Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Zamon muolaja zamoni, yig‘i zamoni emas. Bugun bo‘linish zamoni ham emas, ahillik zamonidir.
- Bu kunlar
- Asosiy Qonun (Konstitutsiya)
- Pul chiqarib pastga sochib yuborishdan maqsad keyin uni tepada o‘tirib yig‘ib olish
Bu kunlar
www.nurullohuz.com 338
Shu kunlarda mo‘min-musulmon bir-biri bilan “ahil-inoq”, nisbatan tinch yashayotgan ekan, bu ahillikka davlatning bosimi ostidagina erishilganini tan olishimiz kerak. Alam qiladigan tomoni ham shu: mo‘min-musulmonlar eslarini yig‘ib olishlariga “Ey musulmonlar!” degan hayqiriq yetmadi! “Ey imon keltirganlar!” degan chaqiriq kamlik qildi! Albatta, davlat kerak bo‘ldi, bosim kerak bo‘ldi! Balki “Fosiqning qo‘li bilan ham dinni yuksaltirish” qoidasiga mana shu holimiz yorqin misoldir. Ya’ni, davlatimiz qilayotgan ishi ilohiy taqdir nuqtai nazaridan xayrli natija berayotganga o‘xshaydi. Bu tomonini ham hisobga olish va unutmaslik kerak. O‘tmishda yetakchilari, yo‘lboshchilari Oqposhshoga ta’zim qilib shon-shavkati va or-nomusini boy bergan millatni boshqalar oyoq uchida ko‘rsatadigan bo‘lib qolgani kabi, bugun ham olimlari va yetakchilari timsolida obro‘yini to‘kayotgan qavmni kim hurmat qilardi?! Bunday ahvolda zulmga uchrashimiz tabiiy. Zulmga uchragan va har kuni zulm ostida ezilayotgan 237 musulmon asosiy sababni faqat zolimdan axtarmasin, birinchi galda o‘zini tekshirib ko‘rsin. Ichki sirni zolim- dushmanga bildirib qo‘ydimi, endi uning zulmidan nolib yurish insofdan ham, aqldan ham emas. Foydasizligidan tashqari, haqsiz hamdir. Kasal bo‘lsak, bundan battar bo‘lmas, lekin endi behuda oh-voh qilib yotgandan foyda yo‘q. Shartta turib davolanish choralarini axtarish kerak.
Bo‘linish kuya kabi din arqonini yeydi, ummatni kuchsizlantiradi, aksincha, dushmanni kuchlantiradi. Ayniqsa, millat olimlari birikmasa, obro‘ talashsa, martaba talashsa! O‘tgan asr 80-yillari oxiri va 90-yillari boshida xalqimizda ko‘rilgan dinga talpinish harakati so‘nib-so‘nib, bugun dindan sovish, hatto dinga dushmanlik holatiga do‘nayotgan ekan, buning sababini, teparoqda aytilganidek, faqat davlatdan, davlatning dinga qarshi tavridan ko‘ravermaslik kerak, aybning ko‘prog‘i va og‘irrog‘i musulmonlarning o‘zlariga va yetakchilarimiz yelkasiga tushadi, albatta 238
. O‘ylashimizcha, hali ham fursat to‘la boy berilmadi, olimlar agar ilmida va dinida samimiy bo‘lsa, “Bizdan qanday xatolik o‘tdi ekan boshimizga bunday balolar
236 Misolini bugun Islom olamida ko‘plab ko‘ryapmiz. Afsus... 237 Musulmonni e’tiqodiga ko‘ra yashatmaslik eng katta zulmdir: hijobga qarshi kurash, odamlarning namoz o‘qish imkoniyatlarini cheklash... va h.k.z. 238
Siyosatshunos tadqiqotchi Kamoliddin Rabbimov “Musulmon dunyosining fundamental muammosi – hokimiyat avtoritarizmi” maqolasida Islomning ijtimoiy holati haqida bunday yozibdi: “...Har qanday hukumat, u hokimiyatga qanchalik legitim (mutlaq ko‘pchilik qo‘llab-quvvatlovi natijasida) va legal (joriy milliy va xalqaro qonunlar asosida) kelmasin, vaqt o‘tishi bilan jamiyatning yangi ehtiyojlari va manfaatlari paydo bo‘ladiki, uni eskirayotgan hukumat amalga oshira olmaydi. Har qanday hukumatki, u islom diniga posbon bo‘lishi bilan, musulmonlarning boshqa manfaatlarini ifoda etishga qurbi yetmasa, jamiyat undan yashirincha yoki oshkora nafratlana boshlaydi. Shu sabab, masjidlar, ulamolar va musulmonlar erkin faoliyat ko‘rsatayotgan jamiyatda hokimiyat muttasil almashib turmas ekan, masjidlar Ollohni emas, hukmdorlarni madh qiluvchi maskanga, ulamolar esa “sulton ulamolari”ga aylanadilar” (Faransa. 2009 y.04.09. www.yangidunyo.com ).
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 339
yog‘ilyapti, oxiri ko‘rinmaydi?!” deya jiddiy bosh qotirishlari, xatolarini topishlari, tez tuzatishlari kerak. Ko‘p narsa biladilar, shu bilganlariga eng oldin o‘zlari amal qilishga o‘tishlari lozim. Ey Olloh, bizlarni o‘z holimizga tashlab qo‘ymaganingga, bo‘layotgan bu ishlar Sening irodang va hikmatingga ko‘ra bo‘layotganiga, sirtdan zulm bo‘lib tuyulayotgan bu ko‘rgiliklar Sendan kelayotgan ayni adolat ekaniga – zolim qo‘li-la bizlarni tarbiya qilayotganingga zarracha shubhamiz yo‘q. Ahvolimizni o‘ngla. Bizlarga O‘zingdan chin qo‘rqadigan, xolis O‘zing uchun xizmat qiladigan yetakchi olimlar yo‘lla va ular vositasida bizlarni To‘g‘ri Yo‘lga sol! Ey Tirik (Hayy), ey Turgizuvchi (Qayyum) zot! Rahmatingdan umid qilib Sendan yordam so‘raymiz! Sensiz va Sening yordamingsiz holimiz xarob...
!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!! !!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!!
???????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ?????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 340
??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ??????????????????????????????????????????????????????????????????????????????? ?????????????????????????????????????????????????*
Bu yil (2012) erta bahorda Eski Jo‘va bozoridan 4 (to‘rt) tup anjirxurmo ko‘chati sotib olgan edim, bahori bilan kutdim, ko‘karmadi. Bilag‘onlar aytishicha, ayrim olchoq ko‘chatchilar yanagi yil ham bozorlarini qizdirish uchun ko‘chatning ildizini qaynoq suvga bir botirib olarkan. Sotib olasiz, ekasiz, u bo‘lsa, kurtagi nish ham urmaydi. Yer bir yil uvol ketadi hisob. Ko‘klamagan tupning tubiga tupurishdan boshqa ilojingiz qolmaydi. Bo‘lak toifa bilag‘onlar aytishicha, ko‘chatning bo‘ladigani bilan bo‘lmaydiganini yoz chillasi ayirib berarkan. Nima ham qilardik, chillaga oz qoldi, poylaymiz: ko‘karsa ko‘kardi, ko‘karmasa, ota-buvamizning qilganini qilamiz ‒ yanagi bahorni kutamiz. Xuddi xurmo ko‘chati kabi nimagadir ushbu “O‘n beshinchi ko‘chat” ham ko‘karmay qoldi. Bo‘lmasa tomiri qaynoq suvga botirilmagan, vaqtida ekildi, suv quyildi, ya’ni, mavzu tayyor, fikrlar ham bor edi. Qog‘ozga tushish-tushmasini qaysi chilla ayirib berarkin? Ammo-lekin bunisi boshqacha bob edi-ya! Asosiy Qonunimiz tug‘ilishidanoq manglayi sho‘r bo‘lib tug‘ilganiyu hayotda mutlaqo ishlamay davlat tokchalarida chang bosib yotishlaridan, zamon epkinlarida evrilishlariyu chevrilishlaridan, bir yilda bor-yo‘g‘i bir martagina eslanishlaridan... va shu kabi savdolardan hikoyat aylardi o‘ziyam! Yoz chillasi o‘tdi, qish chillasi ham o‘tdi, baribir yozilavermadi. Keyin o‘ylab qarasam, bu bob aslida hozirgiday yozilishi kerak ekan va shunaqa yozildi. So‘roq- undov belgilari qanday ma’no tashishini ziyrak o‘quvchilar oldingi boblardan anglab olishgan, albatta. Chapanichasiga aytilsa, O‘zbekistonda Asosiy Qonun nomiga bor, aslida ishlamaydi. Ya’ni, cho‘pi bor-u, ko‘karmaydi. U yozilganu o‘sha zahoti tomiri qaynoq suvga botirib olingandek. Hamma modda chiroyli, lekin quruq, qup-quruq so‘zlar ‒ po‘stini tirnasangiz, nami yo‘q. 2015 yil 29 martida mamlakat hayotida boshlarni battar garang qilib yuboradigan “muhim hodisa” yuz berdi: Konstitutsiya kafolatchisi bo‘lgan prezident uni yana bir bor qo‘pollarcha buzib, to‘rtinchi marta prezidentlikka nomzodini qo‘ydi va o‘zini saylatdi! Aslida, O‘zb.R. Konstitutsiyasiga ko‘ra bir kishi prezidentlikka nomzodini ikki martadan ortiq qo‘ya olmaydi! O‘zbekistonda Asosiy Qonun qiymati, istang so‘mga hisoblang, istang do‘llarga hisoblang, kepak bahosidan ham tushib ketdi. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 341
Qiymati bir chaqalik narsani mavzu qilib yozishdan ma’ni qolmadi. Yana bir marta tan berdim: bu bob bekorga bu xil yozilmagan ekan! 2015 yil 28 aprel seshanba kuni ijtimoiy tarmoqlarda Aleksey Volosevich ismli muallifning “Четыре срока Ислама Каримова” degan maqolasi chiqib qoldi. O‘qisam, ayni mening so‘roq-undovlarimni tushuntirgan ekan. Qiziqqan kishilar o‘zi o‘qib olar deb tarmoqning unvonini keltiryapman 239 .
Buyuk Pora Yo‘li
Oqadigan hamma narsa pastga oqadi. Faqat pul tepaga oqadi. Yumaloq hamma narsa pastga yumalaydi. Faqat pul tepaga yumalaydi. Suyuqlikka va yumaloqqa tegishli qonuniyat to‘rtburchak pulga o‘tmaydi. To‘rtburchak bo‘lsa-da, pulning qonuniyati tamoman boshqa ‒ pastga tomchilab tushadi, tepaga oqib ketadi; yumalab chiqadi. Xalqimiz dono – sochiq pulni “pul” deydi, o‘ramini “yumaloq” deydi. Qaysidir arzimas ishini bitirgan o‘zbek kerilib: “Bir yumaloq pul ketdi”, deydi masalan. Kerak bo‘lganida pulning tepaga ham yumalashini oldindan hisobga olib ot qo‘ygan ekan bilag‘on xalqimiz. Tepaga oqadigan pulning bir oti – “pora”. “Hadya” oti ham bor, ammo u ikki xil bo‘ladi: pastga oqizilsa – chin hadya, tepaga oqizilsa – poraga yaqin bir narsa yoki ayni poradir. Pul ko‘rinishida uni pastga qancha yumalatsangiz, pora ko‘rinishida undan ham ko‘payib-kattalashib tepaga yumalaydi. Pul chiqarib pastga sochib yuborishdan
kishi... Oqar suvning oldi to‘silsa, to‘planib-to‘planib, oxiri to‘siqni buzib yuboradi va yangi o‘zan ochib olib, to biron yerga borib singib ketmagunicha oqishda davom etadi. Pora suvdan battar. Yarim yo‘lda uning oldiga to‘siq qo‘ya olmaysiz. To‘siq qo‘ygan zahotingiz u to‘siqni buzishga yoki aylanib o‘tishga, hatto to‘siq qo‘ymoqchi bo‘lganni o‘rtadan ko‘tarib tashlashga harakat qilib qoladi. Buyuk Pora Yo‘li Buyuk Ipak Yo‘lidan ancha eski, Buyuk Ipak Yo‘lidan kuchli, Buyuk Ipak Yo‘liga qaraganda yashovchan va ayrimlarga katta foyda keltiruvchi yo‘ldir. Buyuk Ipak Yo‘li xalqchil ‒ savdogarlar ham, mamlakatlar ham, shular qatori oddiy xalq ham foyda ko‘radi, chunki unda tovar oddiy xalqqa qarab yuradi. Buyuk Pora
239
http://www.asiaterra.info/obshchestvo/chetyre-sroka-islama-karimova
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 342
Yo‘li esa teskari ‒ bunda pul oddiy xalq cho‘ntagidan chiqib amaldorlarning jig‘ildoniga qarab yuradi, oddiy xalqqa zarar, mamlakatga foydasi yo‘q. Buyuk Ipak Yo‘li ilgari yo‘q edi, o‘rtada bor bo‘ldi, zamonlar o‘tib yana yo‘q bo‘ldi. Buyuk Pora Yo‘li paydo bo‘lganidan beri bor va bo‘ladi ham. U – asov daryo, uning oldiga to‘siq qo‘yishga, oqimini o‘zgartirishga hech bir tirik qulning kuchi yetmaydi. “Yo‘limni kim to‘smoqchi o‘zi?!” deb bir dag‘dag‘a solib qolmasin, bunday xom niyat qilganga sichqonning ini ming tanga bo‘pketadi! Pora oqimini o‘z holiga qo‘yish kerak. To‘lqin dumalab, dumalagan sari kattalashib, to so‘ng manziliga – eng tepaga yetib, xuddi suv qumga singganiday sirli bir tarzda singib ketsin. Izi ham qolmasin. Buyuk Pora Yo‘lining “muqaddas” qonuniyati shu, uni buzib bo‘lmaydi. U buzilsa, dunyoda (jumladan bizning mamlakatda ham) qanaqa g‘avg‘olar ko‘tarilishini biz ojiz qullar tasavvur ham qila olmaymiz... Lekin, nahot bu palakatdan qutulib bo‘lmaydi, deb tushkunlikka tushmang. Shunday qudratli Pora to‘lqinining ham yo‘lini to‘sish iloji bor, azizlar. Bittagina, salgina harakat bilan pora yo‘li taqa-taq kesiladi. Daryo suvining oqimini o‘zgartirmoqchi bo‘lsangiz, boshiga yoki qoq beliga katta to‘g‘on qurib, boshqa tomonga burib yuborasiz, shunda u o‘ziga yangi o‘zan ochib yoki siz oldindan ochib qo‘ygan o‘zandan boshqa tomonga qarab oqib ketaveradi. Buyuk Pora Oqimini to‘sishning yo‘li buning teskarisi – chora oqimning boshida yoki qoq belida emas, yetib boradigan oxirgi nuqtasidadir. Poraning yo‘lini to‘sadigan to‘g‘on eng tepaga quriladi. Ya’ni, eng tepa pora olmay qo‘ysa, pora olishni hatto istamay qo‘ysa, eng pastdan boshlanib eng yuqorigacha o‘rmalab ketgan butun bu uzundan-uzun, ilonizi yo‘l – Buyuk Pora Yo‘li birdan buziladi. Oqim taqqa to‘xtaydi. Oqim tepada keskin to‘xtasa, o‘sha onidayoq buni past sezadi ‒ uyidagi bor pulini qirtishlab, ishi bitishi uchun o‘zidan bir kalla tepadagi boshliqchaga pora o‘laroq endi uzata boshlagan bitta kambag‘al ham shartta to‘xtaydi; qo‘lini qaytib oladi. Ya’ni, porani bermaydi. Sururdan burniga qo‘shalab havo so‘rib bir-ikki yumaloqni olishga shay turgan amaldorcha nima bo‘lganini ilkis tushunolmay, qo‘lini uzatgan ko‘yi qolaveradi. Hushiga kelganida esa, qo‘lini peshonasiga soyabon qilib tepaga qaraydi- da, “Chyort!” deb so‘kinib yuboradi... Bundan mana bunday qiziqarli bir xulosa chiqadi: demak, eng tepa pora oladi,
Bundan yana bitta qiziqarli xulosa chiqadi: qaysi yurtda eng pastda pora olish hodisasi bo‘lsa, demak, xotirjam bo‘ling: eng tepa pora oladi!!! Qanday bo‘lmasin, pora qonuniyatiga ko‘ra, u hech qachon yarim yo‘lda to‘xtamasligi aniq. Amir Temur bu “qonuniyat”ni bilgan. Bilganidan, tepa jinoyatga sherik bo‘lmasa, past hech qachon jinoyatga jur’at etmaydi, degan. Va bilganiga birinchi galda o‘zi amal
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 343
qilgan. Hokimu voliylaridan ham shuni talab etgan. Qaysidir chekka bir o‘lkada o‘g‘rilik sodir bo‘lsa, o‘g‘riga qo‘shib hokimning ham qo‘lini kestirgan. Hokim sherik bo‘lmasa, pastdagi kishi o‘g‘rilikka jur’at etolmas edi, degan. Shuningdek, hokim pora olmasa, qo‘l ostidagi eng kichik amaldor pora olishga jur’at etmaydi. Eng kichik amaldor pora olyaptimi, demak, hokim pora oladi. Hokim pora olyaptimi, demak, podshoh pora oladi... O‘zbekistonda pora allaqachon jinoyat bo‘lmay qolgan. Oddiy ish bitirish yo‘li, muomala vositasidir. Maktabga ishga kirish ‒ pul, amallab ishga kirib olganidan keyin qo‘shimcha dars soati olish ‒ yana pul, ishga kirish tugul, obro‘liroq maktabga o‘quvchi topshirish ham ‒ pul! DAN xodimini qo‘ying, oddiy melisalikni ham har kim orzu qila olmaydi ‒ unga puldan boshqa narsalar ham kerak bo‘ladi 240
. Quruq qo‘l bilan hozir dalada ketmonchi bo‘lish ham qiyin: bunda poraning boshqacha yo‘li qo‘llanadi ‒ eng kam ishhaqiga rozi bo‘lasiz, ketmonchilik lavozimiga erishasiz! Bo‘lmasa, qishda g‘o‘zapoyadan ham umid qilmang! Tijoratchi bojxonaga pora uzatadi – moli qog‘ozda oz ko‘rsatiladi, ko‘rsatilmagan qismi bojdan “ozod qilingan” holda mamlakatga to‘siqsiz kiradi. Tadbirkor bonkaga pora qistiradi – bonka unga katta qarz beradi. Ota tegishli odamlarga pora beradi – o‘g‘li yo qizi grantga o‘qishga kiradi. Yangi o‘rgamchik ashulachi televideniyeda yoki mutasaddi tashkilotda ishlaydigan “aka”lari cho‘ntagiga bir yumaloq solib qo‘yadi – televizorga chiqadi, “Istiqlol”da yo “Turkiston”da bir-ikki ko‘rinadi ‒ “yulduz”ga aylanadi. Pora berib o‘qishga kirgan kechagi top-toza yigit-qiz ertadan keyin o‘zi iflos bir poraxo‘rga aylanadi. Pora berib purkuror bo‘lib olgan kishi pora berolmaganni qamoqqa hukm qiladi, pora berganni mahkama (sud) xonasidanoq ozod etib yuboradi. Pora berasiz – armiyaga xizmatga borasiz, pora berasiz – armiya xizmatidan olib qolinasiz. Endi, agar tumangami, viloyatgami hokim bo‘lmoqchi bo‘lgan odam harakatini ertaroq boshlagani ma’qul: o‘-o‘, katta, juda katta yumaloq kerak. Juda katta bo‘lsa tepaga qanday yumalataman deb xavotir olmang, o‘zi yumalaydi, qaytaga “yumaloq” qancha katta bo‘lsa, shuncha tez va silliq yumalaydi! Muhimi ‒ unchani oldin topish kerak! Tabiiy, birdaniga topib bo‘lmaydi, shuning uchun ertaroq harakatni boshlang deyapmiz. “Nisob” miqdori mansabning katta-kichikligiga qarab o‘zgaradi, albatta. Boshqacha aytganda, to‘plaganingiz qaysi mansabning “nisobi”i miqdoriga yetsa, o‘shangagina
240 Melisalik o‘zi qanaqa ish? Bir “opa” Oliy o‘quv yurtini bitirayotgan ukasini melisa qilish orzuida: “Butimni sotib bo‘lsa ham ukamni melisaga ishga kiritaman!” deganini qulog‘im bilan eshitganman. Gapida turgan shekilli, ukasi melisa bo‘ldi!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 344
osila olasiz. Tuman hokimi bo‘lishga yetadigan “nisob” bilan viloyat hokimi bo‘laman deb ovora bo‘lmang, demoqchimiz 241 .
turlichadir. Eng katta lavozimning bugungi “nisob”i miqdorini-ku, biz gunoh ishlovchi qullar bilmaymiz, bilolmaymiz ham. Xullas, ey mansab sari talpinuvchi o‘rtoq, ko‘rpacha tagida to‘plagan pulingiz yoki xumchaga solib ko‘mgan oltiningiz “nisob” miqdoriga yetdimi, eng muhimi, niyatingizga erishganingizdan keyin tepalarga uzatganingizni o‘n-yigirma baravar ko‘paytirib chiqarib olishga ko‘zingiz ham yetadimi – nimaga qarab o‘tiribsiz, yo‘lingizni bersin, otni “chu” deng, qamchini bosing! ...Shu tariqa hamma sohani sanab o‘tsa bo‘ladi – hamma sohada, hamma yo‘nalishda, hamma toifa orasida o‘zlariga xos pora bor. Nomi har xil, olish-berish usullari har xil, lekin mohiyati bitta – pora 242
! Nima demoqchimiz? Odam o‘zi toza bo‘lsa, tevaragini ham toza tutadi ‒ boshqalardan ham tozalikni talab qila oladi. Chunki tili qisiq emas, boshi tik, ko‘kragi kerikdir. Orqasi ham, oldi ham toza. Deylik, o‘zi jinoyatga qo‘l urmagan purkuror boshqalarning jinoyatini qo‘rqmasdan ochaveradi. Chunki keskin ishonchi bor: o‘sha jinoyatlarning bir uchi aylanib o‘ziga yetib kelmaydi! Aksincha, o‘zi va ishi kir odamning tevaragi ham kir bo‘ladi. Masalan, poraxo‘r boshliq hech qachon poraxo‘rlikni tugata olmaydi. Ya’ni, o‘zining oyog‘iga bolta urmaydi. Yoki uyushgan jinoyatchilikning qoq o‘rtasida turgan melisa boshlig‘i, purkuror, Milliy xavfsizlik xodimi qanaqa qilib uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashadi?! Qayoqni kavlashtirsa, markazda o‘zi chiqib qolaversa! Amir Temur qoidasiga ko‘ra, mantiq nimaga ishora qiladi? Mamlakatda bitta mayda amaldor pora olyaptimi, demak, hokim pora oladi, bitta hokim pora talab etyaptimi, demak...
Gap Amir Temurga kelib taqaldi. Bu zotni bugun erinchoq odamgina maqtamaydi. Tuzum ham tinmay ulug‘lab turibdi. Aslida ham shunday – Amir Temur dunyo
241 Bundan o‘n besh yillar ilgari chet matbuotlardan biri O‘zbekistondagi mansablarning “nisob” miqdorini e’lon qilgan edi. O‘shanda, masalan, bir tuman hokimi lavozimini egallash uchun nomzod kamida 50 (ellik) ming do‘llar yumalatishi talab etilgan. 50 ming do‘llarni eshitib o‘shanda “O‘h-ho‘!” deganmiz. Juda katta tuyulgan. Bugun 50 (ellik) ming do‘llar siygoklarga shimma taglik (pampirs) sotadigan bir oddiy savdogarda ham bor. Demak, bugun u “nisob” miqdorlari ancha eskirdi. Lekin qanchagacha yuksaldi – bilmaymiz. 242 Atay aniq misollar keltirmadik. Misol yo‘qligidan emas, albatta. Birinchidan, har qanday misol poraxo‘rlik miqyosini toraytirib ko‘rsatadi. Ya’ni, aytilgan sohalardagina poraxo‘rlik bor ekan (boshqa sohalar tozadir)-da degan tasavvur tug‘dirib qo‘yadi. Ikkinchidan, O‘zbekistonda poraxo‘rlik borligini isbotlashdan ko‘ra poraxo‘rlik yo‘qligini isbotlash qiyin. Uchinchidan, bizning xalqimizga buni isbotlab o‘tirishning keragi yo‘q ‒ isbotini har kim har sohada har kuni ko‘rib turibdi. |
ma'muriyatiga murojaat qiling