6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi
-mavzu: XVIII ASRNING IKKINCHI VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QASHQADARYO
Download 270.25 Kb.
|
21ta 7talik
16-mavzu: XVIII ASRNING IKKINCHI VA XIX ASRNING BIRINCHI YARMIDA QASHQADARYO VOHASIDA SIYOSIY HAYOT
Reja: 1. XIX asr birinchi yarmida Qarshi shahrida iqtisodiy-ijtimoiy va madaniy hayot 2.XIX asr birinchi yarmida Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayoti 3. XIX asr birinchi yarmida Qarshi bekligida ijtimoiy-iqtisodiy madaniy sohadagi o’zgarishlar Mustaqillikka erishganimizdan keyin xalqimizning o‘z yurti tili madaniyati qadriyati tarixini belgilashga o'zligini anglashga qiziqish ortib bormoqda. O’zlikni anglash degani –bu o’z tariximizni, ming yillik an’analarimizni bilish degani. Odamzod borki, avlod-ajdodi kimligini nasil- nasabini o‘zi tug‘ilib voyaga yetgan qishloq, shahar xullaski, Vatanning tarixini bilishni istaydi. Har bir xalqning har qaysi millatning o‘ziga xos uzoq- yaqin tarixi, o‘tmishi bo‘lgani kabibiz bilgan va bilmagan shahar va qishloqlarning ham o‘z tarixi bor. Qashqadaryo vohasining qadim to‘prog‘ida tabarruk manzillar ko‘p. Qadimshunoslar viloyatimiz hududidan minglab yodgorliklarni aniqlaganlar. Ular orasida shajarasi miloddan oldingi ming yilliklarga daxldor o‘nlab obidalar borki, bugungi ilm-fan madaniyat va me’morchiligimiz ular tarixisiz mukammal bo‘lmaydi. Moziy bilan bo‘ylashadigan shaharning qariyib uch ming yillik kechmishi bor. XIX asrning birinchi yarimida Qarshi shahrining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti. XIX asrning birinchi yarmida Qarshi vohasida 500 ming aholi yashagan. Qarshi vohasida eng katta shahar hisoblangan. Amir Haydar XIX asming boshlanishida (1800) taxtga chiqadi. Amir Haydar vafotidan so‘ng (1826) taxtni o‘g’li Nasrullo egallaydi. Amir Nasrullo 1826 yilda taxtga chiqib o‘ttiz to‘rt yoshga yaqin, ya’ni 1860 yilga qadar amirlikni boshqaradi. Chor Rossiyasi Pyotr 1 davridan boshlab Turkistonga ko‘z tikkan edi. Doniyolbiy Otaliq davrida Buxoroga kelgan savdo missiyasi ijobiy natija bermaydi. Shunga qaramay, rus podshoxlari dunyoni qayta bo‘lib olish kurashida inglizlardan ortda qolishni istamas edi. XIX asrning birinchi yarimida Nasrullo hukumronlik yillarida Buxoroga ajnabiylar ruslar, inglizlar tashrifi tez-tez takrorlanadigan bo’lib qoladi. Ajnabiylar tashrifi qanday maqsadni ko‘zlamasin, ularni yozib qoldirgan asarlari, esdaliklari oradan yillar asrlar kechib, tarix mulkiga aylandi. Ularda Buxoro amirligi viloyatlaridan bo’lgan Qashqavohasi shahar va qishloqlari haqida ham ma’lumotlar uchraydiki, bu xabarlarni noyob va qimmatli deyish o‘rinli bo‘ladi. Angliyalik kapitan Aleksandr Byorns 1832 yilda Buxoroga keladi va “Buxoroga sayohat” nomli asarini yaratadi. Byorns tashrifi inglizlarning Markaziy Osiyoga qarshi tajovuz rejasi tarkibiga kirganligi sir emas. N.A.Xalfin to‘g‘ri uqtirgani kabi, bu kelish bozorlariga vositachilar savdogar-musulmonlar yordamida ingiliz mollari asta- sekin kirib kela boshlagan. Markaziy Osiyoga qarshi tajovuzni (agressiya tayyorlash va amalga oshirishni yengillashiga qaratilgan edi. “Bizning Qarshida bo‘lishimiz, -deb yozgan Aleksandr Byorns- bu joyni ko‘zdan kechirish imkoniyatini beradi. Shahar bir millik kenglikda yastanib yotadi. U katta kon bozorga va 10000 aholiga ega. Uylarning hammasini tomi tekis yopilgan. Uning shimoliy g‘arbiy qismida to‘proq loydan qurg‘on bo‘lib murchal- suv qo‘yiladigan chuqurlik bilan o‘rab olingan va anchayin mustahkamlikni yuzaga keltirgan. Bu joy dan ellik mil uzoqlikdagi shahar Shaxrisabz atroflaridan oqib keladigan daryo Qarshining shimoliy tarafidan o‘tadi va aholiga son- sanoqsiz bog‘ -rog’lar yaratish, mevali daraxtlar, teraklar ekin imkoniyatini beradi. Bu keyingilari ulug‘vor va jozibador ko‘rinishga ega, xususan, shamol turganda ulaming bargi haqiqatda yashil bo‘lishiga qaramay oppoq va kumushsimon bo‘lib, tovlanadi. Bu diltortar va xushyoqar manzara hosil qiladi. Hech bir joyda tiriklik suvi bu qadar qadrli emas, ziro, usiz bu joy batamom sahroga aylangan bo‘lur edi. Daryo qirg‘oqlarida va uning jilg‘alarida (ariqlar) da hamma narsa yam-yashil va cho‘lga burkangan, shu bilan birga bu joydan unga olis bo‘lmagan yerlar sahro qumliklari bilan qoplangan. Qarshi Buxoro mulklarida poytaxtidan so‘ng eng yirik ahamiyatga ega bo‘lgan joy hisoblandi. Bu voha yigirma mil kenglikni tashkil etadi. Daryo uning barcha dalalarini sug‘oradi. XIX asr oxiri-XX asr boshlarida yashagan muarrix Muhammad Ali Boljuvoniy o’zining «Tarixi nofeiy» (Foydali tarix) asarida Buxoro amirligining boshqaruv tizimi haqida qimmatli ma‘lumotlarni yozib qoldirgan. Shuningdek, bu asarda amirlikda faoliyat yuritgan amaldorlarni vazifalarini ko’rsatib o’tish bilan birga, bekliklarda tayinlanadigan mansablar xususida ham ko’pdan ko’p qiziqarli ma‘lumotlar berib o’tiladi. Bu asarda bayon etilishicha, Buxoroda xonlik taxtiga ko’tarilish quyidagicha bo’lgan: «Hamma vazirlar, qozi ul-qazot va mushtilar dorus-saltanatga yig’ilib, shohlikka loyiq odamni kigizning to’rt burchagidan ko’tarib xonlik taxtiga qo’yib, sultonlik tojini boshiga kiygazib, islom bayrog’ini qo’liga berganlar». Amirlikda, boshqaruv tizimida Qushbegi lavozimi muhim rol o’ynagan. Ayrim hollarda amirlik qo’shiniga qushbegi boshchilik qilgan. Ko’pgina manbalarda Buxoro amirligi 27 beklikdan iborat ekanligi aytib o’tiladi. Boljuvoniy esa bu bekliklarni quyidagi tartibda sanab o’tadi: «Chorjo’y, Karki, Kalif, Qarshi, Karmina, Nurota, Ziyovuddin, Xatirchi, G’uzor, Shahrisabz, Kitob, Yakkabog’, Chiroqchi, Jomchi va Sherobod, Boysun, Dehnav, Sariosiyo, ya‘ni Sarijo’y, Hisor, Qorategin, Darvoz, Boljuvon, Ko’lob, ya‘ni Xatlon, Qo’rg’ontepa, Kubodiyon» dir. Buxoro amiri tomonidan tayin etilgan kishilar beklikni boshqargan. Ayrim manbalarda, amirlik ixtiyorida bo’lgan Qarshi bekligi «valiahd bekligi» sifatida talqin etiladi. Masalan, rus elshunos olimasi O.A.Suxareva «Buxoro xonligidagi shaharlar tarixiga doir» (1958) asarida quyidagilarni bayon qiladi: «Qarshi-Buxoro xonligining ikkinchi siyosiy markazi bo’lgan, shakllangan an‘anaga ko’ra, bu yerda Buxoro taxti vorisi qarorgohi bo’lgan, u soliq yig’ish ishlarini nazorat qilgan bek bilan boshqaruvga qo’yilgan». Bekliklarda amir tomonidan bekdan tashqari yana ikkita yuqori mansab egalari tayinlangan. Ulardan biri Amlokdor bo’lib, u amirlik xazinasiga beklikka qarashli hududlardan soliqlarni yig’ishga mas‘ul bo’lgan. Amlokdorga ham bir qancha xizmat ko’rsatadigan ya‘ni amrini bajo qiladigan dorug’a va mingboshi-yu, ellikboshilari bo’lgan. Amlokdor huzurida ba‘zi bahsli masalalar ko’rib chiqilgan. Qarshi bekligi ham amlokdorlik boshqaruv tizimiga ega bo’lgan. Beklik quyidagi amlokdorlik hududlarini o’z ichiga olgan: Qarshi, Fayzobod, Beshkent, Pattazan, Fazli, Qamashi, Jeynov, Kasbi, Maymanoq, Jumabozor, Koson, Parg’uza, Xonobod, Po’lati, Qorabog’. Qarshi bekligida ham qolgan bekliklarda bo’lgani kabi sha‘riy masalalarni ko’rib chiqish uchun Qozi tayinlangan bo’lib, unga ham bir necha muharrir va noiblari amriga shay turgan. Nizo va janjallar, shar‘iy murofi‘alar, masalalar, fatvo chiqarish Qozining hukmi bilan bo’lgan.Amir tayinlaydigan beklik yuqori mansablaridan yana biri-bu Raisdir. U shar‘iy murofi‘a, masjidlar va bozorlarni tekshirish, shunga o’xshash ko’p masalalarni Rais hal qilgan. O’nlab mirzolar, noiblar Raisning hukmini ijro etib, qishlog’u-bozorlarda yurishgan. Rais ham rivoyat hozirlab, nizo va bahsli masalalarni amir nomidan hal qilgan. Ko’rinib turibdiki, bekliklarda amir tomonidan tayinlangan mansab egalari to’g’ridan-to’g’ri bekning emas, amirning hukmiga itoat etgan va uning xohish-irodasi bo’yicha ish ko’rgan.Ta‘kidlab o’tganimizdek, beklikdagi uchta yuqori mansab (bek, qozi va rais) amir tomonidan amalga oshirilgan. Bular shar‘iy yo’lda ish tutib gunohkor kishini mol-mulkini musodara etib, jazo qo’llashga haqlari bo’lgan, lekin amirning hukmisiz va mushtining rivoyatisiz biror kimsani qatl qilolmaganlar. Buxoro mulkining har bir bekligida shu uchala yuqori mansab egalarining hukmi joriy va mansub hisoblangan. Ular har juma kuni amirdan ko’ngil so’rab turganlar. Manbada keltirilishicha, amirga sadoqatlarini izhor qilish uchun «Jumagiy, bandagi va duogo’y» deb ariza yuborib turishlari lozim bo’lgan. Aks holda, bu mansab egalariga ham qattiq jazo berilib, mol-mulki musodara qilinib, egallab turgan lavozimidan chetlashtirilgan yoki ayrim hollarda hibs etilib, o’rniga boshqa kishi tayin etilgan. Bekliklarda boshqaruvni yo’lga qo’yilishida, tartib saqlash, tunda ham osoyishtalikni ta‘minlashda, kezi kelganda aholidan majburan soliqlarni undirish ishlariga mirshab va soqchilarning alohida mas‘uliyati bo’lgan. Beklik boshqaruvida to’qsabolarni ham muhim o’rni bo’lgan, ular ma‘lum harbiy kuchga ega bo’lgan.Mang’itlar hukmronligi davrida amirlikda qanday yer-suv mulkchilik turlari mavjud bo’lgan bo’lsa, bekliklardagi holat ham bundan mustasno bo’lmagan. Qarshi bekligida ham quyidagi mulkchilik shakllari mavjud bo’lgan davlat yerlari (bu amlok yerlar ham deb atalgan), mulk yerlar (xususiy), vaqf yerlaridir. Davlat yerlarining suvsiz dasht, to’qayzor qismi ko’chmanchi jamoalarga bo’lib berilgan, chunki ular chorvachilik bilan shug’ullanishib, beklik orqali amir xazinasiga xiroj to’lagan. Bunday yerlar sotilmasdi va ayirboshlanmagan. Davlat yerlarining boshqa bir qismi yuqori mansab egalariga, lashkarboshilarga davlat oldidagi xizmatlari evaziga suyurg’ol tarzda berilgan. Suyurg’ol yerni qo’lga kiritgan kishi, albatta uni boshqarish huquqini ham qo’lga kiritgan. Suyurg’ol egasi davlat xazinasiga xiroj to’lashi hamda oliy hukmdorning chaqirig’iga ko’ra o’z qo’shini bilan harbiy yurishlarda ishtirok etishi lozim edi.Shayboniylar davrida davlat yerlarini «tanho» deb atalgan shakli qaror topgan edi. Bu shaklni amirlik davrida ham kuzatish mumkin. Masalan, XIX asrning birinchi choragida amirlikda tanholarning soni 12 mingdan 36 ming nafarga yetgan. Tanho yer egalari yerga emas, balki, o’sha yerdan olinadigan soliqqa egalik qilgan. Davlat yerlarini yana bir qismi dehqonlarga ishlashlari uchun ijaraga berilgan, xuddi mana shu ijarachi dehqonlardan ko’proq xiroj bekliklardagi mas‘ul amal egalari orqali amirlik xazinasiga yuborilgan. Qarshi bekligi amlokdorlardan yig’ilgan soliqlarni yoki hosilni 1/3 qismini amirlik xazinasiga jo’natib turgan. Xususiy yerlarning bir qismi xususiy shaxslarning yerlari bo’lib, ularning bu yerlarga egalik qilishlari davlat xizmati bilan bog’liq bo’lmagan. 16Mavzu:Qashqadaryo vohasida XVII-XIX asr birinchi yarmida madaniy hayot Reja: 1. XVI-XVIII asrlarda naxshab 2. Keshda siyosiy va madaniy hayot 3. XVI-XVIII asrlarda kulolchilik O‘rta asrlarga kelib Qashqadaryo vohasining yangi poytaxti qulay joyda - Qashqadaryoning chap qirg‘og‘i bo‘ylab yastangan keng hududda shakllana boshladi. Daryo bu yerda sharqqa tomon yo‘nalgan bo‘lib, go‘yo tekislikni uch tomondan qurshab olgandek tuyular edi. Bu shahar qoldiqlari hozirgi Qarshi shahridan 5 kilometr shimoli-g‘arbda, Yerqo‘rg‘on qal’asidan 1,5 kilometr janubda joylashgan bo‘lib, Shulluktepa shahristoni deb ataladi. Ilk o‘rta asrlarda bu yerga qadimgi poytaxtdan zodagon va hunarmandlar - temirchilar, to‘quvchi va quruvchilar ko‘chib kelgan. VII-VIII asrlarda ularning ustaxonalari bosh qal’ani sharq va janubdan himoyalab, daryo qirg‘og‘igacha cho‘zilgan va asta-sekin Qashqadaryoning chap qirg‘og‘idagi burilish joyini to‘liq egallagan. Bu davrda qal’a devorlari jiddiy ravishda mudofaa ahamiyatini yo‘qotadi. Shaharning ichki tuzilishi o‘zgaradi. Shubhasiz, saroy - hukmdor taxti va xazina, qamoqxona va harbiy gornizon joylashgan inshoot uning tarkibiy qismi bo‘lib qolavergan. Biroq X asr mualliflari istehkomlarni ta’riflar ekan, ularning nurab qolgani va hatto vayron bo‘lganidan xabar beradi. Jumladan, geograf olim Istaxriy shaharni qisqacha ta’riflagan. Nasaf, Istaxriyning fikricha, bir paytlar vayron qilingan istehkom, rabot va to‘rtta darvozaga ega bo‘lgan. Shahar atrofi asosan lalmi dehkonchilikka ixtisoslashgan serunumerlar va ekinlarga boy bo‘lgan. Daryoda muayyan paytda suv kamayib ketgani tufayli bog‘rog‘lar asosan quduqlardan sug‘orilgan. Arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, shahristonning mudofaa inshootlari VII-VIII asrlarda barpo etilgan. IX asrning oxiri va ayniqsa, X-XII asrlarda shahar ulkan hudud bo‘yicha rivojlanib ketgan. U ko‘proq sharq tomonga, Qashqadaryoning o‘ng qirg‘og‘iga tomon o‘sib borgan. Avvalgi davrlarda ilk shaharning sharqiy chegarasi hisoblangan daryo bu davrda janubdan shimolga tomon rabotning o‘rtasidan o‘tgan. Agar shahriston va rabotning shimoliy kismini «Hukumat uyi» va zodagonlar hovlilari egallagan bo‘lsa, uning asosiy qismi, ayniqsa, markaziy va janubiy hududlarini ko‘plab hunarmandchilik mavzelari egallagan. Temirchilar mavzelari daryo bo‘ylab g‘arbga tomon to istehkomgacha davom etgan va XIII asr boshlarigacha mavjud bo‘lgan. Ulardan janubda, temirchilik ustaxonalariga tutashgan holda, daryo sohili bo‘ylab misgar ustalar va bronza quyuvchilar, zargarlar mavzelari joylashgan. Bu yerdan misni yakuniy tozalash ishlari bajariladigan ustaxona topilgan. Bu yerda mis qoldiqlari hamda metall quyish jarayoni bilan bog‘liq belgilar ham uchraydi. Shuningdek, sopol suv quvurlari, kuduq qoldiqlari ham kuzatilgan. Ular bu yerda vaqt-vaqti bilan suv tanqisligi ro‘y berib turganini yana bir bor eslatadi. Temirdan yasalgan mehnat qurollari qurilish va duradgorlik ishlarida keng qo‘llangan. Ehtimol, bu sohalar Nasafda keng rivojlangan bo‘lsa kerak. Balki shaharning g‘arbdagi darvozasi shu sababli «Najjorlik» deb atalgan. Nasafda qadimdan mis va bronza quyish jadal rivojlangan. Nasaf mehnat qurollari va bezaklari orasida kimyogarlar tomonidan bronzaning oltita metallsozlik guruhi aniqlangan. Bu esa xom ashyoning xilma-xilligi, uni qo‘llash usullarining rang-barangligi hamda nasaflik ustalarning ham Baqtriya va So‘g‘dning degrezchi ustalari yutuqlaridan xabardorligini ko‘rsatadi. Qizildaryo va uning o‘zanlari havzasida polimetallar - mis, qo‘rg‘oshin, temir kazish bo‘yicha bir necha ochiq va yer usti konlari topilgan. Kumush konlari ham bor. Konlar 40 metr chuqurlikkacha qazilgan. Shunisi qiziqki, ayrim joylarda oxirigacha qazib tugatilmagan shaxtalar ham saqlangan. Ehtimol, qandaydir siyosiy voqealar bu ishlarni davom ettirishga imkon bermagan. Temir rudasi XI-XII asrlarda Tutaka va Qizilsoy konlarida yirik hajmda qazib olingan, bu yerdagi o‘n beshtacha qazilma orasida 0,7 kilometr maydondagi ulkan karer markaziy o‘rinni egallaydi. Ruda shu yerning o‘zida boyitilgan va unga ishlov berilgan. Shu sababli daryo o‘zani bo‘ylab boyitish va metall quyish joylari va chiqindilar saqlanib qolgan ko‘p dalalar bor. Buyerda temir buyumlar, tozalanmagan mis, qo‘rg‘oshinli-kumushli quyilma olingan, so‘nggi tozalash va ishlov berish ustalar tomonidan shahar markazlarida, birinchi navbatda, Nasafning o‘zida amalga oshirilgan. Janubi-g‘arbiy rabotda kulolchilik ustaxonalari ochilgan. Nasaf kulollari yuqori sifatli maxsulot - sirlangan tovoq va laganlar, o‘yma naqshli idishlar hamda sirli va o‘ymakor naqshlarni birlashtirgan antiqa idishlar ishlab chiqargan. Hunarmandlar mavzelari bilan istehkom o‘rtasidagi keng maydonlarni alohida tovarlarni sotishga ixtisoslashtirilgan bozorlar egallagan. Tarixchi Sam’oniy o‘z asarida bozor maydoniga olib chiquvchi zargarlar ko‘chasini, Xon az-Boziddin karvonsaroyini, ya’ni matolar bilan savdo qilish karvonsaroyini, mevalar sotiladigan Jubak bozorchasini ta’riflaydi. Shuningdek, uning asarlarida hatto eski-tuski narsalar bozori (xanuk), bozorchadagi kichik karvonsaroy (suvoyqa) va Mohduz raboti, non yopish va sotish do‘konchasi ham eslatib o‘tilgan. Bu ta’riflar shuni ko‘rsatadiki, X-XII asrlarda Nasafning markaziy va janubiy tumanlari gavjum joylar bo‘lgan. Ehtimol, shu sababdan aynan shu yerda dastlabki jome masjidi qad rostlaydi. U 834 yilda so‘fiy shayx Abdurahmon Muazza tomonidan janubiy rabotda, G‘o‘bdin darvozasi oldida, Zuhhok ko‘chasida kurilgan. XII asrda bu bino eski jome masjidi sifatida tilga olinadi va Sam’oniyning xabar berishicha, shahristonning janubiy darvozasi oldida yangi jome masjidi quriladi. Shahriston dsvoridan 130 metr janubda arxeologlar uning koldiqlarini - pishiq g‘ishtdan qurilgan, bezak izlari bor monumental bino parchalarini topishdi. Ehtimol, bu paytda eski masjid ham ishlagandir, lekin u jomelik mavqeini yo‘qotgan va XII asrda o‘z bunyodkori Muazza nomi bilan atalgan. Manbalarda shaharning qator boshqa masjidlari ham tilga olinadi. Ular orasida Bayon ko‘chasidagi buyuk muhaddis Imom Buxoriy yashagan va ibodat qilgan masjid ham bor. Shaharning shimoli-g‘arbiy qismida, An-Najjoriya (Buxoro) darvozasi yonida shahardan tashqaridagi hayit masjidi - namozgoh joylashgan. Umuman olganda, X-XII asrlarda Nasaf keng aloqalarga ega yirik taraqqiy etgan viloyat mar-kazi, ertapishar meva va sabzavotlari yaqin va uzoq bozorlarda qadrli bo‘lgan boy voha sifatida namoyon bo‘ladi. XIII asrning boshida, O‘rta Osiyo mo‘g‘ul istilochilari tomonidan bosib olingach, Naxshabning yashil dalalari Chingizxon tomonidan qo‘shinlar dam oladigan va boshqa o‘lkalarga ko‘chib o‘tiladigan manzil sifatida tanlangan. Naxshabning ko‘chmanchi qabilalar yashaydigan dasht hududlarida ham hayot barq urib rivojlangan. Bu yerda koraxoniylar va saljuqiylar davrida xonlar uchrashuvlari bo‘lib o‘tgan. Keyingi yillarda Naxshab Movarounnahrning Chig‘atoy ulusi beklari yashaydigan markazga aylangan. 1310 yilda bu yerda Eson Buka, 1321 yilda Kepakxon dafn etilgan. U poytaxt yaqinida Qarshi deb nomlangan yirik saroy qurdirgan, uning atrofida zodagonlar uylari, hunarmandlar mavzelari va bozorlar jamlana boshlagan, shu tariqa eski poytaxtdan hayot asta-sekin bu yerga ko‘chib o‘tgan. O‘rta Osiyoning XIII asr va XIV asr boshidagi tarixida Nasaf mahalliy shayxlar chig‘atoylik zodagonlar orasida islomni targ‘ib qilgani bilan ham alohida ajralib turadi. Qarshi shahrining jadal rivojlanishi 1365 yilda shaharni o‘z nazorati ostiga olgan Amir Temur faoliyati bilan bog‘liq. 1365-1366 yilning qishini Amir Temur Qarshida o‘tkazadi va buyerdagi mudofaa devorlarini qaytadan qurdiradi. Bundan tashqari, rasmiy manbalar Qarshida Amir Temur tomonidan katta jome masjidi ham barpo etilganini tasdiqlaydi. Ta’kidlash joizki, Qarshi Chig‘atoy xonlarining roziligisiz (tegishli yorliqsiz) Amir Temur hokimiyati o‘rnatilgan birinchi shahar hisoblanadi. Shu tufayli ham o‘rta asr musulmon hukmdorlari orasida kimki Qarshini egallasa, Movarounnahrni boshqaradi, degan aqida ham paydo bo‘ladi. Keyinchalik ham Amir Temur shaharning muhim ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, u yerda doimiy harbiy qo‘shin joylashtirib, mudofaa inshootlari holatini kuzatib boradi. Biroq 1387 yili, Amir Temurning Kavkazorti, Iroqning shimoliy hududlariga amalga oshirgan uch yillik harbiy yurishlari paytida (1386-1388), Oltin Urda hokimi To‘xtamish Movarounnahr hududiga hujum qiladi. Bu hujum vaqtida Qarshi va uning g‘arb tomonida joylashgan qal’a-saroy - Zanjirsaroy katta talafot ko‘radi. Amir Temur va temuriylar davrida Qarshi Qashkadaryo vohasnning yirik savdo va hunarmandlik markaziga aylanadi. 17-Mavzu:Qashqadaryoda sovet hukmronligining o‘rnatilishi va vohaning keyingi yillardagi ahvoli Download 270.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling