Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Alisher Navoiy (“Mahbubul qulub”dan bugungi tilga bir oz yaqinlashtirib olindi.)
- “Yigirma tup ko‘chat”
- Mustaqillik... shunaqasini ko‘zlaganmidik
- Mustaqillikni qattiq istaganlar ham, mustaqillik uchun kurashganlar ham bir chetda qolib unga butunlay boshqalar – mustaqillik yo‘lida kurashish tugul
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 2
“Mustaqillik”ning 20 yilligi oldidan Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 3
Shoh mulozimlari va tobelarining ishi va o‘zini tutishi shohnikiga o‘xshaydi: agar shoh o‘ziga adolatni shior qilgan bo‘lsa, ulusi shiorida ham adolatning izlari ko‘rinadi; agar shohning odati zulm qilish bo‘lsa, eli uning zulmidan qo‘rqib yashashga odatlanadi; agar u Islom diniga amal qilib yashasa, xalqining qayg‘usi ham Islom va din bo‘ladi; agar u kufr xususiyatli bo‘lsa, eli ham kufr yo‘lini tutadi. Hikmat ila so‘zlovchilar shohni sersuv va to‘lqinli daryoga, qavmi va elini daryo tegrasidagi ariqlarga o‘xshatishgan. Daryo suvining kayfiyati va xususiyatlari qanday bo‘lsa, ariqqa ham u kayfiyat va xususiyatlar o‘tadi: u achchiq ‒ bu achchiq; u chuchuk ‒ bu chuchuk; u xira ‒ bu xira; u tiniq ‒ bu tiniq.
Arig‘larki, ul bahrdin ayrilur, Biliklik alarning suyin bir bilur. Chu birdur suv daryo bila nahr aro, Emas ta’mida hojati mojaro.
Alisher Navoiy (“Mahbubul qulub”dan bugungi tilga bir oz yaqinlashtirib olindi.) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 4
Nurulloh Muhammad Raufxon BU KUNLAR Ichga ichdan boqish
Bir inson, bir xalq va bir mamlakat qismati haqida hujjatli siyosiy-ijtimoiy ro‘man
Toshkent ‒ 2014 Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 5
Mundarija Kirish ........................................................................................................................... 6
Chiqish ...................................................................................................................... 407
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 6
Bu yil erta bahorda 1 O‘zbekistonda (aytishlaricha, Bosh vazir tashabbusi bilan) “mustaqillik”ning 2 20 yilligiga atab kishi boshiga yigirma tupdan ko‘chat ekishga kirishildi. Matbuot, radio-televideniye tashviqot tandiriga rosa o‘t qalab, ertayu kech bu mavzuni alangalatib yotibdi. Ishxonalar, o‘quv yurtlari bahorgi yig‘ilishlarida gap tegirmoni bitta do‘l tevaragida aylanib qoldi: yigirma tup ko‘chat... yigirma tup ko‘chat... yigirma tup ko‘chat... Men ham shu manglayi sho‘r yurtning bo‘yni egik bir fuqarosi o‘laroq “ulkan tashabbus”ga ulush deb u yer-bu yerga birnimalar ekkan bo‘ldim. Ekarkanman, qurib qolmasmikan, ko‘kararmikan, hosil berarmikan, mevasi odamlarga yoqarmikan, o‘zim ham bahramand bo‘larmikanman, deganga o‘xshash tushkun o‘ylar kechardi xayolimdan. Nimagadir bu ishimdan sira ko‘nglim to‘lavermadi, yana nimadir qilishim kerakday tuyulaverdi. Axiyri ko‘ngilda bir arzirli istak tug‘ildi: uzoq yillardan beri o‘ylab, pishitib, qog‘ozga tushirishni mo‘ljallab yurganim o‘y-mulohazalarimni “Yigirma tup ko‘chat” qolipiga solsam-chi, dedim. Mamlakatim va xalqim “mustaqillik”da kechirayotgan yigirma yillik hayotidan yigirma xil mavzuda hujjatli bir asar bitgim keldi. Bunda to‘qima gaplar, to‘qima obrazlar bo‘lmaydi, faqat va faqat bor gaplar yoziladi. Shular mening chinakam ko‘chatlarim bo‘lsin! Vatanim va xalqimning yuragiga ekayin. Kelgusida har biri bir ulkan daraxtga aylanib, mo‘l va foydali hosil bersin ‒ mushtipar yurtimning og‘irini yengil qilsin, dasturxonini bezasin, vujudiga darmon bo‘lib, necha yildan beri chekayotgan va dorisi topilmayotgan dardlarini ketkazsin. Bu orzu yaxshi, albatta. Ammo amalga oshirilsa, borib turgan qaltisdir! Chunki “mamlakatim va xalqim “mustaqillik”da kechirayotgan yigirma yillik hayot” degani davlat siyosati degani, ozgina tanqid ham to‘ppa-to‘g‘ri shu siyosat boshida o‘tirganlarga borib tegadi, deganidir. O‘zbekiston sharoitida bu ish turgan-bitgani g‘alva!
1 Ushbu kitobni 2011 yil erta bahoridan yozishga kirishganman. 2 Uzr, xalqimiz uzoq yillar orzu qilib kutgan hodisa nomi bo‘lmish shunday chiroyli va yoqimli so‘zni qo‘shtirnoq ichiga olishga majbur bo‘ldim. Asrlar ichra oqizilgan achchiq ko‘zyoshlar va hisobsiz qonlar evaziga erishilgan, lekin natijasi hech ham ko‘ngildagidek, xalqimiz kutganidek bo‘lib chiqmagan, nomiga-da loyiq bo‘lmagan hodisani albatta aslini yasamasidan ajratmasam bo‘lmas edi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 7 O‘ylanib-ikkilanib yurgan kunlarim tuyqus Qur’oni karim yordamga keldi. U “Sizlar uchun qasosda hayot bor, ey aql egalari” 3 degan oyati yorug‘ligida menga keng va katta yo‘l ko‘rsatdi go‘yo! Olloh-Olloh, qanday go‘zal hikmat: qasosda hayot bor! Quvonib ketdim. Kimningdir “zarari”ga chiqarilajak qasos hukmi jamiyatga hayot bergulik qadar olijanob ekan 4 , to‘g‘ri tanqid nimaga yomon bo‘lsin, ey aql egasi, dedim o‘zimga o‘zim. To‘g‘ri tanqidda ham jamiyatga ulkan yaxshiliklar bor! Zotan, to‘g‘ri tanqid bilan yaxshilik bir-biriga teskari tushunchalar emas, biri ikkinchisining yashashiga va yuksalishiga kuch berib turadigan toza qon, toza havodir. Ya’ni, birisiz boshqasi ayniydi. Muhimi tayinli bir o‘lchovni qattiq ushlash, insof doirasidan chiqmay tahlil qilish.
O‘lchovlarning eng to‘g‘risi xolislikdir. Yozishga kirishayotganimda qo‘limdan kelganicha xolis turishni niyat qildim. Sabab – men biron-bir kishiga shaxs o‘laroq qarshi emasman, shaxs o‘laroq boshqa bir kishining yonini ham olmayman. Ikkala holda ham kamchilik bor: ulug‘lar aytishicha, dushmanlikda yomonligini bo‘rttirib yaxshiligini ko‘rmay qolish ehtimoli bo‘lsa, bir tomonning yonini olishda yaxshiligiga urg‘u berib yomonligidan ko‘z yumish xavfi bo‘ladi. Boshqacha aytganda, shaxsiy munosabat ko‘zgusi haqiqatni buzib ko‘rsatadi. Bunda do‘stlik yoki dushmanlik singari xususiyatlar oldga chiqadi-da, ko‘ziga yaqin keltirgani uchun ko‘rish maydonini cheklab qo‘yadi va ko‘zguda voqea- hodisalarning orqasi – haqiqati ko‘rinmay qoladi. To‘g‘ri, hayotda kimdir boshqa kimningdir yonida emas, qarshisida turishi mumkin, bunday bo‘lishi tabiiy hol, ammo uning shaxsiga va ishiga baho berayotganida samimiyat yuzasidan ham o‘rtada turishga burchlidir 5 .
bir qatorda yaxshi ishlarining e’tirofini ham taqozo etadi. Xatolarning ichki va tashqi sabablari, ildizlari adolat ila, xolis o‘rganilmasa, haqiqatga yetilmaydi. Yoki chala- yarim yetiladi. Buncha kirish so‘zdan so‘ng asosiy maqsadga o‘tadigan bo‘lsak: qo‘lingizdagi kitob sevimli O‘zbekistonimizning keyingi yigirma yillik hayotidan so‘ylaydi. Xalq, din, millat... davlat, muxolifat... zulm, adolat, yolg‘on... orzular, armonlar... kecha, bugun... mavzularida bahs yuritadi.
3 Baqara surasi 179-oyat ma’no tarjimasi. 4 Qasos hukmining eng oliyi o‘ldirganni o‘ldirish. Bo‘lg‘usi jinoyatchi bunaqa hukmdan qo‘rqib ham jinoyatdan tiyiladi. O‘lmayin desa, o‘ldirmaydi. Natijada ikkala jon ham hayotda qoladi. Chindan ham “qasosda hayot bor”! 5 O‘rtada xolis turilganida ham xulosa bir tomonning zarariga chiqsa, bu endi boshqa masala: bunda ginaga asos yo‘q, ginachilar baho beruvchidan emas, o‘zlaridan o‘pkalashlariga to‘g‘ri keladi. Nafaqat oxiratda, balki bu dunyoda ham asl baho soxta xayollarga, yolg‘on-yashiq so‘zlarga qarab emas, bo‘lib turgan voqealarga, qilmishlarga va qilmishlarning ko‘rinib turgan natijalariga qarab beriladi. Shunday bo‘lib kelgan, shunday bo‘lib qoladi.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 8 Ammo uni o‘qishga kirishishdan oldin mamlakatimizda davlat, xalq, muxolifat orasidagi munosabatlar haqida yuzaki bo‘lsa-da qisqacha bilgi berib qo‘yilishi lozim deb o‘ylayman. Bugungi davlat, bugungi hukumatning holi, ishi ko‘z o‘ngimizda, ochiq. Yigirma yillik tajribadan xulosa qilsam, nazarimda: ‒ O‘zbekiston davlati mustaqillikka loyiq bo‘lmaganlar qo‘liga o‘tdi; ‒ iqtidordagi bu davlat siyosatni boshdayoq xato mafkura asosiga qurdi; ‒ cheksiz hokimiyatni qo‘lga olgan bugungi iqtidor bora-bora davlat idorasini nafs orzu-istaklariga erishtiruvchi qurolga aylantirdi; ‒ vatan, xalq, millat manfaatini asta-sekin orqa qatorga surib tashladi; ‒ bular ustiga, hokimiyatni boshqalarga mutlaqo bermoqchi emas! Muxolifatning fikri-maqsadi ham tushunarli: ‒ bugungi iqtidorni hokimiyatga halol yo‘l bilan kelmagan deb hisoblaydi; ‒ uni ag‘darib, iloji boricha tez o‘zi hokimiyatga kelishni istaydi; ‒ Asosiy Qonunni tubdan yangilab, erkin jamiyat tuzishni va’da qiladi; ‒ xalqqa, vatanga hozirgidan foydali deb bilgan g‘oyalarini davlat nomidan tez amalga oshirishni ko‘zlaydi. Hokimiyat uchun kurashda davlat bilan muxolifatning istagi boshqa-boshqadir: biri nafsini, shaxsini, imtiyozlarini asrab qolish payida hokimiyatga qattiq yopishgan bo‘lsa, ikkinchisi adolat va erkin jamiyat haqidagi jozibali orzu-umidlar qanotida hokimiyatga talpinyapti 6 .
Bunday qaraganda, xalqni alohida tomon deb bo‘lmaydi. U ko‘proq ikki qarama- qarshi tomon o‘rtasida talash bir borliq, tomonlarni harakatga keltiruvchi kuchdir. Nega deganda, davlat ham, muxolifat ham xalqdan tayanch axtaradi, uning manfaatini ilgari surarkan, o‘z tomoniga og‘dirmoqchi bo‘ladi. Ammo xalqni ham o‘z taqdiriga parvosiz deb bo‘lmaydi. Boshidan kechirayotgan voqealar haqida, hayoti haqida, davlati yurgizayotgan siyosat haqida uning ham o‘ziga yarasha va o‘zigagina xos qarashlari bor. Ushbu kitob shu uchinchi tomon ‒ oddiy, mehnakash, mushtipar xalqning dunyoqarashini ilg‘ashga, orzu-istaklarini ko‘rsatishga urinish desak bo‘ladi. Boshdan aytib qo‘yay: men na davlatman, na muxolif siyosatchiman. Oddiy bir yozuvchi o‘laroq, mamlakat ichida kechayotgan ishlarga ichdan boqib ko‘rishga urinayotgan bir vatandoshman. Shu bois o‘rtada – xalq orasida turishga harakat qildim. Yigirma yillik ko‘rgan-kechirganlarimni ongimdan va yuragimdan sizdirib o‘tkazib oldim. Qarashlar qarama-qarshiligi aro mustaqil yashashga haqli uchinchi qarash o‘rtaga chiqdi.
6 Muxolifat tanqidchi va taklifchi o‘laroq hamisha toza ko‘rinadi. Hokimiyatga kelsagina asl qiyofasi ochiladi ‒ yo tozaligicha qoladi, yo u ham eski hokimiyat kabi ayniydi va boshqa muxolifatning tanqidiga yo‘liqadi. Bu yerda bugungi davlat salbiy, muxolifat ijobiy bo‘yoqlarda tasvirlanayotganday tuyulsa, sababi davlat yigirma yil ichida o‘zini amalda ko‘rsatgani, muxolifat esa hali-hozircha g‘oyalari bilangina ko‘rinayotgani uchundir. Yo‘qsa, ertaga hokimiyatga kelgach u ham to‘g‘ri siyosat yurita olmasa, bugungi iqtidorning kuni boshiga tushishi aniq! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 9 Bu hujjatli asardan boshqalar ham o‘z dunyoqarashiga, hayotiy tajribasiga, vijdoniga, adolat tuyg‘usiga, hissiy va aqliy salohiyatiga yarasha nasibasini oladi, inshaolloh... Shu o‘rinda bir mulohaza. Anchadan beri meni bir hol ajablantiradi: ichkarida ham, tashqarida ham vatandosh orasida bir-birini “davlat odami” deb ayblash kuchaygan. “Davlat odami” derkan, aytuvchi so‘ziga o‘ta salbiy ma’no yuklab aytadi. Bunday “ayb” yopishtirilgan kishiga odamlar kamida hadiksirab qaraydi, hatto yomon ko‘radi. Natijada ulus orasida haqsiz shubhalar uyg‘onadi, onglarda “davlat” bilan “davlat
hodisa ekani unutiladi. Bora-bora davlatni boshqarayotganlar ishiga emas, umuman “davlat” so‘zi va tushunchasiga salbiy munosabat shakllanadi ‒ “davlat odami” bo‘lish shunchalik ayb ekan, demak, davlat yomon tashkilotdir degan xato fikr o‘rnashadi. Aslida, “davlat” so‘z o‘laroq ham, tashkilot o‘laroq ham ijobiy narsadir. Gap davlat boshqaruvida ‒ shaxslarda! Hokimiyatga kelgan kishilar boshqaruv ishiga loyiqmi yoki loyiq emasmi ekanida! Mana shu nozik nuqtani ajratmasak, qarashlar yanglish shakllanadi va, agar ertaga davlat tepasiga yaxshi odamlar kelsa ham, bu xato qarash ruhida tarbiyalanib qolgan xalq ko‘nglida davlatga iliqlik uyg‘onmaydi. Menimcha, siyosat maydoniga kirgan har qanday odam ‒ u boshqaruvda bo‘ladimi, muxolifatda bo‘ladimi ‒ o‘zini davlat odami deb his etishi va shu mavqeiga yarasha fikrlashi kerak. Bu maydonga kirgan kishi kurashni haqiqiy davlat odami o‘laroq olib borishi, shaxsiy alam va adovatlardan baland turishi lozim. Yana qaytaramiz: davlat o‘zi toza va zarur tashkilotdir, uni tuzadigan ham, buzadigan ham odamdir. Davlatning hartomonlama kuchli va adolatli bo‘lishiga erishish har bir siyosatchining g‘ami-qayg‘usi bo‘lsagina ko‘zlangan maqsadga erishiladi. Bu ma’noda men davlat odamiman! Ammo bugun davlatni boshqarayotganlarning odami emasman! Men davlatni bugun boshqarayotganlarga va hozirgiday boshqarish usullariga qarshiman, muxolifman! Ammo bugungi muxolifatchilar orasida ham emasman! 7
Men, bir oz tepada aytganimdek, bag‘riga davlatni ham, muxolifatni ham sig‘dirgan, lekin o‘zi ikkalasi ham bo‘lmagan oddiy xalqning bir vakiliman. Uchinchi tomonman. Ushbu asarimning ilk qoralama oti “Yigirma tup ko‘chat” edi, oxirida “Bu
Hozircha bor-yo‘g‘i yigirma tup ko‘chat ekilgan bu yangi va antiqa bog‘imga begonasiramay hamma kirishini, soya-salqinidan, mevalaridan hamma birday
7 Men hayotim bo‘yicha birovning “kasofati”ga sherik bo‘lib qolishdan o‘zimni qanday asragan bo‘lsam, “sharofati”ga sheriklik da’vosidan ham undan kuchliroq asranib keldim. Shu bois kimdir menga: “Sen kimsan o‘zi davlat nomidan gapiradigan?!” desa-da, boshqa kimdir: “O‘n yillab biz chidab bo‘lmas og‘irchiliklarni tortib yurganimizda sen qayoqda eding?!” desa-da, haqsizdir.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 10
bahramand bo‘lishini istayman. Davlat odamlaridan tortib muxolifatgacha, oddiy kishilardan tortib ziyoliyu olimu ulamogacha – kim bu boqqa to‘g‘ri niyatda kirsa, o‘ziga yarasha oziqni oladi, inshaolloh. Niyatim xolis. O‘quvchi ham xolis ko‘z, jiddiy nazar bilan o‘qib chiqadi deb umid qilaman. Mulohazalarim ijobiy ta’sir ko‘rsatsa (kimgadir yoqsa, fikr qo‘zg‘asa va o‘ylatsa) ham, salbiy ta’sir qoldirsa (kimgadir yoqmasa, hatto qattiq tanqidga uchrasa) ham, kitob vazifasini bajargan bo‘ladi. Chunki odam har xil, dunyoqarashlar turlicha. Har qanday fikr-mulohaza, agar u xolis bo‘lsa, boshim ustiga. Hatto u tanqid bo‘lsa ham. G‘arazli maqtovdan xolis tanqid ko‘proq foyda keltiradi. Xolis mulohazadan hamma yutadi. Yigirma yillikka ataganim xilma-xil mavzudagi bu asarimni yurtimning unumdor tuproqlariga men ekkan asl ko‘chatlar deb qabul etgaysizlar. Ko‘rkam va foydali bir bog‘ bo‘lishi uchun shu ko‘chat (mavzu)lar menga ahamiyatli tuyuldi. Boshqa kimdir boshqalarini balki muhim sanar. Bu mavzular keyingi yigirma yillik hayotimizning eng muhim qirralarini yoritadi va, menimcha, hozir yashab turgan holimizni bir qadar tushunib olsak, “mustaqil” kechirgan qisqa davrimiz haqida bugun ham, kelajakda ham to‘g‘riroq xulosa chiqarishimiz oson bo‘ladi. Boblar tartibi yozilgani bo‘yichadir, unga ayricha ma’no yuklanmagan.
Olloh haqqi, biz mustaqil bo‘lishni juda-juda orzu qilganmiz, lekin bunaqa “mustaqillik”ni aslo ko‘zlamagan, mustaqillik bunaqa bo‘lib chiqishini sira kutmagan edik! Ota-bobolarimiz va ularning ketidan biz bolalari qachondir bir kun Vatanimizni ozod ko‘rishni, eski shon-shavkatini qayta tiklashni qanchalar istaganmiz, qonlarimiz gupirib bu yo‘lda kurashga kirganmiz, ammo bir kuni xalqimizning boshiga mustaqillikning asli emas, uning o‘xshovsiz bir masxarasi kelishi yetti uxlab tushimizga kirmagan. So‘zim o‘zidan-o‘zi alam va zarda bilan boshlandi. Sababi bor, tabiiy. Sabablarning eng boshlang‘ichi budir: Mustaqillikni qattiq istaganlar ham, mustaqillik uchun kurashganlar ham bir chetda qolib unga butunlay boshqalar – mustaqillik yo‘lida kurashish tugul, aksincha, unga qarshi bo‘lgan kommunistlar ega chiqdi. Xalqimizning hamiyatli bir qismi hurriyat istab maydonlarda boshini naq dorga tikkan bir paytda yillar davomida yetishtirilgan sovet kadrlari 8 O‘rusiya mustamlakasi 8 O‘sha damlarni unutmaganlar biladi: bundaylar ko‘proq O‘rta Osiyo respublikalari rahbarlari edi. Albatta, biz ularning ko‘nglini bilmaymiz, orada millatparvarlari ham bor bo‘lsa kerak. O‘zKompatiya MKining birinchi sekretari Islom Nurulloh Muhammad Raufxon
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling