Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

11 


ostidan hech chiqqisi kelmas, SSSR davlatini har qanday ko‘rinishda bo‘lsin saqlab 

qolishga tirishib yotar edi. 

Taqdirning ajib jilvasini ko‘ring: kecha mustaqillikka tish-tirnog‘i bilan qarshi 

bo‘lganlar bugun uning jiloviga tish-tirnog‘i bilan yopishdi. 

Ha, yangi “mustaqil davlat” tepasida eski kommunistlar qoldi. Natijada hayotimizda 

aytarli hech narsa o‘zgarmadi. Sog‘inch bilan shuncha kutilgan hodisa xalqimizga – 

o‘ris-sovet qo‘lidan ozod bo‘lishni kutib yashagan sho‘rlik vatandoshimizga sira-sira 

tatimadi. 

Bu xil “mustaqillik”dan odamlar hatto xijolatda yashab kelyapti haligacha: bir-

birining ko‘ziga tik qarayolmaydi, bir-biriga ko‘nglini ocholmaydi; hamma nimanidir 

biladi, bilganini bildirmaslikka tirishadi; kipriklarini pirpiratadi, yerga qaraydi, yasama 

jilmayadi... 

Mustaqillik agar millatimiz ko‘ngli tusaganiday bo‘lganida bunaqa ulug‘ hodisani 

xalq ko‘chalarda, maydonlarda kunlab, haftalab, oylab bayram qilib nishonlagan bo‘lar 

edi! 

Shu o‘rinda bir hodisani albatta eslash kerak. 



Menimcha, chinakam mustaqillik sari ilk rasmiy qadam 1991 yil 31 avgust kungi 

“majburiy mustaqillik”dan bir yilu ikki oy burun – 1990 yil 20 iyun kuni qo‘yilgan edi. 

O‘shanda millatvakili Muhammad Solih boshliq “Erk” demokratik partiyasi tashabbusi 

bilan ishlab chiqilgan “Mustaqillik deklaratsiyasi” xalq vakillari orasidagi sog‘lom 

fikrli kuchlar qistovi va qat’iyati bilan Oliy Kengashning 1990 yil 20 iyun sessiyasida 

qabul qildirilgan edi. 

Shu deklaratsiyani xalq xohish-irodasining o‘sha davrga xos ifodasi desa bo‘ladi va 

u qabul qilingan kunni bayram qilsa arziydi. 

Lekin u qutlug‘ kun bugun eslanmaydi, eslansa ham, dekleratsiyaning chin 

tashabbuschilari eslanmay yoki boshqalariga almashtirib eslanadi. 

SSSR bo‘linib ketgani sababligina “qo‘lga kiritilgan” hozirgi ko‘rinishdagi 

“mustaqillik” yasama bo‘lgani uchun xalq hatto mustamlakadan qutulganini sezmay, 

his etolmay qoldi. His ettirilmadi! Mustaqilligini ko‘chalarda, maydonlarda, shaharu 

qishloqlarda erkin nishonlashiga yo‘l qo‘yilmadi. Ilk yillardan to shu bugungacha ham 

bunga yo‘l qo‘yilmayapti... 

Bugun mustaqillikning yagona va bosh tashabbuschisi, usta-me’mori deb faqat 

prezident Islom Karimovgina ulug‘lanishi, yumshoq qilib aytganda, adolatdan emas, 

to‘g‘risini aytganda esa, yolg‘onchilik va nomardlikdir. 

Ha, Oliy Kengash sessiyasida mustaqillikni u e’lon qildi. Ammo tashabbus xalqdan, 

xalqning xohish-irodasiga suyangan muxolif kuchlardan, asosan ziyolilardan chiqqan 

edi! Aslo kommunist Islom Karimovdan emas! Bu haqiqatni O‘zbekiston ichida bugun 

birov aytmayapti. Ayttirilmaydi ham! 

                                                                                                                                                               

Karimovni ham yaqinlari (mas., Shukrullo Mirsaidov) boshda millatga va vatanga qayg‘uradigan kishi deb ta’riflar edi va 

bu sifati mustaqillik arafasidagi ayrim ishlaridan seziladi ham. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

12 


Yana bir solishtirish: yanglishmasam, avgustning 18 yoki 19-chisida, ya’ni, hali 

“Favqulodda Holat Davlat Qo‘mitasi” (FHDQ ‒ GKChP) deb atalmish yarim harbiy 

xunta Gorbachyov hokimiyatini bekor qilib o‘zi davlatni egallamasidan bir kun burun 

yoki egallaganining birinchi kuniyoq “Erk” demokratik partiyasi jasorat ko‘rsatib, 

mamlakatda to‘la mustaqillikni e’lon etish uchun Favqulodda Qurultoy chaqirish 

talabida hukumatga ariza topshirgan. Islom Karimov bunga ruxsat bermadi! FHDQ 

ag‘darilganidan keyin 24 avgust kunigina ruxsat berdi.  

Bu ishi nimani ko‘rsatadi? Islom Karimov shaxsan ham, u boshliq davlat ham 

mustaqillikni aslo istamaganini, mustaqillik g‘oyasidan qo‘rqqanini bildiradi! 

Islom Karimov FHDQ (GKChP) o‘rtadan ko‘tarilib, siyosat maydoniga qaytmas 

bo‘lib tor-mor etilganidan keyingina, ya’ni, shart-sharoit o‘z-o‘zidan yetilib qolgan bir 

pallada “xalq vakillari” huzurida birdaniga mustaqillikni e’lon qilib yubordi

9



U kunlarni unutmaganlar biladi: O‘zkompartiyaning birinchi sekretari og‘zidan 



bunaqa jur’atli taklifni sira kutmagan kommunist “xalq vakillari” u nimani e’lon 

qilayotganini tuyqus anglab yetmagan ham edi ‒ hayron bo‘lgan, quloqlariga 

ishonmagan, xato eshitmadikmikan deganday hadikda bir muddat harakatdan va tildan 

qolgan edi! 

Axir, tushmi bu yo o‘ngmi ‒ ertalab uydan chiqayotganida SSSR grajdani edi, 

kechqurun uyiga mustaqil O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib kirib borsa! 

Bir kun ichida! 

Bir kun ne, hozirgina, ikki daqiqa oldin SSSR degan davlatning kursilarida o‘tirgan 

“xalq vakillari” qo‘lini sovuq suvga urmasdan, bir yumalab olishga ham ulgurmay, 

yangi mustaqil davlatning xalq vakiliga aylanib qolsa! 

Mustamlaka sharoitida pishirilgan va yeya boshlagan bo‘tqasini mustaqil 

mamlakatda yeb tugatsa! 

Yetti uxlansa tushga kirmaydigan ishlar ikki qoshiq bo‘tqa orasida sodir bo‘lib 

ketsa! 


Prezident bu karaxt “xalq vakillari”dan hatto oddiy chapakni ham so‘rab oldi. 

Shundan keyingina birdan chapakbozlik bo‘lib ketdi. 

Tabiiy yo‘l bilan yetilib kelayotgan, intiqib kutilayotgan homila yarim yo‘lda 

qo‘pollarcha aralashilib sun’iy tug‘dirilgani uchunmi, oddiy xalq bu yarimjon 

chaqaloqdan ‒ chala mustaqillikdan ko‘ngli sevinmadi. Hatto mustaqillik istab 

maydonlarda javlon urayotganlar ham mustamlaka ostidagi kechagi kuni bilan 

“mustaqillik” e’lon etilgan yangi kunining farqiga borolmay, garang turib qoldi: voqea 

olamshumul, ammo yuraklar jiz etmadi... 

Mana, o‘shandan buyon shu yasamalik sharpasi yashab kelyapti mamlakatimizda. 

Chala va yarimjon tug‘ilgan “mustaqillik” ona qornida to‘la bosqichni yashab 

o‘tmagani alamini, yigirma yildir, shu onasidan – xalqdan olib kelyapti.  

                                                

9

 Sessiyada qilingan u ma’ruza o‘sha damlarda chinakam mustaqillikni istab ko‘chalarga to‘kilganlarni to‘la 



qoniqtirmagan, bo‘sh va mujmal tuyulgan edi, ammo bugun qaytadan o‘qib ko‘rsangiz, harholda ancha dadil tuyuladi. 

Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

13 


“Mustaqillik”ning butun og‘irligi va jabri mahalliy xalq boshiga tushgan. Bu kun 

bayramlikdan ko‘ra ko‘proq xijolatli kunga o‘xshaydi. Yuzlar “kuladi”, ko‘ngillar 

xomush... 

Xalqning katta bir bo‘lagi bunday “mustaqillik”dan hatto pushaymon. Aziz 

boshlarni tikishga, hatto qonlar to‘kishga arzirli bu totli, bu sog‘inchli, bu jozibali 

hodisa kitob va matbuot sahifalarida, radio to‘lqinlarida, televizorlarda, minbarlarda 

har kuni har daqiqada... oyoqosti qilinaverganidan, eshitsa ko‘ngil ozar holatga keldi. 

“Me’mor” esa yildan-yilga xalqidan uzila borib, tevaragiga to‘plab olgan ishonchli 

odamlari bilangina birga, yetti qavat zirhli qo‘rg‘on ichida, hatto oddiygina chapakka 

ham loyiq ko‘rilmagan “mustaqillik”larini imi-jimida, qo‘rqa-pusa “nishonlab oladi”. 

Ko‘p ramzlar bor bu holda. 

Har yili biron yilligi shu taxlit nishonlanayotganida “mustaqillik” e’lon etilish 

arafalarida mamlakatimizda vujudga kelgan umumiy manzara esimga kelaveradi. 

1991 yil avgusti. SSSR oxirgi nafaslarini olayotgan kunlar. Ozodlik istayotgan 

xalqlar uning o‘limini istayapti, ammo u ham jon-jahdi bilan tirishib, yashab qolish 

payida. 


Gorbachyov (xalq tilida “Gorbach”) boshchiligidagi kompartiya qaytaquruvchilari 

“Ittifoq shartnomasi” orqali respublikalarni harholda bir saltanat chegarasida ushlab 

qolmoqchi. 

“Ittifoq shartnomasi”da “qardosh” respublikalarga oldingidan ko‘ra ko‘proq huquq 

va kengroq vakolatlar va’da etilayotgani uchun kompartiya ichida va, ayniqsa, armiya 

orasida bu ishga qarshilar ko‘p edi. Natijada mamlakatda yarim harbiy, yarim fuqarolik 

to‘ntarishi uyushtirilib, 1991 yil 19 avgust kuni hokimiyat tepasiga o‘rischa 

qisqartmasi “GKChP” (yoymasi “Государственный комитет по чрезвычайным 

положениям”, o‘zbekcha yoymasi: ”Favqulodda holat davlat qo‘mitasi”, qisqartmasi: 

“FHDQ”) bo‘lgan to‘ntaruvchilar keldi. Ularning asosiy katta niyati: 

a) SSSR tuzumini ham, hududini ham eski holida saqlab qolish; 

b) tayyorlanayotgan “Ittifoq shartnomasi”ni tag-tubi bilan yo‘qotish edi. 

Bu yo‘lda “demokrat” deb nom chiqarganlar va ularga xayrxohlarning hammasini 

qirib tashlash rejalashtirildi

10



Ya’ni, bu “FHDQ” deganlari yana bir haftacha hokimiyat tepasida o‘tirganida 



mamlakat qonga belanar edi! 

Avgustning 20-kuni ”Xalq so‘zi” gazeti FHDQning “Sovet xalqiga 

murojaatnoma"si (oldindan tayyorlangan shekilli, unga “18 avgust” deb imzo 

chekilgan) va boshqa hujjatlari bilan to‘lib chiqdi. Murojaatnoma va bayonotlarda 

SSSR Prezidenti sog‘lig‘i yomonlashgani munosabati bilan davlatni endi boshqara 

olmasligi, qayta qurish siyosati tufayli mamlakatda yuzaga kelgan boshboshdoqlikni 

tezda o‘nglash lozimligi, buning uchun bir necha kishidan iborat “Favqulodda holat 

                                                

10

 Qamalishi yo o‘ldirib yo‘qotilishi lozim bo‘lgan yuzminglab kishining ro‘yxati tuzilib, to‘ntarish kuniyoq barcha 



respublikalarga yuborilgani haqidagi ma’lumot FHDQ qulatilganidan ikki-uch kun o‘tmayoq Markaz matbuotida e’lon 

qilindi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

14 


davlat komiteti” tuzilgani, ayrim davlat organlari faoliyati to‘xtatilgani, bugundan 

boshlab hamma shu komitetga so‘zsiz bo‘ysunishi kerakligi, muxolifat va demokratlar 

buzg‘unchi ekani... xalqqa bildirilgan edi. 

O‘zbekiston prezidenti to‘rt kunlik rasmiy safar bilan Hindistonga (17 avgust kuni) 

ketgan edi, SSSRda davlat to‘ntarishi yuz berganini u yoqda eshitdi va safarni oxiriga 

yetkazmay 19 avgust kuniyoq Toshkentga qaytib keldi. 

Islom Karimov Hindistondan shoshilinch qaytgan kuniyoq davlat ustunlari (arkoni 

davlat)ni to‘plab, vaziyatni muhokama qildirdi. Rasmiy telekanal ko‘rsatdi, butun 

respublika aholisi ko‘rdi. 

Diqqatni chekkan hol: yig‘inda prezident ko‘proq boshqalarni va o‘sha kezlari Bosh 

vazir bo‘lib turgan Shukrullo Mirsaidovni gapirtirdi, respublika nomidan tayyorlangan 

bayonotni ham Mirsaidov o‘qigani esimda. 

Muhokama ochiqdan-ochiq bo‘lmasa-da, mohiyatida “Biz FHDQni qo‘llab-

quvvatlaymiz!” degan ruhda o‘tdi. Hatto Islom Karimov o‘ziga xos quvlik bilan: 

“O‘zbekiston siyosatini o‘zgartirishiga ehtiyoj yo‘q, mana, bugungi muhokamadan 

o‘zlaring ham bildilaring: biz o‘zi anchadan beri bugungi talabga mos to‘g‘ri siyosat 

yuritib kelayotgan edik... Qayta qurish siyosatining hamma talablariga biz 

yuravermaganmiz va o‘z vaqtida qoralaganmiz... Bugungi vaziyat bizning haqligimizni 

isbotladi”, dedi

11



21 avgust kuni “Xalq so‘zi” gazetida “O‘zbekiston Sovet Sotsialistik 

jumhuriyatining Prezidenti, O‘zbekiston Kommunistik partiyasi Markaziy 

Komitetining Birinchi sekretari Islom Abdug‘aniyevich Karimovning respublika 

aholisiga murojaati” bosildi. Murojaatda FHDQni to‘la qo‘llab-quvvatlaymiz degan 

ochiq gap yo‘qligi diqqatni tortadi. Unda asosan qayta qurish siyosati qattiq tanqid 

qilingan. Masalan, murojaatning bir yerida: “Beshinchidan, shuni ham xalqimizga 

ochiqdan-ochiq, ro‘y-rost aytishimiz kerakki, qayta qurishni boshlaganlarimizga olti yil 

bo‘ldi. Quruq gaplar, dabdabali va’dalar odamlarimizning joniga tegdi. Bugun-erta 

hayotimiz yaxshi bo‘ladi degan, ozgina chidanglar degan gaplarga va va’dalarga hech 

kimda ishonch qolmadi. Bu ham ahvolning keskinlashuviga, odamlarning 

g‘azablanishiga asos bo‘ldi”, deyilgan

12



Bu degani, FHDQning davlat to‘ntarishi zaruriy choradir, degan fatvo edi.  



“...O‘zbekiston jumhuriyati , uning rahbariyati qayta qurish davrida ham hech 

qachon birovning gapiga kirib ish tutgan emas...” deyish bilan esa ma’no maromini 

“biz o‘zi qayta qurish davrida ham bugun FHDQ talab qilayotgan yo‘lda edik” degan 

fikrga burgan. 

                                                

11

 Bu gaplarni o‘shanda televizordan ko‘rganimda esimda qolganicha yozdim. Aslida so‘zlar boshqacha qo‘llangan 



bo‘lishi mumkin, lekin ma’no shu edi. Buni ertasi gazetda e’lon etilgan bayoni ham tasdiqlaydi. 

12

 Rasmiy hujjatda yoki ushbu yig‘ilish haqidagi matbuot bayonida FHDQni qo‘llaymiz degan ochiq so‘z bo‘lmasa ham, 



orqadan prezident Islom Karimov uni qo‘llaganini bildiruvchi dalillar ko‘p. Ulardan biri ‒ hali o‘rtoq Islom Karimov 

Hindistonda ekanidayoq (yoki qaytayotganida uchoqdan) FHDQ raisi o‘rtoq Yanayevga telegramma yo‘llagan, unda 

o‘rtoq Yanayevni “to‘ntarish” bilan tabriklagan, bu telegrammani demokrat deputatlardan Po‘lat Oxunov topib o‘z 

vaqtida elga oshkor qilgan edi. Bu kabi gaplar nimaga xalqqa aytilmaydi, nimaga yashiriladi, nimaga O‘zbekistonning 

yangi tarixida yozilmaydi?! 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

15 


 

“O‘zbekiston SSR Oliy kengashi rayosati va O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi 

Vazirlar Mahkamasining Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahar 

rahbarlari ishtirokidagi qo‘shma majlisining BAYONOTI”(dan:) 

“1. Bugun mamlakatda nihoyatda ziddiyatli ahvol yuzaga keldi, respublikalararo 

qaror topgan aloqalar buzildi, narx-navo oshib ketdi, aholining turmush darajasi 

pasaymoqda, xalqni oziq-ovqat va iste’mol mollari bilan ta’minlash kundan-kunga 

yomonlashmoqda, millatlararo va ijtimoiy tanglik, jinoyatchilik kuchaymoqda, 

fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligi yetarli darajada ta’minlanmayapti. 

Mamlakatdagi toqat qilib bo‘lmaydigan bunday ahvol uzoq vaqtdan beri davom 

etmoqda va hal qilinishi zarur”. 

 

Ushbu bayonotda va, umuman olganda, O‘zbekiston tomoni qabul qilgan boshqa 



hujjatlarda qayta qurish siyosati hammayoqni izdan chiqardi, mamlakatda tartib-

intizom o‘rnatish zaruratini yuzaga keltirdi, degan xulosa bilan zimdan FHDQning 

qayta qurish davriga bergan bahosi to‘la qo‘llab-quvvatlandi.  

“...respublikalararo qaror topgan aloqalar buzildi” deb nolish esa, hammamizni bir-

birimizga bog‘lab turgan SSSRday bir davlat shundoq ko‘z o‘ngimizda bo‘linib 

ketyapti, degan ichki faryodning yuzaga chiqqan ifodasidir. 

Bu kabi murojaatu bayonotlardan keyin gazetning tag qismida “Osoyishtalikni 

saqlaylik, tartibni mustahkamlaylik” degan sarlavha ostida mana bunday xabarcha ham 

chop etilgan. Unda jumladan bunday deyiladi: 

“19 avgust kuni O‘zbekiston SSR Prezidenti I.A.Karimov Toshkent shahri faollari 

bilan uchrashdi. Uchrashuvda mamlakatda yuzaga kelgan vaziyat ko‘rib chiqildi. 

Respublika Prezidenti hozirgi murakkab vaziyat haqida axborot berdi. U sovet 

jamiyatini demokratik ruhda qayta tiklashga umid tug‘dirgan qayta qurish hozir boshi 

berk ko‘chaga kirib qolganini ta’kidladi. Buning sababi qayta qurishning aniq-ravshan 

konsepsiyasi bo‘lmaganligida, uni ro‘yobga chiqarishning strategiyasi ishlab 

chiqilmaganligidadir. 

O‘zbek xalqining: “Yangi uy qurmay turib eskisini buzma”, degan dono maqoli 

bor, dedi Islom Abdug‘aniyevich. Bizda esa aksincha bo‘ldi ‒ eskisini buzib tashladik. 

Mana sizga ayanchli natija ‒ yomonroq yashay boshladik... 

Shundan so‘ng O‘zbekiston SSR Prezidenti yangi Ittifoq shartnomasiga to‘xtaldi. 

Ayni vaqtda u Novo-Ogarevoda ishlab chiqilgan shartnoma nusxasining tarafdori 

bo‘lib qolishini ta’kidladi, chunki u yaxshilab pishiqtirilgan, puxta o‘ylab tuzilgan 

hujjat bo‘lib, barcha tomonlarning manfaatini aks ettiradi”. 

Ya’ni, qisqacha aytganda, qayta qurish siyosati demokratiya qilaman deb mamlakat 

boshiga kulfat olib keldi, boshboshdoqlik boshlandi, tezda Ittifoq shartnomasini 

imzolashimiz kerak ‒ biz Ittifoq doirasida qolamiz... 

 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

16 


Kamina o‘sha kezlari O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasi 

qoshidagi “Movarounnahr” nashriyotida ishlar edim. Davlat to‘ntarishidan xabarsiz 

qolibman. 

19 avgust kuni ertalab ishga kelsam, shov-shuv: odamlar nimadandir tashvishda, 

ammo ichidagi tashvishni tashiga chiqarmaydi, kulimsiramoqchi bo‘ladi, kulgisi 

tirjayish bo‘lib chiqadi. 

“Nima gap?” desam, “Eshitmadingizmi?..” deb voqeani qisqacha so‘zlab berishdi. 

Har nechchi daqiqadadir FHDQ bayonoti radioda o‘qib turilibdi ekan.  

Navbatdagi takror chog‘i matn teruvchilar xonasidagi radio tevaragida uch-

to‘rttamiz to‘plandik. Ikki og‘iz eshitgan zahotim: 

‒ Tamom, – dedim, – yomon bo‘libdi! Agar bular hokimiyatda qolsa, mamlakat 

qonga botadi! 

Nashriyot mudiri “tilingizga ehtiyot bo‘ling” degan ma’noda ko‘rsatkich barmog‘i 

uchini shundoq ham yumiq labiga bosib qo‘ydi. Qarasam, fikrini ochiq aytib yuborgan 

bir men bo‘libman... 

Shu kuni idora tevaragida har xil shubhali-shubhasiz kishilar o‘ralashib qoldi. 

Adashmasam, peshindan keyin TurkVO (Turkestanskiy voyenniy okrug – Turkiston 

harbiy okrugi) shtabidan siyosiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosar bir armani mayor 

(adashmasam, familiyasi Bogdasarov edi) oldin diniy boshqarma idorasiga, undan 

keyin nashriyotimizga keldi. Hammani mudir xonasiga to‘platdi. Siyosiy vaziyatni 

o‘zicha tushuntirgan bo‘ldi. Hushyorlikka, “tentaklik qilib qo‘ymaslik”ka chaqirdi... 

Aytmoqchi bo‘lganim ‒ uning og‘zidan chiqqan ushbu muhim so‘zlardir. U aynan 

bunday dedi:  

– Moskva to‘palang... Yelsinchilar ko‘chada... Lekin bugun-erta hammasi qo‘lga 

olinadi, mamlakatda tartib-intizom o‘rnatiladi! Mitingvozliklarga chek qo‘yiladi! O‘rta 

Osiyoda Qirg‘izistondan boshqa joylarda tinchlik. Aqayev jinnilik qilyapti, odamlarni 

ko‘chaga chiqishga undadi, Yelsinni va demokratiyani qo‘llaymiz, deb chiqdi. 

Nichevo, Bishkekka TurkVOning tanklari kiritildi, bugun-erta uning ishi hal... Lekin 

bizning prezident (ya’ni, Islom Karimov. ‒ N.M.R.) malades! Okrugimiz qo‘mondoni 

Hindistonga telefon qilib holatni tushuntirgan edi, Islom Karimov “Biz FHDQni 

qo‘llaymiz!” debdi. Bugunoq mamlakatga qaytyapti. Malades!.. 

Bu voqeaga shaxsan guvohman va shu gaplarni o‘z qulog‘im bilan eshitganman. 

Mayor Bogdasar(yan)ovning xabari to‘g‘ri ekanini ertasi va indini gazetlarda e’lon 

qilingan, sal tepada keltirganimiz hujjatlar qat’iy isbotladi. 

 

Keyin pilastinka birdan chappa aylanib ketdi.  



21 avgust kuni Maskovda FHDQ yutqazdi, hokimiyatga Boris Yelsin boshliq 

demokratlar keldi. Shu zahoti “O‘zbekiston SSR Prezidentining Farmoni” chiqdi: 

 

“... 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

17 


1. O‘zbekiston SSR hududida hokimiyat va boshqaruv idoralari, korxonalar, 

tashkilotlar ham muassasalarning qabul qilgan barcha qarorlari va ularning ijrosi SSSR 

va O‘zbekiston SSR Konstitutsiyalariga hamda qonunlariga, O‘zbekiston SSR 

Prezidenti Farmonlariga, O‘zbekiston SSR Oliy Kengashi bilan O‘zbekiston Prezidenti 

huzuridagi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda farmoyishlariga so‘zsiz mos 

kelishi kerak. 

2. SSSRda Favqulodda holat davlat komitetining SSSR Konstitutsiyasi hamda 

qonunlariga, O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi hamda qonunlariga zid keladigan 

farmonlari va qarorlari haqiqiy emas, deb hisoblansin. 

 

O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasining Prezidenti 



I.Karimov. 

Toshkent shahri 1991 yil 21 avgust”. 

 

Bu Farmon garchi FHDQni respublika hududida qonundan tashqari deb e’lon 



qilayotgan bo‘lsa-da, hamon SSSR Konstitutsiyasi va qonunlari ustuvor ekanini ham 

alohida ta’kidlab turibdi. 

Yana bir antiqa hujjat: 

FHDQ qulatilganidan keyinoq SSSR Prezidenti M. S. Gorbachyov uy qamog‘ida 

ushlab turilgan Qoradengiz bo‘yidagi Foros dalahovlisidan Maskovga keltirildi. U 

poytaxtga kelgan zahoti hokimiyat hali ham o‘zining qo‘lida ekanini bildirib qo‘yish 

uchun ketma-ket murojaatu farmonlar e’lon qila boshladi. So‘ng negadir 1991 yil 24 

avgust kuni to‘satdan g‘alati bir bayonot berdi: 

“...Mana shunday vaziyatda KPSS Markaziy Komiteti o‘zini o‘zi tarqatib yuborishi 

haqida qiyin bo‘lsa ham vijdonan qaror qabul qilishi kerak. Respublika 

Kompartiyalarining va mahalliy partiya tashkilotlarining taqdirini ularning o‘zlari 

belgilaydilar. 

KPSS Markaziy Komitetining Bosh kotibi vazifalarini bundan buyon bajarishni 

o‘zim uchun imkonsiz deb hisoblayman va tegishli vakolatlarni zimmamdan soqit 

qilaman”

13



Bugungi ko‘z bilan qaraganda ham bu bayonot nihoyatda olamshumul, dunyoning 

keyingi taqdiriga katta ta’sir ko‘rsatadigan ulkan voqea edi. Mustaqillik istaganlar 

uchun esa, agar chindan ham mustaqillikni yurak-yurakdan istagan bo‘lsa, ayni vaziyat 

takrorlanmas fursat, otni qamchilab qolishga eng qulay imkoniyat edi! 

Axir, Bosh kotibning o‘zi qudratli partiyasining o‘limiga hukm o‘qiyapti! Yer 

yuzining oltidan bir qismida 74 yil davomida hukmini yuritib kelgan, haqiqatni 

teskarisidan o‘qish bilan kishilik jamiyatlari boshiga ko‘p kulfatlar solgan, xudosizligi 

bilan mashhur yovuz partiyaning hayotiga so‘nggi nuqtani qo‘yyapti! Respublikalarga 

o‘z taqdiringni o‘zing belgila deyapti! 

                                                

13

 “Xalq so‘zi” gazeti 1991 yil 27 avgust soni. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling