6-mavzu: yangi era boshlarida qashqadaryo vohasi
-MAVZU: SOVETLAR HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI (1917-1991 YILLAR)
Download 270.25 Kb.
|
21ta 7talik
18-MAVZU: SOVETLAR HUKMRONLIGI YILLARIDA QASHQADARYO VOHASI (1917-1991 YILLAR)
Reja: Qashqadaryo vohasida sovet rejimining o‘matilishi. Sovet hokimiyatining vohadagi iqtisodiy-ijtimoiy siyosati Sovet davlatining O’rta Osiyo respublikalariga olib borgan siyosati va ularning Qashqadaryo vohasiga ta’siri. Turkistonning asosiy qismini egallab olgan sovetlar Buxoro xonligini qo‘lga kiritishga butun diqqat-e’tiborni qaratadi. 1919 yilning noyabr oyida Rossiya kommunistik (b) partiyasi Markaziy qo‘mitasi, Butun Ittifoq Markaziy ijroiya qo‘mitasi va RSFSR xalq komissarlari kengashining Turkiston ishlari bo‘yicha komissiyalari Buxoro xonligida «xalq inqilobi»ni amalga oshirish uchun qattiq kirishadi. Komissiya tarkibiga Komfirqa va sovet rahbarlaridan V.V.Kuybishev, M.V.Frunze, Sh.Z.Eliava, Y.E.Rudzutaklar kiritilgan edi. Turkkomissiya oldiga, «Turkistonni sovet sharqida namunali respublikaga aylantirishdek, Buxoro va Xivaning zulmga asoslangan rejimdan xo‘rlangan xalqlari ommasining amir va xonga, shuningdek, ular yurtini Britaniya imperiyasi mustamlakasiga aylantirmoqchi bo‘layotgan ingliz imperialistlariga qarshi olib borayotgan ozodlik kurashiga qardoshlik yordami ko‘rsatishdek tarixiy ahamiyatga molik vazifa» qo‘yilgan edi. Buxoro xonligi, sovet mustabidlarining fikricha, bu vaqtda O‘rta Osiyoda inqilobga qarshi harakatning tayanchiga aylangan edi. Shu sababli ham, Tukkomissiya o‘z e’tiborini, birinchi navbatda, Buxoroga qaratdi. Sovetlar bu vaqtda Angliyaning aralashuvidan qattiq cho‘chiyotgan edi. Turkkomissiyaning amir Sayyid Olimxon bilan 1920 yil 7 yanvarda, 30 martda olib borgan muzokaralari xonlik bilan sovetlarning yaqin munosabatlar o‘rnata olmasligini ko‘rsatadi. Amir sovetlarning asl maqsadini – butun Turkistonga egalik qilish niyatini yaxshi bilar, bu maqsadning Buxoro va Xivaga nisbatan kechikayotganligi xonliklarga Angliya, Turkiya, Eron kabi davlatlar hayrihoh ekanligi bilan bog‘liq edi. Amir Olimxonning fikri yodi qo‘shinni ko‘paytirish, mudofaani mustahkamlashda edi. Shu vaqtgacha turib bergan Xivaning Sho‘rolar qo‘liga o‘tganligi xabari uni qattiq o‘ylatib, favqulodda tadbirlar ko‘rishini tezlashtirib yuboradi. Endi bu Turkiston zaminida Sho‘ro bosib olmagan birgina xonlik Buxoro va egallanmagan birgina taxt uniki qolgan edi. Keyingi uch yil (1917–1920 y.) davomida qo‘shinlar safi muntazam ravishda oshirilib borildi, inglizlardan sotib olingan miltiqlar adadi ham necha o‘n mingga yetadi. 1920 yilning 12 iyuli kuni qilingan hisob amirning 13220 otliq, 12000 piyoda sipohi borligini ko‘rsatadi. Xonlikning Qarshi, Shahrisabz, Kitob, Chorjo‘y, Termiz, SHerobod, Dushanbe kabi bekliklarida 70 ming ko‘ngilli harbiy harakatlarga taxt qilib qo‘yilgan edi. Ko‘ngillilarni qurollantirish og‘ir masala edi. Amir Olimxon bu bobda chetning yordamiga umid bog‘layotgan bo‘lsa–da, va’dalarning bajarilishiga ishona olmasdi. SHo‘rolarning Butunittifoq Markaziy ijroiya qo‘mitasi Turkiston hay’ati bilan RSFSR xalq komissarlari Kengashi Toshkentda yig‘ilish ustiga yig‘ilish qilib, Buxoroni zabt etish masalasini ko‘rar, istiloning cho‘zilib borayotganidan Petrograd juda bezovta edi. M.Frunze 1920 yilning 1 avgustida V.I.Leninga bergan telegrammasida sustkashlik sababini, Buxoroda xalq ommasining «siyosiy huquqsizligi va omiligi bois, ichki inqilobiy vaziyat juda sekin yetilayotganligi» bilan bog‘laydi. Telegrammalarda «xalq amir tuzumidan norozi» deyilsa ham, Buxoroda ommaning M.Frunzega ko‘zi uchib turmaganligi siyosiy huquqsizlik, inqilobiy ongning pastligi kabi qizil iboralar bilan xaspo‘shlanadi. SHo‘ro, shu tariqa Buxoro xonligini yakson etishni «ichki inqilobiy portlash» bayrog‘i ostida amalga oshirishni ko‘zda tutgan edi. Turkiston Fronti qo‘mondoni M.Frunze 1920 yilning 30 iyulida «Amirlikning bundan keyin hukm surishi tashqi siyosatda ortimizda tayanch hududni ta’minlashga imkon bermaydigan darajada qo‘l–oyog‘imizni bog‘lab qo‘yadi, o‘lka ulamolarining millatchilik ruhidagi aksilinqilobiy umidlarini mustahkamlab, Turkistonda olib boradigan ichki qurilishlarimizga to‘sqin bo‘ladi. Frontimizning Inqilobiy kengashi masala yechimini yaqin orada hal etish qarorida», degan fikrga keladi. Qo‘mondon xonlikni bosib olish rejasini pishitgan edi. Poytaxt Buxoroga hujum qilishdan 3–4 kun avval, 1920 yilning 28 avgustida mustahkam bekliklar hisoblangan Kitob, Shahrisabz va Qarshiga kutilmaganda hujum uyushtirish mo‘ljallangan edi. Bu harbiy to‘lg‘ama amirning diqqatini poytaxt mudofaasidan chalg‘itishni ko‘zda tutar edi. 1920 yil 12 avgustda bolsheviklar amirlikni tugatish maqsadida Samarqand-Buxoro frontini tuzadi. 1920 yil 21 avgustda Turkiston fronti qo‘mondoni RSFSR harbiy ishlar xalq komissari nomiga telegramma yo‘llab, Buxoroni bosib olishga hamma narsa tayyor ekanini ma’lum qilganida, RSFSR milliy ishlar xalq komissari I.Stalin bu telegrammaga «Zudlik bilan harakat qiling», deb rezolyutsiya qo‘yadi. Inqilobiy qo‘mita xonlikning ko‘pgina hududlarida tashviqot–targ‘ibotni kuchaytirgan, norozi kayfiyatdagi kishilarni og‘dirib, ularni xo‘fiyona qurollantirish harakatiga tushgan edi. Yosh buxoroliklar SHo‘ro bilan ittifoqlashib, bu ishlarda ularga faol yordam berishga kirishib ketgan edi. Amirning xavfi ulardan edi. Yosh buxoroliklar zaif o‘rinlarni yaxshi bilar, ular qadami yetmagan hudud yo‘q edi. 1918 yilda tuzilgan Buxoro firqa qo‘mitasi ham amirlikka qarshi pinhona kurashni borgan sari kuchaytirayotgan edi. 1919 yilda bu qo‘mitaning 37 yashirin tashkiloti tuzilgan bo‘lib, shundan 13 tasi amir lashkarlari tarkibida edi. Yosh buxoroliklar qurolli qo‘zg‘olonni boshlab yuborishga qanchalik da’vat qilmasin, SHo‘ro go‘yoki ularning chiqishlarini rad etgan bo‘lib, vaqtdan yutishni, amirlikning asosiy tayanch manzillarini bosib olishga kuch to‘plashni rejalashtirgan edi. 1918 yil martidagi Kolesov mag‘lubiyatidan keyingi tayyorgarlik, shu tariqa, 1920 yilning avgusti oxirida nihoyasiga yetadi. Amir Sayyid Olimxonning bu harakatlardan xabari bo‘lmagan, deyish nojoiz. U SHo‘roning hujum xavfini Samarqanddan Qashqa vohasiga, Kitob, Shahrisabz va Qarshiga uyushtirilishini kutardi. Shu sababdan Taxta Qoracha dovonida mudofaa quvvati kuchaytiriladi, merganlar, sipohlar soni oshiriladi. SHo‘ro tashviqoti tinim bilmaydi. Qishloqlarda, «amirni ag‘darib tashlasak, uning yerlari, xazinasi, moli mulki, boylarning, amaldorlarning butun yer–suvi, boyligi kambag‘allarga, yersizlarga bo‘lib beriladi, yer solig‘i, xiroj solig‘i, barcha soliqlar butunlay man’ etiladi», degan gap–so‘zlar ovoza qilinadi. Targ‘ibotlarga uchganlar ham bo‘lgan. Lekin, uning eng katta ta’siri, aksar ommani voqealarga faol aralashishdan tiyib turishda bo‘lgan. Inqilobiy qo‘mita, 1920 yil yozining oxirlarida, «birodarlar, eski tuzum tarafdorlarining hammasini o‘ldiring, Buxoro qizil armiyasi safiga kiring», deb oshkora tashviq qilishga o‘tadi. 1–Turkiston otliq diviziyasi 1920 yilning 28 avgusti kuni Taxta Qoracha dovoniga hujum boshlaydi. Amir sarbozlari SHo‘ro qo‘shiniga qarshi jangga kiradi. Ikki tomon ham yaxshi qurollangan bo‘lsa–da, SHo‘ro jangarilari ish ko‘rgan, yaqindagina Xorazm xonligini qonga botirib, urush hadisini olgan edi. SHo‘ro otliq diviziyasi Kitobni, Shahrisabzni egallagach, birin–ketin Yakkabog‘, Chiroqchi, Qarshi ham qo‘lga olinadi. Viloyat markazi Qarshini qizillar egallagach, butun harbiy kuch Buxoroga tashlanadi. Qarshida oz sonli garnizon qoldiriladi, lekin u shaharni idora qilishga qodir emasdi. SHo‘ro butun diqqat–e’tiborini amir Sayyid Olimxonni ag‘darib tashlashga, xonlik poytaxtini qo‘lga olishga qaratgan edi. Qizil armiya kuchlari 1920 yilning 1 sentabri tonggida Buxoroga keng qamravli hujumni boshlaydi. Xuddi shu – 1–sentabr kuni «Izvestiya»da Buxoro inqilobi haqida maqola bosilib, go‘yo Buxoro xalqi eski tuzumni ag‘darib tashlashga tayyor bo‘lganligi mahobat qilinadi. Bu bilan SHo‘ro jahon afkor ommasi oldida, o‘zining Buxoro xonligiga qarshi amalga oshiradigan hurujini xaspo‘shlab, boshni kesadigan bolta sopini o‘zidan chiqarishga ochiq-oydin intilgan edi. Xonlikning iqtisodiy va harbiy tayanchi hisoblangan Qashqa vohasining bosib olinishi amir Sayyid Olimxonning ishonch va umidlarini tilka–pora qilib yuboradi. Shundan so‘ng, Buxoro mudofaasiga bemisl darajada qattiq tayyorgarlik ko‘rilganiga qaramay, amir Sayyid Olimxon o‘z yaqinlaridan sanoqli kishilar bilan maxfiy mashvarat o‘tkazgan va Buxoroni tashlab chiqish taklifini qabul qilgan edi. 2 sentabr Buxoroda qora tong otgan kun bo‘lgan edi. M.Frunzening buyrug‘i bilan aeroplanlar qadimiy shaharni, amirning qarorgohi bo‘lgan Arkni, masjid va madrasalarni, bozorjoylarni–odamlar gavjum nuqtalarni ayavsiz bombardimon qilishni boshlaydi. 1920 yilning 2 sentabrida Turkistondagi oxirgi xonlik poytaxti Buxoro sovetlar qo‘liga o‘tadi. Sovetlar shu tariqa uch xonlik hududlarini o‘z tasarrufiga olishga muvaffaq bo‘lgan edi. Amir Sayyid Olimxon Buxoroga qilinadigan hujumdan bir–ikki kun avval o‘z yaqinlari, eng sodiq, eng ishonchli kishilari, mulozimlari, sipohlari bilan Qarshiga, shahar begi Tog‘aybekning Haramsaroydagi yozlik qarorgohiga kelib qo‘ngan edi. Qarshi 2–3 kun burun Qizillar tomonidan egallangan bo‘lsa–da, uni boshqarish yo‘lga qo‘yilmagan, asosiy harbiy kuchlar Download 270.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling