Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- “SSSR Prezidenti bilan ittifoqdosh respublikalar oliy rahbarlarining BAYONOTI”
- Bu kunlar
www.nurullohuz.com 18
Xo‘sh, o‘sha respublikalardan bittasi bo‘lgan O‘zbekiston boshlig‘i bunga javoban nima qildi? Oradan to‘rt kun o‘tkazib (demak, rosa o‘ylab, mulohaza qilib, nihoyat bir to‘xtamga kelib) O‘zbekiston SSR Prezidenti, O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining Birinchi sekretari Islom Karimov shaxsan bunday bayonot berdi: “Bugun ishontirib aytmoqchimanki, biz bundan buyon ham kommunistlar bilan maslahatlashmay, Markaziy Komitet Plenumi a’zolarining fikrini inobatga olmay hech qanday tub qarorlarni qabul qilmaymiz... Men M.S.Gorbachyov qabul qilgan qarorga mutlaqo qo‘shilmayman. U KPSS Markaziy Komiteti Bosh kotibi vakolatlarini zimmasidan soqit qilish huquqiga ega, albatta. Lekin partiya o‘zini o‘zi tarqatib yuborishi to‘g‘risidagi, partiya mulkining taqdiri to‘g‘risidagi masalani Plenum yoki partiya s’ezdi hal etishi kerak” 14 .
ketmoqchi bo‘lsang o‘zing ketaver, katta ko‘cha, ammo muqaddas partiyamizning taqdirini bizga ‒ Plenum a’zolariga qo‘yib ber! Biz esa “bundan buyon ham kommunistlar bilan maslahatlashmay, Markaziy Komitet Plenumi a’zolarining fikrini inobatga olmay hech qanday tub qarorlarni qabul qilmaymiz”!!! Bunday fikrdagi odamni “mustaqillik me’mori” desa bo‘ladimi?! Menimcha, izoh shart bo‘lmasa kerak. Eng ajablanarli ish Respublikada mustaqillik e’lon qilib bo‘linganidan keyin yuz berdi. 1991 yil 3 sentabir kuni “Xalq so‘zi” gazeti bir hujjat chop etdi. U “SSSR Prezidenti bilan ittifoqdosh respublikalar oliy rahbarlarining BAYONOTI” deb atalgan (respublikalar rahbarlari sha’niga bitta “oliy” sifati qo‘shilganini demasa, SSSRning eski holatidan hech narsa o‘zgarmagan!). Bayonot katta bo‘lgani uchun uni bu yerda to‘liq keltirish imkonimiz yo‘q, qisqachasi bunday: respublikalarga “Ittifoq shartnomasi” berayotganidan ko‘proq va kengroq huquqlar beriladi, ichki-tashqi siyosatini o‘zi yuritadigan bo‘ladi, hatto Birlashgan Millatlar tashkilotiga alohida-alohida a’zo bo‘lishi mumkin, lekin... Lekin mamlakat hududi yaxlit bo‘lib qoladi, pul va armiya birligi saqlanadi... va hokazo. Yana o‘sha Ittifoq shartnomasi! Eskisidan farqi ‒ endi respublikalar oldiga sal kattaroq suyak tashlangan, xolos. Bayonotga qo‘l qo‘yganlar: SSSR Prezidenti M.S.Gorbachyov va RSFSR, Ukraina, Belorussiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ozarboyjon, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston respublikalarining “oliy” rahbarlari! (Bu bitim imzolanishi marosimida Gurjiston kuzatuvchi sifatida ishtirok etgan, Armaniston, Moldaviya hamda Boltiqbo‘yi respublikalari umuman yo‘q!) Ana sizga 31 avgustda e’lon qilingan “mustaqillik”imiz bahosiyu qadr-qiymati! Bunga ham izoh shart emas, shundoq ham o‘zi tushunarli bo‘lib turibdi.
14 “Xalq so‘zi” gazeti 1991 yil 29 avgust soni. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 19
Albatta, avgust oyi yarmidan to yil oxirlarigacha ko‘p “oliy rahbar”lar qatori O‘zbekiston “oliy rahbari” Islom Karimovga ham juda og‘ir bo‘lgan: ko‘nglida, Shukrullo Mirsaidov aytganidek, mabodo millatparvarlik va vatanparvarlik tuyg‘usi bor bo‘lgan taqdirda ham, bir yoqdan, respublika kommunistlari boshlig‘i sifatida Maskovdagi bevosita xo‘jayinlariga so‘zsiz bo‘yin sunishi va SSSRni bus-butun saqlab qolishga jonbozlik ko‘rsatishi lozim 15 , ikkinchi yoqdan, ozodlik istab maydonlarga to‘kilgan xalqining bosim-talabiga ham quloq solishga majbur edi. Bugun bizni o‘ylantirayotgan va bizga tarixiy adolatsizlik bo‘lib tuyulayotgan masala shu nuqtada: “Muhtaram davlatboshimiz” chindan ham mustaqillikning yagona tashabbuschisi va loyihachi-me’morimi yoki ichki-tashqi shart-sharoit taqozosi bilan o‘rtaga qalqib chiqib, kechagina mustaqillikni istamagan, hatto unga qarshi bo‘lgan “Birinchi sekretar”dan bugun majburan “mustaqillik me’mori”
ga aylanib qolgan bir arbobmi?! Ha, agar “mustaqillik me’mori” 16 unvonini kimgadir berish lozim bo‘lsa, bir zamonlar bizni mustamlaka qilgan davlat (O‘rusiya)ning o‘ziga berish kerak bo‘ladi. Chunki O‘rusiya rosmana ketiga tepib haydab solmagunicha O‘zbekiston rahbariyati sira mustaqil bo‘lgisi kelmadi! 17
1991 yil martida o‘tkazilgan referendumda SSSRni saqlab qolish yo‘lida tish- tirnog‘i bilan kurashib, targ‘ibot-tashviqotni kuchaytirib, xalqining mutlaq (97 foizdan ortiq 18
sababi ham shunda.
15 Chor O‘rusiyasi Turkiston tuproqlarini bosib olgani hodisasini sovet-kommunist tarixchilari uzoq yillar “O‘rta Osiyo respublikalarining O‘rusiyaga qo‘shib olinishi” deb tushuntirib boshimizni qotirib keldi. Xuddi mahalliy davlatlar o‘zini o‘zi boshqara olmay qolib, shimoliy qo‘shnisiga “Iltimos, bizlarni o‘zlaringga qo‘shib olinglar!” deb yalinganday. Bu talqinlari albatta ulkan yolg‘on edi. Bu yerlarda bosqinchilik qilib to‘kkan qonlarini xaspo‘shlash edi. Lekin endi ‒ 1991 yilga kelib, “O‘rta Osiyo respublikalarini SSSRdan quvib solmagunimizcha (talog‘ini bermagunimizcha) bizdan hech ajragisi kelmadi” desa, to‘g‘ri aytgan bo‘ladi. Chunki to O‘rusiyaning o‘zi tashabbus ko‘rsatib O‘rta Osiyo jumhuriyatlari hiqildog‘idan qo‘lini tortib: “Tur yo‘qol! Endi aravangni o‘zing tort!” demagunicha biznikilar uning oyog‘ini mahkam quchoqlab: “Tashlab ketma bizni! Bizni o‘z boshimizga yolg‘iz qo‘yma!” deb yalinib yotgan edik. Hatto 31 avgust kuni e’lon qilingan “mustaqillik” ham omonat, kemtik edi. 1991 yil 8 dekabir kuni O‘rusiya, Ukraina va Belorusiya boshliqlari Boris Yelsin, Leonid Kravchuk va Istanislav Shushkevich uchalasi Belorusiyaning Beloveje o‘rmonligida “SSSR” nomidagi tuzilmani tarqatib yuborish haqidagi hujjatga qo‘l qo‘ymagunlaricha hali SSSR yashab turgan, qo‘g‘irchoq hukmida bo‘lsa ham Mixail Gorbachyov uning prezidenti edi... 16 O‘quvchilar yanglish anglamasinlar, “mustaqillik me’mori” atamasini ilk bor qo‘llab kitob yozgan marhum Ozod Sharafiddinovni kinoya uchun takror-takror eslanmayapti bu birikma. Men Ustozdan bevosita ta’lim olganman, u kishini hurmat qilaman va
hur yuraklarni tarbiyalashda O‘zbekistonda Ozod akaning xizmati katta bo‘lganini yaqindan bilaman. Podshoh tomonga bir-ikki ta’zimini esa, o‘zi og‘zaki suhbatlaridan birida: “Shu melisa bolamning kelajagini deb ayrim prinsiplarimga teskari borishimga ham to‘g‘ri keldi...” degandek afsusnamo e’tirof qilgani uchun, insoniy bir ojizlikdan deb bilaman (chindan, Ozod aka ayrimlarning buyurtmasi bilan prezidentni madh etadigan maqola va kitoblar yoza boshlaganidan keyin sal fursat ichida melisa o‘g‘illari Alisher Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘ldi!). Bu kabi ojizliklardan kamdan-kam kimsa himoyalangan. Boshqa tomondan qaralsa, qo‘shtirnoqlar ichiga olinishga loyiq bunaqa xunuk “mustaqillik”ning yolg‘iz tashabbuschisi, me’mori, ustasi deb bemalol Islom Karimovni ko‘rsatsa bo‘laveradi. “Mustaqillik me’mori” derkan, Ozod aka ta’rifi shu ma’noda to‘g‘ri.
17
qildi. Xalq so‘zidan qaytmadi. 1991 yil yanvarida sovet armiyasi Vilnyusni ishg‘ol qildi. Shunga qaramay, 1991 yil fevralida referendum o‘tkazilib litvaliklarning 90 foizi SSSR tarkibidan uzil-kesil ajrab chiqish uchun ovoz berdi! 18 Albatta, O‘zbekistonda o‘tkazilgan referendum ko‘rsatkichiga to‘la ishonib ham bo‘lmaydi. Chunki u paytlar xalqimizning ko‘p tushungan qismi (2,5 foizdan ancha ko‘p ekani aniq!) mustaqillik tarafdori edi va referendumda O‘zbekistonning SSSR tarkibida qolmasligiga ovoz bergani aniq. Mustaqillik tarafdorlarining ovozi bizda Litva Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 20
Tashqi vaziyat yetilib turganida ichki vaziyat unga moslashadi, tabiiy. Kurashib olinmagan, mustamlakachilarning o‘zlari tepib-surib bir chekkaga chiqarib tashlaganidan keyingina erishilgan “mustaqillik”da shaxsning ahamiyati bo‘lmaydi. Ya’ni, Islom Karimov o‘rnida kim bo‘lsa ham osmondan tushib qolgan “mustaqillik”ni e’lon etishga majbur bo‘lar edi, demoqchimiz. Diqqat qilganmisizlar, kurashib erishilgan mustaqilliklar tepasiga o‘sha kurashganlar kelgan, o‘shalarni ozmi-ko‘pmi “me’mor” desa bo‘ladi ‒ bular Gurjiston, Ozarboyjon va Boltiqbo‘yi jumhuriyatlari edi. Ammo mustaqil bo‘lib ajrab chiqishga majburlangan bizlarniki kabi davlatlar tepasida Kompartiyaning o‘sha palladagi Birinchi sekretarlari qolaverishdi! Ko‘ylak- ishtonini almashtirib oldi, xolos! Kechagi qul “Birinchi sekretar”dan bir kunda mustaqil “prezident”ga do‘ndi! Bu do‘nganlar asosan O‘rta Osiyo jumhuriyatlari va ayrim boshqalar edi! Mana shu holatning o‘zidan ham ko‘p narsani anglab olsa bo‘ladi. Ha, “mustaqillik”ning e’loni O‘zbekistonda chindan ham Islom Karimovning og‘zidan chiqdi va yigirma yildan beri... miyalarimizga buni qayta-qayta quyib-uqtirib kelyapti. Holbuki, ozgina vijdoni bo‘lganida bu narsa Ollohning xohish-irodasi, xalqning harakati bilan yuzaga chiqqanini tan olar va hech qachon unutmas edi! Jangovar maddohlari va jurnalistlariga ham tayinlab: “E baraka topkurlar, har ishga mening otimni tiqishtiravermanglar, men chekimga tushganini qildim. Aslida mustaqillik istab- talab qilib maydonga chiqqanlar boshqalardir 19 , ana o‘shalarni chinakam ma’noda “mustaqillik tashabbuskori va me’mori” desa bo‘ladi, ularning xizmatini ham gapiringlar, yozinglar!” deyishi kerak edi. Amalda bunday bo‘lmadi, bo‘lmayapti. Yoki bo‘lmasa, deylik, agar Islom Karimov eskidan xalqini ozod ko‘rish ishtiyoqida yonib yurgan-u, bu ishtiyoqini har xil siyosiy nayranglar bilan yomon ko‘zlardan pana qilib kelgan bo‘lsa (mayli, bu taxminni ham hisobga olaylik), unda bugun haqiqatni ochiq aytishi lozim.
Xalq to‘g‘ri gapning gadosi. Bir og‘iz: “Siyosat o‘zi o‘yin, u og‘ir vaziyatda ko‘nglimizda bir narsani o‘ylab tashimizda boshqa ishni qilishga majbur edik. Lekin asl niyatim xalqimning niyati bilan bir bo‘lgan, shu xalqimga suyanib mustaqillik e’lon qildim. Xalqim bo‘lmasa men kimman? Demak, mustaqilligimizning bosh tashabbuschisi ham, ijodkoriyu me’mori ham erksevar xalqimdir!” deb qo‘ysa, olam guliston edi. Shu bilan tarixiy haqiqat qaror topgan, insof yutgan, adolat tantana qilgan bo‘lardi.
ko‘rsatkichi darajasida bo‘lmasa ham, rasmiy idoralar e’lon etgan ko‘rsatkichdan ancha yuqori bo‘lgani ehtimoli kuchlidir. Saylov natijalari odatdagidek soxtalashtirilganining o‘zi respublika rahbariyati aslida mustaqillikka qarshi bo‘lganini ko‘rsatadi. 19 Ayrimlari ichkarida pana-pastqamlarda sasini chiqara olmay yuribdi, ayrimlari jonini saqlash uchun tashqariga chiqib ketishga majbur bo‘ldi. O‘zlari kurashib erishgan narsaning qurboniga aylandi sho‘rliklar. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 21
Bunday deyilmadi. Bunday deyilmayapti. Kitoblarda, darsliklarda, gazet- jo‘rnollarda hamma yaxshilikka bir o‘zini ega qilib ko‘rsatyapti. Asl mustaqillikchilar, milliy haq-huquqlari talabida ko‘chalarga, maydonlarga chiqqan fidoyilar esa tiraqaylatib yurtdan quvildi, qolgan-qutganini bitta-bitta topib- yig‘ishtirib qamoqlarga tiqildi. Xalq dami ichiga tushib qolaverdi. Yigirma yildan beri mamlakat boshida mana shu yoqimsiz, tushunarsiz, og‘ir holat qalqib turibdi 20 . Bu aytilganlar bor gapni yuzaga chiqaradigan misollardan bir-ikkitasidir. Kelgusida tarix ilmi jiddiy shug‘ullansa, bunaqa misollardan ko‘pini topadi. Bizga hozir shunisi yetadi. Chunki shuning o‘zi ham ayniqsa bu kunlarda Bir Kishi boshi uzra chalinayotgan karnay-surnaylar quruq shovqindan boshqa narsa emasligini ko‘rsatadi. Quruq shovqin esa, bilasizlar, quloqlarni qomatga keltirgani, ko‘ngillarni huzursiz qilgani qoladi, xolos.
Haqparastlik va haqsevarlik hissi, ozodlikni, mustaqillikni istash tuyg‘usi onamning pokiza sutlari va otamning hisobsiz tagdor hikoyalari bilan qon-qonimga singib ketgan menday bir odam ham “mustaqillik” diktaturasi ostida kechgan keyingi yigirma yilimizni bundan oldin qayta qurish bergan erkinlik yillariga solishtira-solishtira, ayrim onlarda: “SSSR bu qadar tez bo‘linib ketmay turishi kerakmidi”, degan xayolga borib qolaman. “Mustaqillik homilasi rosmana to‘qqiz oylik tabiiy bosqichni bosib o‘tmay, sakkiz yo yetti yo hatto olti oylik pallasi chala tug‘ilib qoldi, yetilib tug‘ilgani boshqacha bo‘larmidi”, deyman. Ya’ni, qayta qurish zamoni bir oz uzoqroq cho‘zilgani yaxshi edi, nazarimda. Chunki bu ikki davr bir-biriga solishtirilsa, Gorbachning qayta qurish davri mustaqillikning hozirgi o‘zbekistoncha nusxasidan ko‘p tomonlarda ustun ko‘rinadi menga. Yanayam to‘g‘risini Olloh biladi. Ya’ni, oyi ko‘rilmay boshlab yuborilgan yolg‘on hayitdan chin arafasi totliroq edi!
erkinliklar kuchli edi va bunday arafa davri qancha uzaysa, undan foydalanaroq bo‘lg‘usi mustaqillikka g‘oyaviy bukilmas, pishiq poydevor qurib olingan bo‘lardi.
edi va bu jarayon xayrli yechimiga borib olgan bo‘lar edi 21 .
20 Bu holatning shaxsiy-ruhiy sabab-ildizlarini ko‘rish uchun Islom Karimovni shaxs sifatida yaxshiroq tanish kerak bo‘ladi. U kim, qachon, qaysi yo‘llar bilan hokimiyatga keldi, qanday usullar bilan boshqaryapti ‒ kamida shularni bilish lozim. Tafsilotli bilgilar uchun boqing: http://lenta.ru/lib/14160040/full.htm
21 Albatta, Buyuk Turkistonni zo‘rg‘alatdan bo‘lib tashlagan bosqinchi davlat endi, mahalliy xalqlar qachon birikib olarkan, deb qarab o‘tirarmidi? Yo‘q! Tub yerli millatlar o‘zaro og‘a-ini ekanini his etib, bir-biri bilan eskiday apoq- chapoq bo‘lib ketmasin deb u yer-bu yerda milliy nizolar chiqarib turdi. O‘sh ‒ O‘zgan, o‘zbek ‒ ahiska (meshet) turki qonli mojarolarining juda ko‘p alomatlari bu jirkanch ishlar tepasida davlatning o‘zi, uning xavfsizlik qo‘mitasi (KGB) turganini ochiq-oydin ko‘rsatgan.
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 22
Uchinchidan, diniy sohadagi erkinlik natijasida machit va madrasalar ko‘payar va diniy ta’lim kuchayar, dinimiz bor haqiqati bilan xalqimizning ko‘proq qismi orasiga kirib qolar va chinakam o‘zlikka qaytish, milliy-diniy o‘zlikni qaytadan tiklash mumkin bo‘lar edi (busiz millat kuchli bo‘lmaydi). To‘rtinchidan, uzoq yillar mustamlakada yashash natijasida odamlarimiz ongiga o‘tirib qolgan qullik ruhiyati o‘rniga o‘ziga ishonch tuyg‘usi rosmana oyoqqa turib olar, o‘tmishini to‘g‘ri anglagan holda kelajakni to‘g‘ri qurishga harakat kuchayar edi.
oldin o‘zini, so‘ngra dunyoni, do‘st bilan dushmanni yaxshiroq tanib olar edi. Oltinchidan... Xullas, gap ko‘p. Yana ancha-muncha yaxshiliklar bo‘lishi mumkin edi, bizningcha. Lekin qayta qurish davri tez tugab qoldi ‒ yondiyu o‘chdi go‘yo. Kechagina “Ittifoq shartnomasi”ga qo‘l qo‘yishga shay turgan “Birinchi sekretar” hatto yeng ichidagi “xalq vakillari” oldidan ham o‘tmay, birdan mustaqillik e’lon qilib yubordi
22 . “Xalq vakillari” bu olamshumul voqeani oldindan bilmagani “me’mor” ularning chapagini ham tilab olganidan sezildi. Albatta, bu ishlarda Katta Dunyoning ham ko‘rinmas irodasi bor. “Qaltiroq qo‘lli” FHDQning SSSRni saqlab qolish yo‘lida qilgan oxirgi qo‘pol va o‘xshovsiz tipirchilashini fursat bilib, Yelsin boshliq bir hovuch demokrat Katta Dunyoning axborot va boshqacha qo‘llovi bilan Maskov ko‘chalariga chiqdi. Markaz o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘lib qolgach, respublikalarga otni qamchilashga pishanglar berildi: “Davay, tez mustaqillik e’lon qil, biz quvvatlaymiz!” Busiz bo‘lmasdi ham. Katta Dunyoning maqsadi mustamlaka ostida ezilib yashayotgan yurtlarni chinakam ozodlikka chiqarish, oldingi qaram respublikalar o‘rnida kuchli, ma’naviyatli, hartomonlama hur yangi davlatlar barpo etish emasdi, albatta. Asosiy niyati SSSRday katta bir davlatni yemirib-bo‘ldaklab tashlash, so‘ngra yangi davlatchalarni o‘zining manfaat quchog‘iga tortish edi. Ammo bu degani boshqalarning quchog‘iga tushmaslik uchun SSSR tarkibida qolaverishimiz kerak edi degani emas. Aslo!
Ularning niyati boshqacha bo‘lsa bo‘lsin, muhimi o‘zimizning niyatimizdir. Bizning niyatimiz har qanday kir maqsadlarga qarshi tura oladigan kuchli, hamiyatli bir mustaqillikka erishish bo‘lishi kerak edi.
22 Islom Karimov 1991 yil 31 avgust kuni “Respublika mustaqilligi”ni e’lon qilaturib ham ehtiyotan: “Biz Ittifoq shartnomasini imzolash g‘oyasini batamom rad etayotganimiz yo‘q. Ammo bu shartnomaga jiddiy o‘zgartishlar kiritish lozim. Bo‘lajak Ittifoq mustaqil davlatlarning konfederatsiyasi, erkin ittifoq sifatida shakllanmog‘i kerak ‒ davlatlar yagona iqtisodiy hududga ega bo‘lib, harbiy, siyosiy, tinchlik, ijtimoiy taraqqiyot, yadro halokatidan saqlanish uchun kurashda o‘zlarining tashqi siyosatdagi faoliyatlarini ham birlashtirishlari lozim”, deb qo‘yishni unutmagan edi (“Xalq so‘zi” gazeti 1991 yil 1 sentabir). Bundan chiqdi, bugun O‘zbekiston bayram qilib kelayotgan kun xalqimiz va davlatimiz erishgan to‘la “Mustaqillik kuni” ham emas ekan! “Konfederatsiya kuni” ekan!
Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 23
Afsus, ishlar orzularimiz, armonlarimiz, umidlarimizga ko‘ra emas, peshonalarimizda bitilganiga ko‘ra bo‘ldi. O‘yimizga yarashasini emas, xo‘yimizga yarashasini berdi Olloh. Xo‘sh, o‘shanda hokimiyat tepasiga bugungilar emas, mustaqillik uchun kurashganlar kelganida ahvol boshqacha bo‘larmidi? Boshqacha bo‘lishi aniq, lekin bugungidan yaxshi bo‘larmidi, yo‘qmidi – u yog‘ini Olloh biladi. Harholda voqelik achchiq haqiqatlarni ko‘rsatdi: 1. Gurjiston bilan Ozarboyjonda hokimiyat maydondagilarga o‘tdi. Natija nima bo‘ldi? Mustaqillikchilarning qisqa muddatli hokimiyatlari birida fojiali, ikkinchisida orqaga qaytish bilan yakunlandi. Sababi qanday bo‘lishidan qat’i nazar, natija ayanchli bo‘ldi. 2. Uzoqqa bormaylik, yonqo‘shnimiz Tojikiston boshiga nimalar tushmadi! Xalqi birikkanroq va demokratiyasi bizdagidan kuchliroq bo‘lganiga qaramay, aytarli biron ijobiy natijaga erisholmadi. Agar bugungi holatidan xulosa qilsak, balki bizdagidan battarroq natija berdi. O‘rtada shuncha qon to‘kilgani, qanchadan-qancha odamning yostig‘i qurigani qoldi, xolos. Bunday natijaning sababi ko‘p, albatta. Shulardan biri – qaysi millat, qaysi respublika bo‘lmasin, o‘ris-sovet mustamlakasidan tezroq qutulishni istagan mustaqillikchilar ko‘pincha o‘tkir siyosatchilar emas, balki cheksiz orzumand, siyosiy sodda kishilar edi. Ozodlik fikrini ko‘tarib chiqqanlar fikr boshqa narsa, boshqarish boshqa narsa ekanining farqiga ko‘p ham bormas edi. Nazariy tomondan farqiga borsa ham, siyosatning kirliklariga, eski iqtidorning yuzsizliklariga sira tayyor emasdi. Hokimiyat cheki-chegarasi yo‘q imtiyoz ekani, bitmas-tuganmas osh-non ekani va ular bunday imtiyoz va osh-nonlarini katta ko‘chalarda, bosh maydonlarda bayroq ko‘tarib yurgan qayoqdagi yalangoyoqlarga osonlikcha berib qo‘ymasligi xayollarga sira kelmagan edi. Hokimiyatni berish tugul, aksincha, birov pishirgan tayyor oshni yuzsizlarcha o‘zlashtirib olishdan ham toymasligi aslo kutilmagan edi. Ya’ni, biz xayolparastlar o‘tmishi ham, buguni ham, vijdoniyu qo‘li ham kir kimsalardan mardlikni kutib o‘tiribmiz. “Bizlar eski zamon kadrlarimiz, istasak-istamasak qonimizda uzoq vaqtlargacha sovet mikroblari oqishi aniq, lekin endi xalqimiz mustaqillikka erishdi, endi uni munosib kadrlar boshqarishi kerak... yaxshimi-yomonmi sovet davrida rahbar bo‘ldik, qo‘limizdan kelganicha yurtni boshqardik, yo‘l qo‘ygan xatolarimiz uchun xalqimizdan uzrlar so‘raymiz, zotan u zamonlarda shunday boshqarishga majbur edik... kelinglar, lozim topsalaring, bundan bu yog‘iga yurtni birgalikda boshqaraylik, tom ma’nodagi mustaqillikka xalaqit beradigan bo‘lsak, unda qo‘limizdan keladiganini qilib, shu xalqimizning manfaati uchun, haqiqiy mustaqil hayot kechirishi uchun bir chetga o‘tib turaylik, unga to‘siq bo‘lmaylik, o‘rnimizga o‘tinglar, yangi hayotni sizlar boshlanglar, so‘rasalaring va bizlarning ham aqlimiz yetsa, tajribalarimizdan kelib chiqib maslahatlar berib turaylik... o‘tmish hammamizniki, undan qochib Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 24
qutulolmaymiz, endi yangi pallaga o‘tdik, kelinglar, birgalikda yangi hayotni quraylik”, deydi deb o‘ylabmiz. Bitta mayizni qirqqa bo‘lib birgalikda yeyishga o‘rgatilgan millat bitta davlatni ham birgalashib boshqarishni taklif etib qolar deb tamshanib o‘tiraveribmiz. Albatta, bu ishimiz soddalik... soddalik ne, borib turgan go‘llik edi. Mustaqillikning tashabbuskori va me’mori Bitta Kishi bo‘lmaganiga eng yorqin dalil hamma respublikalar aytarli bir paytda mustaqilliklarini e’lon etganidir 23 !
kurash. O‘rusiya mustaqilligi yo‘liga to‘g‘anoq bo‘laverganimizdan oxiri ketimizga ochiqdan-ochiq tepib yubordi va shundan keyingina O‘rta Osiyo respublikalari birdan “mustaqil” bo‘lib qoldik. Ha, ketimizga tepib quvib solmagunlaricha biz u umumiy uy (mustamlaka davlatga qaramlik)dan chiqqimiz kelmadi! Shu narsa qattiq alamlar qoldirdi yuraklarimizda. Hatto mustamlaka siyosatining markazi Maskovda o‘tgan ayrim mitinglarda (shaxsan o‘zim guvoh bo‘lganman 24 ) “Долой СССР! Пусть убирается в Средную Азию!” (Yo‘qolsin SSSR! O‘rta Osiyoga daf bo‘lsin!) singari sha’nimizga haqoratli shiorlar yangraganini eshitib turib ham respublikamiz boshliqlari oxirgi nafasini olayotgan SSSRning dumiga osilib olib, sira qo‘yib yuborgisi kelmay, jon chiqar mahali ixtiyorsiz sizadigan shaltog‘ini yalashga harakat qilganlari bo‘ynimizni bukdi. Turli zamonlarda katta-katta saltanatlar qurib dunyoga maydon o‘qigan bobolar va otalar davomchilarining o‘sha damlardagi ahvoliga qarab turib xo‘rligi keladi odamning. “Qani u shon, qani u shavkat, qani u g‘urur?!” deb hayqirgisi keladi... Afsus, ishlar bugungiday bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lib chiqdimi, demak, shunisi taqdirimizga bitilgan ekan. Buni bugun bildik. Lekin u kezlar – taqdir yozig‘i hali yashirin turgan, orzular qopqasi hali katta ochiq bo‘lgan u zamonlar biz yuraklarga yaqin boshqacha... eh, boshqacha mustaqillikni kutgan edik.
Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling