Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

98 


Ha, miyaga ura-ura, har urganida “Miyang ishlamaydi sening!” deb tursa, chindan 

miya ishlamaydigan, kishi manqurtchasiga o‘ylab, manqurtchasiga xulosa chiqaradigan 

va, eng yomoni, o‘zi tushib qolgan ahvolni anglab yetmaydigan, xatosini bilmay, men 

to‘g‘ri fikrlayapman, deb o‘ylaydigan bo‘lib qolarkan. 

O‘ris-sovet mustamlakachilari har kuni har bahona bilan boshlarimizga urib turdi, 

“Miyang ishlamaydi senlarning!” deb onglarimizga quydi va borib-borib, miyalarimiz 

ishlamaydi bizning deb tan oladigan holga tushdik. Natijada o‘zligimizdan chiqib 

ketib, yomonni yaxshi, yaxshini yomon deb baholaydigan bo‘lib qoldik. 

Bo‘lmasa, o‘ylamay-netmay maqtanib, mana bu kabi so‘zlarni yozarmidik: 

“Tarixdan ma’lumki, Amir Temur davrida Ispaniya va boshqa Yevropa davlatlari 

Usmonli turk imperiyasi xurujlaridan tahlikaga tushib qolgan edi. Sohibqiron bobomiz 

tarix sahnasiga chiqib, avval ona zaminini mo‘g‘ullar asoratidan, keyin Rossiya va 

Ukrainani Oltin O‘rda tahdididan xalos etdi. Usmonli turk imperiyasi tahdidi ostida 

yashagan Yevropa davlatlari Amir Temur qudratiga najot bilan qaray boshladi”

71

, 

dermidi?! 

Bu qarashlarning naqadar notavon va xatoligini aniqlash uchun bir xayoliy tajriba 

o‘tkazaylik. 

Tasavvur qiling, hozirgi zamon bir turk olimi: “Tarixdan ma’lumki, Yildirim 

Boyazid davrida Eron, Hindiston, Xitoy va boshqa Osiyo davlatlari Amir Temur 

boshliq turklar imperiyasi xurujlaridan tahlikaga tushib qolgan edi. Sohibqiron 

bobomiz (Yildirim Boyazid) tarix sahnasiga chiqib, avval ona zaminini saljuqli turklar 

asoratidan, keyin Eron va Hindistonni Samarqand tahdididan xalos etdi. Amir Temur 

turklari imperiyasi tahdidi ostida yashagan Osiyo davlatlari Yildirim Boyazid 

qudratiga najot bilan qaray boshladi...” deb yozsa, qanday qabul qilar edik biz?! 

Qaysi o‘lchovlarga sig‘adi bu gap?!  

Amir Temur yarim Osiyoni egallasa, buni ijobiy deymiz va “Mayda davlatlarni 

birlashtirdi, qudratli imperiya tuzdi!” deb maqtanamiz, ammo qardoshimiz, 

jondoshimiz, bir qorindan talashib tushganimiz turklar Yildirim Boyazid boshchiligida 

tarix oldidagi buyuk vazifasini bajarib Ovrupaga qarab yursa, “bosqinchilik”, “tahdid”, 

“xuruj” deymiz – aqldanmi shu?! Insofdanmi?! 

Uning o‘rniga, ikki qardosh, ikki aka-uka – biri Sharqqa, ikkinchisiga G‘arbga 

yurib, mahalliy xalqlarni majusiylik va butparastlik jaholatlaridan qutqarib, birxudolik 

e’tiqodi bayrog‘i ostida birlashtirsa, ezilgan xalqlarga yaxshilik va ijtimoiy adolat olib 

borsa... keyingi avlod ham masalaga shu nuqtadan boqsa bo‘lmasmidi? 

Bo‘lardi! 

Ammo buning uchun onglarimiz mustamlaka asoratlaridan to‘la xalos bo‘lishi, 

tarixning har bir sahifasiga, har bir voqeaga milliy ko‘zqarashlarimiz shakllanishi 

kerak. 

 

                                                



71

 Mixli Safarov, o‘sha kitob, 7-bet. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

99 


Endi kechagi kunimizdan bugunimizga qaytsak, bugun ham aynan o‘sha xatolarga 

yo‘l qo‘yayotgandekmiz. Xossatan, kechagi soxta tarixlarni o‘qib fikri chalg‘igan 

bugungi siyosatchilarimiz ham Turkiyaga va barcha musulmon o‘lkalariga 

munosabatda, ularga nisbatan davlat siyosatini belgilashda tarixning u chigal kunlarini 

– Amir Temurning buyuk xatosini takrorlayapti. 

Bizga ichi achiydigan yurtlar bir chekkada qolib, bizga zarracha ichi achimaydigan, 

boshimizga bir balo kelsa chumoli chaqqanchalik parvo ham qilmaydigan, aksincha, 

Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Suriya voqealarida chinakam basharasini ko‘rsatgan va 

ko‘rsatayotgan davlatlar bilan o‘lib-tirilib yaqinlashgimiz, o‘shalarga yoqqimiz, ularni 

o‘zimizga moyil qilgimiz kelib yotibdi. 

Yon qo‘shni-jon qo‘shnilarimiz bilan munosabatlarimiz chatoq, uzoq qardosh va 

qarindoshlarimiz bilan munosabatlar yo‘q hisobi, ammo, bizga “jilmayib” boqarkan 

o‘zining kir manfaatlarinigina ko‘zlaydigan yetti yotlarga jon-jahdimiz bilan 

talpinamiz. 



O‘zni bosib begonaga, do‘stni yanchib dushmanga intilamiz.  

Afsus, minglarcha afsus bo‘lsin, davlatimiz ham, hukumatimiz ham siyosatni 

belgilashda va yuritishda, nazarimda, uzoqni ko‘zlay olmayapti, o‘z bilan begonani 

ajratmayapti. Necha yillardan beri o‘zga dushmanlik qilib, begonalarning etagini o‘pib 

kelyapti: bir qarasangiz Amrikaga, bir qarasangiz O‘rusiyaga, bir qarasangiz Xitoyga 

suykalamiz, yaxshi ko‘ringimiz keladi ‒ u narsamizni sotamiz, bu narsamizni sotamiz. 

Lekin, yana takror aytaman, hech qachon ularning roziligini topolmaymiz! 

Yana bir qarasangiz, o‘zimizcha Ovrupa bo‘lmoqchi bo‘lamiz: televizordan 

tinimsiz targ‘ib qilinayotgan g‘arbcha yashash tarzi, tilimizga surbetlarcha bostirib 

kirib kelayotgan inglizcha-ovrupacha so‘zlar, uy qurishdan tortib yurish-turishda, 

kiyinishda, hatto ovqatlanishda g‘arbga ko‘r-ko‘rona taqlid...  

Yuzimizni, ular qabul qilmasa-da, Ovrupaga burar ekanmiz, ayni choqda yon 

qo‘shni-jon qo‘shnilarimiz bilan hech chiqisha olmaymiz, g‘idi-bidi qilib urishganimiz 

urishgan. 

Afg‘onistonni-ku kepak bahosiga sotdik. 

Alisher Navoiy, Husayn Boyqaro, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi 

ulug‘larimizdan bizga omonat qolgan, tarix bo‘yicha ko‘rmishi jafo, chekmishi fig‘on 

bo‘lgan sho‘rpeshana afg‘on yurti va xalqini Amrika boshliq NATOning (“Birlashgan 

kuch” nomidagi) birlashgan-quturgan itlariga talatib qo‘ydik. U tishlong‘ich begona 

itlarni o‘zimizning bir bo‘ldagimizga olakishlab, uzoqdan tomosha qilib o‘tiribmiz! 

Xalqimiz asosan musulmon ekaniga qaramay, bironta musulmon davlati bilan chin 

do‘st emasmiz. Tilimiz va dinimiz bir bo‘lgan Turkiya bilan munosabatlar ham tarang, 

hatto dushmanlik kayfiyatida. 

O‘z xalqlar vakillarini turli va mayda-chuyda bahonalar bilan mamlakatdan bitta-

bitta quvib chiqardik, ammo begonalarga darvozalarimiz lang ochiq! 

Afsus, minglarcha afsus bo‘lsin, davlatimiz ham, hukumatimiz ham qadimdan bir 

xalq, bir vatan bo‘lib yashab kelgan, ammo mustamlakachi kuchlarning jirkanch 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

100 


siyosati bilan bo‘ldaklab yuborilgan Turkiston tuproqlarini birlashtirish yo‘lidan 

bormadi. Aksincha, qaytadan birlashishga tarixiy yetilgan imkon va shart-sharoitni 

ham bo‘g‘ib, tinimsiz fitna-ig‘volar bilan ularni battar bir-biridan uzoqlashtirib 

yubordi. Boz ustiga, turk millatlarining bir-birlariga talpinish jarayonlariga xalaqit 

qilib, necha yillardan beri oyoqdan chalib kelmoqdamiz. 

Turk davlatlari rahbarlari yig‘ilishlariga O‘zbekiston rahbari qatnashmay 

qo‘yganiga ancha yillar bo‘ldi. Oliy darajadagi yig‘ilishlar va Birinchi Kishi ne, oddiy 

ilmiy anjumanlarga oddiy olimlar ham yuborilmaydi, yo‘llariga to‘siqlar qo‘yiladi. 

Bu ishlar kimning foydasiga?! 

Harholda O‘zbekistonning ham, o‘zbek xalqining ham foydasiga emas.  

Fikrimiz quruq bo‘lmasin, tag‘in o‘sha maqoladan bir parcha: 

“Shu o‘rinda yana bir diqqatga sazovor izoh: Madridning markaziy ko‘chalaridan 

biriga Rui Gonsales de Klavixo nomi berilgan. Bu ko‘cha hozir ham mavjud, hamon 

gavjum hamda unda serfayz hayot hukmron. Elchilar tarixda ko‘p o‘tgan. Ammo 

Klavixoday, nomi ko‘chalar peshtoqida abadiylashtirilgan elchilar kam. Bu – ispan 

xalqini Amir Temur saltanati bilan do‘st aylagan o‘z bobokalon elchisiga chuqur 

ehtiromining dalolatidir. 

Shu ko‘cha nomi bilan bog‘liq yana bir tarixiy muhim voqeani, albatta, faxrlanib 

tilga olamiz. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov 2003 yilning 27 – 29 yanvar 

kunlarida Ispaniya Qirolligiga qilgan davlat safari paytida davlatimiz rahbarining 

Ispaniyadagi muhim uchrashuvlaridan biri – Madrid shahri meri Xose Mariya Alvares 

del Manzino bilan suhbati – aynan Rui Gonsales de Klavixo nomi bilan bog‘liq ana 

shu ko‘chadagi muhtasham binoda bo‘lib o‘tdi. Buning o‘zida ezgu bir ramziy ma’no 

(ta’kid bizniki. – N.M.R.) bor. 



 Aynan Prezidentimiz Ispaniyaga davlat tashrifi bilan borgan 2003 yilda 

Klavixoning Amir Temur huzuriga, 1403 yilda  qilgan safariga roppa-rosa 600 yil 

to‘ldi. Shunday qilib, Amir Temur davrida mamlakatlarimiz o‘rtasida bog‘langan 

samimiy do‘stlik aloqalari Istiqlol davriga kelib, Prezident Islom Karimovning 

Ispaniyaga davlat tashrifi munosabati bilan qaytadan tiklandi va to‘xtovsiz 

mustahkamlanib borib, ajoyib samaralar bermoqda”

72

To‘g‘ri tushunilsin, har qanday ikki davlat o‘rtasida samimiy munosabatlar 

o‘rnatilsa, bunga hech kim qarshi emas. Aksincha, dunyodagi hamma mamlakatlar 

bilan siyosiy, iqtisodiy, madaniy aloqalar yo‘lga qo‘yilsa, nur ustiga nur. Bu o‘rinda 

bizning diqqatimizni chekkan tomoni Turkiyaga qarshi qizg‘in dushmanlik kayfiyatida 

turilgan bir paytda Ispaniya (Ovrupa) bilan bunaqa qaynoq yaqinlikni Amir Temurga 

orqa qilib ko‘klarga ko‘tarilayotganidir.  

Muallif aytmoqchi, ikki zamonda kechgan bu ikki hodisada chindan ham ramziy 



ma’no bor: ya’ni, o‘tmishdagi u va hozirdagi bu hodisada o‘z bilan begonaning farqiga 

bormaslik, begonaga suykalib, o‘zni ko‘ksidan itarish sharmandaligini ko‘ryapmiz... 

                                                

72

 O‘sha kitob, 8-bet. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

101 


Nima balo, qonimizda bormi bunaqa ajabtovurlik yo qonlarimiz rostakam 

buzilganmi? 

Kishini bir narsa o‘ylantiradi: hozirgi tushkun avlodda kuzatilayotganidek, Amir 

Temurning o‘zida ham “Ovrupa bilan yaqinlashyapman, ular meni tanib, elchilarini 

jo‘natishyapti!” degan ma’noda g‘ururlanish bo‘lganmikan? 

Bizningcha, unday bo‘lmagan. Agar shunday bir g‘ururlanish bo‘lsa edi, unda Amir 

Temur past ketgan va buyukligiga soya tushgan bo‘lardi. Chunki Amir Temur tuzgan 

saltanat qayoqda-yu, mayda davlatchalarga bo‘linib ketgan u zamongi Ovrupa 

qayoqda! 

Klavixo “Kundaligi” boshlarida yo‘lakay xilma-xil orollarga ta’rif berarkan, o‘sha 

orolcha boshliqlarini “imperator” deb ataydi. Shundan ham Amir Temurning miqyosi 

bilan u “imperatorcha”larga to‘lib ketgan Ovrupa qirolliklari miqyosini ajratsa bo‘ladi. 

U zamonning kuchlisi Amir Temur edi, unga elchi kelganidan Amir Temur emas, 

elchilarini Amir Temur qabul qilgani uchun ular g‘ururlanishi kerak. 

Bizningcha, shunday bo‘lgan ham. 

Ammo bu kunlarga kelib bizga ne bo‘ldi – Ovrupaning u zamongi ahvolini unutib, 

bu zamongi mavqeidan lol holda: “Elchi keldi! Ovrupa Amir Temur qudratini tan 

oldi!” kabi hayratlar bilan ularni osmonga chiqarib, o‘zimizni yerga uramiz! 

Ovrupa bugun Ovrupa, ko‘zimizga yuksak madaniy saviyada ko‘rinayotgan bo‘lsa, 

bu darajaga keyingi asrlarda erishdi. U zamonlar esa, qudratli turk sultonligi qarshisida 

zir-zir titrab turgan, “Hayt!” desa, “Xo‘p bo‘ladi!” deb boshini yerga urishga tayyor 

mamlakatchalardan iborat yuviqsiz bir makon edi.  

Shu tarixiy haqiqatni hisobga olmasak, ilmiy adolat tiklanmaydi ‒ o‘tmishimizga 

to‘g‘ri baho bera olmaymiz, o‘zligimizga yetolmaymiz. 

Xullas, bugun Ovrupa o‘rta asrlarning qorong‘i Ovrupasi emas, rivojlangan, 

qudratli davlatlardan iborat bir qit’adir. Bugungi O‘zbekiston esa, aksincha, o‘rta 

asrlarning qudratli Turoni emas, balki eski shon-shavkatidan asar qolmagan, chegarasi 

qo‘nji kalta etikdekkina, xalqaro maydonda obro‘yi so‘m kabi birpulgina, mustaqilligi 

qo‘shtirnoqlar ichiga siqquday ramziygina bir mamlakatchadir. 

Bugungi Ovrupa bugungi Turkiya bilan hisoblashishga majbur, ammo bugungi 

O‘zbekiston bilan hisoblashib o‘tirmaydi. Sal-pal hisoblashayotgan bo‘lsa, Afg‘oniston 

masalasida (sopini o‘zidan chiqarishga ehtiyoj tug‘ilib qolsa) zarur bo‘lganimiz 

uchungina muomala qilib turibdi. 

Bunday ayanchli holga tushib qolishimizga buyuk bobomiz Amir Temurning oldin 

Oltin O‘rdani qulatgani, so‘ngra Anqara yaqinida “g‘alaba” qilgani ham sabab 

bo‘lmaganmikan? Necha asrlar dunyoga maydon o‘qib kelgan Turonning kuchini 

sindirib, cho‘kishining boshlang‘ich nuqtasi bo‘lmaganmikan u ikki urush?  

Chunki o‘shandan beri orqaga ketildi, tinimsiz orqaga ketildi, oxiri O‘rusiyaning va 

boshqa och dunyoning tekin yemiga aylandi buyuk Turon! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

102 


Amir Temurning turk sultoni Yildirim Boyazid ustidan “qozongan g‘alaba”si esa, 

tarixga xolis baho berganda, bizning noshud-notavon olim va jurnalistlarimiz

73

 og‘iz 


ko‘pirtirib sayrayotganidek, Ovrupani turk imperiyasi tahdididan saqlab ham qololgani 

yo‘q. Chunki o‘sha mag‘lubiyatdan hech qancha vaqt o‘tmasidan turklar o‘ziga kelib, 

dunyoda Usmonli turk xalifaligini qurdi va keyingi besh asr davomida nafaqat Ovrupa, 

balki butun dunyo hisoblashadigan qudratli mamlakatga aylandi! 

O‘n to‘qqizinchi asr boshlariga kelibgina kuchlar nisbati o‘zgara boshladi, o‘shanda 

ham g‘arbda necha asr salibchi o‘lkalar bilan, shimolda bir asrdan ortiq vaqt O‘rusiya 

bilan tengma-teng olisha-olisha, oxiri toldi, yengildi va... qaytadan kuch-quvvat 

to‘plash, jahon sahnasiga butkul yangilanib qaytish uchun bir muddat “ta’til”ga 

chekildi. 

Bizlarga – Turkiston turklariga, buyuk Turon turklariga ne bo‘ldi, bugun ham 

qardoshimiz, jondoshimiz, tildoshimiz va dindoshimiz Turkiyadan yuz o‘girib, yana-

tag‘in o‘sha eski xatomizni takrorlab, dunyo bo‘yicha milyonlab musulmonning qonini 

ichayotgan mustamlakachi yurtlarning eski nog‘orasiga o‘ynamoqdamiz?! 

Bugun G‘arb bizga najot istab boqmaydi, biz ularga najot bera olmasligimizni har 

qanday ahmoq ham biladi, ammo u zamonlarda buyuk bobomiz Amir Temurga elchi 

(josus)lar yo‘llab, ikki qardoshni bir-biriga qarshi gij-gijlab, urishtirib, katta tomoshada 

qo‘lini isitganlar bugun ham bizlar bir-birimiz bilan topishishimizga, birlashishimizga, 

qardoshlik tuyg‘ularimiz uyg‘onishiga tish-tirnog‘i bilan qarshidir, xilma-xil vositalar 

ila bunga yo‘l qo‘ymaslikka tirishib yotibdi. 

G‘arb hatto maktab darsliklarimizga mablag‘ (grant)lar ajratib, o‘zlarining 

manfaatlariga uyg‘un, demak bizning milliy va diniy manfaatlarimizga ters g‘oyalarni 

singdirishga ancha-muncha erishdi. Voqealar o‘sha, ammo uning talqini, mafkurasi 

bizniki emas. 

Misolini tepada ko‘rdik. Kerak bo‘lsa, yana keltiramiz. Mana, 5-sinf tarix darsligini 

olib ko‘raylik: 

“Amir Temur Movarounnahr va Xurosonni o‘z ichiga olgan markazlashgan davlat 

barpo etdi. Mamlakatda tinchlik va osoyishtalik qaror topdi. Osiyoning ko‘plab 

davlatlarini ham mo‘g‘ullar zulmidan ozod etdi. Buyuk Ipak yo‘lini tikladi. Biroq bu 

davrda Amir Temur davlatiga mo‘g‘ullar barpo etgan Oltin O‘rda davlati xavf sola 

boshlagan. Bu davlat taxtida To‘xtamishxon o‘tirar edi. 

Amir Temur Oltin O‘rdaning tahdidlarini bartaraf etishga kirishdi. 1395 yilda Amir 

Temur To‘xtamishxonning lashkarini Terek (7-sinf darsligida “Tarak” yozilgan – 

tilimizga shunisi to‘g‘ri. – N.M.R.) daryosi (Shimoliy Kavkaz) bo‘yida tor-mor etadi. 

Bu g‘alaba Oltin O‘rdani nihoyatda zaiflashtirib qo‘ygan. G‘alaba Oltin O‘rdaga qaram 

bo‘lgan Rusning (Rossiyaning) mo‘g‘ullar zulmidan ozod bo‘lishini tezlashtirgan. 

                                                

73

 Bu yerda gap yaxshi jurnalist, yaxshi inson Mixli Safarov haqidagina ketmayapti, Mixli akaning maqolasi va 



mulohazalari umumiy ahvolimizga bir timsol, xolos. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

103 


Amir Temur G‘arbiy Yevropa xalqlariga katta tahdid solayotgan Turkiya sultoni 

Boyazidga ham qarshi yurish boshlagan. 1402 yilda Anqara yonida bo‘lgan jangda 

Boyazid lashkari tor-mor etilgan. 

Turkiyaning bu mag‘lubiyati uning Yevropa davlatlariga solayotgan xavfini yo‘qqa 

chiqargan. Shu boisdan Yevropa xalqlari Amir Temurni o‘z xaloskori deb 

hisoblaydilar. 



Buni diqqat bilan o‘qing:  

Amir Temur 1402 yilda Anqarada erishgan g‘alabasi bilan ikkinchi marta Yevropa 

xalqlariga xizmat ko‘rsatdi.  

Aleksandr Yakubovskiy, Rossiya tarixchi olimi. 

Boyazidning tahdididan xalos bo‘lgan Yevropa davlatlari Amir Temurga 

minnatdorchilik maktublarini jo‘natishgan. Fransiya va Ispaniya qirollari esa elchilar 

ham yuborishgan.” (U.Jo‘rayev, Q.Ismoilov, A.Nurqulov. Tarixdan hikoyalar. Umumiy 

o‘rta ta’lim maktablarining 5-sinfi uchun darslik. Cho‘lpon nomidagi nashriyot 

matbaa-ijodiy uyi, Toshkent – 2011, 113 – 114-betlar. Xatolari bilan aynan keltirildi.) 

Endi 7-sinf tarix darsligini varaqlaymiz: 

 “Boyazid ustidan qozonilgan buyuk g‘alaba bilan Amir Temurni Fransiya qiroli 

Karl VI (1380-1422), Angliya qiroli Genrix IV (1399-1413) hamda Kastiliya va Leon 

qiroli Genrix III (1390-1407) tabriklab, unga o‘z muboraknomalarini yuboradilar. 

Chunki Sohibqiron endigina uyg‘onayotgan Yevropaga ulkan xavf solib turgan 

Usmonli turklar davlatiga zarba berib, butun Yevropaning xaloskoriga aylangan edi”. 



(A.Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi (IV asrdan XVI asr boshlarigacha) 7-sinf. 

Darslik.”Sharq” NMAK bosh tahririyati, Toshkent – 2009, 117-bet. Xatolari bilan 

aynan keltirildi.) 

Yana shu darslikdan uchinchi ko‘chirma: 

“Sohibqiron Amir Temur jahon siyosatiga ham ta’sir ko‘rsatdi. Ma’lumki, bu 

davrda, bir tomondan, sulton Boyazidning Bolqon yarim oroli davlatlariga nisbatan 

tazyiqi kuchayib, butun Yevropaga xavf solayotgan edi. Ikkinchi tomondan, 

Boyazidning o‘zi G‘arbga tomon shiddat bilan siljib borayotgan xavfli raqib – Amir 

Temurning kuchli tazyiqiga duchor bo‘lgan edi. Bunday siyosiy vaziyatda Boyazidga 

qarshi kuchlarning ma’lum darajada birlashuvi tabiiy edi. 

Avvalambor Boyaziddan yengilib, o‘z yer va mulklardan mahrum bo‘lgan Kichik 

Osiyo mamlakatlarining hukmdorlari Amir Temurdan madad istab, uning 

Qorabog‘dagi o‘rdagohiga borib, qaror topadilar. Hatto Vizantiya va G‘alatadagi 

Genuya hokimining noibi, Fransiya qiroli hamda Sultoniya shahrining katolik 

missionerlari yordam so‘rab Amir Temurga murojaat qiladilar. Buning evaziga ular 

harbiy yurish vaqtida unga yordam berish hamda Konstantinopol va Peraning 

Boyazidga to‘lab kelgan bojini bundan buyon Amir Temurga to‘lashga va’da qiladilar. 

Bunday taklif Amir Temurga maqbul tushadi. Chunki Turkiyaning dengiz sohilidagi 

tayanchlaridan ajratish uchun unga dengizdan madad zarur edi. Shunday qilib, XIV asr 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

104 


oxiri va XV asr boshlarida sulton Boyazidga zarba berish uchun qulay siyosiy vaziyat 

vujudga kelgan edi. Bu vaziyatdan Amir Temur ustalik bilan foydalanadi. 

Bu davrda Amir Temur Boyazid bilan o‘zaro diplomatik yozishmalar olib borish 

bilan bir qatorda, bo‘lajak to‘qnashuvda Trapezund va Konstantinopolning harbiy 

kemalaridan foydalanishga harakat qiladi. Shu maqsadda u Genuya va Venetsiyaga 

sovg‘a-salomlar hamda maktublar bilan elchilar yuboradi. 

O‘zaro yordam masalasida Amir Temur Konstantinopol noibi Ioann VII Paleolog 

bilan ham yozishmalar olib boradi. Amir Temurning 1402 yil 15 may kuni Ioann VII 

Paleolog nomiga yo‘llagan xatining mazmuniga qaraganda, Konstantinopol noibi va 

Genuyaning Peradagi hokimi Boyazidga qarshi kurashda Amir Temurga xizmat qilish, 

hatto unga odamlar va 20 tadan 40 tagacha harbiy kemalar bilan yordam berish 

majburiyatini o‘z zimmalariga oladilar. Buni Ispaniya elchisi Klavixo ham o‘z 

kundalik daftarida qayd qilib o‘tadi”. (A.Muhammadjonov. O‘zbekiston tarixi (IV 

asrdan XVI asr boshlarigacha) 7-sinf. Darslik.”Sharq” NMAK bosh tahririyati, 

Toshkent – 2009, 126 – 127-betlar. Ko‘chirmalar xatolari bilan aynan keltirildi.) 

Shubhasiz, Amir Temur qudratli shaxs, kuchli sarkarda, zamonining buyuk davlati 

amiri edi. 

Yildirim Boyazid ham qudratli shaxs, kuchli sarkarda, zamonining buyuk davlati 

sultoni edi. 

Ammo ikkalasi ham xom sut emgan qul o‘laroq oddiy kishilarga xos 

kamchiliklardan xoli emasdi. Sha’nlariga yarasha izzattalab bo‘lgan ikkisi ham.  

Buyuklik va ketma-ket qozonilayotgan g‘alabalar ko‘targan dimoq ikkalasiga ham 

aqlli, tadbirli bo‘lishga xalaqit qildi shekilli, unisi bunisini, bunisi unisini tan olishga, 

bir-biriga qo‘l uzatishga bo‘yni yor bermadi. Natijada musulmon turk Amir Temur 

musulmon turk Yildirim Boyazidga qarshi qo‘shin tortib borib, umumiy dushmanlari 

bo‘lmish (harholda ikkalasiga ham do‘st bo‘lmagan) alamzada davlatlardan, 

qirollardan, hatto nasroniy fundamental missionerlardan, Kichik Osiyoning mayda 

podshochalaridan madad so‘radi, ular bilan ittifoq tuzdi! 

Buyuk Amir Temurning buyuk xatosi mana shu nuqtadadir! 

Bugun biz nima qilyapmiz? O‘zini Amir Temur saltanati merosxo‘ri deb e’lon 

qilgan O‘zbekiston davlati nima qilyapti? 

Ayni o‘sha xatoni takrorlayapti. 

Agar tarixdagi u xatoga Amir Temur ustun holda yo‘l qo‘ygan bo‘lsa, hozir 

O‘zbekistonda u ustunlikdan asar ham yo‘q. Natijada xorlik va xo‘rlikda, o‘zini yerga 

urish evaziga bir Xitoy, bir O‘rusiya, bir Amrika ostonasiga bosh urish hisobiga yo‘l 

qo‘yyapti. Tepib haydasa, yana o‘sha yoqqa talpinadi. O‘zbekistonning izzatini va 

hurmatini joyiga qo‘yishi, o‘ziga teng, hatto biri otayurt deb, boshqasi Imom Buxoriy 

yurti deb o‘zlaridan ham ustun ko‘rishi mumkin bo‘lgan musulmon-qardosh 

o‘lkalardan yuzini burgan. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling