Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

269 


ijtimoiy tiklanishning yoritilmagan sahifalarini ochib bergani, o‘zida noyob manba va 

ma’lumotlarni mujassam etgani bois ko‘pmillatli sovet xalqi tomonidan katta qiziqish 

bilan o‘rganilmoqda”. 

Ikkala matnni solishtiring – nimasi boshqacha? Yilini, muallifini, asar nomini 

demaganda, hech narsa o‘zgarmagan – bir xil. Ha, azamat gazetchilarimiz 30 yil burun 

qanday yozgan bo‘lsa, bugun ham ayni o‘sha uslubda, o‘sha gaplarni yozib yotibdi. 

Yana uzoq davom ettirsa bo‘ladi bu “ko‘chirma”chilikni. Lekin na hojat? Shuning 

o‘zi yetmaydimi? Bularni o‘qiguncha rosa qiynalib ketgan bo‘lsalaring ham kerak. 

Orada bir oz dam berishning pallasi keldi, bizningcha. Damning eng samarali yo‘li – 

bir chimdim kulgi. Endi o‘qiydiganlaringiz sizlarda kulgi uyg‘otadimi, alam 

uyg‘otadimi yoki isyon tug‘diradimi – bilmadim-u, ammo “Xalq so‘zi” zahmatkashlari 

siz bilan bizning kulgimizni qistatishga ter to‘kib harakat qilishgani ko‘rinib turibdi. 

“Jiddiy” matbuotimizning sovet zamonidan qolgan qalbaki tashviqot uslubiga bitta 

kichkinagina misol: 



2011 yil 27 o‘ktabir soni birinchi betida “Islohot” ruknida “Qishloqning ko‘rkam 

uy-joylari aholi turmushi yanada farovon bo‘lishiga xizmat qilmoqda” degan uzundan-

uzun sarlavha ostida qishloqlarda “prezidentning shaxsiy tashabbusi va g‘oyasiga 

ko‘ra namunaviy loyihalar asosida qad rostlayotgan uy-joylar” haqida maqola va 

uchta surat bosilgan. Birinchi betdagi rangli suratda har bir uyning darvozasi oldiga 

bittadan “Lasetti” yoki “Neksiya” moshinalari qantarib qo‘yilgan bo‘lsa, maqolaning 

ikkinchi betdagi davomi ichiga shu hovlilardan birining ichki ko‘rinishi berilgan va... 

ichkarida ham bitta moshina turibdi! Ana sizga farovonlik, ana sizga fotosuratchining 

topqirligi! Ayni choqda, “qovun tushirib” qo‘ygani! Darvozaning u yog‘iga bitta, bu 

yog‘iga bitta moshinani qo‘ydirtirib apparatini chiqillatibdi azamat! 

Bu ham mayli. Oradan bir hafta o‘tar-o‘tmas, 2 no‘yabir soni birinchi betida yana 

shu mavzuga bag‘ishlab “Shunday yurtda yashash baxt!” sarlavhali maqola chop 

etilgan. Unda ham “namunaviy loyihalar asosida qurilgan” qator uylar surati. Bir 

hafta burungi son bilan bu sonda berilgan uylar balki boshqa-boshqa yerlarda, hatto 

boshqa viloyatda qurilgandir, ammo tomining rangini demaganda, boshqa hamma 

tomondan u uylar bir xil edi. Xuddi egizaklar deysiz. Hatto devor bo‘yoqlari ham bir 

xil ‒ sariq. Sap-sariq! Uylarning darvozasi oldiga yana qator qilib moshinalar 

qantarilgan! Moshinasiz uy yo‘q! Xalq farovonligini tomosha qiling! 

Qalbakilik ham evi bilan-da! Quloqlarimizga tinimsiz lag‘mon osishlar yetmay, 

ko‘zlarimiz ham tinimsiz bo‘yalib turibdi!

182


 

                                                

182

 Kundalik hayotimizdan ajib bir misol:  



Eshigim tagidan o‘tgan yo‘lkani katta yo‘ldan uch qatorli daraxtzor ajratib turadi. Taomilga ko‘ra, har bahorda daraxtlar 

bir metrcha balandlikda oqlab qo‘yiladi. Shahar obodonligiga mas’ul mutasaddilar tejamkorlikning zo‘r tadbirini 

topishgan: daraxtlarning katta yo‘l tomonini oqlashadi-da, bizga – xalqqa qaragan orqa tomoniga ohak surishmaydi. Katta 

yo‘ldan xo‘jalar o‘tadi, daraxtning oqlangan tomonini ular ko‘radi, uylardan biz qoralar chiqamiz va daraxtning qora 

tomonini biz ko‘ramiz – bir yerning o‘zida ikki xil holat! Xo‘jako‘rsinga degani shu-da! 

Mamlakat hayoti ham necha yillardan beri har kuni xo‘ja ko‘ziga bo‘yab kelinyapti, asli qoraligicha qolyapti – Katta 

Xo‘ja ko‘radigan tomoni oq-oppoq, qora xalq ko‘radigan tomoni qop-qora. Katta Xo‘jamizga mamlakat hayotining 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

270 


Haqiqat tuyg‘usi o‘lgan yerda odam yolg‘onlar botqog‘iga botib ketaveradi.  

Matbuot sohasida ishlayotganlarning o‘zlari ham, chekkadagi muxbirlaru 

fotosuratchilar ham aslida xalqimiz “farovonligi” qay darajada ekanini bilmaydimi? 

Xudoning bergan kuni qanday yolg‘onga, qanaqa soxtalikka qo‘l urayotganini o‘ylab 

ko‘rmaydimi? Ko‘rmayotgan, bilmayotgan bo‘lishi mumkin emas. Chunki birining 

o‘zi, birining qavmu qarindoshi, yana boshqasining o‘rtog‘iyu dugonasi qishloqlarda 

ro‘zg‘orini zo‘rg‘a tebratib kun ko‘rayotir. To‘g‘ri, bu sariq uylarni o‘ziga to‘q, qo‘lida 

puli borlargina sotib oladi, har birining eshigi tagida moshina tursa nima qipti? Ya’ni, 

egasi boy bo‘lganidan keyin yo‘lagiga bitta emas, ikkita yo uchta moshinani qantarib 

qo‘yib, maqtansa, bir maqtanibdi-da o‘zbek! Mayli, maqtansin, lekin tabiiy holati bilan 

maqtansin. Axir surat soxta-ku! “Farovonlik”ni ko‘rsatish uchun moshinalar qator-

qator qilib atay terib qo‘yilgan-ku darvoza taglariga! 

E’tibor berilgan bo‘lsa, bu o‘ringacha keltirilgan ko‘chirmalar asosan mahalliy 

jurnalistlar matnidan olindi. Xalqimiz o‘qiyverib-eshitaverib-ko‘raverib allaqachon 

bunaqa maqtanchoq uslubga ko‘nikib ketgan, parvo ham qilmay qo‘ydi. Bizni 

hayratlantirgan tomoni – yurtimizga kelgan chet elliklar ham xuddi shu uslubda 

gapirishlari va yozishlaridir. O‘zining mamlakatida hech biri bunaqa demasa kerak. 

Xohlasa ham bunaqa deya olmaydi. Tili buralmaydi. Ammo O‘zbekistonga kelishi 

bilan Amrikaligiyu farangi ham, xitoyiyu karisi ham bir yumalab g‘irt o‘zbek, g‘irt 

o‘zbekistonlik bo‘ladi-qoladi. “O‘zbekiston barcha sohada erishayotgan yuksak 



yutuqlarni, mamlakatda tinimsiz va uzluksiz olib borilayotgan islohotlar natijasini 

e’tirof etib” bergan suhbatlari, yozgan maqolalari o‘zimiznikilardan qolishmaydi – 

ajratolmaysiz. Yurtimizda hali ikki-uch kun turar-turmas yoki bitta anjumanga 

qatnashar-qatnashmas, bu chetellik bizning muhitimizga qanday moslashaqoldi, 

matbuotimiz uslubini qanday o‘zlashtirib ulgurdi, deb aqlingiz lol bo‘ladi! Anchayin 

bir jurnalistimiz saviyasida fikrlay boshlaganiga qoyil qolasiz! 

Ishonmasangiz, mana misollar: 



2011 yil 28 o‘ktabir sonida: 

Ispaniyalik o‘yinchi (aktrisa) Iren VISEDO san’at sohasida O‘zbekiston erishgan 

yutuqlarni sanab kelib, so‘zi oxirida bunday deydi: “Bularning barchasi Prezident 

Islom Karimov tomonidan olib borilayotgan islohotlar g‘oyat oqilona va xalqchil ekani 

hamda puxta o‘ylanganining samarasidir”.  

2011 yil 30 no‘yabir sonida: 

Indoneziya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Slamet YUVONO“Anjumanga 



tashrif buyurgan xorijlik mehmonlar O‘zbekistonda ta’lim, fan va madaniyat jadal 

rivojlanayotganining, yurtingizda mustaqillik yillarida betimsol ishlar amalga 

oshirilayotganining guvohi bo‘ldilar. Bularning barchasi Prezident Islom Karimov 

rahnamoligida olib borilayotgan islohotlarning yuksak samarasidir”. 

                                                                                                                                                               

buyalgan tomoni ko‘rsatiladi, oddiy qora xalq yigirma yildan buyon hayotning faqat qora tomonini ko‘rib-yashab 

kelyapti! 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

271 


Xitoy Xalq Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Lyu Sian gapni 

aylantirib o‘tirmasdan, o‘zbekchasiga olib, bo‘larini aytib qo‘yaqolgan: “...Shunday 



ezgu islohotlarning hayotga izchillik bilan tatbiq etilishida bosh-qosh bo‘layotgan 

Islom Karimovga rahmat. O‘zbek xalqi o‘zining dono va oqil rahnamosi boshchiligida 

mamlakatning buyuk kelajagiga mustahkam poydevor yaratmoqda”. 

Belarus tibbiyot universitetining o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Vasiliy 



AVEREN Toshkentga kelgan zahoti o‘zi aslida o‘zga mamlakatning fuqarosi ekanini 

ham, nufuzli bir universitet prorektori ekanini ham unutib, jaydari bitta o‘zbek 

jurnalisti kabi, qarang, nimalar degan: “O‘zbekistonda buyuk kelajak va yosh avlod 

istiqbolini o‘ylab ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rlik yuksak samaralar bermoqda. Ushbu 

fikrimni isbotlash uchun esa misollar ko‘p. Masalan, yurtingiz dunyoda yuz berayotgan 

global moliyaviy-iqtisodiy inqiroz hamda ekologik muammolarning salbiy ta’siriga 

qaramay, onalik va bolalikni muhofazalash, aholi uchun qulay turmush sharoitini 

yaratishga erishayotgan mamlakatlardan biridir. Prezident Islom Karimov tomonidan 

uzoqni ko‘zlab amalga oshirilayotgan islohotlar barcha sohalarni, jumladan, 

tibbiyotni rivojlantirishda ham yuksak samaralar berayotir”. 

2011 yil 6 dekabir sonida: 

“Save the children” xalqaro tashkiloti filiali vakolatxonasining boshlig‘i No Bo 



KIM (Janubiy Quriya)ga quloq beraylik: 

“Davlatingiz rahbari tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimida, jumladan, onalik 

va bolalikni muhofaza qilish borasida tub islohotlar olib borilib, qator davlat 

dasturlari hayotga tatbiq etilayotganini alohida ta’kidlash kerak... Binobarin, 

O‘zbekistonning barcha sohalardagi salmoqli muvaffaqiyatlari xalqaro hamjamiyatda 

katta qiziqish uyg‘otmoqda. Buni O‘zbekiston o‘n ming kishilik jamoadan iborat 

tashkilotimiz tomonidan tuzilgan jahon reytingida bolalar salomatligini 

mustahkamlash borasida katta g‘amxo‘rlik ko‘rsatilayotgan eng ilg‘or yetakchi o‘n 

mamlakat qatoriga kiritilganida ham ko‘rish mumkin”, debdi karisi qurmagur. Vey, 

besh ketmay ilojingiz yo‘q. Odatda o‘zbek jurnalisti bir kunda yuz martalab 

qo‘llaydigan “Davlatimiz rahbari” iborasi o‘rniga janubiy karis No Bo KIMning 

og‘ziga “Davlatingiz rahbari” birikmasini solib qo‘yilganini demasa, boshqa bironta 

o‘zgarish topolmaysiz! 

Fransiya Mehnat, bandlik va sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Meri Kamel 



KENORMAND“O‘zbekiston – izchil taraqqiy topib, nufuzi tobora oshib borayotgan 

davlat. Bugun dunyoning ko‘plab davlatlari, xususan, yevromintaqada moliyaviy-

iqtisodiy inqirozning salbiy ta’siri yaqqol sezilib, o‘tkirlashib borayotgan bir sharoitda 

yurtingiz ijtimoiy-iqtisodiy sohada yuksak yutuqlarga erishayotgani e’tirofga loyiqdir. 

Sababi, mamlakatingizda istiqlolga erishilgan ilk yillardanoq Prezident Islom Karimov 

tomonidan aholi farovonligini yuksaltirishga katta e’tibor qaratildi. Bu yo‘lda puxta 

strategiya hayotga joriy etildi. Ta’kidlash joizki, aholining barcha qatlamlari 

manfaatlariga birdek xizmat qiluvchi bunday model pirovardida global miqyosda 

namuna olishga arzigulik ko‘rsatkichlarni taqdim etmoqda. Yurtingizda siyosiy-

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

272 


ijtimoiy va iqtisodiy sohalarda ro‘yobga chiqarilayotgan modernizatsiya jarayonlari, 

ulkan bunyodkorlik ishlari haqida xabar topgan inson bunga ming karra (!) ishonch 

hosil qiladi. Ko‘plab davlatlarga namuna qilib ko‘rsatishga arziydigan O‘zbekistonga 

xos ana shunday yorqin jihatlardan biri zamonaviy sotsial xizmat tizimi ekanligi 

shubhasizdir”. 

Bu farangi tushmagur o‘zbek jurnalistlari uslubini o‘zlashtirishda karisni ham ortda 

qoldirib ketibdi! Hatto o‘zbeklargagina xos ko‘pirtiruvchi “ming karra” iborasini 

nazokat bilan qo‘llaganini qarang! 

Endi so‘z A. Bakulev nomidagi yurak-qon tomir jarrohligi ilmiy markazi direktori, 

Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo BOKERIYAga: “Avvalo, shuni 



alohida ta’kidlashni istardimki, mazkur tadbir (ona va bola salomatligini muhofaza 

qilishga bag‘ishlangan anjuman nazarda tutilyapti. – N.M.R.) Prezident Islom Karimov 



tashabbusi bilan tashkil etilgani davlatingiz rahbari tomonidan mamlakatda sog‘liqni 

saqlashga nechog‘li ulkan e’tibor qaratilayotganidan dalolatdir... Bularning barchasi 

Prezident Islom Karimov tomonidan aniq belgilab berilgan va ushbu yo‘nalishdagi eng 

yaxshi xorijiy tajriba hamda mamlakatingizning ulkan yutuqlaridan foydalanish 

asosida sog‘liqni saqlash tizimini rejali va kompleks ravishda rivojlantirishning muhim 

yo‘nalishlari hisoblanadi”. 

Bu kabi xorijiy hamdu sanolar “Olamni mahliyo aylagan diyor!” sarlavhasi ostida 

berilgan. 

2011 yil 16 dekabir sonida: 

 “Fransuz siyosatshunosi O‘zbekiston erishayotgan muvaffaqiyatlarni yuksak 

baholadi”:  

“Uning fikricha, “Mustaqil O‘zbekiston Prezident Islom Karimov rahnamoligida 

o‘tish davrining barcha sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tmoqda, davlatchilik hamda 

tashqi siyosatni shakllantirishda ulkan yutuqlarga erishmoqda va bunday izchil davlat 



siyosati boshqa mamlakatlar uchun namuna bo‘lishi mumkin... 

Fransuz olimi qayd etdiki, O‘zbekistonda o‘z vaqtida tanlangan islohotlarni 

bosqichma-bosqich amalga oshirish yo‘li bugunning o‘zidayoq yuksak samaralar 

bermoqda – ulkan iqtisodiy o‘sishga erishilmoqda, moliyaviy barqarorlik 

ta’minlanmoqda”. 

Shu yerda ketma-ketlik tartibini buzib, bir oz orqaga qaytsak. Gazetning 28 



o‘ktabir sonida bosh muharrir o‘rinbosari Shuhrat Jabborovning “Havas uyg‘otuvchi 

shiddat” nomli maqolasi bosilgan. Shuhrat Jabborov tajribali jurnalist, chet ellik bilan 

suhbatini ham quruqqina yozib qo‘yaqolishni yoqtirmaydi. Jonli, qiziqarli bitmoqchi 

bo‘ladi. Buning isboti uchun kattaroq ko‘chirma olishimizga to‘g‘ri keldi (imlo, jumla 

xatolariga teginmadik): 

“...Xorijdan kelgan mehmonlardan biri “O‘zbekistonning bunchalik ilgarilab 



ketayotganiga sabab nima?” deb so‘rab qoldi. Avvaliga savolga birdaniga javob 

bermoqchi bo‘ldik. Shu lahzada bir g‘oya tug‘ildi. “O‘zingiz qanday o‘ylaysiz, 

variantlar bormi?” deb qarshi savol qo‘ydik. “Men yurtingizda yana bir hafta turaman, 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

273 


o‘rganib, keyin javob qilsam maylimi?” – dedi. Juda ma’qul. Biz o‘z 

muvaffaqiyatlarimizning omillarini o‘zimiz yaxshi bilamiz, qani, chetdan tashlangan 

nazar orqali nimalar namoyon bo‘lar ekan? 

Kelishilgan vaqtda uchrashdik. O‘zimizga ma’lum voqe’lik haqida xorijlik 

mehmonning fikri qiziqishimizni orttirardi. 

– Bir paradoksga duch keldik, – deb so‘z boshladi mehmon. 

– Qanaqa paradoks ekan? – ajablandik biz. 

– O‘zbekiston xuddi boshqa zamonda yashayotganday. Hamma yoqda inqiroz 

vahimasi, sizlarda bari joyida. MDHning ko‘pgina mamlakatlarida bo‘lib, xalq hayoti 

bilan tanishganmiz. Paradoks shundaki, o‘zini demokratiya peshqadami deb 



hisoblagan ayrim mamlakatlarda butun-butun qishloqlar tugab boryapti, sizlarda 

shahardan qolishmaydigan yangi mahallalar paydo bo‘lmoqda. Sizlarga qo‘shni 

bo‘lgan ayrim respublikalarda maktablar nazardan chetda qolgan bo‘lsa, 

O‘zbekistondagi maktablarni zavq bilan tomosha qilish mumkin. Butun mamlakatda 



qad rostlagan kollej va litsey binolari dunyoning hech qayerida(!) yo‘q. O‘zbekiston 

ko‘chalari to‘lib ketgan moshinalarni aytib o‘tirmay. 

– Durust, siz hikoya qilayotgan manzara bizga tushunarli. Uning asl sababi sizni 

qiziqtirayotgandi... 

– Ha, yurtingiz gullab-yashnayotganligining sababini bildik. O‘z istiqlol va 

taraqqiyot yo‘lini to‘g‘ri tanlab, dadil qadam qo‘yayotgan bu mamlakatda hamma 

narsa inson uchun xizmat qilayotgan ekan. Shunday davom etsalaring, albatta, buyuk 

mamlakat qurasizlar. 

Chetdan nazar tashlagan odam bizning hayotimizga shunchalik havas qilayapti. Biz, 

shu mamlakatning haqiqiy farzandlari bundan nechun g‘ururlanmaylik?!” 

Ko‘chirma tugadi. 

Birinchidan, maqolada xorijdan kelgan mehmonning kimligi, qaysi “xorij”dan? – 

Qirg‘izistondanmi, Tojikistondanmi yo Amrikadanmi ekani aytilmagan. Buni 

ahamiyatsiz hisoblagan bo‘lsa kerak muallif. To‘g‘ri qilgan. Cho‘pchak 

to‘qilayotganida bunaqa mayda-chuyda narsalarga e’tibor qilinmaydi. 

Ikkinchidan, diqqatingizni chekish uchun yotiq harflar bilan yozilgan jumlalarga 

boqing: tanishmi? Ha-da! Har kungi o‘zimizning gaplar... Uchinchidan, muallif baribir 

tajribaliligiga borib, lofni hammadan oshirib yuborgan! Lofchilik iste’dodi unda 

o‘zidan-o‘zi paydo bo‘lib qolmagan. Kommunistik partiya yetmish yillik siyosatini 

qayta qurishga kirishgan yillari “Mushtum” jo‘rnoli demokratiya va mustaqillik yo‘lida 

ancha jangovar minbarga aylangan edi.  Ja-a erkinsirab ketgan tahririyatning popugini 

pasaytirib, erkinlikka ishtahasini jilovlab turish maqsadida O‘zbekiston Kompartiyasi 

Markaziy Komiteti “Mushtum”ga tezlik bilan siyosiy desant tashlashga majbur bo‘ldi. 

Ya’ni, mana shu o‘zimizning kommunist Shuhrat Jabborovni Bosh muharrir 

o‘rinbosari etib yubordi. Akamiz yeng shimarib ishga kirishdi –  demokratlarga, 

mustaqillikchilarga qarshi tish-tirnog‘i bilan kurashga, Sovet davlatini, Kommunistik 

partiya mafkurasini saqlab qolish yo‘lida ter to‘kib, jonbozlik ko‘rsatishga kirishdi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

274 


Lekin tezda o‘zidan kuchli “Mushtum”ga ham, iste’dodda o‘zidan bir necha kalla 

baland turadigan yosh ijodkorlarga ham tishi, tirnog‘i o‘tmasligi ma’lum bo‘lib qoldi. 

Kurasha-kurasha... yengilishiga to‘g‘ri keldi va asta-sekin o‘zi ham kulgi jo‘rnolining 

ta’siriga tusha boshladi. Ya’ni, oxir-oqibatda unga ham jo‘rnolning qorasi yuqdi. 

Ayniqsa “Bir qaynovi ichida gaplar”, “Lof” ruknlarida “iste’dodi” ochilib ketdi. Natija 

chakki bo‘lmadi: mana bugun “Mushtum”da orttirilgan o‘sha tajribalar qo‘l keldi ‒ 

kommunist-desant-jurnalist Shuhrat Jabborov oddiy, arzimas, yolg‘on gaplarga ham 

zarbof to‘nlar kiygazib, qavatma-qavat va ustma-ust loflaru bir qaynovi ichida gaplar 

bilan... “mustaqillik”ka xizmat qilib yotibdi. 

Qarang: “Butun mamlakatda qad rostlagan kollej va litsey binolari dunyoning 



hech qayerida yo‘q” emish! Qaysi dunyo haqida lof uryapti Shuhrat Jabbor?! Uning 

dunyosiga boshda Amrika o‘laroq butun G‘arb, boshda Yaponiya o‘laroq butun Sharq 

ham kiradimi?! U yoqlarda ham yo‘qmi bunaqa binolar?! Ha, unda yo u “xorij”lik 

O‘zbekistondan boshqa bironta mamlakatni ko‘rmagan, yoki Abdulla Oripovning tilla 

baliqchasiga o‘xshab, “bitta ko‘lmak suvni dunyo” deb o‘ylaydi! 

O‘ttiz milyonli xalqni laqillatib, “Dunyoning hech qayerida yo‘q!” deyish uchun 

odam na qadar yuzsiz bo‘lishi kerak! Lofda ham misqolcha haqiqat, mantiq bo‘ladi, 

“Xalq so‘zi” to‘qimalarida yolg‘ondan boshqa hech narsa yo‘q! 

Bunga ham mayli deylik. Bitta yalangoyoq chetellik O‘zbekistonga kelib, bu yerda 

ozgina mehr-muhabbat ko‘rib, mendan nima ketdi, qabilida shovvoz jurnalistlarimizga 

va... “muhtaram” prezidentimizga yoqadigan gap qilgan bo‘lsa qilgandir. Battar 

bo‘lsin. Bizga  og‘ir botayotgan nuqtasi –har tuzumga, har mafkuraga, har shaxsga 

birday xizmat qilib ketaveradigan “tajribali” desant-jurnalist Shuhrat Jabbor va u 

kabilar


183

 meni, sizni, hammamizni ahmoq qilayotganidir, bu lofga xalqni ishonadi deb 

o‘ylashidir. Xalqni anoyi hisoblashi, uni xohlagan kuyimga o‘ynataveraman deb o‘ziga 

bino qo‘yishidir. 

Lekin xalq anoyi emas! Bu yolg‘onga ishonmaydi! Demak, lofchilar aslida o‘zlarini 

ahmoq qilib yotibdi! O‘zlarining ahmoqligini ko‘rsatyapti! 

Odam bolalariga yuborilgan ilk payg‘ambarlardan beri kelayotgan “Agar 

uyalmasang, istaganingni qil”, degan hikmat

184

 bekorga aytilmagan ekan-da. Bet 



bo‘lmaganidan keyin, uyalmaganidan keyin... odamning har narsa bo‘lgani yaxshi! 

Yillik to‘plam titkilansa, “Xalq so‘zi”da (boshqa jiddiy gazet-jo‘rnollarda ham) 

bunaqa misollar tiqilib yotibdi. Xalqimiz aytmoqchi, g‘ij-g‘ij. Ammo charchab 

qolmang degan andishada misol keltirishni shu yerda nuqtalab turamiz. Esli-hushli 

odam shuning o‘zidanoq “jiddiy matbuot”imiz ahvolini, chinakam rangi-tusini 

yaxshigina tasavvur etib oladi.  

                                                

183


 Mustaqillikning obro‘yini to‘kayotgan, uni qo‘shtirnoqlar ichiga kirgizib yuborganlar mana shunaqa toifa odamlardir. 

Ular o‘z vaqtida mustaqillikchilarga qarshi kurashib  mustamlakaga “sidqidildan” xizmat qilgan edi, endi mustaqillikka 

ega chiqib ichidan kemirib-emirib yotibdi.  

184


 Abu Mas’ud Uqba ibn Amr Ansoriy Badriydan (Olloh undan rozi bo‘lsin) Imom Buxoriy (u zotga Ollohning rahmati 

yog‘ilsin) rivoyati. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

275 


Sezilgan bo‘lsa, O‘zbekistonga kelgan har qanday chet ellik – u g‘arblik bo‘ladimi, 

sharqlik bo‘ladimi – negadir mamlakatimiz “mustaqillik”ka erishganidan bu yog‘idagi 

yigirma yillik ahvolimizni birdaniga va to‘la-to‘kis o‘rganib chiqqan bo‘ladi va 

olamshumul xulosalarini bera boshlaydi. Eng qizig‘i – hammasi deyarli bir xil 

fikrlaydi, bir xil gapiradi. 

Biz mehmondo‘st xalqmiz, diyorimizga kelgan mehmonning betiga qaramay, 

darrov boshiga o‘zbekcha do‘ppiyu egniga o‘zbekcha to‘n kiydiramiz. Bu yaxshi odat, 

albatta. Qizig‘i ‒ bu o‘zbekcha do‘ppi bilan o‘zbekcha to‘nni kiygan zahoti, masalan, 

farang o‘zining farangligini, karis karisligini, xitoy xitoyligini, itoliyon itoliyonligini 

unutib qo‘yadi. Do‘ppimiz bilan to‘nimizning sehriga qoyil qolmasdan iloj yo‘q. 

Kiyish ne, yelkasiga bir tashlansa, yetadi – har qanday chetellik gapiga to‘n kiydirib, 

jumlalariga do‘ppi qo‘ndirib gapiradigan bo‘lib qoladi. Ya’ni, g‘irt o‘zbekistonlik 

bo‘ladi-qoladi! 

Mayli, baribir mehmonni hurmatlash kerak. Qilig‘i sovuq bo‘lsa ham, mehmon – 

mehmon. Tepasida turmaganmiz, bu gaplar uchun butun aybni faqat ularning bo‘yniga 

qo‘ya olmaymiz. Balki tilbilmas u bechoralar o‘zining “tushunarsiz” tilida birnimalar 

degandir, so‘ngra o‘zimizning azamat jurnalistlar hashar qilib, uni hammamiz uchun 

“tushunarli” tilga o‘girib qo‘yaqolishgandir. Qaydam...  

Boya “shu yerda nuqtalab turamiz” deb ozgina shoshilibmiz, bu mojarolarning yana 

bitta kulgili tomoni chiqib qoldi. Kulgi bo‘lganidan keyin oxirigacha bo‘lsin-da. Mana 

bu ko‘chmanchi sifatlarga e’tibor qiling: 

1. Rossiya tibbiyot fanlari akademiyasi akademigi Leo Bokeriya suhbatini: 



“Kasbim taqozosiga ko‘ra, ko‘p mamlakatlarda, shaharlarda bo‘lganman... Ammo 

Toshkentni...” deb (2011.6.12.); Italiyaning “Bolalarga yordam” xalqaro xayriya 

tashkiloti vakili Arianna PLEBANI xonim so‘zini: “Men dunyoning ko‘plab 



mamlakatlarida bo‘lganman. Lekin O‘zbekistonda...” deb (2011.25.11.); Indoneziya 

sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Slamet YUVONO esa: “Kasbim taqozosi bilan 



dunyoning ko‘plab mamlakatlarida uyushtirilgan tadbirlarda qatnashganman. Ammo 

Toshkent...” (2011.30.11.) deb boshlaydi. 

Qalay? 


Ajab, bu gaplarni uchala chetellik bir-biridan xabarsiz aytganmi yo uchalasining 

ham “hol”idan xabardor o‘zbek jurnalisti to‘qiganmi? 

2. Biz sal tepada janubiy quriyalik No Bo KIMning 6 dekabir sonida chop etilgan 

so‘zlarini keltirgan edik. Ajablanarli tomoni – “Xalq so‘zi” bundan oldinroq, 26 

no‘yabir sonida ham xuddi shu muallifning xuddi shu fikrlarini bosgan. Ya’ni, gazet 

bitta suhbatni 10 (o‘n) kun ichida ikki bor obunachisiga taqdim qilgan. Bitta-ikkita 

so‘zdagi boshqachalikni aytmaganda, bir xil gaplar: “Men O‘zbekistonda amalga 

oshirilayotgan o‘zgarishlarni muntazam kuzatib boraman. Ayniqsa, tibbiyot sohasida 

erishilayotgan yutuqlarni ko‘rib, to‘g‘risi, hayratlanaman. Davlatingiz rahbari 

tashabbusi bilan sog‘liqni saqlash tizimida, jumladan, onalik va bolalikni muhofaza 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling