Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

399 


Har qanday yaxshilik kabi, yomonlik ham o‘zimizniki. Uni birov emas, o‘zimiz 

tuzatamiz. Birov kamchiligimizni o‘nglab, buzug‘imizni tuzatib bermaydi. Yordam 

bersa, o‘ziga katta foyda ko‘zlab yordam beradi. Foydasiga ishlasa, zolim-diktatorlarga 

ham yordam berib, siyosiy maydonda ularni qo‘llab kelayotgani shundan. 

Iroqqa, Afg‘onistonga, Liviyaga ozodlik berdimi? 

Yo‘q! O‘zining odamini hokimiyatga keltirib, tilini qisiq qilib olib, u 

mamlakatlarning yerosti va yerusti boyliklarini qo‘liga olvoldi, xolos. Manfaati 

kesilgan zahoti “qo‘g‘irchoq hukumatlari”ni ham o‘z holiga tashlab, boshqacha kuy, 

boshqacha qo‘shiqni varanglatib qo‘yib, kelgan tomoniga qarab ketaveradi... 

Bir mamlakat ichidagi zulm shu mamlakatning ichki masalasidir

Bunday zulmdan qutulish yo‘llarini har bir yurtning asl egalari shu yurtning o‘ziga 

xos tomonlarini hisobga olgan va mahalliy shart-sharoitdan kelib chiqqan holda o‘zi 

topishi kerak

Aslida, zolimga zulm qilishiga imkon bermaslikning chorasini topishi lozim, ammo 

biron-bir sabab bilan zulm uch bera boshlasa, faqat shu xalqning o‘zi uni zudlik bilan 

ketkazishga kirishishi kerak. Turli ta’sirli yo‘l va choralar qo‘llab, dunyoning ilg‘or va 

ijobiy an’ana-tajribalarini mamlakatiga qonsiz-talofatsiz olib kirishga harakat qilishi 

zarur. 


Ya’ni, agar boshlig‘imiz zolim bo‘lsa, birinchidan, u o‘zimizning zolimdir, 

ikkinchidan, zolimni boshimizga chiqarib qo‘ygan o‘zimiz ayblimiz. 

Bu ayanchli holatdan chiqib ketish yo‘lini ham endi o‘zimiz topishimiz, zolimning 

o‘rniga adolatli boshliqni hokimiyatga o‘zimiz keltirishimiz kerak bo‘ladi. Bu ishni 

chetdagi kuchli davlatlar emas, faqat shu yurtning sal teparoqda sanaganimiz chinakam 

egalari qila oladi. 

Yurt ichidagilar o‘z xalqimiz bo‘lganidek, chekkaga chiqib ketgan muhojiru 

muxolifat ham o‘zimizning xalqimiz. Hatto chetga chiqib, qo‘liga qurol olganlar ham 

(usullari yoqish-yoqmasligi boshqa masala) bizning vatandoshdir, xalqimizning bir 

bo‘lagidir. Har biri o‘zicha Vatan, Millat, Davlat, Din uchun qayg‘uryapti. Bular 

hammasi alohida olganda ham, birgalashib harakat qilganida ham, bu aziz narsalar 

uchun qayg‘urishga, jon kuydirishga, mamlakat hayotini yaxshilash yo‘lida, kerak 

bo‘lsa, hokimiyatni qo‘lga olishga haqlidir. 

Birdan-bir sharti – faqat o‘zigina haqlidir! Orqasiga uchinchi bir davlatni olish bilan 

bu haq o‘rtadan ko‘tariladi. 

Takror bo‘lsa ham aytamiz: bugun qurolli qo‘zg‘olon juda xatarli bo‘lganidek, 

qurol ishlab chiquvchi va harbiy tomondan kuchli bo‘lgan davlatlarga qaram bo‘lib 

qolish ehtimoli borligidan kechirilmas xato hamdir! 

Keyingi yillarda Iroq, Afg‘oniston, Liviya, Suriya, Misr kabi davlatlar yo‘l qo‘ygan 

xatoni biz takrorlamaylik. 



Vatan birovning puli va quroli bilan yashamaydi-yashnamaydi. Vatan o‘z 

xalqining manglay teri bilan yashaydi-yashnaydi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

400 


Men ham bir jonkuyar vatandosh o‘laroq, shu yurtni jonidan ortiq sevadigan, Vatani 

va xalqining hartomonlama ravnaqini chin ko‘nglidan istaydigan bir kishi o‘laroq, 

yigirma yillik kuzatuvlarim, o‘ylarim, hayotiy tajribalarim, dunyoda va yurtimda 

kechgan va kechayotgan hodisalardan olgan saboqlarim natijasida o‘zimcha bir 

xulosaga keldim: 

Olloh ko‘rsatmasin, chekkadan bironta davlat, har qanaqa olijanob g‘oya bilan, 

hatto “zolimni ag‘darib tashlab xalqqa ozodlik berish” maqsadi bilan-da bo‘lsin, agar 

Vatanimga xavf solsa va mamlakatimga bostirib kiradigan bo‘lsa, u davlat qanchalik 

kuchli-qudratli bo‘lmasin, yoshim ham oltmishga borib qolganiga qaramay, qo‘limga 

qurol olib Vatanim himoyasiga chiqaman! 

O‘zbekistonning bugungi prezidentini zolim deb hisoblayman, u qurgan tuzumni 

yoqlamayman-yoqtirmayman, ammo biron chet davlat “Zolim prezidentni ag‘darib 

demokratik tuzum o‘rnatish” bahonasida agar yurtimga bostirib kiradigan bo‘lsa, Olloh 

tanamdan g‘ayratni olmasin, hech ikkilanmasdan bu tajovuzga qarshi prezident yoniga 

kiraman! Bunda men uning shaxsiyatini yo mansabini emas, orqasida turgan 

Vatanimni, xalqimni himoya qilgan bo‘laman. 

Garchi chiniyu qalbakisi bilan barcha saylovda uning nomzodiga qarshi ovoz 

bergan, yuritayotgan ichki va tashqi siyosatini qo‘llamagan bo‘lsam ham, istaymanmi-

yo‘qmi, bugun u yurtimga bosh bo‘lib turibdi! Oddiy bir shaxs emas, O‘zbekistonni 

tamsil etadi. Qayerga borsa, O‘zbekiston nomidan gapiradi! Unga qarata otilgan 



begona o‘q O‘zbekistonga qarata otilgan hisoblanadi. Unga qarshi yo‘naltirilgan tashqi 

tajovuzni mamlakatim mustaqilligiga qarshi tajovuz deb baholayman. 

Zolim boshliqni yovuz deyishga, qonxo‘r deyishga faqat shu yurtning egalari – 

men, siz, biz haqlimiz! Uni boshimizdan ag‘darib tashlab, o‘rniga boshqasini 

keltirishga ham faqat o‘zimiz – shu yurtning asl egalari haqlimiz! 

Chet davlat boshlig‘i bizning boshlig‘imizni zarracha haqoratlasa yoki xo‘rlasa, bu 

bilan millatimiz, Vatanimiz, davlatimizni xo‘rlagan bo‘ladi. Bundan aslo sevinilmaydi, 

aksincha, u haqoratlar to‘ppa-to‘g‘ri kelib yuragimizga tegsin. Vatan tomirlari har bir 

vatandoshning yuragiga ulangandir, yuraklarimiz zirqirasin!

264


 

Birovning haqoratiga yo‘l bermaganimiz singari, Vatanimiz tuprog‘ini yotlar 

oyoqosti qilishiga ham aslo yo‘l qo‘ymasligimiz kerak! 

O‘zbekiston – Turkiston – Turon o‘z mushkullarini o‘zi hal etishga, boshiga 

tushgan og‘ir vaziyatdan o‘z kuchi ila chiqib ketishga layoqatlidir. 

Yotlarga muhtoj bo‘lmasdan. 

Ichki kelishmovchiligiga yotlarni aralashtirmasdan. 

Milliy g‘ururini toptatmasdan. 

                                                

264

 Qaysidir bir yili O‘rusiya prezidenti Vladimir Putin O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovni Qora dengiz bo‘ylaridagi 



ko‘shkida qabul qilar ekan, suhbat asnosi a’yonlari eshikdan eshakdek keladigan timqora itini ichkari kirgazib yubordi va 

Putin bizning prezident bilan u xunukdan-xunuk itining boshini silab o‘tirib gaplashdi. Bu hodisadan (chuqur o‘ylangan 

tadbir edi bu!) o‘zimni xuddi shaxsan kamsitilganday his qilganman, xo‘rligim kelgan, ichimda o‘chmas alam qolgan. Bu 

makkorona ishi bilan kechagi mustamlakachi Putin “Itim senlardan aziz!” dedi go‘yo. Bizning qadriyatlarimizni oyoq 

ostiga oldi! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

401 


Boshni baland ko‘tarib. 

Ko‘krakni keng kerib. 

 

Endi Islom Karimov shaxsi va unga munosabat haqida bir-ikki mulohaza: 

Ora-orada men bu odamga chin yurakdan achinib ketaman. Taqdir ekan, O‘rusiyaga 

qaramlikdan qutulishimiz uning davriga to‘g‘ri keldi. Birinchi prezident bo‘ldi. Eng 

og‘ir pallada yurtni boshqardi. 

Yaxshi ishlar ham qildi, ammo tarozi pallasini xatolari, zulmi bosib ketdi. 

Yigirma yillik faoliyatiga boqsak, uning tabiatida qattiqqo‘llik, siyosiy puxtalik 

kabi ijobiy xislatlarga ayyorlik, quvlik, kin saqlash, shafqatsizlik, kechirimsizlik, 

mahalliychilik singari salbiy xislatlar ham qorishib ketganini ko‘ramiz. Ijobiy xislatlari 

O‘rusiyaning tajovuzkorona niyatlariga qarshi turishda asqotayotgan bo‘lsa, salbiy 

xislatlari o‘zini ham, mamlakatni ham boshiberk ko‘chaga olib kirib qo‘ydi. Agar 

mamlakatda zulm va adolatsizlik qilinmaganida, so‘z erkinligi bo‘g‘ilmaganida el 

nazarida ham, tarixda ham balki ijobiy nom qoldirishi mumkin edi. 

Ammo turli sabablar girdobida ezgulik bilan yovuzlik chegarasini yo‘qotdi va 

ko‘proq salbiy baho bilan eslanadigan ishlar qildi. 

Shunday bo‘lsa-da, siyosatchi o‘laroq kuchli shaxs ekanini tan olish kerak. 

O‘rusiya, Amrika, Xitoy kabi kuchli davlatlar orasida turli xil aylanma yo‘llar qilib 

yurtni ularga yem qilmay olib kelyapti. 

Dunyo siyosati, afsus, ko‘pincha kir ishdir

265


. Bu kir ishni ham eplagan eplaydi. 

Islom Karimov eplab kelyapti. Yuzini kir, qo‘lini qon qilib bo‘lsa-da. 

Shu holatlarni hisobga olib, el boshiga, yurt boshiga solgan shuncha kulfatga 

qaramay, insonmiz-da, ayrim pallalarda ko‘ngilda bir g‘alati shafqat tuyg‘ulari 

uyg‘onadi, unga yaxshilik sog‘ingim keladi. 

“Ey Prezident, davlat boshlig‘i o‘laroq ishlaringizni har kuni tahlil qilasiz, albatta. 

Yutuqlaringiz qatorida qing‘ir ishlaringiz ham borligini va u qing‘irliklaringiz 

xalqimizni ko‘p jabr-sitamga qo‘yganini-da bilasiz. Shu damgacha xalqingiz orasidan 

ayb qilgan-qilmaganlarni o‘zingizga tavba ettirib keldingiz. O‘zingiz-chi, siz tavba 

etmaysizmi? Tavba etishga loyiq ishlar qilmaganmisiz? Sakarot holatigacha 

imkoningiz bor. Vatan oldida yo‘l qo‘ygan xatolaringiz, ayniqsa xalqqa yetkazgan 

jabr-zulmlaringiz uchun umringizda hech yo‘q bir marta... xalqqa emas, Haqqa 

yuzlanib chin yurakdan tavba eting! Va prezidentlik vakolatingizning hamda 

umringizning qolgan qismida odamlarga yaxshiliklar qiling! Ollohning marhamati 

keng, samimiy tavbangizni qabul etadi! Gunohlaringizni kechiradi! Olloh kechirganni 

odamlar kechirmaydimi? Odamlar ham kechiradi!” degim keladi. 

Tavba nihoyatda lazzatli ishdir. Ilgarigi katta-kichik hamma gunohni o‘chirib 

yuborishi bilan nihoyatda huzurbaxshdir ham. 



Tavba bo‘yinni egish emas, boshni tik ko‘tarishdir! 

                                                

265

 Sahih e’tiqodga, to‘g‘ri huquq va adolatga, ma’naviyatni asos olgan so‘z erkinligi va chinakam xalqchillikka 



asoslangan siyosat istisno. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

402 


Yuzi qora bo‘lish emas, xalq va Haq huzuriga yorug‘ yuz bilan chiqishdir! 

Tavbaning erta-kechi yo‘q, eshigi hamisha lang ochiq. Bitta sharti ‒ xato-

kamchiliklar va gunohlar chin yurakdan tan olinib, nadomat chekilsa bo‘ldi

266


Qamoqxonalarda prezidentga tavba qilasan deb mo‘min-musulmonlarni ko‘p 

zo‘rlashdi, ammo Ollohga tavba qilasan deb hech kimni zo‘rlab bo‘lmaydi. Yasama 

bo‘lib qolmasligi uchun tavba ixtiyoriy bo‘lgani yaxshi. 

Bizdan ‒ yetkazish, bajarish o‘zining ixtiyorida. 

Tavba qilsa-qilmasa, oxiratini Ollohga havola etib, bu dunyosini o‘ziga va 

xalqimizga qo‘yish kerak. 

Bu borada bir taklif: bordiyu Islom Karimov yaqin orada prezidentlik lavozimidan 

ketsa ‒ saylanmay qolsa yo o‘zi taxtdan voz kechsa yoki taxtidan tushirilsa, qolgan 

umrini tinch yashab o‘tishini ta’minlash lozim. 

Chunki, nima bo‘lganida ham, chorak asr bir yurtga podsho bo‘ldi. Bu bo‘ldak 

tariximizni endi hech kim o‘zgartira olmaydi! Dunyoda O‘zbekistonni tamsil etdi. Eng 

qiyin, eng og‘ir, eng murakkab pallada ishlagani uchun ham uning chin mukofotiyu 

jazosini bu ishlarni boshimizda hikmat ila yuritib qo‘ygan Zotga qoldiraylik. 

Bu deganim Vatan va xalq boshidan kechirgan qora kunlarni unutish kerak deganim 

emas. Bo‘lib o‘tgan hamma ishni xolis o‘rganish, xalqqa yetkazish lozim, to kelgusi 

avlod bulardan to‘g‘ri saboq chiqarsin, xatolarni takrorlamasin, takrorlanishiga yo‘l 

qo‘ymasin. 

Kechirimlilik jismoniy shaxsiga nisbatandir, ma’naviy shaxsini xalqimiz har qancha 

tergashga va tanqid qilishga haqlidir. 

Biz o‘tmishda ilm-ma’rifatda buyuk va sharafli millat edik, ammo siyosatda, 

hokimiyat uchun talashishlarda qanchadan-qancha qonli mojarolarni boshimizdan 

o‘tkazganmiz. Endi u ayanchli xatolarni qaytarmaylik, ilm-ma’rifatda bo‘lganidek 

siyosatda ham o‘shanday buyuk va sharafli millat bo‘laylik, johillardan bo‘lib 

qolmaylik. Shunda kelajakdagi boshliqlarni ham orqalaridan muxoliflari hurmat 

qiladigan bo‘ladi. 

Zotan, muxoliflik, qarashlar xilma-xilligi kishi otda o‘tirgan paytiga yarashadi, 

otdan tushganidan keyin uni bir chetda o‘z holiga qo‘yib, Vatan ravnaqi yo‘lida oldga 

ketavergan yutadi. Aql ham, adolat ham shuni deydi. 

Yana bir gap: asarda ko‘p masalalar qatori qo‘limizdan kelganicha zulm tabiatini 

yoritishga harakat qildik. Sovuq basharasini ko‘rsatdik. Ammo kimdir zulmni 

qattiqqo‘llikka yo‘yishi ham mumkin. 

Qattiqqo‘llik boshqa, zulm boshqa. Qattiqqo‘llik ijobiy, zulm salbiy hodisa. 

Eng qisqa, jaydaricha aytganda, qattiqqo‘llik davlat qonunlariga birinchi galda 

davlat (hukmdor)ning o‘zi rioya etishi va xalqidan ham rioyani qattiq talab qilishi, 

qonunlardan zarracha chekinilishiga yo‘l qo‘ymasligidir. 

                                                

266


 Olloh buyukdir! Yorlaqasa ajabmas! Agar prezident Islom Karimov chin yurakdan tavba qilsa va besh vaqt namoz 

o‘qiy boshlasa, ushbu kitobimni uning ikki rakat xolis namoziga almashtirib yuboraman! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

403 


Zulm buning teskarisi ‒ o‘zi chiqargan qonunlarni birinchi galda davlatning o‘zi 

buzishi va boshqalarga ham buzishiga yo‘l qo‘yishi. Qalbaki saylovlar, poraxo‘rlik, 

birovning haqini yeyishlar, tajovuzlar, yasama ayblar bilan qamashlar... va hokazo 

barcha ko‘rgilik davlat o‘zi qonunlarni oyoqosti qilishidan boshlanadi. 



Qamash o‘zi zulm emas, haqsiz qamash zulmdir. 

“Mustaqillik” yillari uylarga, cho‘ntaklarga, moshinalarga varaqa, giyohvand 

modda yo qurol tashlab qo‘yib qamoqqa olishlar kuchaydi. Bu ish halol emas. 

Erkakning ishi emas. Pusib kelib orqadan xanjar sanchishdir. Kimlardir bunday chirkin 

usullar bilan qamoqlarga otildimi, demak, qamoqqa olinishi “rejalashtirilgan” kishining 

aybi yo‘q. Aybi bo‘lganida to‘ppa-to‘g‘ri oldidan kelaverilardi. Aybi bo‘lmagani 

uchun orqadan kelinyapti. 

Bu hol davlatda qonun ishlamayotganini, davlat zolim ekanini ko‘rsatadi. 

Mamlakatda o‘taketgan zulmga olib kelgan eng katta illat ‒ Milliy xavfsizlik 

xizmati, Ichki ishlar vazirligi, Respublika purkuraturasi, sud-mahkama singari 

kuchishlatar idoralarning mustaqil emasligi, ular qonunga emas, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bitta 

qo‘lga ‒ prezidentga bo‘yin sundirilganidir

267



“Mustaqil” bo‘linganiga yigirma yildan oshdi, har yili bu “mustaqillik” yuksak 



tantanalar bilan nishonlanadi, ammo haligacha Ichki ishlar vazirligi haqida maxsus 

qonun ishlab chiqilmagan! 

Bu hol nimaga dalolat qiladi? 

Ularning ishini qonun nazorat qilmasligini ko‘rsatadi. Ular ko‘pincha og‘izaki 

topshiriq bilan ishlashiga dalolat qiladi. 

Masalan, prezident qachonlardir o‘zi yoqtirmay qolgan bir kimsani televizordami, 

ko‘chadami ko‘rib qolib: “Bu haliyam bormi?” deb qo‘ysa, tamom ‒ “nazarga tushib 

qolgan sho‘rlik” shu zahoti qamoqqa olinadi. Prezidentning u odamga sovuq 

munosabatini oldinroq bilmagani va yoqmasvoyni nimaga “o‘z vaqtida” qamamagani 

uchun dakki eshitib qolishdan cho‘chib ham turiladi. 

Shu o‘rinda 2012 yili yozilgan, “Dunyo o‘zbeklari” ijtimoiy tarmog‘ida e’lon 

etilgan “Sobiq deputat Shuhrat Nusratov yetti yilga hukm qilingan” degan 

maqoladan

268


 ikki ko‘chirma keltiraman (xatolar tuzatilmadi): 

1. “Bir paytlar poytaxtdagi Kuybishev raykomining birinchi sekretari, keyinchalik 



Mirzo Ulug‘bek tuman hokimi bo‘lib ishlagan Shuxrat Tuhfatovich Oliy Kengashning 

tarixiy yettinchi sessiyasidagi nutqi bilan tarixga va odamlarning yuragiga kirgandi. 

Endigina Prezident etib saylangan davlat rahbariga qarata u shunday degan edi: 

“Razvedka va kontrrazvedka organlari barcha texnik vositalari bilan birgalikda 

bitta odam¸ ya’ni Karimovning qo‘liga berib qo‘yilmoqda. Bu mumkin bo‘lmagan bir 

narsa. Bunga sira yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. Agar bunga yo‘l qo‘ysak¸ bizni 37- 40 

yillardagidek qatag‘onlar kutadi. Oqibatlarni hatto taxmin ham qila olmaymiz. 

                                                

267

 O‘zingiz o‘ylang: chekka bir tumanning fuqarolik ishlarini ko‘radigan oddiy sudyasi ham prezident imzosi bilan ishga 



tayinlanadi, prezident imzosi bilan ishdan bo‘shatiladi. 

268


 Ismat Xushev: 

http://dunyouzbeklari.com/archives/133914

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

404 


O‘rtoqlar bizni kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar¸ ayniqsa¸ 

bizning prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak. Ertaga bizni qamashadi. 

Ertaga sizni qamashadi.” 

1991 yil 30 sentabir kuni Oliy Kengashning mashhur 7-sessiyasida qilingan 

ogohlantirishga diqqat qiling. O‘shanda notiq Milliy xavfsizlik idorasi butun kuch-

qudrati bilan bitta odam, ya’ni Islom Karimovning qo‘liga berib qo‘yilsa: “Oqibatlarni 



hatto taxmin ham qila olmaymiz”, degan ekan! Orqasidan yana: O‘rtoqlar bizni 

kutaëtgan dahshat ko‘lamini taxmin ham qila olmayapsizlar¸ ayniqsa¸ bizning 

prezidentning jilovsiz xarakterini hisobga olsak”deb qattiq ta’kidlagan ekan! 

Bir zamonlar deputatlar hatto taxmin qila olmagan ishlarni ‒ zulm va 

adolatsizliklarni yigirma yildan beri ko‘zimiz bilan ko‘rib, boshimizdan kechirib 

kelyapmiz. 

Kuchishlatar idoralar millat va davlatning baqosi yo‘lida xizmat qiladigan oliy 

maqomlardan prezidentning shaxsiy-oilaviy qorovullari maqomiga tushirib qo‘yilgach, 

bundan battar bo‘lmaydi. 

Endi maqoladan ikkinchi ko‘chirmani birga o‘qiylik: 

2. “O‘zbekiston mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan (2011 yil haqida 

gap ketayapti) “O‘zbekkino” hujjatli filmlar studiyasi tasvirga tushirgan o‘tgan 

kunlarimiz haqidagi filmning eng so‘nggi, mukammal nusxasini ko‘rib, roziligini olish 

uchun davlat rahbarining e’tiboriga havola etishadi. 

Filmda tilga olingan o‘sha tarixiy yettinchi sessiya haqidagi lavhalarni ko‘rarkan, 

Prezident ekrandagi Shuhrat Nusratovga ko‘zi tushib, bir og‘iz: “Bu haliyam bormi?” 

degan, xolos. 

Uni qamanglar yoki yo‘q qilinglar demagan. Faqat “Bu haliyam bormi? Nima ish 

qilayapti hozir?” deb so‘ragan. Tamom! 

Davlat rahbarining shu birgina so‘zi uning tinch va sokin hayotini zahar va 

zaqqumga aylantirdi”. 

Albatta, kuchishlatar idoralar sobiq deputatni qamarkan, “uning 20 yil burungi 

nutqi uchun” deb ayta olmagan. Shu bois uning keyingi tijoriy faoliyatidan “ayb” 

topib, jurnalist dalolat qilishicha, “Moliyaviy ishkalliklar bois hibsga olishgan”

Maqola garchi sobiq deputat Shuhrat Nusratovga qilingan adolatsizlikka qarshi 

isyondek ko‘rinsa-da, ikkinchi ko‘chirma mazmunidan prezident sha’ni qattiq turib 

oqlanayotgani anglashiladi. 

 “Qamanglar!” demagan, “Bu haliyam bormi? Nima ish qilyapti hozir?” deb 



so‘ragan xolos”, deyapti. 

Ayb salla opke desa kalla opkeladigan tashkilotlarda, deyapti. 



“Agar Islom Karimov o‘ziga bir paytlar o‘sha otashin so‘zlarni aytib, qaysidir 

ma’noda shakkoklik qilgan Shuhrat akaning qamalganini eshitsa, o‘sha zahotiyoq uni 

ozod qilishga ko‘rsatma berishiga va uni hibsga olganlarni jazolashiga ishonaman”, 

deyapti. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

405 


Prezident bu sobiq deputatning oradan 20 yil o‘tib (2011 yili) qamalib qolganini 

bilmaydi, bilsa, chiqarib yuborgan bo‘lardi, deyapti. 

Aslida ham shundaymi? 

Bizningcha: 

Birinchidan, prezident u gapini oqibatni bilib turib aytgan! Ya’ni, “20 yillik”ka 

atab chiqarilayotgan filmda bir paytlar o‘ziga qarshi qattiq ayb qo‘ygan sobiq 

deputatning qiyofasini ko‘riboq jazavasi tutib ketgan! Va: “Hali ham yuribdimi? 

Nimaga qamamadilaring?!” degan ma’noda gapirgan! 

Ikkinchidan, mayli, bilmagan deylik. Lekin bilmagani Islom Karimovni oqlamaydi. 

Mamlakatda prezidentning bir og‘iz gapi yo bitta ishorasi bilan bir inson taqdiri teskari 

hal bo‘lib ketishi hodisasi borligining o‘zi prezident sifatida Islom Karimovning eng 

katta aybidir! 

Uchinchidan, O‘zbekistonda prezident bilmasdan haqsiz qamalib ketgan yana 

qanchadan-qancha inson bor! Taniqli kishi haqsiz qamalganini prezident bilib qolsa uni 

qutqarib olsa, unda taniqsiz minglab odamning taqdiri nima bo‘ladi? Ular yotaveradimi 

qamoqxonalarda? 

Eng katta haqsizlik va zulm shu nuqtada. Ya’ni, birovning qamalish yo 

qamalmasligi, uzoq yillardan beri qamoqxonalarda yotish yo yotmasligi prezidentning 

bilish-bilmasligiga bog‘liq bo‘lib qolgan! 

Qonun qani?! Kuchishlatar idoralar qonun bo‘yicha ishlaydimi o‘zi?! Prezident 

qonunga rioya etadimi?! 

Prezident “Bu haliyam bormi?” deganida ham sobiq deputat qamalmay qolganida 

edi, ana o‘shanda bu mamlakatda qonun ishlayapti desak bo‘lardi. 

Mavzuimizni ochadigan bir misol bo‘lgani uchun bu mashmashaga sal ko‘proq 

to‘xtaldik. Gap zulm va qattiqqo‘llik haqida, haqli yo haqsiz jazo xususida borayotgan 

edi. 


Tabiiy, misolda ko‘rilgan jazo ochiq zulmdir. Chunki u haqsizdir, adolatsizdir ‒ 

sobiq deputat (va yana boshqa juda ko‘plab u kabi insonlar) ochiq jinoyati uchun emas, 

qonunga ko‘ra emas, bir kishining kayfiyatiga qarab qamoqqa tashlandi! 

Qonunga muvofiq belgilangan jazogina haqli bo‘ladi, zulmga kirmaydi. Asos etib 

qonunni ushlash qattiqqo‘llikka kiradi. 

Men qattiqqo‘llik tomonidaman, aslo zulm tomonida emas! 

Siyosat ikki narsaga ‒ mehrga va kuchga tayanadi. “Kuch adolatdadir” (Amir 

Temur)

269


. Bu degani, siyosat adolat bilan kuchli, deganidir. 

                                                

269

 Ibora bizda Amir Temur nomi bilan mashhur bo‘lgani uchun qavs ichiga u kishining otini yozdik. Aslida, bu 



hikmatning manbai dinimizdan keladi.

 

“O‘zi fosiq, lekin adolatli boshliq yaxshimi yoki o‘zi taqvodor, lekin zolim 



boshliqmi?” degan savolga Ibn Taymiya (unga Ollohning rahmati yog‘ilsin) bunday javob bergan ekan: “Albatta 

taqvodor zolim boshliqdan fosiq bo‘lsa-da adolatli boshliq yaxshi! Chunki taqvodor zolim boshliqning taqvosi 

o‘ziga foyda, zulmi esa bizga zarar! Fosiq adolatli boshliqning fisqi o‘ziga zarar, adolati esa bizga foyda!” (“As-

siyosatush-shar’iyya fi islahir-ra’yi var- ra’iyya” kitobidan.) 

Amir Temurning pirlaridan biri asli hirotlik Zaynuddin Abu Bakr Tayobodiy ham hali muridi “amir” yo “sohibqiron” 

bo‘lmasidan burun unga yozgan xatida: "...unutmang, saltanat kufrda bo‘lib ammo adolatli bo‘lsa ravnaq topadi, 



ammo imonli bo‘laturib adolat o‘rnatmasa barbod bo‘ladi", deb nasihat qilgan (“Temur tuzuklari”dan). O‘sha ustoz 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

406 


Adolat bilimga tayanadi. Bilimsiz adolat bo‘lmaydi. Adolatsiz kuch yovvoyidir. 

Mehrsiz va kuchsiz siyosat kasaldir, chalajondir, orqasi kesikdir. 

Demak, hamma narsaning tagida bo‘lganidek, siyosatning tagida ham bilim yotadi. 

Siyosat bilimga tayanmas, bilim asosida yuritilmas ekan, u siyosat adolatsizdir, 

mehrsizdir, kuchsizdir. 

Men adolat, mehr, kuch va bilim tomonidaman, aslo zulm tomonida emas. 

Ammo adolatni talab qilish oson, adolatga chidash qiyin. 

Adolat har kimga xohlaganini berish (ya’ni, hammaning ko‘nglini olish)gina emas. 

Adolat eng oldin halollikni, intizomni, burchni, to‘g‘rilikni o‘rtaga qo‘yadi va talab 

etadi. 


Adolatda lazzat bo‘lganidek, jabr ham bor. 

Adolat nafaqat beradi, oladi ham. 

Adolat shaxsga bergan mutlaq huquqdan bir bo‘lagini jamiyat manfaati hisobiga 

qaytib olib qo‘yadi. Bu ma’noda adolat hatto shu adolat istovchilarning o‘ziga-da 

yoqmasligi mumkin. 

Bulardan tashqari, adolat o‘rtani (jamiyat va davlat hayotini) tinch va osoyishta 

ushlab turish uchun qattiqqo‘llikni va jazoni taqozo etadi. Kamdan-kam odam o‘zini 

ayblaydi va jazoni to‘g‘ri qabul qiladi. Hatto adolatli jazo ko‘pincha odamga 

yoqmaydi, uni o‘z qarichi bilan o‘lchaydi va adolatsizlik deb o‘ylaydi. 

Adolatni talab qilish oson, adolatga chidab yashash qiyinligi shundan. 

Adolat bir tomonda  emas, o‘rtadadir. Adolat tarozining pallasi emas, o‘rtasi – 

shayinidir. Chunki palla biriga amal, ikkinchisiga qonun qo‘yiladigan ikki idishdir, 

xolos. Pallani har kim o‘z foydasiga og‘dirib olmasligi uchun tarozining ipi hech bir 

tomonga bog‘liq bo‘lmagan, barcha tomonni birday ko‘radigan, tomonlar torligini 

tashlab, adolat kengliklarini qat’iy tutgan zot qo‘lida bo‘lishi kerak. 

Bu zot Olloh taolodir, albatta. Bu tarozi Uning dinidir. Salgina og‘ishni ham 

ko‘rsatadigan darajadagi hassos shayin Uning shariatidir. Kim tarozi pallasini o‘zi 

tomoniga zig‘ircha og‘dirib olmoqchi bo‘lsa, sezgir shayin uning niyatini darrov 

bildiradi: “Hoy, sen xato qilyapsan!” deb qaytaradi. Narigi tomonning haqini ham 

himoya qiladi. 

Biz zulmni inkor etib, adolat istar ekanmiz, orzu qilganimiz o‘sha adolatni o‘zimiz 

o‘rnata olamizmi? Olloh nasib etib, o‘rnatsak, o‘zimiz u adolatga tom chidab yashab 

keta olamizmi? 

Bu doimiy savollar bir davr tugab, o‘rniga keladigan, kelayotgan ikkinchi davrning 

savollaridir. Javobi o‘shanda – ikkinchi davr kelib bo‘lganida chiqadi...

 

Bitdi. 

 

2011 yil erta bahori – 2013 yil erta bahori. 



 

                                                                                                                                                               

yana: “Mamlakat kufr bilan turishi mumkin, lekin zulm bor yerda turmaydi”, degan (Xurshid Davron. “Amir Temur 

pirlari”. “Tafakkur” jurnali 1994 yil 1-son). 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

407 


 

Chiqish 

 

“Bir inson, bir xalq va bir mamlakat qismati haqida siyosiy-ijtimoiy ro‘man” deb 

ataganim ushbu kitob uzoq yillik kuzatishlarim, og‘riqli o‘ylarim mahsulidir. To 2011 

yil erta bahorigacha xayolimning ikir-chikir tokchalarida bir-biriga bog‘lanolmay 

sochilib yotgan edi, Bosh vazirning tashabbusi – “mustaqillik”ning yigirma yilligiga 

yigirma tupdan ko‘chat o‘tqazish chaqirig‘i turtki berib kitobga shakl topildi; 

tarqoqlikdan tayinli bir qolipga kirdi.

 

Mo‘ljalimda “mustaqillik”ning yigirma yilligi (2011 yil 1 sentabiri)gacha bitishi 



kerak edi, lekin o‘ylaganimdan sekin yozildi. Dard og‘irligidan bayoni ham sekin va 

og‘ir kechdi. 

Bitganidan keyin ham qayta-qayta tahrir jarayonida orada yuz bergan yangi 

voqealar goh izoh ko‘rinishida, goh to‘ldiruvchi mulohazalar o‘laroq tegishli o‘rinlarga 

qistirib ketildi. 

Bilaman, bu kitobda hali hamma gap aytilmadi. Yozsa arziydigan yana ko‘p gap 

borligi, mavzu bu yozilganlar bilan tugamagani aniq. 

Lekin, bir yondan, “Yigirma tup ko‘chat” shakli qo‘limni bog‘lagan bo‘lsa, 

ikkinchi yondan, menimcha, muayyan bir davr to‘g‘risida tasavvur berishga shuning 

o‘zi ham yetadi. 

Gapni cho‘zgan bilan muammo cho‘zilib

270


 qolmaydi. Qaytaga o‘quvchi zerikib 

qolishi mumkin. 



“Kirish”da alohida ta’kidlaganimdek, balki yana boshqalar bundan boshqa 

mavzularni bundan ko‘ra yaxshiroq qilib yozar, birimizning kamchiligimizni 

ikkinchimiz to‘ldirarmiz. 

Siyosat va iqtisod bilag‘onlari, ijtimoiy fanlar olimlari, har bir ongli, vatanparvar, 

yuragi yurt qayg‘usida yonadigan kishilar bu murakkab davrni hali bot-bot tahlil 

qilishadi deb o‘ylayman. 

Chunki sobiq SSSRda boshlangan qayta qurish davridan to ilk prezident davri 

oxirigacha bo‘lgan palla, istaymizmi-yo‘qmi, mamlakat hayotining juda muhim 

pallasidir. Bu oraliqda erishilgan yutuqlar ham, yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar ham 

kelgusi hayotimiz qanday kechishiga ta’sirini o‘tkazadi, albatta. 

 Yutuqlar ibratli iz qoldirgan bo‘lsa, xatolar yuragimizda alamli yaralar qoldirdi. 

Bu davrni jiddiy o‘rganish, undan xolis xulosalar chiqarish kelgusida bu kabi 

alamli xatolarga yo‘l qo‘ymaslikka, tajribalardan foydalisini olib, zararlisini 

tashlashimizga yordam beradi. Mustaqil milliy yuksalish yo‘limizni topib, uni 

qurishimiz qulaylashadi. 

Endi bir mahram gap. 

Bu asarim bitganidan to e’lon etayotganim shu kunlargacha o‘zim ishongan, 

fikrlarini hurmat qiladiganim ancha-muncha kishiga o‘qitdim. Ular yozuvchi, 

adabiyotshunos olim, davlat arbobi, diniy ulamo, talaba, noshir, tadbirkor va oddiy 

                                                

270

 “Hal bo‘lib” ma’nosida (eski o‘zbekcha). 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

408 


odamlardir. Har xil toifa kishilarga o‘qitib ko‘rishimdan murod – jamiyatning katta 

qatlamini qamrab ololmasam-da, hech bo‘lmaganda bir bo‘lagining fikrini o‘zimcha 

oldindan o‘rgangim keldi. 

Munosabatlar qanday bo‘ldi? 

I. O‘qiganlardan hech kim bu yerda yozilganlarni yolg‘on demadi. 

II. Hech biri hech qaysi nuqtaga jiddiy e’tiroz bildirmadi. 

III. Ayrimlar, e’lon qilmay turing, joningizga jabr bo‘ladi, dedi. 

Bildirilgan mulohazalardan ayrimlari bulardir:  

1. Din olimlarimizdan biri yozilganlarning hammasi to‘g‘riligini tan oldi, lekin 

oqimlar tilga olingan joylarda ularni tanqid qilmagansiz, dedi. Bunday mulohaza 

tug‘ilishini o‘zim ham bilardim. Lekin mavzu u oqimlar haqida emas, ular tanlagan 

yo‘lga diniy yo siyosiy baho berish kitobning maqsadiga kirmagan,  ular davlatning 

“16 fevral”ga tegishli ayblovi munosabati bilan eslangan, xolos. Shunday bo‘lsa ham 

matnda “yo‘llari qandayligidan qat’i nazar”, “usullarining to‘g‘ri yoki xatoligi 



boshqa masala” kabi iboralar bilan bu haqda turli qarashlar borligiga hamda muallif 

o‘zini ulardan ajratayotganiga ochiq-ravshan ishora qilingan. 

2. Din olimlarimizdan yana birining mulohazalarini, afsus, turli sabablarga ko‘ra, 

o‘zidan to‘liq ololmadim. Birov orqali “ahmoqlik” degan bir munosabatnigina 

eshitdim. 

Lekin u kishi bu so‘z bilan nimani nazarda tutganini – mamlakatda bo‘lgan va 

bo‘layotgan bu ishlar ahmoqlikmi; ularni sodir etayotgan shaxsning ishi ahmoqlikmi; 

ularni tilga olish-yozish ahmoqlikmi; u olim akamizga o‘qishga berganim ahmoqlikmi; 

yoki jamoatchilikka e’lon etishni mo‘ljallayotganim ahmoqlikmi... ekanini hozircha 

aniqlay olmadim. 

Nimani nazarda tutib bunday deganini taxmin qilib turibman, ammo taxmingagina 

suyanib munosabat bildirgim kelmayapti. 

3. Bir yozuvchi akamiz va bir adabiyotshunos ukamizdan: “Xatlarda ulug‘ 

shoirlarimizdan birini ayabroq yozibsiz, ikkinchisini ayamabsiz”, degan yumshoqroq 

e’tiroz bo‘ldi. Mening nazarimda, bu yerda ayirmachilik ham, hurmatsizlik ham yo‘q. 

Bu xil munosabat mamlakatda kechayotgan jarayonlarda ular o‘zlarini qanday 

tutganlariga qarab tug‘ildi. 

4. “Menimcha, yana bitta ko‘chatga joy topib, umumiy soni yigirma bitta bo‘lib 

ketsa ham, prezidentning o‘ziga alohida murojaat-xat bitish kerak”, degan fikr ham 

aytildi. 

To‘g‘riga o‘xshadi. Yozmoqchi ham bo‘ldim. Qarasam, yozilgan gaplarni yana 

takrorlashimga, niyatimni tushuntirishimga qarab ketarkan. O‘yladim: axir, ushbu 

kitobning o‘zi boshdan-oxir prezidentga murojaat-xat emasmi? Bunda ayrim kinoyalar 

chegaradan oshgan va yo shaxsiga tegib ketayotganday tuyulsa-da

271

, aslida unday 



emasligi, faqat yurt qayg‘usida yozilgani kunday ravshan. Hatto, to‘g‘ri qabul qilinsa, 

ushbu kitob eng ko‘p prezidentning foydasini ko‘zlab yozilgani bilinadi. 

Shularni o‘ylab, alohida xat bitmadim. 

                                                

271

 Har qancha o‘zimni bossam, o‘rtada turishga har qancha harakat qilsam ham, yozuvchiligimga borib, badiiyat uchun 



bir oz hayajonli uslubda yozilgan yerlari bo‘lishi mumkin. Bunday o‘rinlariga istisno bilan qarashlaringizni umid etaman. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

409 


5. Nomi chiqqan bir yozuvchi ukamiz boshqa mulohazalari qatorida: “Hammamiz 

biladigan gaplar...” dedi. 

Buni u mehnatimni yerga urish ma’nosida aytmadi, asarning ahamiyatini bildi, 

keragicha maqtadi ham, ammo-lekin ko‘nglining bir chetida turgan haqiqat ham 

ixtiyorsiz ravishda og‘zidan chiqib ketdi: “Hammamiz biladigan gaplar...” 

Gap shunda-da! Biron gapni havodan olib yozmadim ‒ bu asarda tilga olingan 

voqealar hammamizning ko‘zimiz o‘ngida sodir bo‘lgan va bo‘lyapti! Hammamiz 

ko‘rib turibmiz, hammamiz bilamiz... 

Lekin... lekin... 

Gap shunda-da! 

6. Bir jurnalist ukamiz asarni o‘qib chiqqach og‘riqli bir yerimga tegib ketdi: 

“Shuncha yil diniy sohada ishladingiz, bir jurnal va bir nashriyotning boshlig‘i 

bo‘ldingiz, davlatning dinga qilgan va qilayotgan zug‘umlarini ichidan ko‘rib-bilib 

turib nimaga o‘z vaqtida bong urmadingiz?!” deb qoldi. 

Savol o‘ta jiddiy bo‘lgani uchun unga sal kengroq izoh bermasam bo‘lmaydi. 

To‘g‘ri, men o‘tgan asr 91 ‒ 93-yillari (Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf 

muftilik qilgan davrda) ham Diniy idoraning “Movarounnahr” nashriyotida bosh 

muharrir bo‘lib ishlaganman. So‘ng 1999 yil iyulidan “Hidoyat” jo‘rnolini tashkil etib 

to 2013 yil dekabri oxirigacha bosh muharrirlik qildim. Orada 2010 yil avgustidan 

jo‘rnol va gazet “Movarounnahr” tarkibiga qo‘shib yuborilgach, to ishdan 

bo‘shagunimcha nashriyotni ham boshqardim. 

Xullas, hammasi bo‘lib 16,5 (o‘n olti yarim) yil diniy sohada ishlabman. Bu orada 

ko‘plab kitoblarga muharrirlik qildim. Yana bir qanchasini o‘zim tarjima etdim. Yaxshi 

kishilar bilan ishlash nasib etdi. Ulardan ko‘p narsa o‘rgandim. Uncha-muncha ilm 

ham oldim. Kamchiliklariga boqmadim, doim yaxshiliklarini o‘zlashtirish payida 

bo‘ldim. 

1999 yili Diniy idoraga ikkinchi kez ishga chaqirilganimda xolis Olloh uchun 

ishlashni, shaxsimga biron narsa so‘ramaslikni, nafsimni dinga xizmat yo‘lida qurbon 

etishni niyat qilib bordim. 

Yana bir niyatim faqat musbat harakat qilish edi. 

Bu nima degani? 

Misol uchun, kimdir davlat nomidan dinga zug‘um qilarkan, men unga dushman 

deb emas, johil deb qaradim. Ya’ni, davlat tashkilotlarida ishlaydiganlar ham 

musulmon bolasi, lekin sovet ta’limi ta’sirida dinini bilmaydi, bilganida bunaqa qilmas 

edi, demak, unga oldin dinni bildirish kerak, degan mavqeni tanladim. 

“Hidoyat” jo‘rnoli nishona sonining Kirish So‘zida mana shu g‘oyamni ifodaladim. 

Va to u yerdagi oxirgi kunimgacha shu niyatda qattiq turdim. 

Devondagi mutasaddi bo‘ladimi, Diniy qo‘mita raisi yo o‘rinbosari bo‘ladimi, 

jo‘rnolga tayyorlangan har bir maqola uchun yotig‘i bilan va chiroyli tarzda talashib-

tortishdim, qaytarilganlaridan ko‘pini ishontirish usulini qo‘llab qaytadan tiklatdim, 

ayrim pallalarda murosa ham qildim. 

Mana shu jarayonda bir narsaga qayta-qayta iqror bo‘ldim: o‘rtada turgan u 

bechoralar ham bor-yo‘g‘i bajaruvchi, xato asosga qurilgan katta tuzumning bir 

murvatchasi, xolos. Kerak bo‘lsa, uning o‘zi ham shu xato tuzumning qurboni. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

410 


Hol shunday ekan, ikki qurbon bir-biriga qarshi qilich yalang‘ochlashidan 

foyda bormi? Yo‘q. 

Bunaqa vaziyatda shaxslarga qarshi emas, tuzumga qarshi kurashiladi

Tuzum esa, bir-ikki rahbarga baqir-chaqir qilgan bilan o‘zgarib qolmaydi. Bunga 

uzun zamon, ulkan to‘zim, keng ma’rifat va tinimsiz harakat lozim bo‘ladi. 

Shundan chiqib kelib men o‘zimga ko‘ksidan itarish emas, bag‘irga tortish usulini 

tanladim. Johil odamni battar jaholat botqog‘iga botishini tomosha qilmasdan, qo‘lidan 

tutib ma’rifat qirg‘og‘iga chiqarib qo‘yishni afzal va to‘g‘ri deb bildim. Ayniqsa, 

keyingi o‘n to‘rt yarim yil mana shu mavqeda turib ishladim. Agar jo‘rnol sahifalarida, 

deylik, 50 foiz murosa maqola berilgan bo‘lsa, birinchidan, ularni ham xiyonat 

darajasidan zararsiz darajaga keltirib tahrir qildim, ikkinchidan, ziyrak o‘quvchi o‘ziga 

kerakli fikrni jo‘rnoldagi boshqa xolis maqolalardan topib olishiga ishondim. 

Bu ishlarim indamay yurganga kirmasa kerak. 

Qolaversa, ushbu kitobimni men hali “Movarounnahr” nashriyoti boshlig‘i (!) 

bo‘lib ishlab turganimda yoza boshladim va o‘sha yerda yozib tugatdim. Faqat, turli 

ichki-tashqi sabablarga ko‘ra e’loni orqaga surildi, xolos. 

Sezilgan bo‘lsa, ushbu kitobimni ham men boshda tanlagan usulimga ‒ musbat 

harakatga sodiq qolgan holda yozdim deb o‘ylayman. 

Ya’ni, sevimli mamlakatimda uzoq yillardan beri davom etayotgan haqsizlik, 

adolatsizlik va yolg‘onlarni xalqimga bildirish, zararli oqibatlaridan ogohlantirish va 

bu kabi illatlardan qutulish yo‘llarini ko‘rsatish usulini ushladim. 



Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurash deyiladi bu... 

7. Ayrim do‘stlar bu asarimni e’lon qilish-qilmaslik masalasida jiddiy xavotirlarini 

bildirishdi. Mamlakatimizda siyosiy vaziyat o‘ta og‘irligidan ‒ so‘z aytish erkinligi 

butkul yo‘qligi va davlat boshqacha fikrga chiday olmasligi xususiyatidan, menga va 

oilamga jon xavfi o‘ta yuksakligidan e’lonni kechiktirish maslahatini berishdi. 

Shu ehtiyot-tavsiyani hisobga olmasak, o‘ndan yetti fikr deyarli bir joydan chiqdi – 

buni xalq o‘qishi kerak! O‘qisin, o‘zi tushib qolgan holni ko‘rsin, uyg‘onsin! 

* “Buni asar qahramoni ‒ prezident ham o‘qisin! Qilmishlarini ko‘rib-kuzatib 

yurganlar borligini, oxiratdagina emas, shu dunyoning o‘zida ham bir kuni xalqi oldida 

javob berishi muqarrar ekanini bilsin!” 

* “Davlatning kuchishlatar idoralari, milliy xavfsizlik odamlari ham o‘qisin ‒ 

o‘zlari ishlayotgan muhim tashkilotlar vazifasi bitta shaxs va uning oilasinigina himoya 

qilish emas, balki millat va davlat xavfsizligini ta’minlash ekanini, millat va davlat esa 

bir shaxs yoki uning oilasidangina iborat emasligini his etsin. Shaxslar o‘tadi, millat va 

davlat yashaydi!” 

* “Buni muxolifat – hozirgi iqtidorga yurt ichi va tashidagi qarshilar ham o‘qisin! 

Fikrlab, mulohaza qilib ko‘rsin va Vatan manfaati yo‘lida birlashib, mamlakat ahvolini 

o‘nglashning musbat usullari ustida bosh qotirsin!” 

* “Qolaversa, oddiy xalq ham o‘qisin! Tushkunlikdan qutulsin, ko‘ksini ko‘tarsin! 

Haq so‘z o‘lmaganini, xalq zulm qarshisida yolg‘iz o‘z holiga tashlab qo‘yilmaganini, 

uning yonini oladiganlar mamlakat ichida ham borligini bilib qo‘ysin!” 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

411 


* Bir ustoz yozuvchi akamiz alqab ham qo‘ydi: “Yuzimizni yorug‘ qilib beribsiz. 

Ertaga «Ziyolilar nega jim turdi?!» deyilganida yerga qarab qolmaydigan bo‘libmiz...” 

dedi. 

Bu fikrlar kitobni o‘qishdan tug‘ilgan chet mulohazalarning qaymog‘idir.  



Ammo o‘rtada hozircha “ahmoqlik” degan bir munosabatinigina biladiganim olim 

akamiz bor. U kishini men juda hurmatlayman, fikrlarini iloji boricha amalga olishga 

harakat qilaman. Bu achchiq, haqoratomuz so‘zdan keyin, bularni e’lon qilish nari 

tursin, hatto yozib to‘g‘ri qildimmi o‘zi deb ham o‘ylab qoldim. Ha-da, necha yillardan 

beri mustaqil badiiy asar yozmay qo‘ygan, ammo yozsa yaxshi narsalar yoza olishidan 

umid qilinayotgan

272

 bir yozuvchi... qissa va ro‘manlar o‘rniga... uzoq yillik 



jimjitlikdan keyin... birdan bunaqa narsa yozib o‘tirsa?! 

Albatta, bu e’tirozda jon bor. 

O‘zim ham uzoq yillardan beri do‘stlarim kutayotganiday arzirli badiiy asarlar 

yozish ilinjida va harakatidaman. Lekin: 

bir yoqdan, mamlakatda yuzaga kelgan, yuraklarni ezuvchi bu og‘ir siyosiy-

ijtimoiy vaziyatdan chekinib zamon va makon etaklarida qolib ketgan bir tashlandiq 



kulbamdan o‘zimga go‘r qazib bekinib olgan va o‘nyillarga cho‘zilgan tushunarsiz bir 

chillaga o‘tirgan bo‘lsam, 

ikkinchi yoqdan, bunaqa taloto‘p zamonda ko‘ngil to bir ma’naviy muvozanatini 

topmasidan yozilgan badiiy asarda yaxshilik ko‘rmadim. 

Natijada badiiy qalamimni vaqtinchaga zamon tokchalarining tub-tubiga irg‘itdim. 

Zotan, vatanim va xalqim ahvoli bunday bo‘lib turganida, yangi zamonning tohir-

zuhrolari, farhod-shirinlari, otabek-kumushlari, mirzo anvaru ra’nolari haqida yozish 

ko‘ngilga sig‘mas edi ham. 

To‘g‘rirog‘i – yillar ichra yuraklarga zardob yanglig‘ to‘plangan bu hayotiy og‘ir 

tuyg‘ular, o‘ylar, mulohazalar ularni to bir quduqqa to‘kib-solmagunimcha boshqa har 

qanday badiiy to‘qima asar bitishdan meni to‘sib keldi. 

Qolaversa, bir tashvish chulg‘ab olgan xayolga boshqa tashvish sig‘mas ham ekan. 

Nihoyat, mana, u dardlarni qog‘ozga to‘kib soldim ‒ ichim bir qadar bo‘shandi. 

Yozilishini qachondan buyon orqaga surib-surib kelganim asarlarni endi yozishga 

kirishsam bo‘lar deb o‘ylayman. 

Bu gaplar mendan yuksak saviyada badiiy ijod kutgan olim akamiz va boshqa 

do‘stlarimning chiroyli umidlariga ojizona javobimdir. 

Lekin baribir “Bu kunlar”imni e’lon qilish-qilmaslik borasida yaqinlargacha ham 

ikkilanib keldim. Shunday kunlarning biri (2013 yil yozi)da bir mashhur yozuvchi 

oshnamdan eshitganim dahshatli voqea qarorimni qat’iylashtirdi: 

“E’lon etaman!” dedim. 

U aytishicha, nimadir sabab bo‘lib toshkentlik bir chol-kampir bilan tanishib 

qolibdi. Chol qarib ketgan, kampir ham beli bukchayib, hassaga tayanib yuradi, deydi. 

                                                

272


 “Ahmoqlik” so‘zini ishlatgan olim akamiz birov orqali: “Men bu kishidan Abdulla Qodiriy asarlari kabi bir narsa kutib 

yursam... bu nima degan gap?!” deb aytib yuboribdi. Ey Olloh,O‘zingga shukr, orqamdan men haqimda shunday chiroyli 

orzu-tilaklar qiladiganlar bor ekan! Uning bu tanbehini haqqimga duo o‘rnida qabul et va menga bu olim akamiz oldida 

ham, Abdulla Qodiriy oldida ham uyatga qo‘ymaydigan asarlar nasib qil! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

412 


Surishtirsa, ular asli ja unaqa qari ham emaskan. Boshlariga tushgan savdo bir-ikki yil 

ichida ularni o‘n yillarga qaritib yuboribdi. 

Chol-kampirning uch bolasi – uch o‘g‘li bor ekan. Xuddi ertakdagidek, uch og‘a-

ini botirlar! Ota-onasiga ham, bir-biriga ham mehribon. Chunki ular dindor, namozxon 

bo‘lib voyaga yetishibdi. Afsus, ota-ona ularning rohatini uzoq ko‘rmabdi – bolalar 

“diniy oqimchi”likda ayblanib birvarakayiga uchalasi ham qamoqqa tiqilibdi. Uncha-

munchaga emas, naq o‘n besh-o‘n sakkiz yildan kesib yuborishibdi. 

Davlatning bu shafqatsiz hukmi ota-onaning ularni tiriklikda ko‘rish umidlarini 

ham qo‘shib kesib tashlabdi. 

“Hatto Istalin ham bunaqa sharoitda bolalarning hammasini Sibir qilmagan, 

keksalarga hech bo‘lmasa bitta boquvchi qoldirgan!” deydi yozuvchi oshnam. 

Eng ajablanarlisi va yozuvchi oshnamni hayratga solgani ‒ shuncha musibatga 

qaramay, chol-kampirning ruhi juda tetikmish. Qamoqda bolalariga ochiq namoz 

o‘qishlariga yo‘l qo‘yilmayotganidangina nolishibdi. Aytishlaricha, bolalari ko‘zlari 



bilan namoz o‘qishyapti ekan! 

“Tasavvur qilyapsizmi, namozni ko‘zlari bilan o‘qisharkan!” deydi oshnam dahshat 

ichra. 

Shu voqeani eshitganimdan keyin... qamoqlarda ko‘zi bilan, imo-ishora bilan 



namoz o‘qiyotgan o‘nlab, yuzlab mazlum xayolimdan ketmay qoldi. Ular oldida 

o‘zimni burchli sezdim. Ochiqda, keti ko‘rinmas turli-tuman mulohazalar ila o‘zimizni 

ko‘r, kar va soqovga solib yurishlarimizdan uyaliblar ketdim. Fikri men uchun aziz 

bo‘lgan u hurmatli olim akamizning g‘oyibona qaytarig‘iga ham qaramay, asarni e’lon 

etishga qaror qildim. 

“Amallar niyatga ko‘radir”

273

Niyatimni ko‘ngillardagi eng yashirin niyatlarni ham Biluvchi Zot juda yaxshi 

biladi: bu asarni yozishdan asosiy maqsadim vatanimga, xalqimga, davlatimga, hatto 

bugun mutlaq hokimiyat tepasida o‘tirgan mana shu prezidentga ham yaxshilik 

sog‘inishdir. Hadis hikmatiga ko‘ra, mening unga yordamimdir

274


Bu nuqtani ushbu asarimni xolis ko‘z bilan o‘qigan kishi ham tan oladi. 

Bundan tashqari, asarda hech bir yo‘sinda buzg‘unchilikka chaqiriq yo‘q.  

Aksincha, buzuqni tuzatishga chorlov bor. 

Talab qilinayotgan bo‘lsa, bor-yo‘g‘i so‘z erkinligi talab qilinyapti. 

Davlatdan o‘zi yaratgan qonunlarga to‘la-to‘kis rioya etish, qonunlar xalqqa bergan 

huquqni hayotda ham berish talab qilinyapti. 

Bor narsa bor bo‘yicha aytilsin, yozilsin, xalqqa to‘g‘ri gap yetkazilsin deyilyapti, 

xolos. 

Dunyoda muammosiz mamlakat yo‘qligini, qiyinchiliklar ham, qing‘irliklar ham 



bitta O‘zbekistonga xos emasligini bilamiz. Ammo boshqa yerlardan O‘zbekistonning 

farqi ‒ bu yerda muammolar, qiyinchiliklar, qing‘irliklar aytilmaydi ham, ayttirilmaydi 

ham, xalq ularni kuzatib turish va tanqid qilish huquqidan mahrum etilgan. 

Ya’ni, davlat xalqni eng oddiy haq-huquqlaridan ham to‘sgan. Natijada umumga 

foydali muhokamalar o‘rnini hech kimga foydasiz quruq maqtovlar egallagan, haqiqat 

                                                

273

 Hadisi sharif. Umar ibn Xattobdan (Olloh rozi bo‘lsin) Imom Buxoriy (Olloh rahmatiga olsin) rivoyati. 



274

 Bu ishora suyangan hadis tepada ‒ Oltinchi ko‘chat “So‘z erkinligi” bobida keldi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

413 


o‘rniga maydonda faqat yolg‘on javlon uradi. Xalq ko‘pi qiynalib kun ko‘rayotgan bir 

paytda minbarlardan, matbuotdan butunlay boshqa ‒ “rangli hayot” kuylanmoqda. 

Aholining 70 ‒ 80 foizi gazsiz, chiroqsiz yashayapti-yu, “Butun dunyo O‘zbekiston 

erishgan yutuqlardan hayratda!”

 275

 emish. 


Xo‘rlik ustiga xo‘rlik. Mamlakat ustidan kulish. Xalq hayoti ustidan kulish. 

Eng katta ayb shu! 

Agar butun dunyo hayratlanayotgan bo‘lsa, O‘zbekistondagi bu masxarabozlikka 

hayratlanyapti! Shuncha o‘pirilishlar manzarasida uyalmay ko‘pirtirilayotgan 

yolg‘onlarga ishonib (ishonmagan taqdirda ham ularga parvo qilmay) yashab 

kelayotganiga hayratda! Dunyo O‘zbekistonga lol qolayotgan bo‘lsa, botqoqda 

burnigacha botib turgan holda ham “Muhtaram prezidentimizga rahmat!” 

deyishlarimizga lol qolmoqda! 

Odam og‘irchilikka chidaydi, yolg‘onga chidamaydi! Shu bois bu yerda “Yo‘qolsin 

yolg‘on, yashasin to‘g‘riso‘zlik!” degan g‘oya ilgari surilyapti. 

Davlat o‘zini demokratik deb e’lon qilgan ekan, gapida tursin, jamiyatga chinakam 

demokratiyani bersin, inson haqlari toptalmasin, deyilyapti.  

Xalqimiz risoladagi boshqa davlatlar xalqi kabi emin-erkin yashasin deb orzu 

qilinyapti. 

Siyosatdagi ayrim xatolar ko‘rsatilar ekan, xalqning orzu-umidiga to‘g‘ri keladigan 

tuzumni oyoqqa turg‘izish uchun ijobiy yo‘l-yo‘riqlar taklif etilyapti, xolos. 

Hatto zulmni ham yaxshilik bilan, o‘z kuchimiz bilan tugatishga targ‘ib etilyapti. 

Faqat o‘z kuchimizga tayanish, ichki masalalarimizni o‘zimizgina hal etishimiz, bunda 

xalqimizning tengsiz aql-zakovatiga, tajribasi va layoqatiga suyanish eng to‘g‘ri yo‘l 

ekani uqtirilyapti. 

Bularning nimasi yomon? Nimasi ayb? Agar shu aziz vatan chindan barchamizniki 

bo‘lsa, shu barchaning bittasi o‘laroq mening ham, sizning ham, boshqa 

vatandoshlarimizning ham mamlakat ishlarini yuritishda xuddi prezident kabi 

to‘laqonli haqqimiz bor va taqdiriga qayg‘urishga burchlimiz. 

Qat’iy ishonchimga ko‘ra, bor ichki muammolarimizni faqat o‘zimiz ‒ shu aziz 

yurtning chinakam egalari tinchlik-totuvlik bilan hal etishimiz shart! Yuksalishning 

milliy yo‘llarini ham faqat o‘zimiz birlashib-birgalashib axtarishimiz lozim! 

Sinchi o‘quvchilar sezadi: garchi voqealar yashab turgan hayotimizdan olingan va 

hozirgi prezident faoliyati misolida yoritilgan bo‘lsa-da, tagida faqat tanqid niyati 

yotmaydi. Ya’ni, tanqid tanqid uchun emas, balki: 



milliy mafkuramiz qanday bo‘lishi kerak; 

milliy va siyosiy doktrinamiz qanday bo‘lishi lozim; 

milliy o‘zligimiz qanday qozoniladi; 

davlat bilan jamiyat munosabatini qanday asoslarga qurish kerak; 

ichki va tashqi siyosatda nima qilsa yaxshi va nima qilsa yomon; 

qonunlar mahalliy xalqlarning urf-odati, o‘zligi va orzu-umidlariga uyg‘un 

bo‘lishi, milliy o‘ziga xoslik asosida huquq va burchlarini ifodalashi lozim... 

kabi mag‘iz masalalarga diqqatni qaratish uchundir. 

                                                

275


 137-izohga qaytadan boqilsin. Aslida, u izohga emas, kundalik hayotga boqishning o‘zi yetadi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

414 


Keyingi yigirma yilda tushib qolgan holatimizni tahlil va muhokama qilar, fikr va 

mulohazalarimni o‘rtaga tashlar ekanman, ikkala oyog‘im bilan ham shu aziz Vatanim 

tuprog‘ida turdim. Buyuk xalqimning va davlatimning irodasiga, orzu-umidigagina 

suyandim. Milliy manfaatlarimizni birlamchi bilib, ko‘nglimdagilarni samimiy ifoda 

etishga harakat qildim. Aslo yotlarga suyanmadim, hech bir davlatga orqa qilmadim. 

Niyatim xolis ‒ Olloh taoloning roziligi bo‘ldi. Xalqimga, Vatanimga, Millatimga, 

Dinimga va Davlatimga xizmatdan boshqa manfaatni ko‘zlamadim. Aslida ham 

bundan boshqa qayg‘um yo‘q. 

Bordiyu ushbu asar bois shaxsimga davlatimdan zulm yetsa, Ollohning panohidan 

o‘zga umidim yo‘q. Biron-bir yot orachilik xizmatini taklif etgan taqdirda ham men 

uning xizmatini chiroyli suratda qaytaraman va: 

“Davlatim bilan mening oramga tushma, masalamizni o‘zimiz hal etib olamiz, 

chunki biz bittamiz, oramizda seni sig‘diradigan ora yo‘q, menga zulm bo‘layotgan 

bo‘lsa, o‘zimning bir bo‘lagim zulm qilyapti, begonaning orachiligiga zormasman!” 

deyman. 


Ha, Olloh nasib etsa, shunday deya olaman! 

Kimgadir asarda mamlakatimizdagi diniy vaziyatga ko‘proq diqqat qaratib 

yuborilganga yoki dunyoviy vaziyatga ham din ko‘zi bilan boqilayotganga o‘xshab 

tuyulishi mumkin. 

Bunday bo‘lishi tabiiydir. 

Birinchidan, men bir musulmon o‘laroq dinimni qattiq sevaman va, tabiiy, 

voqealarga bir musulmon o‘laroq qarayman. 

Ikkinchidan, bugun bir O‘zbekistonda emas, balki butun dunyo siyosatida Islom 

dini va musulmonlarga munosabat oldga chiqdi. Biz esa asosan musulmon xalqmiz, 

mamlakatimiz ham musulmon o‘lkadir. Bu diyorlarda qanday siyosat yuritilmasin, 

nima ish qilinmasin, u yoki bu tarzda musulmonlar hayotiga, diniy vaziyatga ta’siri 

bo‘ladi. 

Boshqacha aytganda, O‘zbekiston yuritayotgan ichki va tashqi har qanaqa siyosat 

bundan keyin, istaymizmi-yo‘qmi, Islom diniga va musulmonlarga qanday 

munosabatda bo‘linayotgani bilan baholanadi. Shunday ekan, davlatning dinga va 

dindorlarga munosabati masalasiga ko‘proq diqqat qaratilgani tabiiy. 

Lekin men bu asarda biron-bir hodisaga din nuqtai nazarini bildirmadim, hech bir 

yo‘sinda sof diniy masalani hal etishga kirishmadim. Zotan unga kuchim ham 

yetmaydi. 

Din ishi nihoyatda hassos ekanini, bu masalada ozgina xato ham yomon 

oqibatlarga olib kelishi mumkinligini bilaman. Men faqat dinning ijtimoiy hayotimizda 

tutgan o‘rni va davlatning bu sohada yuritayotgan siyosatini tahlil etishga harakat 

qildim. Menga ochiq xato bo‘lib tuyulgan siyosat tufayli mamlakatimizda vujudga 

kelgan qaltis diniy vaziyat borasidagina fikrlar bildirdim. Ko‘p yillardan buyon o‘zim 

kuzatib kelayotgan, boshimdan o‘tkazgan va ko‘zim bilan ko‘rganlarimnigina yozdim. 

Sof diniy masalalarda esa men ergashuvchiman, xolos. Olimlarni hurmat qilaman, 

yo‘l-yo‘riqlaridan tashqari chiqmaslikka harakat qilaman.  

Shu munosabat ila bir narsaga urg‘u bermoqchiman: ko‘ksida ozgina vijdoni, 

ko‘nglida ozgina insofi bor hech bir kimsa meni biron-bir oqim yoki tariqatga 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

415 


mansublikda ayblay olmaydi. Chunki men chindan ham u yo‘llarning hech birida 

emasman. Men musulmonlar hayotida keyin o‘rtaga chiqqan har qanday kichik va 

xususiy yo‘llardan “Islom” deb atalgan katta yo‘lni ustun qo‘ygan bir odamman. 

Ollohga ko‘p shukrlar bo‘lsin, men Islom ummatidanman, musulmonman – shu 

birgina sifat menga yetadi. Birgina musulmonlik sifatimni har qanaqa “...iy” va 

“...chi”lardan baland ko‘raman. Har qanday vijdon mening bu tutgan o‘rinimni tan 

oladi va buning teskarisini tuhmat qilmaydi deb o‘ylayman. 

Yozganlarim shaxsiy mulohazalarimdir va men bunda Vatanimga, xalqimga ozgina 

taskin, ozgina yengillik sog‘indim, xolos. 

Yaratgandan bu kitobimni xalqimizga foydali qilishini, bilib-bilmay yo‘l qo‘ygan 

kamchiliklarimni kechirishini, savobini ko‘paytirib berishini umid qilaman. 

2013 ‒ 2014 

 

 

Fikr-mulohazalar uchun oldindan rahmat. 

El.pochtam qutisi:  

nurulloh.uzb@gmail.com



 

Document Outline

  • /
  • Kirish
  • Mustaqillik... shunaqasini ko‘zlaganmidik?
  • Yangi yo‘lmi, yangi dinmi?
  • 16 fevral yoxud chirik davlatning chirkin ishi
  • Adabiyot millatning vijdoni...
  • Ikki buyukning bir buyuk xatosi
  • So‘z erkinligi
  • Muxolifat
  • Demokratiya nima?
  • Men tushunmagan ishlar
  • “Fund Forum jugend”
  • Oq paxtaning qora ishlari
  • Urchitma-chatishtirma partiyalar
  • “Sarig‘i” sariq bo‘lsa, “jiddiyi” sap-sariqdir
  • Oqposhshoga bukilgan bellar
  • Asosiy Qonun (Konstitutsiya)
  • Buyuk Pora Yo‘li
  • Til millatning o‘zagi
  • Qanday kasb odami prezident bo‘la oladi?
  • Tarixdan saboq
  • Chinakam erkinlik sari
  • Chiqish

Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling