Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- “Birinchi”
- “Ilk”
- “Bosh” (Bir ishning boshi)
- “Bir” (Sanoq boshi)
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 360
Idishga solingan bir suv “Gidrolayf”, boshqasi “Bonaqva” emish. Bu nima degani ekan, deb lug‘at titkilasangiz, biri “Hayot suvi”, ikkinchisi “Buloq suvi” bo‘lib chiqadi. Necha zamonlardan beri elga minnatsiz toza suv taqdim etib kelgan buloqlarni egallab, suvini turfa idishlarga qamab pullayotgan “ishbilarmon”lar tilni o‘ylaydimi? Ularga pul bo‘lsa! Ular hech qachon mahsulotiga “Buloq suvi” yo “Hayot suvi” deb ot qo‘ymaydi! Qo‘lbos yorliqlarini qarang: hammasi sovet davridagiday – o‘sha-o‘sha “Moskovskaya”, o‘sha-o‘sha “Doktorskaya”, o‘sha-o‘sha “Dorojnaya”yu o‘sha-o‘sha “Salyami”... Ayniqsa, shu “Salyami”si odamni seskantiradi. Bu xil qo‘lbosning asl vatani Italiya bo‘lib, eshitishimizcha, tarkibiga eshak go‘shti qo‘shib tayyorlanadi va u yoqlarda juda mashhur. Eshak go‘shti italiyonlarga balki haloldir, unga urg‘u berayotganimiz yo‘q hozir, balki ayni eshak go‘shti qo‘shib tayyorlanadigan qo‘lbosning oti “Salyami” bo‘lgani holda biz bu otni jirkanmasdan qabul qilganimizga yig‘laydi yurak. O‘zbekistonda bironta qo‘lbos sexi, agar o‘zi it yo cho‘chqa etini yeb katta bo‘lmagan bo‘lsa, eshak go‘shtini qo‘shmaydi, bunga shubhamiz yo‘q, lekin o‘zbekona-musulmoncha qizg‘anch tuyg‘u qolmaganmi millatimizda, deb o‘kinarkan odam. To‘g‘ri, masalaning boshqa tomoni ham bor: millatparvarligi tutib yo adashib ketib mahsulotiga o‘zbekcha ot qo‘yib yuborsa... G‘arbga va g‘arbcha madaniyatga sig‘inish kechayotgan bugungi ahvolda bozori sinishi ham mumkin. Chunki odamlar olmay qo‘yadi. Oti o‘zbekcha bo‘lsa, uni sotib olmaydigan holga tushdi bu millat. Ajnabiycha otli zaharni ham yutadi, ammo oti o‘zbekcha bo‘lsa, pisand qilmaydi. Demak, tilimiz “moda”dan qolyapti. Yot tillar jozibali ko‘rinyapti. Bu degani, yot tillar bosimi ostida o‘zbek tili asta-sekin muomaladan chiqyapti, deganidir. Eng afsuslanarlisi – toza o‘zbekcha so‘zlarimizni bugun tilimizdan bironta begona millat majburan siqib chiqarmayapti, tilimiz ildiziga o‘zimiz bolta uryapmiz.
Narsa va hodisalarga qiynalmay ot qo‘ya oladigan, har qanday fikrni, tuyg‘uni ifodalashga qurbi yetadigan tillargina mustaqil va kuchli sanaladi. Bu borada o‘zbek tilining ahvoli qanday? Tilimiz hali ham o‘ris tili bosimi ostida majbur qolmoqda, ingliz tili bosimi ostiga ixtiyoriy kirmoqda. Mamlakatlar nomi, millatlar oti hamon o‘rischadan o‘tib qolgan tovushda va shaklda yoziladi. Tilimizda “” (yumshatish belgisi) yo‘q, ammo o‘ris tilida bor bo‘lgani uchun aynan olganmiz va qo‘llaymiz. Xalqimiz qattiq “l” bilan “palto” (kerak bo‘lsa, “palta”) deydi, yozuvda esa, “l”ni o‘rischalab, “palto” yozamiz. Lotin imlosida bu xato qisman o‘nglandi, ammo jug‘rofiy nomlar haligacha o‘rischaligicha qolmoqda: “Nyu-York”, “Shri-Lanka”, “Koreya”, “Vetnam” va hokazo.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 361
O‘rislar o‘zining mustaqil tili hususiyatidan chiqib kelib, joy nomini o‘sha yerda yashovchilar qanday atashidan qat’i nazar, o‘z talaffuz va yozuv qoidalariga moslab olgan. “Nyu-York”dagi “N”dan keyin “” harfini orttirganlari yetmay, o‘rtaga “-“ belgisini ham qo‘shib yozgan. O‘zbek tilida esa, nazariyasiga quloq solsangiz, bunaqa yozish til tabiatiga ters hisoblanadi: birinchidan, bizning tilimizda ham biri to‘mtoq, biri yumshoq tovushlar bordir, lekin yozuvda to‘mtoqlash yo yumshatish belgilari yo‘q; ikkinchidan, hech qanday so‘z yoki bo‘g‘in ikki va undan ko‘p undosh tovush bilan boshlanmaydi ham, tugamaydi ham – oldidan yoki o‘rtaga bironta unli tovush orttiriladi. Mas, “stakan” emas, “istakan” yoki “istikon”; “Stambul” emas, “Istanbul”; “stol” emas, “ustal” kabi; uchinchidan, oraga chiziqcha qo‘yilmaydi. “Shri-Lanka”dagi chiziqcha ham faqat o‘ris tilida bor. O‘rislar ko‘p so‘zni ikkiga bo‘lib, o‘rtasiga chiziqcha qo‘yib oladi. “Olmaota”ni “Alma-Ata”, “Yunusobod”ni “Yunus-Abad”, “Oqtepa”ni “Ak-tepe” yoki “Aktyubinsk” deb olganidek. O‘zimizni tilimiz xususiyatidan kelib chiqsak, “Shri-Lanka”, “Kuala-Lumpur” kabi joy nomlari o‘zbekchada bemalol “Shirlanka”, “Kuvalalumpur” deb qabul qilinsa bo‘laverardi. Ammo, afsus, tilimizning hozirgi qaram holatiga omma allaqachon ko‘nikdi va ko‘ziga o‘zbekona ifoda hatto begonaday ko‘rinishi ham mumkin. O‘rislar “Qo‘qon”ni o‘zlarining tiliga moslab “Kokand”, “Farg‘ona”ni “Fergana”, “Ohangaron”ni “Angren” deb olsa, hech kim hayron bo‘lmaydi, ammo bittamiz til mustaqilligiga intilib “Maskov”, “Erqut” (Irkutsk), “O‘mba” (Omsk), “To‘mba” (Tomsk), “Shirlanka” va “Kuvalalumpur” deya boshlasak, boshqamiz darrov tixirlik qilamiz. Holbuki, o‘zbek tili ham agar to‘la mustaqil bo‘lishni va asl ildiziga qaytishni istasa, tilimiz o‘zigagina xos aytilish va yozilish qonun-qoidasini tiklashi kerak. O‘rislashtirish siyosati tufayli bu qoidalar buzildi, izdan chiqdi. Endi tilimiz maqomini qaytadan ko‘tarish uchun chetdan so‘z qabul qilish va chet so‘zlarni o‘zbekcha talaffuz etish yo‘l-yo‘riqlarini ilmiy asosda ishlab chiqishimiz lozim. Bu masalada tilshunoslik ilmi o‘z so‘zini aytmayapti, til taqdirini omma ixtiyoriga to‘la tashlab qo‘ygan. Tashlab qo‘yilgani oqibatida bugun ko‘cha va bozor asli o‘zbekcha “Turkiya”ni ham o‘rislardan olib “Tursiya”, “Suriya”ni “Siriya” deya boshladi. Millat o‘laroq karisni og‘zaki aytishda “karis” deymiz, yozuvda “koreys” deb o‘rischa yozamiz va hamon qaramligimizni bildirib qo‘yamiz. Ya’ni, o‘zbek tili hanuz to‘la mustaqillikni qayta qo‘lga kirita olmayapti. Bu aytilganlar asosan nazariy masalalardir. Amaliy tomoniga kelsak, bugun tilni ifloslantirishda ommaviy axborot vositalari ham ancha-muncha hissa qo‘shayotganini ko‘ramiz. Bugun OAV tilga zaruratsiz kiritilgan, elimizga yot “globalizatsiya” (hech bo‘lmasa “globallashuv” bo‘lishi kerak edi!), “modernizatsiya” (yangilash, zamonaviylashtirish),
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 362
“investitsiya” (sarmoya yoki pul kiritish, sarmoya yotqizish), innovatsiya” (yangilikni kiritish), “innovatsion loyihalar” (yangi loyihalar), “konsepsiya” (g‘oya, yo‘l v.b.), “stend” (devoriy ko‘rgazma), “fermer” (dehqon), “infratuzilma” (ajnabiy “infrastruktura”ning chala tarjimasi, aslida, “turli tuzilmalar” desa bo‘ladi), “biyennale” (ikki yilda bir o‘tkaziladigan ko‘rgazma, ijodiy ko‘rik), “evakuatsiya” (ko‘chirmoq), “iqtisodimiz lokomotivlari” (ilg‘orlari), “auksion savdo” (kimoshdi savdosi), “reglament” (ish tartibi, kun tartibi...), “aksiya” (pay, hissa, ulush; tadbir)... kabi yuzlab, minglab so‘z va birikmalarga to‘lib ketdi. Bu begona so‘zlar “Xalq so‘zi” gazetining ikkita sonidan ko‘zga ilinganlari, xolos. Bunaqa buzuqlik ayniqsa til tozaligi uchun qayg‘urishi farz bo‘lgan “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati”day gazet sahifalarida ham uchrasa, odamga alam qilarkan: 2011 yil 28 o‘ktabir 44-sonida: “Biyennale davom etmoqda” deb sarlavha qo‘yilibdi! Bugun “biyennale”, ertaga “triyennale” (uch yilda bir bo‘ladigan ko‘rik- ko‘rgazma), indinga yana boshqa so‘z kirib kelaveradimi tilga? Hafsala qilsa, har kim boshqa gazet-jo‘rnollarni ham ko‘zdan bir kechirsin. Yana bitta bosqinchi so‘z “evakuatsiya”dir. Ilgarilari u yer-bu yerda quloqqa chalinib turardi, yaqinlardan beri tilimizga muqim o‘rnashdi. Tele, radio tinimsiz aytib, matbuot yozib yotibdi. Urush yoki tabiiy ofat yetgan yerlardan ko‘chirilgan aholi haqida xabar berarkan, “ko‘chirildi” demay, “evakuatsiya qilindi” deyilyapti. Bu so‘z ham xalq ongiga singib bo‘ldi. Bir gal televideniyeda nufuzli lavozimda ishlaydigan ziyoli, adabiyotchi tanishimga: “Bu qanaqa gap, tilning darvozasi qolmadi-ku, «Aholi tinch joylarga ko‘chirildi», deyilsa, xalqimiz tushunmay qoladimi?!” desam, o‘ylab ham o‘tirmay: “Bilasizmi, «evakuatsiya» so‘zida uyushqoqlik, tashkillashtirish ma’nolari bor, «ko‘chirildi» so‘zida bu narsa yo‘q”, dedi. Nega yo‘q bo‘larkan, bor! Bor bo‘lganida ham, «evakuatsiya»dan chiroyli, boy va keng ma’nolarni beradi! «Ko‘chmoq» fe’lidan yasalgan «ko‘chirildi» so‘zida uyushqoqlik, uyushib qilingan harakat ma’nosini ko‘rmaslik borib turgan johillikdir! “Odamlar tiraqaylab qochib ketdi”, deyilmayapti, “Ko‘chirildi”, deyilyapti, axir! Bu so‘zda ko‘chishni kimlardir tashkillashtirayotgani ham sezilib turibdi! Ayb so‘zimizda emas, o‘zimizdadir. Yetti yot begona so‘zlarga ayricha “ma’no”lar yuklab, o‘sha yo‘q “ma’no”larning quliga aylanib qolgan, ammo o‘zimizning so‘zlarda u ma’nolarni ko‘rmayotgan bizlarda ayb! Bu holni tilga e’tiborsizlik desak juda yumshoq aytgan bo‘lamiz, o‘zbek tiliga ochiqdan-ochiq ishonchsizlik, tushkunlik bu! Tushkunlik judayam xavfli holat. Yurtning ishongan bir “ziyoli”si o‘zbek tili qobiliyatiga ishonmasa, ko‘chadagi quruvchidan yo bozorchidan nimani kutamiz?! Aksincha, millatning oydin kishilari, ayniqsa yozuvchi-shoirlar, matbuot birinchi galda tilning bog‘bonlari, kerak bo‘lsa, qorovullari bo‘lishi lozim emasmi?! Bugun Alisher Navoiy hazratlari tuyqus tirilib kelsalar, bir zamonlar turkiy tilning ifoda va ma’no imkoniyatlarini ko‘rsatib, millatni tushkunlikdan asrab qolgan u zot
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 363
bugun o‘z tiliga ishonchsiz bo‘lib qolgan “ziyoli” nevaralari holini ko‘rsalar, faryod chekib yubormasmi edilar?! Xo‘p, tilimizdagi buzilishlarga kim javob beradi? Bir yondan qarasangiz, hamma aybli. Chunki odamlar tilini asramayapti... odamlar o‘ylab o‘tirmasdan begona so‘zlarni muomalaga kiritib yuboryapti... odamlar o‘zini, o‘zligini qadrlamayapti... odamlar... Boshqa yondan qarasangiz, hech kim javob bermaydi, chunki dunyoda toza til bo‘lmagani va ular doim o‘zgarib turgani kabi, o‘zbek tilini ham eski holida ushlab turib bo‘lmaydi: ayrim so‘zlar iste’moldan chiqadi, o‘rniga yangi so‘zlar kiradi ‒ tarixda shunday bo‘lgan, bundan keyin ham shunday bo‘ladi, bunga dod-voy solgan bilan foyda yo‘q... Ikkala fikrda ham jon bor, ammo alohida-alohida olganda ikkalasi ham tosh bosmaydigan bahonalardir. Ayniqsa ikkinchi bahona o‘z aybini tan olmaslikdan, qo‘limizdan nima kelardi degandek taslimiyatchilik kayfiyatidan tug‘ilgan. Yuzaki qarasa to‘g‘ri, mohiyatda xato fikrdir. Bu haqda ko‘p dalil keltirsa bo‘ladi, lekin bahsimiz uslubi ilmiy-nazariy emas, ko‘proq ijtimoiy-ruhiy bo‘lgani uchun so‘zimizni shu yerda kesamiz. Biz aytmoqchi bo‘layotganimiz: ayni mana shunaqa bahonalarning oldini olish uchun o‘rtaga davlat kirishi, to‘g‘rirog‘i, o‘rtada hamisha davlat turishi kerak. Ayniqsa, bir til zug‘umi ostidan pati yulingan holda chiqib boshqa kuchli tillar qarshisida diydirab paydo bo‘lib qolgan bizning tilimizga o‘xshagan tillar davlatning himoyasiga juda muhtoj. Jamiyatdagi har bir hodisani odatda davlat boshqarib-kuzatib turganidek, tilni ham tashqi ta’sir qarshisida yolg‘iz tashlab qo‘yib bo‘lmaydi. O‘zini tanigan, tilini ardoqlagan davlatlar bu masalada qattiq turadi. Til qonunlari bekorga qabul qilinmaydi-ku, axir! Qonun himoyachisi davlat bo‘lganidan keyin, demak, uning ishlashi yo ishlamasligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat javob berishi kerak. Chunki davlat tilining ahvoli davlatdan so‘ralmay, kimdan so‘ralsin?! Til qonuni respublikada to‘laqonli ishlamayotgani va o‘zbek tilimiz yigirma yil ichida bu darajada buzilib ketgani davlatning o‘z vazifasini oqilona bajara olmaganini ko‘rsatadi. Til tozaligini saqlash, kelajak nasllarga kuchli, mustaqil, yashovchan, o‘tmishdan uzilmagan, kelajakka ham dovdiramay dadil boqa oladigan tilni qoldirish ko‘proq bu masalada davlat o‘zini qanday tutishiga bog‘liq bo‘ladi.
Kishida bironta kasallikka chidam qobiliyati kamaysa yo yo‘qolsa, tanasi o‘sha kasallikka chalinuvchan bo‘lib, unga qarshi kurasholmay qoladi. Til ham xuddi shunday: o‘zini saqlash qobiliyatini yo‘qotsa, chekkadan bostirib kirgan har qanday “axlat”ni qabul qilib olaveradi. Tilga munosabatda tushkun kayfiyat shuning uchun ham xavflidir, bunday holatdan qancha tez qutulsak, shuncha yaxshi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 364
Ollohga shukr, tilimizning o‘zini saqlash qobiliyati, ancha kuchsizlanib qolgan demasa, hali-hozir butkul yo‘q bo‘lib ketmagan. Bir oz unutilgan, ishga solinmayapti, lekin bor. Bu qobiliyatni qo‘zg‘ab, til sandiqlarimizni titkilashga va ota-bobolarimizdan qolgan turkona so‘zlarimizni izlab topishga ozgina xafsala kerak, xolos. O‘zimiz yalqovmiz. So‘zlayotganimizda yo yozayotganimizda, aytmoqchi bo‘lgan fikrlarimizni o‘zimizning tilimizda ham jaranglatib ifodalasa bo‘ladimi-yo‘qmi deb o‘ylab ko‘rishga- da erinamiz va tilimizning ichkari (mahram) hovlisiga, surishtirmay-netmay, ichkarining ehtiyot chorasini ko‘rmay, chetdan yot (nomahram) so‘zlarni osongina kiritib yuboraveramiz. Xo‘sh, nima qilsa til toza saqlanadi, obro‘yi ham ko‘tariladi? Bu masalada “birinchidan”, “ikkinchidan”... “to‘rtinchidan”... “o‘ninchidan”... deb ancha chora-tadbirni aytsa bo‘ladi. Eng muhimi – til milliy davlatchilik asoslaridan biri ekanmi, birinchi galda davlat tilni doimiy himoyasiga olishi kerak. Zamon o‘zgardi, yangi shart-sharoit yuzaga chiqdi, endi Til to‘g‘risidagi oldingi qonun ham eskirdi. Yangi zamon, yangicha sharoitlar til sohasida ham deyarli har kuni yangi-yangi masalalarni o‘rtaga qo‘yyapti. Yigirma yillik tajribalardan chiqib kelib, bugun til haqidagi qonunni tubdan yangilashimiz, yanada takomillashtirishimiz lozim. Bu qonunda, jumladan, joy nomlarini, atamalarni, chetdan kirayotgan so‘zlarni yozuvda qanday ifodalash yo‘l-yo‘riqlari, unutilib ketayotgan so‘zlarni asrab qolishning choralari, chekkadan so‘z qabul qilish tartiblari mayda-chuyda nuqtalarigacha hisobga olinishi, mustahkam chegaralar qo‘yilishi kerak. Buning ustiga, keyingi yillarda hayot imlo qoidalariga ham jiddiy o‘zgartishlar kiritishni taqozo etyapti. Hozirgi lotin alifbosi asosida yaratilgan imloda ancha-muncha kamchilik borligi bilindi. Davlat xuddi shu jarayonni nazoratiga olib, boshqarib turishi kerak. Bu ish nihoyatda dolzarbligidan hozirgi pallada til bilan shug‘ullanadigan maxsus vazirlik tashkil qilsa ham arziydi hatto. Bugun ilm, fan, madaniyat, texnika juda tez yuksalyapti. Bu jarayon ichida yangi-yangi so‘zlar ham bostirib kirib kelyapti tilimizga. Birgina kamputir yo qo‘l tilponini oling. Hali bularning “tili” o‘zbekchalashtirilmadi! Taklif qilayotganimiz vazirlik qoshida moddiy-texnik yangiliklarga tegishli maxsus o‘zbekcha lug‘at tuzadigan, bu ish bilan har kuni shug‘ullanadigan ishchi guruhlar bo‘lishi kerak. Biz bu borada allaqachon kechikib bo‘ldik: tilpon va kamputir amallarini boshqaradigan til yana-tag‘in o‘rischa bo‘lib qoldi. Xalqimiz og‘zidagi “SMS yoz”; “Layk bos”; “Soxranit qil”; “Falonchining profili”; “Otpravitni bos”, “share”, “teg”, “Podelitsya qildim” (va hokazo) kabi yuzlab ifodalarga bugun quloqlarimiz o‘rgandi. Tilpon va kamputir tili o‘z vaqtida va qulay holda o‘zbekchalashtirilmagani natijasida odamlar tiliga topshiriqlarning o‘rischa-inglizcha shakli o‘rnashib bo‘ldi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 365
Bu masalani oddiy odamlar o‘ylamaydi. Boshidanoq davlat o‘ylashi kerak edi. Chunki bu ish davlatning bo‘ynida. Tilni o‘ylasa, pulni ayamasdi. Afsus, davlatimiz muammoni arzimas sanadi va bu sohada tilimizni boy berib, taraqqiyotga qurbon qilyapti. Hali ham kech emas. Takror aytaman: vazirlikmi yo boshqa bir nomdami maxsus tuzilma tashkil etib, ishni til bilag‘onlariga topshirish lozim. Boshqarish nimaga kerak? Til hodisalarini boshqarib bo‘lmaydi deydiganlar, do‘st bo‘lsa, xato qiladi, dushman bo‘lsa, tilimizni buzish uchun atay shunday deydi. Til ham boshqariladi va boshqaruvga muhtojdir. Masalan, chetdan kelayotgan tovarlar yurtga rosa tekshirib kiritiladi. Buning uchun maxsus bojxonalar bor. Qonunga qaraladi, shu tovar mamlakatga kirsa bo‘ladimi yoki taqiqlanganmi – o‘rganiladi. Taqiqlangan bo‘lsa, chegaraning o‘zidayoq ushlab qolinadi, kiritilmaydi. Ustiga ustak, qonunda taqiqlangan tovarni kiritmoqchi bo‘lganlarga qarshi jazo choralari qo‘llanadi: moli musodara qilinadi, egasiga jarima solinadi... va hokazo. Nega tilimizning bojxonasi bo‘lmasligi kerak? Til qonuniga tegishli moddalarni bitaylik-da, chekkadan kirishga urinayotgan har bir so‘zni til bojxonasidan o‘tkazdiraylik. Buni faqat davlat qila oladi. Kirayotgani ham marhamat qilib bojini to‘lab qo‘ysin, o‘zining maqomini bilsin, mezbon tilni hurmat qilsin, ana undan keyin kirsin. Qolganlari chegaradanoq vataniga qaytib ketaversin. Bu tajriba boshqa davlatlarda bor. Til qonunini ishlayotganimizda (“Qayta qurish” pallalari) “Pravda” gazetida o‘qigan edim: Faransaning til qonuniga ko‘ra, ommaviy axborot vositalarida bo‘ladimi, ilmiy, badiiy asarlarda yoki atamalarda bo‘ladimi, chetdan kiradigan so‘zlarga besh foiz (5%)lik chegara qat’iy qilib qo‘yilgan. Shundan ortib ketsa, muallif va noshir jarima to‘laydi. Muhimi – har bir farang eng oldin jarimagacha bormaslikka, o‘z tilini asrashga harakat qiladi, hurmat qilishga o‘rganadi. Ayrim olimlarimizda, chetdan so‘z qo‘shilsa tilimiz boyiydi-ku, kirsa nima qipti, degan xato tushuncha bor. Bir tilda bor so‘z ustiga kirayotgan yot so‘z hech qachon tilni boyitmaydi, aksincha, surib chiqarishi bilan bosqinchilik qilgan bo‘ladi va mezbon tilni qashshoqlashtiradi. Xuddi bugun “ko‘chirmoq”ni “evakuatsiya”, “qorovul”ni “sekuriti” so‘zlari siqib chiqarayotgani singari. Fikrimizni bitta “avval” so‘zi misolida ochiqlashga harakat qilamiz. Shu bitta so‘zni o‘rinli-o‘rinsiz qo‘llayverishimiz natijasida tilimiz necha martaga kambag‘allashib ketganini o‘zingiz ko‘ring: 1. “Birinchi” ma’nosida. Nimagadir “Birinchi keldi” demaymiz, “Avval keldi” deymiz.
2. “Birinchidan” ma’nosida. Arabchada “avvalan... sanian... salasan...” deb sanaladi, bizda “birinchidan... ikkinchidan... uchinchidan...” deyiladi. Lekin biz ko‘pincha, “birinchidan”ning o‘rniga “avvalo”ni ishlatamiz. 3. “Ilk” ma’nosida. Nimagadir “ilk fikr”, “ilk palla”, “ilk kunlar” (va hokazo) emas, “avvalgi fikr”, “avvalgi vaqt”, “avvalgi kunlar” deyishga odatlanganmiz.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 366
4. “Oldin” ma’nosida. “Men sendan oldin keldim” emas, “Men sendan avval keldim” deymiz. “Oldin sen o‘zingni tanishtir” desak o‘zbekcharoq bo‘lardi, lekin biz negadir “Avval...” deb boshlaymiz gapni. 5. “Burun” ma’nosida. “Eldan burun turib olib...” degan ifoda ko‘pincha “Eldan avval turib olib...” tarzida so‘zlanyapti. 6. “Eski” ma’nosida. “Eski ishlar” yaxshi emasmi? Nimaga uni “Avvalgi ishlar” deyishimiz kerak? 7. “O‘tgan” ma’nosida. “O‘tgan gaplarni kavlama” deyishimiz mumkin bo‘lgan yerda “Avvalgi gaplarni kavlama” deyish ham tilni kambag‘allashtirishga kiradi. 8. “Bosh” (Bir ishning boshi) ma’nosida. “Yig‘ilish boshidan...” deb boshlasa bo‘ladigan jumlani “Yig‘ilish avvalidan...” deb tuzamiz. 9. “Bosh” (Vaqtning boshi) ma’nosida. “Boshidan beri...” o‘rniga “Avvaldan beri...” qo‘llanadi. 10. “Bir” (Sanoq boshi) ma’nosida. “Bir boshdan sana!” ‒ “Avval boshdan sana!” 11. “Bir” (Tartib boshi) ma’nosida. “Qani, bir boshdan gapirib ber-chi” deyish mumkin va zarur bo‘lgani holda tilimiz “Qani, avval boshdan gapirib ber-chi” deb jumla tuzishga kelishib qoldi. 12. ...
Yo‘lakay esimga kelganlari shu bo‘ldi, kimdir bu misolni yana davom ettirishi mumkin.
“Avval” so‘zi allaqachon o‘zbekchalashib ketgan, gap uni tilimizdan siqib chiqarish haqida ketayotgani yo‘q. Aksincha, bo‘lak biron so‘z uning o‘rnini bosa olmay qolganidagina ishlatish kerak demoqchimiz. Tepada sanaganimiz o‘n bitta so‘z matnda yo nutqda kelganida har birining ikkinchisiga o‘xshamagan rangi-tusi bor. Mana shunaqa rang-tuslar bilan til boy hisoblanadi. Endi o‘n bitta so‘z o‘rniga bitta so‘zni qo‘llashga o‘tib ketsak, til bitta shu ma’noning o‘zida o‘n bir martaga kambag‘allashgan bo‘ladi. O‘n birovini o‘rni-o‘rni bilan faol ishlatgan taqdirimizda ham bordiyu bir o‘rinda “avval” so‘zisiz ishimiz bitmay qolsayu uni qo‘llasak, shundagina chetdan qo‘shilgan so‘zni “tilni boyityapti” desa bo‘ladi. Mustamlaka sharoitida tilga tegishli qonun-qoidalar mohiyatida qaram tilimizni iloji boricha o‘rislashtirish siyosati yotardi. Unga ko‘ra, masalan, o‘ris tilidan va o‘ris tili orqali Ovrupa tillaridan kirgan so‘zlar tilni boyitadi deb o‘qitishardi va, boshqa bir qoidaga ko‘ra, chetdan kirgan so‘zlarni egasi qanday talaffuz etsa, o‘zbek tilida ham aynan o‘shanday aytilishi talab etilardi. Haligacha shu mustamlakachi, qalbaki va xavfli “ilm” ta’siridan qutulib keta olmayapmiz. Aslida esa: birinchidan, tillar ichki imkoniyat (shevalar, qardosh va qarindosh til)lar hisobiga boyiydi, chekkadan so‘zlar chorasizlikdan kiradi va kirganlari hammasiyam tilni boyitavermaydi; Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 367
ikkinchidan, agar chetdan biron-bir so‘zni kiritishga majbur bo‘lib qolinsa, mezbon til u so‘zni o‘zining talaffuz qoidasiga moslab, ya’ni, o‘zlashtirib, “o‘zbekchalashtirib” qabul qiladi. Masalan, bir paytlar o‘rischa “podryad”, “arestant” so‘zlari “pudrat”, “ariston” deb, ajnabiycha “velosiped” so‘zi “valasapit” deb, arabcha “muslimun” so‘zi “musulmon” deb (va h.k.) qabul qilingani kabi. Shunday holdagina boyish haqida gapirsa bo‘ladi. Ommaviy axborot vositalarida tilni asrash, holatini yaxshilash bo‘yicha tinimsiz targ‘ibot-tashviqot ishlari yuritilib, har xil til o‘yinlari tashkil etib, til qayg‘usini xalq harakatiga aylantirib yuborsa bo‘ladi. Shunda, Olloh xohlasa, besh-olti yil ichida tilimiz ancha-muncha tozalanib, milliylashib, qaddini tiklab, mustaqillashib olardi. Tilni asrash bo‘yicha xalq harakatini tashkil qilsa bo‘lishiga yaqin kechmishdan bir misol:
O‘tgan asr saksoninchi yillari “Yoshlik” jurnali tahririyatida ishlab yurgan kezlarim maxsus “Til sandig‘i” degan rukn ochdim. Tilimizdan va yozuvimizdan tobora tushib qolayotgan, kundalik muomaladan asta-sekin chiqib ketayotgan (sovet davrida “arxaik” – “eskirgan” degan tamg‘a bilan atay siqib chiqarilayotgan), lekin xalq tilida shevalar ko‘rinishida yashab turgan nodir so‘zlarni to‘plashni orzu qilgan edim. Xalq qo‘lladi, xatlar yog‘ilib ketdi, tanlab, jo‘rnolning har sonida e’lon qilib bordim – til harakati yuzaga keldi. Tesha tegmagan yuzlab so‘z topdik. Afsus, ish joyim o‘zgarib, niyatimni oxirigacha amalga oshira olmay qoldim, lekin sovet davrida tilimizning boyligi va boyish manbalarini ko‘rsatib qo‘yganimiz bugungi gaz bilan o‘lchaganda ham katta ijobiy hodisa bo‘ldi. Harholda, xalqimiz tilida hamma narsaga mustaqil ot qo‘ya bilish, hamma hodisani o‘zbekona ifodalay olish qobiliyati borligi ochiq bilindi va bildirildi. Til xalqning og‘zida yashashini, odamlar bir so‘zni aytmay qo‘ysa, til oldiniga kambag‘allashishi, bora-bora o‘lishini so‘zimizning boshida aytdik. Chindan ham, biron narsa yo hodisaga mustaqil ot qo‘ya olmagan til ojiz va notavondir. Ollohga shukr, o‘zbek tilimiz hozir ham juda unaqa ojiz, notavon bo‘lib qolgani yo‘q. Unga ilgarigi qudrati, qobiliyati eslatilsa, bir silkinib, o‘zini o‘nglab olishiga ishonchim komil. Bundan o‘n yilcha burun qishloqlarimizda juda mayda, oqish bir hashorat paydo bo‘lib qoldi. Bir jiyanim gap orasida uni “kepakchivin” deganday bo‘ldi. Oldin kepakchivinni ko‘rmagan ham, eshitmagan ham edim. Aytishicha, bu hashorat g‘o‘zalarga bog‘liq bir sabab bilan keyingi zamonlarda chiqqan. O‘zi kepak zarrasiday kichkina, ko‘zga elas-elas ko‘rinadi, tovushi ham yo‘q, lekin chaqishi chivinnikidan battar. Shu hashoratga hamqishloqlarim “kepakchivin” deb ot qo‘yishibdi. O‘ksik ko‘nglimga bir malhamday tuyuldi. Xayriyat, tilimizda narsa va hodisalarga ot qo‘yish qobiliyati to‘lasicha so‘nib ketmabdi! Demak, hali umid bor. Inshaolloh, o‘zbek tili eski layoqatini tiklaydi, o‘lmaydi. Yuraklarimizni yayratib, aqllarimizni shoshirib, to qiyomatgacha yashaydi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling