Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56

IV. Abu Lays Samarqandiyning “Tanbehul g‘ofilin” kitobidan: 31-betdagi “Ular 

(shahidlar. – N.M.R.) ikkinchi bor hayoti dunyoga qaytib, Alloh yo‘lida jang qilib, 



halok bo‘lishni orzu qiladilar” deb yozilgan jumlani qisqartirish; 145-156 betlardagi 

15-bobni, “Zino haqidagi” 45-bobni, 347-betda berilgan 536-hadisni (!) to‘liqligicha 

qisqartirish... lozim” (2013.8.04. 890-raqam)


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

297 


Bunaqa misollardan yuzlabini keltirsa bo‘ladi. Bu misollar dinning o‘zak masalalari 

‒ aqida va hukmlari hatto mo‘‘tabar manbalardan o‘chirib tashlanayotganini yoki 

o‘zgartirilayotganini ko‘rsatadi. 

Mo‘‘tabar manba ne, hatto Qur’oni karimning ayrim oyatlari (mas., jihod, halol-

harom, ko‘pxotinlilik haqlaridagi oyatlar) machitlarda gapirtirilmaydi, gazet-

jo‘rnollarda sharhlatilmaydi, chop etilayotgan kitoblardan o‘chirtiriladi.  

Oyatga munosabat shunday, hadislarni qo‘yavering: ular ham qattiq chig‘iriqdan 

o‘tkazib beriladi. Imom Buxoriyga ham, Imom Muslimga ham davlat ishonmaydi, ular 

tanlagan sahih hadislar davlatni qoniqtirmaydi, ularni sahih yo sahihmas deb o‘zi 

boshqatdan “aniqlaydi”. Qaytadan jiddiy tekshiruvdan o‘tkazib, elakda 

qolganlarigagina ruxsat beradi

197


Xullas, davlat dinning xohlagan joyidan xohlagan patini yulib, xohlagan ko‘yiga 

solyapti. Hamma narsaga aqli yetadigan “ulamoi kirom” bu kabi ayanchli ishlarga 

ochiq munosabatini bildirish o‘rniga qaytaga har kuni har yig‘in va har to‘plamda 

tomoq yirtib: “Olloh taolo: «Shukr etsalaring, ne’matimni ziyoda qilaman», degan. 

Shuning uchun, muhtaram ahli Islom, ahli mo‘min birodarlar, muqaddas diniy 

qadriyatlarimizni xalqimizga qaytarib bergan, eminlikda-erkinlikda ibodat qilishimizga 

to‘la sharoit yaratib qo‘ygan davlatimizga, shaxsan Prezident bovamizga karrot-karrot 

shukrlar aytaylik, hamdu sanolar yo‘llaylik”, deb turibdi...

198


  

5. “Ramazon va Qurbon hayitlari dam olish kuni deb e’lon qilingan!” degan 

minnatga javob: 

Diqqat qilinsa, bu yerda yashirin bir nayrang bor. “Mustaqil” O‘zbekiston davlati 

musulmonlarning ikki buyuk hayitini bayram deb ochiq tan olmagan! Tan olgan 

bo‘lganida, “mustaqillik”ning ho‘v o‘sha boshidayoq “O‘zbekistonda Ramazon va 

Qurbon hayitlari umumxalq bayrami hisoblansin va dam olish kunlari deb e’lon 

etilsin”, degan bitta Farmon chiqarilar va qonun bilan mustahkamlanar edi. 

Bunday bo‘lmadi va o‘rniga har yili alohida farmon chiqarish an’anaga kirdi.  

Bu ikki xil yo‘l orasida katta farq bor! Nimaga ikkinchi yo‘lni tutganini davlat juda 

yaxshi biladi. Faqat biz qoralargina har yili chiqadigan omonat farmonni ham 

olqishlab, hayitimizni dam olish kuni qilib berdilar, deb har yili prezidentga hamdu 

sanolar yo‘llab yotamiz. 

Hech o‘ylab ko‘rganmizmi: prezident Yangi yil, 8 mart, Navro‘z, Mustaqillik, 

o‘qituvchilar bayrami, hatto jurnalistlar kuniga har doim tabrik yo‘llaydi, lekin 

musulmonlarning ikki buyuk bayramida xalqimizni umuman tabriklamaydi?! 

Nimaga?! Axir, 90 foizdan ortiq xalqimiz musulmon-ku! 

 

                                                



197

 “Hadis va Hayot” turkumidan ko‘p jildlar bosilib chiqqanidan keyin ham uzoq vaqt 2-kitobga ruxsat berilmay 

yotganini eslash yetarli. Qolganlari ham ancha “tozalanib” chiqqanini nashriyot muharriridan eshitib turardik. 

198


 Holbuki, Olloh taolo “Menga shukr qilsalaring...” degan. U shukr qanaqa bo‘lishi tafsir kitoblarida sharhlangan. Biz 

bo‘lsak minbarlarda qavmlarimizni zo‘r berib prezidentga shukr etishga targ‘ib qilib yotibmiz. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

298 


Xullas, davlat dinga qarshi emasligini, aksincha, unga keng yo‘l berayotganini 

ko‘rsatish uchun yana ko‘p “minnat-dalil”lar keltirishi mumkin. Ammo ming 

tirishmasin, baribir o‘zini oqlayolmaydi. Chunki haqiqat qaysar, prezident siyosati 

mohiyatan Islom diniga qarshi ekanini hayot aylanasiga ham, tikkalayiga ham, 

ko‘ndalangiga ham isbotlab turibdi. 

Xo‘sh, bu qaysar haqiqat nima deydi? Eng mashhur ayrimlarini sanaymiz: 



1. Birlamchi farz (farzi ayn)lardan biri – da’vat (dinga chaqiriq) keskin 

taqiqlangan: 

– imonga, namozga, ro‘za tutishga chaqiriq “qonunga ters” deb baholanadi, 

da’vatchi ming turli bahona ila ishdan olinadi yoki qamoqqa tiqiladi; 

– ko‘chada, uylarda, ma’raka-marosimlarda tugul, hatto machitlarda odamlar 



imonga, namoz o‘qishga, ro‘za tutishga chaqirtirilmaydi. Machitga qatnaydiganlar 

aytsin: imom xalqni imonga, namozga, ro‘zaga oxirgi marta qachon da’vat qilgan? 

Albatta, ayrim machitlarda jasoratli imom-domlalarimiz yo‘lini qilib, qalovini topib, 

da’vat ham qilib turishibdi, lekin “tepa”lardan tushgan topshiriqqa qattiq yopishib 

olgan ko‘p machitlarda nuqul ijtimoiy-siyosiy gaplar aytiladi, davlat siyosatini targ‘ib-

tashviq etish bo‘yicha musobaqa qilinadi, xolos. 

To‘g‘ri, machitlarda aytilayotgan ijtimoiy gaplar ham jamiyatga kerakli gaplar, 

ammo imon, namoz, ro‘za asosiy masalalar-ku! Islom dini ustunlaridan-ku; 

– diniy gazet, jo‘rnol, kitoblar ham da’vat ruhidan keskin “tozalanadi”. O‘quvchini 

o‘ylab ko‘rishga chaqiruvchi maqola yo parcha ham “Da’vat bo‘lib qolibdi!” degan 

“jiddiy ayb” bilan o‘chirib tashlanadi. Ikki-uch marta shunaqa “ayb”ga yo‘l qo‘ygan 

muharrir kamida: “Qayoqqa qarayapsiz o‘zi! Odamlarni hayajonga soladigan 

materiallar bermang!”

199


 degan qattiq dashnom eshitadi; 

– bolalar va yoshlarni dinga chaqirish borib turgan jinoyatday qilib qo‘yildi. 

– ... 

Aslida: “Islomdagi eng ulug‘ ibodatlardan biri odamlarni yolg‘iz Ollohga imon 

keltirishga, Unga hech narsani sherik qilmaslikka chaqirish, Olloh muyassar qilgan 

barcha uslub va imkoniyatlar bilan ochiq-oydin va go‘zal holda Islomni 

yetkazishdir”

200



2. Imondan keyin eng ulug‘ farz namozdir. Namoz yo‘li ham tobora to‘sib 



borilyapti: 

– namoz o‘qiydiganlar asta-sekin o‘qishlardan, ishlardan siqib chiqarildi; 

– maktab, kollej va oliy o‘quv yurtlari talabalari bo‘ynidan namoz farzi “bekor 

qilindi”; 

– kasalxona, qo‘nalg‘a, vokzal, ishxona va oshxonalarda ochilgan namozxonalar 

bitta qo‘ymay yopib tashlandi; 

                                                

199


 Prezident Devonida dinga qarovchi mas’ul shaxslardan (dinning qorovuli) Nuriddin Hoshimovning topib olgan gapi 

shu edi. U yana: “Diniy gazet-jo‘rnol tirajini ko‘paytirmanglar, diniy idoraning gazet-jo‘rnoli bormi ‒ bor degulik 

darajada chiqsa bo‘ldi!” deb po‘pisa qilardi. “Hidoyat” jo‘rnoli adadi 23000 (yigirma uch ming)ga chiqqan yili tilponda 

yarim soat kaminaning boshini qotirgan! 

200

 Abdulloh Sa’d. Islomning asosiy haqiqatlari, 40-bet. “Turusel” bosmaxonasi, 1997 yil. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

299 


‒ uyidan va machitdan tashqarida bir ish bilan yurganlarga, ayniqsa ayollarga 

namoz o‘qish imkoniyati deyarli qoldirilmadi; 

– namoz o‘qiydigan tadbirkorlar ta’qib va tazyiq ostiga olindi

201


‒ ... 


Aslida: “Namoz har bir musulmon o‘z vaqtida ado etishi lozim bo‘lgan eng ulug‘ 

farz bo‘lib, sog‘ bo‘lsin, kasal bo‘lsin, hech qachon undan ozod bo‘lmaydi. Banda 

bilan Olamlar Parvardigori orasida doimiy yangilanib-takrorlanib turadigan ahdnoma 

va ozuqa bo‘lishi uchun Olloh taolo kecha va kunduz soatlaridan besh vaqtni namoz 

vaqti qilib tayinladi”

202




3. Avratni yopish farzi ham hukmdan qoldirildi: 

– yopinish-o‘ranish haqidagi Ollohning buyrug‘ini machitlarda ham, diniy 

adabiyotlarda ham aytish, erkagu ayolni avratni yopishga chorlash mutlaq to‘xtatilgan. 

Uning o‘rniga “milliy kiyim” iborasi joriy etildi, ammo unga ham targ‘ib 

qilinmaydi

203


– hijobga jamiyatda dushmancha qarash shakllantirilgani va har kuni unga qarshi 

kurashilgani holda mammani, kindikni, orqani, ketni ochib yurishga qarshilik 

qilinmaydi. Aksincha, targ‘ib-tashviq etiladi

204



 – hijoblilar hamma sohada kamsitildi, xo‘rlandi



205

 – o‘qishlarga, ishlarga olinmadi, 

oldindan o‘qib yo ishlab kelganlari bo‘lsa haydaldi

206


                                                

201

 Hujjati pastroqda keladi. 



202

 Shu asar, 34-bet. 

203

 Dinga qarshi siyosat kundan-kunga tezlashib, misollar qalashib bormoqda. Xuddi atay qilinganday, deyarli har kuni 



ketma-ket bir mojaro chiqib turibdi. Mas., bugun – 2013 yil avgustining 14-kuni endi ishdan qaytib, so‘rida o‘tirsam, uy 

tilponi jiringladi. Mahalla idorasidan diniy maslahatchi ayol ekan. Bolalarimning onasini so‘rabdi. Uzoq gaplashishdi. 

Oldiniga yaqinda Turkiyaga borib kelganimiz haqida so‘rabdi. “Nimaga bordilaring? Qayerga qo‘ndilaring? Qancha 

yurdilaring? Kimlar bilan uchrashdilaring? Qachon keldilaring?” Va hokazo... So‘ngra mavzu hijobga burilibdi. 

“Hokimiyatga bizning mahallada hijobli qolmadi, hammasini yechtirdik, deb hisobot berib yuborganmiz. Bitta sizlarning 

oilalaring qolibdi. Ro‘molni yechinglar. Hech bo‘lmasa, orqamachasiga o‘rab yuringlar, bizga gap tegmasin. Hijob 

arablarning milliy kiyimi, iqlimlari shunaqa kiyinishni taqozo etadi, bizga to‘g‘ri kelmaydi. Bizdan ham qattiq talab 

qilishyapti-da”, dermish... 

Beva ekan. Melisa eri boshqa xotinga ilashib ketib qolgach, bu ayol mahalla idorasida xotin-qizlar bilan ishlash bo‘yicha 

diniy maslahatchi lavozimiga loyiq ko‘rilibdi... 

“Hujum – 2” boshlanganiga o‘zi ancha bo‘lgan, endi battar kuchayganga o‘xshaydi. Bu ketuvda O‘zbekistonda yaqin 

oralarda hijob yot unsur sifatida, hijoblilar sinf sifatida butkul tugatilsa kerak. Eng yangi misol yana o‘z oilamdan: katta 

qizim uzoqdan kelgan dugonasini do‘xtirga olib chiqayotganida uyimizga yaqin yerda ikki nafar melisa ularni to‘xtatibdi. 

“Jamoat joylarida ibodat libosida yurib qonunni buzyapsizlar! Yo jarima to‘laysizlar, yo bo‘limga oborib ustlaringdan 

“Ish” ochamiz!” debdi. Qizim ham topqirlik qilib: “Bu ibodat libosi emas, moda-ku! Mana, qarang, ko‘zoynak ham taqib 

olganman!” deb qutilib qolibdi. Yovvoyi tuzum! 

204

 Masalan, Toshkent shahar Hamza tumani 69-maktab kiraverishiga qo‘yilgan qorovul ayol shu kunlarda (2012-2013 



o‘quv yili) ham qizlarga: “Ro‘mol o‘rama!”, “Ishtoningni yech!”, “Kalta yubka kiyib kel!” deb turadi. 

Yaqindan beri yana bir “ta’sirchan” yangicha usul chiqdi: Bi-bi-si radiosi xabariga ko‘ra, bolaga ajratilgan nafaqa pulini 

olish uchun mahalla idorasiga chiqqan ayollar, agar o‘rangan bo‘lsa, haqlari berilmayapti. “Hijobingni tashlasang, 

beramiz”, deya boshlabdi mahalla boshliqlari. Mas., Qo‘qon shahrida shunday qilishgan. 

205

O‘quv yurtlarida o‘rangan qiz eng a’lochi bo‘lsa ham, olimpiadalarga, musobaqalarga qo‘yilmaydi; biron 



teleko‘rsatuvga suratga olishga kelsa, sinf xonasidan chiqazib yuboriladi (Bunga o‘zimning ikki qizim jonli misol). 

Ammo yozgi ta’til chog‘i sinfning ayrim mulkini saqlab berishni “Sizlar omonatdorsizlar” deb qizlarimdan iltimos 

qilishardi. “Sening yaxshiligingga va Ollohdan qo‘rqish xush xulq ekaniga tan berishyapti, shunisiga ham shukr”, deb 

qizlarimning ko‘nglini ko‘tarardim. 

206

 Milliy universitetning turli fakultetlaridan 90-yillar ikkinchi yarmida 25 (yigirma besh) nafar hijobli qizning o‘qishdan 



haydalishi bilan boshlangan kampaniya hozirgacha quturgandan-quturib davom etib kelyapti. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

300 


– hatto bozorda ketayotgan o‘rangan qizlarni “jamoat joylarida ibodat libosida 

yuribdi” degan ulkan jinoyat (!) ustida tutib ketib, jinoiy ish ochib, sud qilib, jarimaga 

tortildi

207


– bozorlarda o‘rangan tadbirkor ayollar tinimsiz ta’qib qilindi, ro‘molini 

yechtirishga majburlandi, ro‘molini yechmaganlarning do‘konlarini soliq idoralari 

bosdi, mollari tortib olinib, yo‘q yerdan ayblar topib, musodara qilib yuborildi

208



– hijob bilan savdo qiladigan do‘konlar yopildi yoki hijob savdosi mutlaqo 



taqiqlandi; chetdan keladigan “diniy libos”lar mamlakatga kiritilmaydigan bo‘ldi. 

‒ ... 


Aslida: balog‘atga yetgan qiz va ayollar ikki qo‘l kafti, ikki oyoq kafti va yuzidan 

boshqa yerlari avrat sanaladi va mahram bo‘lmaganlar oldida avratini yashirishi, 

o‘rashi (hijoblanishi) farzdir. 

4. Halol-harom masalasi ham hukmdan qoldirildi: 

– mast qiluvchi ichkiliklarni harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Hamma 

rahbarimiz ichadi, ichuvchilarning ko‘nglini og‘ritib qo‘yasizlar”, deyishadi; 

– qimorni harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Qimorxonalarni davlat rasman 

ochib qo‘ygan, nima, sizlar davlat siyosatiga qarshimisizlar?!” deb do‘q urishadi; 

– cho‘chqa etini harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Cho‘chqa etini halol 

deb hisoblaydigan dinlarning huquqiga tajovuz qilmang!” deyishadi; 

– Ollohdan boshqaga atab yoki Ollohning nomini aytmasdan so‘yilgan hayvonlar 

etini harom deb bo‘lmaydi! “Nega?” desangiz, “Nima, aralashiga yeb yurganlarni 

haromxo‘r demoqchimisizlar?!” deb po‘pisa qilishadi; 

– halol mahsulot chiqara boshlagan ishxonalarning yorlig‘idan “halol” so‘zi oldirib 

tashlandi! “Nega?” desangiz, “Nima, boshqalarning mahsuloti harommi?!” deyishadi; 

– halol taomlar tayyorlaydigan oshxonalar yopildi, nomida “halol” so‘zi bo‘lsa 

o‘chirtirildi yoki ulardan, peshtaxtangga mast qiluvchi ichimliklarni ham qo‘yasan, deb 

talab qilindi. “Nega?” desangiz, “Nima, oshxonalarni halol-haromga ajratib, jamiyatda 

g‘avg‘o chiqarmoqchimisizlar!” deb so‘zingizni kesishadi. 

‒ ... 

Aslida: “Olloh taolo insonga barcha pok narsalarni – so‘z, ish, ovqat, ichimlik, 

kiyim, ziynat yoki o‘yin-kulguni ruxsat berdi. Bular «halol» deyiladi. Olloh taolo 

insonni o‘ziga va o‘zgalarga zararli bo‘lgan narsalardan – iflos-fahsh so‘z, ish, ovqat, 

ichkilik, kiyim, ziynat va o‘yin-kulgudan qaytardi. Bular «harom» deyiladi. Albatta, 

halol yoki haromni aniqlash va bayon qilish Ollohning o‘ziga xos ishdir. Bu ishni 

O‘zidan boshqa hech kimga – davlat, hay’at, jamiyat, boshliq, shayxga ruxsat 

bermagan”

209


 

                                                

207

Xorazm viloyati Gurlan tumanining “Gurlan hayoti” gazeti 2012 yil kuzgi sonlaridan birida “Sud zalidan” degan rukn 



ostida shu xabarni chop etgan (Bu haqda gapirib bergan imomning ovozi yozib olingan, saqlanyapti). 

208


2011 yili o‘zimning jiyanim bilan dugonasi boshiga shu savdo tushdi. Oldiniga: “Ro‘molni yechsalaring, ishlaysizlar, 

bo‘lmasa, do‘konlaringni yopamiz!” deb ogohlantirishdi, bular yechmagan edi, tovarini tortib olib, musodara qilib 

yuborishdi. Sud ham eplayolmadi. 

209


 Abdulloh Sa’d. Islomning asosiy haqiqatlari, 39-bet. “Turusel” bosmaxonasi, 1997 yil. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

301 


5. Jihod hukmi tagdan bekor qilindi: 

– jihod haqida ijobiy gap aytish yo yozish tugul, tilga olishning o‘zi qat’iyan 

taqiqlangan

210


. Bu bilan aqida asoslariga bolta urilyapti; 

– aksincha, jihod haqida salbiy gaplar aytish va yozishgagina ruxsat bor; 

– rasmiy doiralar talabiga ko‘ra, “ulamo” orasida jihodni asosan: 

1) nafsga qarshi kurash ma’nosida tushuntirish va shu ma’nosinigina targ‘ib-tashviq 

etish urfga kirdi; 

2) bu so‘zning lug‘aviy ma’nosidan kelib chiqib: «“Jihod” so‘zi lug‘atda urush 

ma’nosini anglatmaydi... kishi bor imkoniyatini ishga solib, biron ishni bajarishga 

harakat qilishi jihoddir. Shar’iy ilmlarda jihod qilganlar shuning uchun “mujtahid” 

deyiladi», deb tushuntirilyapti. 

Albatta, bu gap ham to‘g‘ri. Lekin Imom Buxoriy hazratlari “Sahih”da  urush, 

g‘azot va qaysidir tomoni bilan shularga tegishli mavzulardagi 309 hadisi sharifni 199-

bobga biriktirib-to‘plab, bu bo‘limni “Jihod va yurishlar kitobi” deb ataganlarini 

qanday tushunamiz bo‘lmasa! 

Savollar tug‘iladi: 

1. Buyuk imomimiz bugungi “olim”lar bilgan lug‘aviy ma’noni bilmaganmi edilar? 

2. Nafsga qarshi jihod haqidagi hadisni nimaga bu bo‘limga kiritmadilar?  

3. Xo‘p, bu ikki ma’noni ham diqqatdan qochirmaslik kerak, albatta, lekin hech 

bo‘lmasa, bular qatorida nimaga Imom Buxoriy nazarda tutgan ma’nolar ham 

aytilmaydi?! Ayttirilmaydi?! 

Hamma gap shunda. Bu yerda aql egalarini o‘ylantiradigan nimalardir bor. 

‒ ... 

Aslida: “Haj va jihod to qiyomatgacha musulmonlarning solih yoki fojir rahbarlari 

boshchiligida davom etadi. Ularni hech narsa bekor qilmaydi”

211

. 



6. Davlat necha yillardan beri qo‘l ostidagi ommaviy axborot vositalari orqali 

Islom dini haqida asosan salbiy, boshqa dinlar to‘g‘risida ijobiy fikr uyg‘otish 

siyosatini yurityapti, bu ishi bilan (ayniqsa O‘zbekiston televideniyesi barcha kanallari 

orqali) necha yillardan beri bilib-bilmay missionerlarga xizmat qilib kelyapti, 



missionerlik tegirmoniga suv quyyapti: 

– turli oqimlarni bahona qilib, Islom dini haqida doim qoralovchi, aksincha, 

nasroniylik haqida, ulardagi sekta va mazhablarni ajratib o‘tirmasdan faqat ijobiy 

tasavvur uyg‘otuvchi badiiy filmlar ko‘rsatadi; bu filmlar orqali muttasil 

nasroniylikning ijobiy obrazini yoyyapti, musulmon xalqimiz ongi va yuragiga yot din 

g‘oyalarini yerlashtiryapti; 

– o‘zbek kinolarida bironta imom yo din olimining ijobiy obrazi yaratilmaydi; 

aksincha, nasroniy olamidan ko‘rsatiladigan deyarli barcha kinolarda nasroniylarning 

ijobiy obrazlari targ‘ib-tashviq etiladi; 

                                                

210

 Olloh ko‘rsatmasin, ertaga biron tashqi dushman O‘zbekistonga bostirib kirsa, hozirgi davlat o‘z hokimiyatini asrab 



qolish uchun domla-imomlarga hatto: “Jihod e’lon qilinglar!” deb yalinsa ham ajab emas. 

211


 Imom Tahoviy. Aqoid, Toshkent, 1992. Shayx Abdulaziz Mansur tarjimasi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

302 


– nasroniycha “hijob”li ayollar bemalol ko‘rsatilavergani holda bironta 

musulmoncha hijobli ayol ekranlarga chiqarilmaydi. Chiqarilsa ham, faqat salbiy 

talqinda, salbiy qiyofalarda, ommani hijobdan va hijoblilardan nafratlantirish 

maqsadida ko‘rsatiladi;  

– bironta filmda qahramon machitga bormaydi, go‘yo O‘zbekiston voqeligida 

machit yo‘qday; aksincha, chet el filmlari qahramonlari tinimsiz cherkovga boradi, 

cherkovdagi ibodatlar yotig‘i bilan ko‘rsatiladi, nasroniylar diniy masalalarini 

xotirjam-malolsiz gaplashadi

212



– “mustaqillik”ning ilk yillari hech bo‘lmasa Ramazon oyida Turkiya, Misr kabi 



mamlakatlar ishlagan islomiy kinolar ko‘rsatib turilgan edi, bora-bora unga barham 

berildi. O‘rniga endi hatto Ramazon oyida din haqida salbiy siyosiy ko‘rsatuv va 

eshittirishlar tayyorlanyapti (mas., 2012 – 2013 yillari); aksincha, nasroniylik haqida 

bironta salbiy baho yoki tanqid yo‘q; 

– “Diniy bag‘rikenglikka to‘g‘ri kelmaydi!” degan bahonada nasroniylikning salbiy 

tomonlarini gapirishga yo ko‘rsatishga ruxsat yo‘q, ammo butun OAV Islom dini 

to‘g‘risida faqat salbiy material beradi, hech kim: “Bag‘rikenglik yo‘rig‘iga to‘g‘ri 

kelmaydi-ku!” demaydi; 

 – har kuni har daqiqada Islom dinidan va musulmonlardan davlatga, siyosatga, 

boshqa dindagilarga, dinsizlarga... nisbatan bag‘rikenglik talab etiladi, lekin davlat 

ham, siyosat ham, boshqa dindagilar ham, dinsizlar ham Islom diniga va 

musulmonlarga bag‘rikenglik ko‘rsatmaydi! Aksincha, bahona topilsa-topilmasa 

Islomni, musulmonlarni xo‘rlash, kamsitish, siqish, jamiyatga ta’sir qildirmaslik, 

umuman, jamiyatdan uzish, ijtimoiy faoliyatini cheklash bilan ovora. 



7. Azonni ovozkuchaytirgichlarda aytish turli bo‘lmag‘ur bahonalar ila bekor 

qilib turiladi: 

– boshidan-bosh davlat minoraga va azonga qarshidir. Eski zamondan qolgan 

minoralarni istisno qilganda, keyingi zamonlarda qurilgan machitlarning kamdan-

kamida minora bor. Minorali machitning loyihasi ko‘pincha tasdiqlanmaydi. Hatto 

Toshkent markazidagi “Xo‘ja Ahror Valiy” machiti ham minorasiz qurildi, minoraga 

mo‘ljallangan o‘rin haligacha bo‘sh turibdi

213



– davlat azonga qarshiligini ochiq bildirmasa-da, uni xalq eshitishiga qarshi ekanini 



yashirmaydi. Yigirma yillik o‘tmishimiz azonga davlat munosabatining xilma-xil 

                                                

212

Hatto bir yili Qurbon hayiti namozini o‘qib kelib, hayitga tegishli biron ko‘rsatuv bormikan degan niyatda televizorni 



qo‘ysam, O‘zbekiston televideniyesi Lotin Amrikasining nasroniylikni targ‘ib qiluvchi filmini namoyish etyapti! Bir 

erkak orqasi yalang‘och ayollarga: “Qani, tezroq bo‘linglar, cherkovga kech qolmaylik!” deb turibdi! Hayit kuni! Bundan 

ortiq xo‘rlik bo‘ladimi! Otangga rahmat-e, deb televizorni o‘chirdim. Shartta mamlakatning mafkura mutasaddisiga xat 

yoza boshladim. Yarmiga borib, xafsalam pir bo‘ldi – gap shu mutasaddining o‘zidami?! Uning ustiga, davlat bu ishni 

bilmasdan qilayotgani yo‘q. Aksincha, bilib qilyapti! Demak, yig‘i-sig‘idan foyda yo‘q, degan qarorga keldim. (Balki 

xatni o‘sha zahoti jo‘natmay xato qilgandirman...) 

213

Yangisini qurdirmayotgani yetmaganiday yaqinda (2014 yil yozi) Toshkentning “Kox ota” va “Boshliq” mavzelaridagi 



eski minoralar buzib tashlandi. “Nimaga?” deb so‘ralsa, “Shu kunlarda prezident manov ko‘chadan o‘tadi, ko‘zi 

tushmasligi kerak ekan”, deb javob qilishibdi buzuvchi ustalar. (Bir o‘qituvchi tanishim aytib berdi.)   



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling