblanadi. Bu majmualarda Amir Temurning piri va ustozi Shayx Shamsiddin Kulol, otasi Amir Tarag‘ay, o‘g‘illari Jahongir Mirzo, Umarshayx Mirzolar dafn etilgan. Yozma manbalar Dorussiodat va Doruttilovatning serhasham g‘ishtin binolari o‘zining ulug‘vorligi bilan ajralib turganligi haqida ma’lumotlar beradi.
Amir Temur va temuriylar o‘z saltanatlarining markazi sifatida Samarqandining obodonligi va gullab-yashnashiga alohida e’tibor qaratganlar. 1370 yilda Samarqand davlatning poytaxti qilib olingach bu shaharga turli yillarda Isfahon, SHeroz, Xorazm, Halab, Buxoro, Tabriz, Keshdan me’morlar va binokorlar, turli kasbdagi ustalar keltirilib saroylar, machitu-madrasalar, bog‘-rog‘lar, hashamatli binolar bunyod etilgan.
Ta’kidlash joizki, mug‘ullar hukmronligi davrida butunlay vayron etilib, xarobaga aylangan Samarqand shahri Amir Temur davrida yangitdan qad rostlaydi. Tadqiqotchilarning fikricha, bu davrda shahar tevaragi mustahkam qal’a devori bilan o‘ralib, Ohanin, Shayxzoda, Chorsu, Korizgoh, So‘zangaron va Feruza kabi nomlar bilan ataluvchi oltita darvoza o‘rnatiladi. Bu davrda Samarqandda Shodimulk og‘a, Amir Husayn, Shirinbeka og‘a kabi maqbaralar, Bibixonim masjidi, Go‘rimir daxmasi, Ulug‘bek rasadxonasi va madrasasi kabi ko‘plab me’moriy inshootlar bunyod etiladi.
Ulug‘bek davrida Shohizinda ansambli to‘la qurib bitkaziladi va Samarqandning Registon maydoni, san’at, madaniy hayot, hunarmandchilik va savdo-sotiq gurkirab rivojlanadi.
XIV asr oxiri – XV asr boshlarida Amir Temur va temuriylar hukmronlik qilgan davrda sug‘orish tartibini qayta ko‘rish va yangidan tashkil etish, yangi dehqonchilik vohalarini o‘zlashtirish keng qo‘lamda olib borildi. Hunarmandchilik, ichki va tashqi savdo rivoj topib, tovar-pul muomalasi o‘z rivojlaninishining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Bularning barchasi nafaqat poytaxt Samarqandda, balki mamlakatning barcha hududlarida ulkan shaharsozlik ishlarini amalga oshirish imkoniyatini bergan edi.



Download 270.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling