Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

303 


bosqichlarini ko‘rdi: goh karnaylar butkul o‘chirib qo‘yiladi, goh faqat machit ichida 

qo‘yishga ruxsat beriladi

214



‒ ... 



Aslida: azon dinimiz shioridir. Uni bekor qilishga urinish dinga qarshi harakat deb 

baholanadi va hatto Abu Bakr Siddiq (Olloh u kishidan rozi bo‘lsin) zamonlarida azon 

sasi chiqmagan qishloqqa qo‘shin tortib kirilgan, azon aytilsa, o‘sha qabila chetlab 

o‘tilgan ‒ azon shu qadar ahamiyatli. Ya’ni, azon shu o‘lkaning musulmon ekanini 

bildirib turadi. 

8. Davlat televideniye orqali missionerlikni targ‘ib etmoqda: 

– mana, necha yillardan beri na turkiy, na musulmon davlatlardan, hatto 

yonqo‘shni-jonqo‘shnilarimizdan ham bironta badiiy kino ko‘rsatilmagani holda 

asosan protestant Amrika, so‘ngra katolik va anglikan Ovrupa, nasroniy Lotin 

Amrikasi, so‘ngra butparast yo majusiy Sharq mamlakatlarining o‘nlab, yuzlab (diniy 

ruhdagi) filmi orqama-ketin xalqimiz ma’naviy olamiga tiqishtirilyapti; 

– musulmon millatimiz ongiga tomchilata-tomchilata begona g‘oya va dinlar 

singdirilyapti;  

– nasl g‘ayrimusulmon ruhida yetishtirilyapti. Ayniqsa, bolalarimiz beshikdanoq 

dinimiz ruhi va axloqidan butkul uzilib, begona ruh va axloq doirasida o‘stirilyapti.  

Ikki-uch yil burun davlat missionerlarga qarshi boshlagan targ‘ibot “kompaniya”si 

soxta ekani, el ko‘zi uchun bo‘layotgani, ya’ni, samimiy emasligi ochiq ko‘rinib 

turibdi. 

Nasroniylikning “ustunligi”ni miyalarga quya-quya missionerlarga tayyor jonli 

xomashyo tarbiyalab berayotgan davlat siyosatini bundan boshqacha baholab 

bo‘lmaydi. Bu ishlarni bilmasdan qilyapti deb ham bo‘lmaydi, uzoqni ko‘zlab olib 

borilayotgan siyosatga o‘xshaydi!.. 

Bunaqa misollarni ko‘plab keltirsa bo‘ladi. Lekin misol shuning uchun misol: ozi 



ko‘rsatilib, ko‘piga ishora qilinadi. Ya’ni, shugina misol ham O‘zbekiston 

davlatining din borasidagi bosh siyosati qanday ekanini yorqin bildirib turibdi. 

Masala o‘ta murakkab bo‘lganidan uni xolislik ko‘zi-la boshqa tomondan ham tahlil 

qilib ko‘raylik. 



I. O‘zbekistonning Asosiy Qonuniga ko‘ra, din davlatdan, davlat dindan ajratilgan. 

Bu qoida jaydari o‘zbek tilida ifodalansa, bunday bo‘ladi: din davlatning ishiga 

aralashmaydi, davlat dinning ishiga aralashmaydi. 

Butun demokratik olamda shu tartib: bir-birining ishiga aralashmasdan bir-biri bilan 

tinch-totuv yashashga kelishib olingan. Bu bitimga rioya ikkala tomon manfaatiga ham 

mos kelgani uchun ikkala tomon unga qat’iy amal qilib kelyapti. 

                                                

214


2013 yil Ramazon oyi kirishi bilan azonni ovozkuchaytirgichlarda aytish yana taqiqlandi. Tashabbus O‘MIdan, 

muftidan “chiqartirildi”. Besh vaqt namozga azon O‘zbekiston bo‘yicha eshitilmaydi. Faqat machit ichlarida aytishga 

ruxsat berildi. Azonning vazifasi namozga chorlash bo‘lsa, demak, namozga chaqirish taqiqlandi, deganidir bu. Ichkarida 

to‘planganlarni – namozga kelib bo‘lganlarni chaqirish esa, ma’nisizligidan tashqari, kulgili hamdir.

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

304 


O‘zbekiston o‘zini demokratik dunyoviy davlat deb ataydi. Har daqiqada 

demokratiyani “jadallashtirib”, “rivojlantirib”, “chuqurlashtirib” borayotganini e’lon 

qilib turadi. Dunyo bu gapga ishonmaydi, shunga qaramay u tinimsiz: “Biz 

demokratlarmiz!” deb keladi. Xo‘p, demokratik davlat bo‘lsa, jumladan din borasida 

nima qilyapti – o‘rtadagi kelishuviga rioya etyaptimi? 

O‘zbekistonda chindan ham din davlat ishidan tamoman ajratilgan ‒ hech qachon 

davlat ishiga aralashmaydi, aralashishiga yo‘l qo‘yilmaydi ham! 

Ya’ni, bu masalada bo‘yniga tushgan shartni din so‘zsiz bajarmoqda. 

Bajarmaganiga qo‘ymay, bajartirilmoqda. 

Ikkinchi tomon-chi? 

Ikkinchi tomon, ya’ni, davlat boshidan-bosh bu kelishuvga rioya etmaydi. Rioya 

etmaslik sekin aytilgani. Aslida o‘zaro bitimni qo‘pol ravishda buzib, har kuni, har 

soatda, har onda din ishiga aralashib turadi. Bir soniya ham dinni o‘z holiga 

qo‘ymaydi. Omma ko‘ziga mo‘min-musulmonlar ishini O‘zbekiston musulmonlari 

idorasi boshqarayotgandek

215


 qilib ko‘rsatilsa-da, kundalik hayotda to‘lasicha MXX, 

Devon, DIQ orqali davlat boshqaradi. 

Masalan, oddiy bir machit imomini yoki tuman bosh imom-xatibini O‘zbekiston 

musulmonlari idorasi mustaqil o‘zi tayinlay yo bo‘shata olmaydi. O‘MI kadrlar 

nomzodini ko‘rsatadi, uni davlatning ko‘rinmas idoralari elakdan o‘tkazadi, Devon va 

DIQ bilan kelishiladi, shundan keyin O‘MI raisining buyrug‘i chiqadi yo chiqmaydi. 

Rais-mufti lavozimiga nomzod esa shaxsan prezidentning sim g‘alviridan o‘tadi. 

O‘tsa, “olib kelib kursisiga o‘tqazib ketishadi”. 

Faqat rasmiyatchilik uchun Ulamolar kengashi chaqiriladi va Kengash muftini 

“saylaydi”. Yuz foiz ovoz bilan eski mufti ishdan olinadi, yuz foiz ovoz bilan yangi 

mufti “saylanadi”! 

Oshkoralik zamonlarida bo‘lganiday qurultoy chaqirishlar qayda! 

O‘zbekiston musulmonlari idorasida aslida kim xo‘jayin ekanini ko‘rsatadigan eng 

yangi bir misol: 

Bir kuni idora raisi, mufti o‘z qo‘l ostida ishlaydigan ayrim xodimlarni ishdan 

bo‘shatish, ayrimlarini bir lavozimdan boshqasiga o‘tkazish haqida buyruq chiqardi. 

Ishdan haydalgan bo‘lim mudiri chopqillab buyruqni patroniga ‒ rais o‘rinbosari bo‘lib 

ishlaydigan Milliy xavfsizlik xizmati xodimiga yetkazdi. Chunki idora xodimlari 

muftidan ham ko‘ra ko‘proq va “hartomonlama” mana shu “o‘rinbosar”ga bog‘liq-da. 

“O‘rinbosar” nima qildi? O‘zining to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlig‘i bo‘lgan rais 

chiqargan buyruqni yirtib axlat paqirga tashladi! 

Va to‘g‘ri qildi! Nimaga O‘MI raisi o‘z o‘rinbosari (kechirasizlar, chinakam 

boshlig‘i) bilan maslahatlashmay o‘zboshicha buyruq chiqazadi?! 

                                                

215

 Aslida, O‘zbekiston musulmonlari idorasini davlat tashkiloti desa bo‘ladi. Sovet davlati 1943 yili O‘rta Osiyo va 



Qozog‘iston uchun Toshkentda bir, O‘rusiya qismi uchun Ufada bir, Qofqoz hududi uchun Bokuda bir diniy tashkilot 

tuzib, o‘sha orqali dinni boshqarib-yo‘naltirib turgan. Bizda hozirgi O‘zbekiston musulmonlari idorasi ham o‘sha sovet 

tuzgan tizimning vorisi va davomchisi o‘laroq davlatimiz ravnaqi yo‘lida xizmatini chin ko‘ngildan bajarib kelyapti. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

305 


“O‘rinbosar” so‘zini qo‘shtirnoqqa olganimiz sababi ‒ uning to‘g‘ridan-to‘g‘ri 

boshlig‘i O‘MI raisi emas, balki MXX raisidir. Bekorga idorada o‘zini juda erkin va 

yagona boshliqdek tutmaydi u! 

Xo‘p, chiqargan buyrug‘i yirtilib axlat paqiriga tashlanganini eshitgan mufti nima 

qildi? 

U ham to‘g‘ri qildi ‒ buyrug‘ini qaytib oldi, tupurgan tupugini qaytarib og‘ziga 



soldi va... o‘rinbosari (kechirasizlar, chinakam boshlig‘i)ning yaxshichasiga qilgan 

“maslahati” bilan buyruqni boshqatdan o‘zgartirib chiqardi! Endi yangi buyruqda 

haligi shovvoz bo‘lim mudirini ishdan bo‘shatish haqidagi band yo‘q, boshqa bandlar 

ham “o‘rinbosar” xohish-istagiga tom mos edi! 

Mana sizga O‘zbekiston musulmonlari idorasi, mana sizga davlat! Mana sizga din, 

mana sizga siyosat! 

Davom etamiz. 

Har yili ro‘zaning birinchi kunini va hayit kunini aniqlash mojarolari ham davlat 

dinning mayda-chuyda ishlarigacha qo‘pollarcha aralashishiga yorqin misoldir. 

Din, osmonda hilol ko‘rinsa oy boshlanadi, deydi. Falakshunoslik ilmi yangi oyning 

tug‘ish vaqtini ilmiy izlanishlar orqali aniqlab ko‘rsatadi. Din ishlari bo‘yicha 

qo‘mitaning taqvim tuzishga mas’uli Astronomiya instituti tavsiya etgan jadvalga ko‘ra 

va ular bilan yaqindan hamkorlikda yillik taqvimni tuzib chiqadi. Unda, jumladan, 

Ramazon oyining ilk kuni ham ko‘rga hassa qilib ko‘rsatib qo‘yilgan. 

Ammo har yili Ramazon yaqinlashishi bilan talvasa boshlanadi: nashriyot yillik 

taqvimga suyangan holda ro‘za taqvimini tuzadi, ruxsat uchun Din ishlari bo‘yicha 

qo‘mitaga (Hukumatga!), Qo‘mita o‘z navbatida Prezident devoniga (Davlatga!) 

chiqaradi. 

Bu yoqda nashriyot ham, xalq ham haq deb kuta boshlaydi. 

Oradan kunlar, hatto haftalar o‘tadi. Oliy dargohlardan javob hadeganda 

chiqavermaydi. Odamlar ro‘za taqvimini kuta-kuta ko‘zlari qorayib ketadi... 

Birinchidan, dinimiz “Oyni ko‘rib tutinglar, oyni ko‘rib ochinglar” hadisi bilan 

bizga u kunni aniqlashning osongina yo‘lini ochiq-oydin ko‘rsatib bergan.  

Ikkinchidan, yillik taqvimni Astronomiya instituti (!) ilmiy yo‘l bilan (!) oldindan 

aniqlab qo‘yibdi! 

Davlatga nima ish qoldi? 

Hech qanaqa ish qolmagan. Bu yog‘i O‘zbekiston musulmonlari idorasining ishi.  

Yo‘q, albatta davlat aralashishi kerak! Davlat na dinga, na ilmga yo‘l beradi! 

Hammasini o‘zi hal etgisi keladi. U nima desa, shu bo‘ladi: ruxsat bersa, oy chiqadi, 

ruxsat bermasa, chiqmay ham qo‘yaveradi! Yoki chiqib-ko‘rinib tursa ham, chiqmagan 

hisoblanaveradi!

216


 

                                                

216

 Eng yangi misol: 2013 yilgi Ramazon taqvimiga arafa kunigacha ruxsat chiqmadi. Odamlar orasida: “Bu yil Ramazon 



oyi chiqmaydigan bo‘libdi!” degan yoki: “Bu yil Ramazon bekor qilinibdi, yanagi yili ikki oy Ramazon bo‘lar ekan!” kabi 

hazil-huzul yurib qoldi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

306 


“E baraka topkurlar, shapaloqdek ro‘za taqvimiga ham meni aralashtirasanlarmi?! 

Qo‘yib berlaring musulmonlar idorasiga, o‘zlari hal qilaversin!” demaydi bu “Davlat” 

ismli vallomat! 

Yoqsa kerak-da? 

“Oy qachon boshlansin, hayit qaysi kuni bo‘lsin, ertaga quyosh chiqsinmi-yo‘qmi?” 

deb so‘rab turishsa, kimga yoqmaydi! 

Davlat ham odam. Shishadi-da. 

“Demak, shunday ishlar ham menga bog‘liq ekan, istasam oyu quyoshni 

chiqazaman, istamasam chiqayotgan joyiga qaytarib kirgizib yuboraman!” deb 

huzurlana boshlaydi! 

Aslida, ish bu qadar murakkab emas. Ro‘zaning boshlanish kuni taqvimdagidan bir 

kun oldinga yoki bir kun orqaga surilib qolsa ham dinga ko‘ra hechqisi yo‘q. 

Taqvimda: “Oy boshi yoki hayit kunlari oy ko‘rinishiga qarab bir kunga o‘zgarishi 

mumkin”, deb izoh berib qo‘yilsa yetadi! 

O‘zgarib turishi esa, ilmda isbotlangan tabiiy hodisa! Odamlar oy ko‘ringan 

kechadan tarovihini o‘qib, ro‘zasini tutib ketaveradi. Bunda tashabbusni O‘zbekiston 

musulmonlari idorasi qo‘lga olsa bo‘ldi edi. Afsus, diniy masalalarga bevosita javob 

berishi lozim bo‘lgan idora ham “tepa”ning imosiga zor bo‘lib qolgan. 

Bu aytilganlar musulmonlar o‘z ishlarini o‘zlari erkin hal eta olmayotganiga, erkin 

hal eta olmasligiga, erkin hal etishiga davlat yo‘l qo‘ymasligiga, natijada davlatning 

yetovisiz bir odim ham ota olmay qolganiga ikki-uchta eng mayda dalillardir. 

Shu maydalarning hal etilishi shunchalik “qiyin” bo‘lganidan keyin katta masalalar 

qanday hal etilishini har kim o‘zi tasavvur etib olaversin. 

 

Davlat dinni nazorat qilib, boshqarib turadi derkanmiz, bundan ko‘zlagan niyatimiz 



to‘g‘ri tushunilsin. O‘z ishini o‘zi boshqara olmaganidan keyin, musulmon 

musulmonning gapiga quloq solmay qo‘yganidan keyin, qo‘rqqanidan bo‘lsa ham 

davlatning gapiga quloq solayotganidan keyin... albatta, davlat boshqaradi-da. 

Musulmonlar bitta “islom” yoki bitta “musulmon” so‘zi tevaragida uyusha olmasa, 

o‘ziga har xil yo‘l, oqim, tariqatlar ochib olsa, bari o‘zini haq sanab, boshqasini 

haqsizga chiqarib qaltis vaziyatlar yuzaga keltirsa, qo‘liga erkinlik tekkan zahoti o‘zaro 

masalayu aqida talashib, siyosiy maslaklarini ilgari surish hisobiga birodarlik (uxuvvat) 

farzini tark etsa... albatta, o‘rtaga davlat tushadi-da. 

Bundan boshqa yo‘l bilan tinchitib bo‘lmaydi ham. O‘zimizda o‘tgan asrning 90-

yillari bunday boshboshdoqlik tajribada ko‘rildi, dunyoda bugungacha ko‘rilyapti. 

Shunday ekan, davlat o‘zining tinchini, mamlakat tinchini o‘ylashi tabiiy va shu 

ma’noda din nazoratini o‘z qo‘liga olganini harholda tushunsa bo‘ladi. 

Lekin qaniydi shu niyatdagina “boshqarsa”. Hayotda biz boshqacha – xato 

“boshqarish”ni ko‘ryapmiz. Dindorlarni bir-biri bilan tortishishdan, jamiyat tinchini 

buzishdan asrash uchun boshqarish boshqa, dinning ichki ishlariga aralashish boshqa. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

307 


Biz “Davlat dinni o‘z holiga qo‘ymayapti, doim kuzatib-tekshirib turibdi” deganda 

mana shu ikkinchi xil boshqarishni – din ishiga qo‘pollarcha aralashishni nazarda 

tutyapmiz.  

Davlatning bu ishi halol emas, albatta. Bunday “boshqarish”ni davlat el ko‘zidan 

yashirishga qancha tirishmasin, ichdagilar ham, tashdagilar ham, xalq ham, Xoliq ham 

ko‘rib-bilib turibdi. Diniy masalalarga huda-behuda aralashaverish, dinning ko‘p 

ko‘rsatmalarini “bekor” qilib, o‘rniga o‘zining “Bo‘tqa dini” ko‘rsatmalarini kiritishga 

urinish hamisha teskari natija bergan. Tinchlikka emas, aksincha, tinchsizlikka sabab 

bo‘lgan. Qayerda dinning ichki ishlariga no‘noqlik bilan aralashilsa, mamlakatda doim 

diniy qaltis vaziyat vujudga kelgan. 

Buning ustiga, har kuni mo‘min-musulmonni kamsitib, tuhmatu bo‘htonlar bilan 

dinini yomonotliq qilib tursa, bu hol asta-sekin odamlarda norozilik tuyg‘ularini 

uyg‘otmay nimani uyg‘otsin, qaltis harakatlar tug‘dirmay nimani tug‘dirsin! 

Xalqining diniy tuyg‘ularini qitiqlab hadeb jig‘iga tegaversa, xo‘rlayversa, 

yuraklarda izi qoladi, axir! Kishi bitta xo‘rlikni kechiradi, ikkitasiga indamaydi, 

uchtasiga tishini tishiga qo‘yib chidaydi, endi bu adolatsizliklar uning boshiga ustma-

ust yog‘ilib kelaversa, balolarning oxiri ko‘rinmasa, har qanday og‘ir-bosiq odam ham 

bir kuni dod deb yuboradi! 

Musulmon ham oddiy bir odam! Uni bir tomon har kuni xo‘rlasin, undan har onda 

bag‘rikenglik talab qilsin-da, evaziga, boshini silash o‘rniga, ketiga tepib tursin – 

bunaqa siyosat oxir-oqibat nimaga olib boradi? 

“Diniy ekstremizm”ga! “Terrorchilik”ka! Boshqa narsaga emas. 

Qaltis vaziyat yot tilda “ekstremal” deyiladi, qaltis vaziyat yaratuvchilar 

“ekstremist” bo‘ladi. O‘zbekistonda agar “diniy ekstremizm” bor bo‘lsa, uni mo‘min-

musulmonlar bor qilmadi, O‘zbekiston davlatining o‘zi, din borasida u yuritayotgan 

ko‘r, aqlsiz, no‘noq siyosati yuzaga keltirdi! 

Musulmonlar orasida “diniy ekstremizm” haqida so‘z bo‘lishi mumkin emas, 

chunki dinimiz adolat dinidir, unda ekstremizmga yetaklovchi zarracha g‘oya yo‘q. 

O‘zbekistonda chidab bo‘lmas qaltis vaziyatni ishiga no‘noq davlat odamlarigina 

yaratdi. Shuning uchun hozirgi murakkab holatni “davlat ekstremizmi” natijasi deb 

baholasa bo‘ladi. 

Ayni choqda, “davlat ekstremizmi”ga norozilik ifodasi o‘laroq, tabiiy ravishda, 

ayrim toifa musulmonlardan ham qaltis harakatlar sodir etildi va sodir etilyapti, lekin 

sababi chuqurroq tekshirilsa, bunga asosiy aybdor baribir teskari siyosat bo‘lib chiqadi. 

Xalqi bilan til topisha olmagan, kelisha olmagan davlat faqat yovuzlik, zulm 

yordamidagina birmuncha yashaydi. Lekin qanchalik yovuz, qanchalik zolim 

bo‘lmasin, bunday davlat siyosat sahnasida uzoq tura olmaydi. Odam bolasi imonsiz 

yashay oladi, ammo adolatsiz yashay olmaydi. Adolatsizlik, yovuzlik, zolimlik o‘ziga 

o‘lim hukmini beradigan holatlardir. Demak, bir kuni unday davlat ham o‘tadi. 

Shunchaki o‘tmaydi. To qiyomatgacha ortidan la’natlanadigan bo‘lib o‘tadi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

308 


II. SSSR bo‘ldaklanib ketganidan keyin dunyoning diqqati ayniqsa sobiq sovetning 

musulmon respublikalariga, ular ichida ayniqsa O‘zbekistonga qaratildi. 

Mamlakatimiz yangi “mustaqil” bo‘lgan oylari fitnachi G‘arb josuslari va 

jurnalistlari deyarli har kuni bizning siyosatchilardan, yangi prezidentdan “O‘zbekiston 

Eron yo‘lini tanlaydimi, Turkiya yo‘lini tanlaydimi?” deb qayta-qayta so‘rar, 

O‘zbekistonning yangi prezidenti ularning qitmir savollariga jiddiy turib har gal: “Biz 

Turkiya yo‘lidan boramiz!” deb ta’kidlar edi.  

Xalqimiz turk millatidan bo‘lgani uchun emas, turklar musulmon bo‘lgani uchun 

ham emas, balki Turkiya dunyoviy yo‘ldan sobitlik bilan borayotgani uchun shunday 

derdi. Eronning yo‘lidan qo‘rqardi. 

Chindan, Turkiyaning yo‘lini tanladik – O‘zbekiston dunyoviy davlat bo‘ldi. Va 

barcha dunyoviy demokratik davlatlar singari birinchi qilgan ishi ‒ dinni davlat 

ishlaridan ajratdi. Asosiy Qonuniga maxsus modda kiritib, o‘zaro bir-birining ishiga 

aralashmaslik haqida bitim tuzdi (qo‘l tashlashdi). 

Ammo, Turkiyadan farqli o‘laroq, birinchi kunlaridan boshlab bu bitimni buzdi 

(qo‘lini qaytarib oldi). Vaqt o‘tib, kuchga to‘lib borgani sayin bu davlat go‘yo boshqa 

hamma ishini yig‘ishtirib qo‘yib, faqat din bilan shug‘ullana boshladi, so‘ngra bora-

bora dinni biryoqli qilishga kirishib ketdi. 

Bu aralashish asosan nimalarda ko‘rinishiga tepada uch-to‘rt misol keltirdik. 

Shubhasiz, Turkiya musulmon mamlakat. Musulmon bo‘lganida ham, necha asr 

xalifalik markazi o‘laroq dunyoni so‘ragan mamlakat. Kechagi shon-shavkatiga 

qaramay, bugun taqdiriga tan berib, demokratik tartib-qoidaga moslashgan. Din davlat 

ishlariga aralashmaydi, davlat ham din ishlariga qorishmaydi. O‘zaro bir-birini hurmat 

qiladi. Hurmat qilgan holda davlat o‘z so‘zini aytadi, din o‘z so‘zini aytadi. Unisi 

bunisining og‘zini yopmaydi, bunisi unisining mushugini pisht demaydi. 

Diniy adabiyotlarini varaqlab ko‘ring: aqida ham, fiqh ham, axloq ham to‘lig‘icha 

aytiladi. Halollar halol deyiladi, haromlar harom deyiladi.  

U kitoblarda “jihod” tushunchasining hamma tomoni ochib berilgan, ammo hech 

kim davlatga qarshi jihod e’lon qilayotgani yo‘q! 

“Musiqa harom, odamning rasmini chizish harom, avratlarni nomahramlarga 

ko‘rsatib yurish harom!” desa, davlat darrov qilich yalang‘ochlab: “Ho‘v, nima 

deyapsanlar!” demayapti. Bu gap dinning gapi, biz dunyoviy davlatmiz, deb xotirjam 

qabul qilyapti. Xohlaganlar dinga quloq solyapti, xohlamaganlar dunyoviylikni 

tanlayapti. 

Bir yarim ming yil davomida yaratilgan deyarli barcha mo‘‘tabar diniy-ilmiy meros 

turk tilida bosilib chiqqan va hamon har kuni bosilib yotibdi. Turkiyaning o‘zida ham 

diniy mavzuda yozadigan minglab muallif bor – dinning hamma masalasini emin-

erkin, ochiq yozib kelyapti. Ammo haligacha hech bir musulmon kishi dinni bayroq 

qilib davlatga qarshi jiddiy bosh ko‘targani yoki bosh ko‘tarishga chaqirgani yo‘q! 

Davlati uni kamsitmayotgani, xo‘rlamayotgani uchun din ham davlatining hurmatini 

yeriga qo‘yib, tinch-totuvlikda yashab kelyapti. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

309 


Eng muhimi – davlati bilan xalqi o‘rtasida ayrimchilik yo‘q. Musulmonlar: 

“Mening davlatim!” desa, davlat ham: “Mening musulmon xalqim!” deb turibdi. 

Dunyoviylikning, demokratiyaning asosiy yo‘rig‘iga ikkalasi ham rioya etgani tufayli 

bugun mana shunday natijaga erishildi.  

Tashqi qiyofasidan naq Ovrupani eslatadigan Turkiyaning har mahallasida uch-

to‘rttalab machit qad tiklagan. Yangi mahalla yoki qishloq albatta machiti bilan birga 

quriladi. Har bir machitning baland-baland minorasi bor. Bu minoralar karnayidan besh 

vaqt azon yangrab turibdi. Namoz vaqti kirsa, azon sadolari shaharni tutib ketadi, lekin 

bironta dunyoviy kishi yoki dinsiz: “Azon halovatimni buzyapti”, deb noliganini 

eshitmaysiz. 

Minoralar Turkiyaning musulmon mamlakati ekanini dunyoga bildirib turadi. Qaysi 

shahriga, qaysi qishlog‘iga bormang, olisdan eng oldin ko‘zga tashlanadigani 

minoralardir – adashmay machitni topib borasiz. 

Mamlakatda hijobliyu hijobsiz yonma-yon, bir-biridan g‘ashi kelmay yashab 

yuribdi. 

Bir oy Ramazon Turkiyada xalq bayramiga aylanib ketadi. Og‘izochar paytiga 

yaqin katta machitlarga odamlar oqib keladi, minglab oila yoki yor-do‘st birgalikda 

og‘iz ochadi, televideniyening hamma kanali bittadan machit tevaragidan to‘g‘ridan-

to‘g‘ri ko‘rsatuvlar olib beradi. Yon-veridagi maydonlarda to saharlikkacha diniy 

suhbatlar, savol-javoblar qilinadi – bu tadbir ham ko‘rsatiladi. 

Bulardan tashqari, bir oy Ramazon ichi boylar bir yondan, baladiya (hokimiyat)lar 

ikkinchi yondan oshxonalarda, maydonlarda, ko‘chalarda o‘n-yigirma ming kishilik 

“Ikrom dasturxonlari” tuzab, hadya iftorliklar qilib beradi. Butun mamlakat ahli bir tan, 

bir yurak, bir til, bir din, bir Vatan bo‘lib qoladi. 

Shunday bo‘lganidan keyin xalqi davlatidan rozi bo‘lmasinmi?! 

O‘zbekistonimizda bular bormi?! 

Yo‘q! 

Yo‘qligini boshqa boblarda qisman ko‘rdik. 



Xossatan, Ramazonga munosabatni olib qaraydigan bo‘lsak, bu muborak oy 

yaqinlashgani sayin “yuqori” tomonlardan: “Iftorliklarga ozchilik odam to‘plansin!”; 

“Iftorlik o‘rniga yetimxonalarga, Mehribonlik uylariga ehsonlar qilinsin!”; 

“Oshxonalarda iftorliklar qilinmasin!..” kabi ko‘rsatmalar tusha boshlaydi. 

Maqsad – odamlar Ramazonning fayzini his etmasin, shukuhini tuymasin, ko‘ngli 

ko‘tarilib qolmasin, hamma tumshayib yursin, iftorliklarni ham imi-jimida o‘tkazsin, 

yanayam yaxshisi, kech kirmasidan uy-uyiga kirib ketsin-da, hech bo‘lmasa chet 

ko‘zga O‘zbekiston musulmon mamlakat bo‘lib ko‘rinmasin!.. 

“Turkiya yo‘lini tanlaymiz!” degan O‘zbekiston agar niyatida samimiy bo‘lganida 

Turkiya siyosati va ijtimoiy tutumining tuzuk tomonlarini olar, ayniqsa dinga 

munosabatda u tanlagan “o‘zaro hurmat va bir-birining ishiga aralashmaslik” yo‘lini 

tutar, diniy siyosatda demokratik dunyoning ijobiy tajribalarini o‘rganishga harakat 

qilar edi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling