Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


tuzumga, xato boshqaruv uslubiga qaratilgan


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56

tuzumga, xato boshqaruv uslubiga qaratilgan

Bugun O‘zbekistonda yuzaga kelgan sharoitda har kim “mufti”, har kim “Aydarbek 

Tulepov” bo‘lishi mumkin. Istasa ham, istamasa ham. Agar tuzum insoniyroq va 

                                                

218

 O‘ziga qolsa, bunaqa ahmoqona hujjatga mufti qo‘l qo‘yarmidi? Lekin qo‘l qo‘ydi! Demak, bosim bor va u kuchlidir. 



Aslida-ku, bosim ostida ham qo‘l qo‘ymasa yaxshi bo‘lardi. “Qo‘yinglar-e, bu ishga meni aralashtirmanglar, uyat bo‘ladi, 

odamlar kuladi-ku! Yoki sal boshqacha ifodalaylik”, desa, “tepa” ham o‘libdimi tushunmay!

 

Shayx Sha’roviy 



(rahimahulloh) so‘zlari bilan aytganda: "Haq so‘zni aytolmasang, hech bo‘lmaganda botilga chapak chalmagin!" 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

317 


demokratikroq bo‘lganida, bu yigit ham davlat manfaatini o‘ng anglagan va, demak, 

to‘g‘ri uslubda ishlagan bo‘lar edi. Hozirgi tuzum totalitar, avtoritar bo‘lgani hamda 

diktatorlikka asoslangani uchun MXXning O‘MIga tashlangan desanti ham o‘zini shu 

maqomga mos tutadi. 

Ya’ni, uning butun bu mavqei va ish uslubi diktatorlikka asoslangan davlatning 

dinga munosabat uslubidan suv ichadi. 

U – askar, tashkiloti uni qayerga tashlasa, borib ishlab berishga majbur. Kecha 

tuman MXXsida ishlar edi, bugun boshiga salla qo‘ndirib, egniga jubba ilib, mufti 

noibi bo‘lib ishlayapti, ertaga bironta aroq zovuti boshlig‘iga o‘rinbosar qilib yuborilsa, 

boradi. 


Zotan, askarning taqdiri shunaqa – muhokama qilishga haqqi yo‘q, qo‘liga avtomat 

tutqazib qayerga yo‘llansa, tarillatib otib ketaveradi. 

Davlat dinni kimlar yordamida va qanday uslubda kuzatib-boshqarishini anglash 

uchun bu shaxsni alohida tanitishimizga to‘g‘ri keladi. 

Xo‘sh, bu odam kim va uning ish uslubi qanday? 

Ko‘plar uni orqasidan “Aka” deydi. Iyak qoqib, bosh harf bilan aytadi. 

Hamkasabalari ‒ Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari orasida laqabi “Qori aka”dir

219


Buni bilganlar ayricha hurmatini bildirib ikkala so‘zni ham bosh harfda aytadi: 

“Qori Aka”! 

Qo‘pol fe’lini demaganda, “Qori Aka” o‘zi yomon bolaga o‘xshamaydi. Bunday 

qarasangiz, yurgan odamlarday bir odam. Ammo orqasida qudratli davlat va uning 

qudratli MXXsi turgani uchun u ham O‘MIda qudratli shaxsga aylangan. 

Ayrim bilag‘onlar unga ijobiy baho ham berishadi. Aytishlaricha, mamlakatda diniy 

vaziyat og‘ir bo‘lishiga va idoraning kamchiligi ko‘pligiga qaramay, rasmiy diniy soha 

odamlarini davlatning qahru g‘azabidan shu “Qori Aka” omon-eson saqlab kelayotgan 

emish. 


Bo‘lsa bordir. Yana qaytarib aytaman: o‘zi yomon bolaga o‘xshamaydi. 

Lekin atrofidagilarning unga yaltoqilarcha muomala-munosabati uni ham buzmay 

qo‘ymadi – kerilib ketdi. To‘g‘rirog‘i, kelishidan kerikroq edi, bu kunlarda yanada 

kerildi. 

Diniy idora xodimining obro‘-martabasi “Qori Aka”ga yaqin-yiroqligi bilan 

o‘lchanadi. Xos suhbatdoshi bo‘lish har kimning orzuyi. Ayniqsa, ovqat o‘rtoqlari 

(“ahli oshxona”) bilan chekish o‘rtoqlari (“ahli kurilka”) boshqalarning va o‘zlarining 

nazarlarida eng baxtli insonlardir.  

Aytgancha, ilgari idora xodimlari chekish-chekmasligini birov bilmas edi, “Qori 

Aka” sharofati bilan chekuvchi xodimlar ochiqlikka chiqdi va bir chiroyli 

“chekuvchilar jamoati” shakllandi. Soni asta-sekin ortib boryapti. 

                                                

219

 Qori akaga va MXXga yaqin bir mahram yigit aytishicha, o‘zlarining xos yig‘ilishlarida tashkilot boshlig‘i: “Qori aka, 



majlisga formada (salla-choponda) kelmabsiz-ku?!” deb hazillashar, hamma hiringlab kulib qo‘yar ekan. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

318 


Ayrimlari qaysidir machitlarda imomlik ham qiladi. Shu damgacha yashirib chekib 

yurgan bo‘lsa, bundan bu yog‘iga, “Qori Aka”ni yolg‘izlatib qo‘ymaslik uchun, ular 

ham yuzini sidirib ko‘chada cheka boshladi. 

Shu tariqa idora hovlisida maxsus “kurilka”, xodimlar orasida esa “ahli kurilka” 

paydo bo‘ldi. 

Insof bilan aytish kerak, “ahli kurilka”ning hammasi ham chekavermaydi, ayrimlari 

“Qori Aka” (davlat)ga yoqish uchungina yonida turadi. U (davlat) qaytargan tutundan 

zaharlanishga ham rozi, yonida tursa bo‘ldi ‒ shundan shod, shundan xurram. 

To‘g‘ri, idora xodimi chekayotganini qavmidan birontasi ko‘rib qolsa, gap chiqishi 

tayin, obro‘ ham ketadi. Lekin qavm oldidagi obro‘ qayoqdayu davlat (“Qori Aka”) 

bilan birga tutashtirib, unga “ahli kurilka” bo‘lishdek obro‘ qayoqda! 

“Ahli kurilka” qatoriga qo‘shilgan har qanday xodim ham o‘sha kundan boshlab 

shisha boshlaydi va o‘zini boshqalardan bir pog‘ona baland tutib yuradigan bo‘lib 

qoladi. Buning zavqiga nima yetsin! Qavm nima desa, desin! 

Ayrim onlarda: “Kurilka balki ko‘zni chalg‘itishga kurilkadir, aslida, o‘ziga xos 

qabul burchagimikan”, degan xayollarga ham borib qoladi odam. Ancha-muncha 

masala shu yerda hal bo‘lib ketsa kerak. Kuniga xilma-xil odam turgan bo‘ladi-da.  

Biz uzoqdan ko‘rganimizni aytyapmiz, yana ham to‘g‘risini Olloh biladi... 

“Qori Aka”ga yaqin bo‘lish qancha martaba bo‘lsa, uning nazaridan qolish, 

aksincha, ulkan fojiadir. O‘rtaga odam suqib bo‘lsa-da qaytadan ishonchiga kirib 

olmasa, “nazardan qolgan xodim” kechalari uxlamay chiqadi. “Qori Aka”ning ketidan 

qatnay-qatnay, yana oraga tanish-bilishlarni ham qo‘yib, to sovugan munosabatlarni 

iliqlashtirib olmagunicha sho‘rlik xodim sochiga oq tushadi. 

Bunday odatusti mavqeini “Qori Aka” o‘zi ham yurak-yuragidan his etadi. 

Yurganida shunga yarasha viqor bilan yuradi. Ko‘chada ham, xonasida ham qovog‘ini 

solib, yuzida biron iliqlik alomatini ko‘rsatmay muomala qiladi, birovga iltifotini 

sezdirmaslikka intiladi, hammaga birday past nazar bilan qaraydi. Bunga sari hammani 

o‘ziga talpintiraveradi. Yo‘lida uchraganlarga salomiga alik olganini ko‘zining qirini 

tashlash bilan bildiradi. Mabodo erib ketib qo‘l uzatib qolsa, bir so‘z demay, boshini 

bir silkib qo‘yadi. 

“Qori Aka” namoz o‘qiydimi, o‘qimaydimi ‒ bilmaymiz. Lekin machitga 

qatnamasligi tirik guvohlar shohidligi bilan aniq. Masalan, peshinga azon aytilayotgan 

payti... salmoqlani-ib... oshxonaga – machitga tom teskari tomonga yurib kela 

boshlaydi. 

Yigirma yetti baravar savob xuddi namozni jamoat bo‘lib o‘qiganga emas, “Qori 

Aka”ga jamoat bo‘lib ovqatlanganlarga beriladiganday, “ahli oshxona” ham bu paytda 

“Qori Aka”ga ergashadi ‒ kimidir hamqadam bo‘lib, kimidir yarim odim orqada idora 

oshxonasi sari yo‘rg‘alashadi. 

Peshinga azon avom uchun, “ahli oshxona” uchun emas. Bular olimu ulamo, fozilu 

fuzalo, Ulamolar kengashi a’zosi, kamiga yana imom, mufti noibi! Yolg‘iz 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

319 


ovqatlangandan ko‘ra “Qori Aka”ga sherik bo‘lib ovqatlanishda savob ko‘pligini bular 

bilmay, kim bilsin! 

“Qori Aka”ning diniy ma’lumoti nechog‘li ekanini bir kimsa bilmaydi. 

Surishtirishga yurak qayoqda! Lekin undan-bundan eshitib olgani uchunmi, ba’zan 

og‘zidan dinga to‘g‘ri keladigan fikrlar chiqib ketib qoladi. 

Masalan, Tojikiston tomonlarda o‘lgan qadrdoni ta’ziyasiga borish uchun ruxsat 

so‘rab kirgan xodim (kamina)ga: “U yoqqa borish shart emas, qayerda duo qilinsa ham 

o‘likning ruhiga yetib boraveradi, ishonmasangiz, ana, tepada mupti o‘tiribdi, undan 

so‘rang”, degan gapi mashhur. 

Yana: Toshkent Islom instituti (Oliy ma’had) nimadir munosabat bilan hovlisida 

konsert berganida yonida o‘tirgan kishi (kamina) qulog‘iga: “Shunday ulug‘ joyda – 

Hazrati Imom qabri yonida ashula aytish qanaqa bo‘larkin?” degan gapni mufti yoki 

idora shayxi aytmadi, o‘zimizning “Qori Aka” aytdi! 

Shu kishi birdan “ulamo-yozuvchi” bo‘lib qoldi. 

2011 – 2012 yillari “diniy”-“ilmiy”-siyosiy maqolalari mamlakatdagi va chet el 

(O‘rusiya)dagi diniy gazetlarda potirlab chiqa boshladi. 2012 yil oxirlarida hatto katta 

bir kitob ham “yozdi”! 

Diniy idora zudlik bilan taqdimot o‘tkazdi. Bittasiga qanoatlanmay, ikki marta 

o‘tkazdi. Keyingi taqdimotni oldingisidan katta va dabdaba bilan uyushtirdi! 

Qur’oni karim ma’nolarining tarjimasi chiqqanida ham bunaqa taqdimot 

qilinmagan! Tafsirlar, hadis kitoblari, hatto muftining “Tafsiri irfon” kitobi chop 

etilganida ham bunaqa taqdimot o‘tkazilmagan! Bunaqa tugul, umuman taqdimot 

qilinmagan! 

Ammo negadir birdan “Qori Aka”ning kitobi mashhur bo‘lib ketdi. Taqdimotga 

kelmagan tashkilot va odamning o‘zi yo‘q. Orqama-ketin unga taqriz-maqolalar ham 

chiqa boshladi. 

Xullas, haligacha bu kitobning shov-shuvi tinmadi. 

Bu olamshumul asar qanaqa va uni chindan “Qori Aka”ning o‘zi yozganmi? 

O‘ttiz bosma toboqdan ortiq salmoqli bu kitob “Islom va aqidaparast oqimlar” 

deb ataladi va, nomidan ko‘rinayotganidek, hozirda O‘zbekiston uchun dolzarb 

mavzuda. “Mashhur” bo‘lib ketgani sabablaridan biri shu bo‘lsa kerak. 

Ikkinchi va asosiy sababi, bizningcha, kitobning muqovasida “Qori Aka”ning ‒ 

MXX xodimining oti turganidir! 

Rizqi idora tevaragiga sochilgan ayrimlar bu kitobni “Qori Aka” o‘zi yozmaganini 

shivir-shivir qilishadi. “Qori Akaning na Islom tarixidan, na dindan tuzukli bilimi bor, 

qayoqdan bunaqa fundamental bir kitob yozsin!” deyishadi. 

O‘zi boshliqlar mustaqil kitob yozishi qiyin, ilm, xafsala, vaqt qayda deysiz. Asosan 

institut domlalari yoki talabalar u yoq-bu yoqlardan tarjima qilib berishadi, boshliqlar 

uni “ustidan bir ko‘rib” qo‘l qo‘yib yuborishadi

220


                                                

220

 Garchi bu ishlar ko‘zim bilan ko‘rgan, o‘zim ishonch hosil qilgan ishlar bo‘lsa-da, bularni yozmasam ham bo‘lardi. 



Chunki, birinchidan, isbotlash lozim bo‘lib qolsa, bevosita boshlig‘i asariga xizmati singgan ustoz yoki talaba “hashar”da 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

320 


Bir jumla bilan aytganda, shu “Qori Aka”miz diniy idoraga “xizmat safari bilan 

yo‘llangan” davlatdir. Davlat bo‘lganida ham, tabiiy, dindan kuchli davlatdir.  

Tevaragiga to‘plab olgan, boshini silayotgan kimsalarga qarab, agar davlat butun 

ishlarini shunaqa kimsalarga suyanib, shunaqa usullar bilan amalga oshirayotgan 

bo‘lsa, demak, davlatning o‘zi pachava bir tashkilot ekan, deb yuborasiz ixtiyorsiz 

ravishda. 

Davlat chinakam g‘ayrat bilan va halol ishlayotganlarga emas, “ahli kurilka”yu 

“ahli oshxona”larga suyanib siyosat yuritarkan-da, degan taassurot qoladi odamda. 

Bir hisobda u bechoraga ham oson emas: to‘g‘ri, halol kishilar ishini bilib qilib 

yuribdi, bekordan-bekor uning tevaragida o‘ralashavermaydi, doim biron manfaat va 

imtiyoz ilinjida yuradiganlar uning qo‘ltig‘iga kirib olgan ‒ shunday bo‘lganidan keyin 

adashadi-da odam! 

Ha, odam osongina adashishi mumkin, ammo Davlat iloji boricha adashmasligi 

kerak! Davlat to‘g‘ri bilan o‘g‘rini ajrata bilishi, to‘g‘rilarga suyanib, to‘g‘rilarni 

rag‘batlantirib siyosat yuritishi lozim. 

Hayotda ko‘pincha buning teskarisini ko‘ramiz: Milliy xavfsizlik xizmati timsolida 

davlat ko‘pincha pastkash kimsalarning chaquviga suyanadi

221


, biqiniga shunaqa 

kimsalarni yaqin oladi, halol kishi bir chekkada qolib manfaat qulining boshini 

silaydi

222


 va bu ishi bilan borib-borib umuman davlatning obro‘yini to‘kadi. “Davlat 

agar shu bo‘lsa... bor-e!” degizdirib yuboradi. 

Sovetning oxirgi davrlarida ham diniy idorada bir “davlat” ishlagan. A’zam aka 

deyishardi uni. Aytishlaricha, A’zam aka idora xodimlariga aralashib ketgan – namoz 

o‘qigan, hatto chakmon kiyib olib, to‘y-ma’rakalar to‘rida yurgan. Dilkash kishi edi, 

deyishadi. 

Bu “Qori Aka”miz esa, aksincha, idoraga uncha elakishib ketmadi, namozga ham 

kirmadi, ruhan o‘zini yetti yot begona kabi tutib yuradi. 

Lekin, tan olish kerak, mardligi bor. Imom domlalar yaxshi gaplarni gapirishadi, 

namoz ham o‘qishadi, ammo ayrimlarining ishlariga boqsangiz, ular oldida namozsiz 

“Qori Aka” ancha toza odamga o‘xshaydi (ayniqsa, har yili haj ibodatini ixlos bilan 

qiladi deb eshitganman)... 

 

                                                                                                                                                               



qatnashganini tan olishidan ko‘ra tan olmasligi, hatto teskari ko‘rgazma berishi ehtimoli kuchli. Ularning holini 

tushunaman. Ikkinchidan, ushbu kitobimda ko‘tarilgan masalalar oldida bular mayda gapga o‘xshab ketadi. Ya’ni, 

xijolatli. Shunga qaramay, yozildi. Nimaga? Tarix buzilmasin. Nasl aldanmasin. Yolg‘on yo‘li kesilsin. Kelgusi nasllar: 

“Bu kitobni Falonchi yozgan ekan” deb xato o‘ylab yurmasin. Kimdir xijolat chekishi lozim bo‘lsa, muqovaga o‘z nomini 

chiqarib jamoatchilikni chalg‘itayotganlar xijolat cheksin. Odamlar aldangani bilan Olloh aldanmaydi. Yechim oxiratga 

qolmasidan burun o‘zlari ham tan olib ketsa, yaxshi bo‘lardi. 

221

 Qanchadan-qancha halol, to‘g‘ri kishilar mana shunaqa chaqimchilarning tuhmati bilan zindonlarda yotibdi. 



222

 Bundaylar ko‘p, lekin bittasini shaxsan taniyman: bir inson ta’biri bilan aytganda, chidab bo‘lmas darajada ipirisqidir. 

Milliy xavfsizlik tizimida uning o‘rni qanday ekanini bilmayman, lekin o‘zi duch kelgan odamga MXXga yaqinligini pesh 

qilaverib “obro‘” orttirgan. Aytganicha ham bor: MXX orqadan hamisha uni qo‘llaydi chog‘i, hayotda oshig‘i olchi bo‘lib 

yuradi, chyort. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

321 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tizimiga, umuman, diniy hayot sohasiga singdirib 

yuborilgan “Qori aka va boshqalar”ni bu yerda biz davlat dinni qanday boshqarishiga 

bir misol etib keltirdik. Shaxsi bilan aslo ishimiz yo‘q. 

Diniy siyosat oqilona yuritilganida buncha tashvish, buncha ovoragarchilik, buncha 

sharmandagarchilikka o‘rin qolmas edi. Lekin shuncha tashvish, shuncha 

ovoragarchilik, shuncha sharmandagarchilikka qaramay baribir ishini eplay 

olmayotganini davlat o‘zi ham bilib turibdi. O‘rta-ichida xalqi bilan, musulmonlar 

bilan qarshima-qarshi kelib o‘zini kuchsizlantirgani qoldi, xolos.  

Mamlakat taraqqiyoti yo‘lida sarflansa katta foyda keltirishi mumkin bo‘lgan kuch-

g‘ayrat, mablag‘, aql-zakovat bitta ishga – dinga qarshi kurashga yo‘naltirilgani 

afsuslanarli. 

Davlat din sohasida olib borayotgan siyosatini dinga qarshi kurash deb atamasligi, 

“diniy ekstremizmga, terrorizmga, diniy oqimlarga qarshi kurash”, “sof Islom uchun 

kurash” deb atashi tabiiy, albatta. 

Zotan, yigirma yillik kurashini shunday deb tushuntirib kelyapti ham. 

Ammo bu so‘zo‘yinlari bilan mohiyat o‘zgarmaydi – kurash negizda dinga qarshi 

qaratilganini ko‘r ham ko‘rib turibdi. 

Qolaversa, davlat dinning o‘zini ham, dindagi oqimlarni ham yaxshi bilmaydi-yu, 

“sof Islom” nimaligini biladimi?! Bilmagan narsasi uchun qanday kurashadi?! 

Natijada bu yo‘lda qo‘llagan har bir chorasi oxir-oqibat dinga qarshi bo‘lib 

chiqyapti. Bu holat birinchi navbatda mamlakatning o‘ziga katta zarar keltirmoqda – 

xalq bo‘linib, davlat tobora kuchsizlanib boryapti. 

Agar davlat o‘zining foydasini ko‘zlasa, necha yil oldin haqsiz o‘laroq din uzra 

ko‘targan qilichini qaytarib qiniga solib, nafrat emas, mehr-muhabbat yo‘liga o‘tishi, 

din bilan iliq munosabat o‘rnatishi, dinga ochiq yuz bilan boqa boshlashi kerak. 

O‘rtada do‘stlik, samimiyat, o‘zaro hamjihatlikni qaror toptirishi lozim. 

Din davlat ismli tashkilotning dushmani emas, uni yomon ko‘rmaydi. 

Din har qanday yomonlikning dushmani – yomonliklarni yaxshiliklarga aylantirish 

uning vazifasi. 

Davlat ham ayni shu vazifani bajarishi kerak deb o‘ylaymiz. Yomonliklarni 

yoqlagan, yomonlik tomonini olgan davlatgina dinni o‘ziga dushman biladi.  

Davlati yaxshilik tomonida bo‘lishini musulmon el-yurt ham istaydi.  

Davlat dinga do‘stona, samimiy muomala qila boshlasa, bu o‘zgarishni musulmon 

xalqimiz darrov sezadi va tezda davlatining yoniga kirib, Vatan ravnaqi yo‘lida ixlos 

bilan xizmat eta boshlaydi. Shunda natija ham yaxshi bo‘ladi. 

Endi bu aytilganlardan kichik bir xulosa yasash fursati ham keldi. 



 

 

 

 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

322 


Kichik xulosa 

 

O‘zbekistonda diniy vaziyat og‘irligiga faqat davlatni ayblasak, haqiqatning bir 



tomoninigina ko‘rgan bo‘lamiz. Insof bilan aytganda, dindorlarning, ayniqsa diniy 

ulamolarning, ayniqsa diniy idoraning aybi davlatnikidan kam emas. 

Bularning tajribasizligi, qo‘rqoqligi, dinda sobit turib bera olmagani oqibatida 

yildan-yilga, oydan-oyga, kundan-kunga mamlakatda din ishi orqaga ketaverdi. 

Dinning jamiyatimizda tutgan o‘rni ketma-ket boy berilib... kelib-kelib, bugungi 

ahvolga tushdik! 

Kundalik hayotimizdan oddiy bir misol. Davlat kimnidir “aqidaparast” gumon qilib 

qo‘lga oldi, deylik. Ichki ishlar ham, MXX ham, purkuratura ham na dinni tuzuk-quruq 

biladi, na oqimni va na dindagi g‘arazsizu g‘arazli harxillikni. Bilmaganidan keyin, 

tabiiy, diniy ulamolardan yordam so‘raydi.  

Ayniqsa, ilk pallalari haqiqatni yuzaga chiqarish maqsadida samimiy so‘rar edi: 

“Aniqlab beringlar, bular kim va ishlari nima?” derdi. 

Ilm o‘shanda hukmning to‘g‘risini aytganida, olam guliston edi. Ammo ekspertlik 

qiluvchi “ilm” birdan sergak tortdi, haqiqatning yuziga emas, davlatning qosh-

qovog‘iga qaradi, ekspertlik maqomidan bakovullik maqomiga indi: davlat nima 

istayotganini ilg‘ashga harakat qildi va...  sof diniy xulosa bermay, o‘sha istakka 

monand “javob” bera boshladi. 

Bunday tutimi bilan uchtomonlama aybga yo‘l qo‘ydi: 

1) haqiqatga xiyonat qildi; 

2) bir sho‘rlik gumonlining gulday umri xazon bo‘lishiga sababchi bo‘ldi (aksincha, 

bor gapni boricha aytganida, gumonli shaxs tushunmovchilik orqasidan keladigan 

muqarrar jabrdan balki eson-omon qutulib ketgan bo‘lardi); 

3) davlatni ham chalg‘itdi ‒ masalani to‘g‘ri tushuntirganida, davlat ham boshdan-

bosh bunaqa to‘g‘ri tushuntirishlarga ko‘nikib borar va balki keyinchalik dinga qarshi 

hozirgichalik qattiq siyosat yuritmagan bo‘lar edi

223


Ammo zarar bu uchalovi bilan cheklanmaydi. Eng katta zarar – orqasida turgan 

xalqni, oddiy musulmonlarni o‘ng‘aysiz holga tushirib qo‘yganida. 

Oddiy xalq Ollohdan qo‘rqadigan chinakam olimga, To‘g‘ri yo‘lga boshlaydigan 

yo‘lboshchiga hamisha  muhtoj. Yo‘lboshchi dinida sobit bo‘lsa, ketidan 

ikkilanmasdan, xavotirsiz ergashaveradi, sobit turmasa, mo‘min-musulmonning yuragi 

eziladi, bora-bora ruhi cho‘kadi. 

Mana shunisi ulkan yo‘qotishdir. Chunki xalqning ruhini qaytadan ko‘tarish, 

ishonchini mustahkamlash juda og‘ir kechadi va ko‘p vaqtni talab etadi.  

Ibrat uchun tarixga bir nazar. 

O‘rusiya Turkistonni bosib olgan ilk damlarni eslaylik. 

                                                

223

 Bu mulohazalar yaxshi gumondan ‒ davlatni insofli deb o‘ylashdan tug‘ilgan. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

323 


Tuproqlardagi Vatan kuch bilan dushman qo‘liga o‘tdi, ammo yuraklardagi Vatan 

hali to‘la taslim bo‘lmagan edi. Hali xalqning ruhi cho‘kmagan, bir siltanishda u 

yuvuqsizlarni mamlakatdan quvib yuborish umidi yuraklarda ham, bilaklarda ham 

so‘nmagan edi. 

Buni bosqinchi ham bilardi. Tadbiri olinmasa, ozgina fursatdan keyin bu 

“tuzemets”lar o‘zini o‘nglab, kelgindilarga qaytadan shimolning yo‘lini ko‘rsatib 

qo‘yishi turgan gap, deb his etar edi. 

“Bugun qurolimizdan qo‘rqqanidan indamay, mo‘ltirab qarab turibdi, ammo 

ko‘nglidan nimalar kechayotganini qayoqdan bilasan. Bularga zarracha ishonib 

bo‘lmaydi. Axir, keyingi zamonlarda juldurvoqi bo‘lib qolgani bilan necha asrlar 

dunyoni titratguvchi saltanatlar qurgan xalq bu!” deb o‘ylar edi. 

Bosqinchi eng oldin xalqning ruhini sindirish, yuragini egallash payiga tushdi. 

Toshkentga Oqposhsho kelishi voqeasini bu yo‘lda ilk imkoniyat deb bilib, “katta 

tomosha” ko‘rsatdi. “Turkistonga Oqposhsho kelyaptilar!” degan gapni rosa 

ko‘pirtirib, voqeaga ulkan siyosiy tus berib, so‘ngra Toshkentning va Turkistonning 

hamma kazo-kazosini “Oqposhshoni kutib olish”ga temiryo‘l vokzaliga olib chiqdi. 

Ulamolar, Qozilar, A’lamlar, Mudarrislar... Qo‘ying bularni, el ko‘zida kimning 

ozgina obro‘si bo‘lsa, hammasini bayramona kiyintirib, boshiga katta-katta sallalar 

o‘ratib, Oqposhsho istiqboliga chiqishga buyurildi. 

Sodda peshvolar hozir nima voqea yuz berishini bilmas, taxmin ham qila olmas edi. 

Bu chiqishlari kelajakda qanaqa oqibatlarga olib kelishini ham yetti uxlab tushida 

ko‘rmagan. “Oqposhshoni kutib olarkanmiz” deb o‘ylashardi, xolos. 

“Oliy martabali Oqposhsho bilan oqbilakoyim xotinlari o‘tayotganlarida hammang 

ikki qator bo‘lib, uzun yo‘lak hosil qilib, (ruku singari) ikki bukilib, yerga qarab 

turasan, Oqposhsho hazratlari sharafli xotinlari bilan «padrushka» qilgan holda 

o‘rtadan o‘tib ketadilar. Kim boshini ko‘tarib qarashga urinsa, kallasi ketadi!” deb 

buyurildi. 

“Bular ham musulmonga o‘xsharkan-da, xotinini nomahramlar ko‘zidan pana qilib 

olib o‘tarkan-da”, deb o‘yladi bizning go‘l “ulug‘”lar. Va shu damgacha Ollohgagina 

bukilgan mo‘min qomatlar endi yuvuqsiz bir Oqposhsho hazratlari bilan u “zoti 

sharif”ning oqbilak xotinchalariga bukildi! Yolg‘iz Ollohgagina sajda qilgan 

musulmon boshlar bu gal Oqposhsho hazratlari bilan u “zoti sharif”ning oqbilak 

xotinchalari oyog‘iga sajda qildi! 

O‘sha zamonlarda endigina urf bo‘la boshlagan fotouskunalar sharaq-shuruq ishga 

tushdi. Holatni suratga olib tarixlarga muhrladi:  

oqchakmonlilar, oqsallalilar ikki qator tizilgan... 

o‘rtada yo‘lak... 

nigohlar yer chizadi... 

salla-chakmonli musulmon qomatlar, millat peshvolari bir tekis ta’zimda – ruku 

holatida... 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling