Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

53 


sunniy “Hizbut tahrir” firqasini prezident chalkashtirib yubordi, ularning farqiga 

bormadi! 

Sharmanda!

40

 



Farqiga bormagani yetmaganiday, “Hizbulloh”ning Isroilga tinchlik bermay 

kelayotganini u yer-bu yerdan eshitib olgan shekilli, ilhomi qaynab ketib: “Haligi, 

Isroilga qarshi terrorchilik qiladi-ku, Toshkentdagi portlashlarni ham o‘sha 

“hizbulloh”chilar qildi!” deb o‘zidan qo‘shib yuborgisi keldi. Va, biron kurakda 

turadigan gap aytarmikan, deb o‘ziga qarab o‘tirgan tevaragidagi davlat boshliqlariga 

mamnun bir qarab qo‘ydi! 

Eh, bu gapini uzoqlardagi kerakli davlatlar eshitishini qanchalik xohladi! Xom sut 

emgan banda-da, o‘z mamlakatida cheksiz hokimiyat egasi bo‘lsa ham, chet 

mamlakatlardan bir “mehrli do‘st”ga qattiq muhtojligini ko‘rsatdi. 

Ammo yurtida oldindan “jinoyatchi” qilib “Hizbut tahrir”ni mo‘ljallab qo‘ygan va 

prezidentga shuni aytasiz deb uqtirgan kuchishlatar idoralar Ostonada prezidentlari 

juda xunuk adashganiga parvo qilmay, “hizbulloh”chilarni emas (ularni qayoqdan izlab 

o‘tiradi?!), bosib “hizbuttahrir”chilarni qamay boshladi.  

Ojizlik, notavonlik, uyatsizlik, masxarabozlik bu qadar! 



Ikkinchi gumon Muhammad Solih boshliq demokratik muxolifat ustiga tushdi. 

Davlat 16 fevral portlashlaridan keyinoq har qanaqa yo‘l bilan prezidentning 

birinchi raqamli dushmani Muhammad Solihni yomonotliq qilishga kirishib ketganidan 

aslida birinchi mo‘ljal Muhammad Solih bo‘lgani seziladi. Biz bu yerda uni va 

demokratlarni ikkinchi gumon derkanmiz, natija e’tibori ila 16 fevraldan keyin ko‘proq 

dindorlar jabr ko‘rganini hisobga oldik. Holbuki, ilk kezlari Muhammad Solihni bosh 

aybdor etishga ko‘proq tirishilgani Zayniddin Asqarov ko‘rgazmalaridan ham bilinib 

turibdi. 

O‘zi prezident qachondan beri demokratlarning dumini tugib qo‘yish payida yurar, 

ammo sira buning uddasidan chiqa olmayotgan edi. Sababi ‒ birinchidan, 

demokratlarning asosiy kuchi chet ellarga chiqib ketgan, ikkinchidan, ularni orqadan 

dunyo hamjamiyati himoya qilib turar edi. 

O‘zbekiston hukumatining qo‘lini bog‘lab turgan bu arqonni qanday yechsa 

bo‘ladi? 

Tepada aytganimizdek, eskidan sinalgan usulni qo‘llab ularni el ko‘zida ham, 

demokratik olam ko‘zida ham yomonotliq qilish kerak. Yomonotliq qilganda ham 

ularni demokratiyaga aloqasi yo‘q, qo‘li qon deb, terrorchi-qo‘poruvchi qilib ko‘rsatish 

kerak, to dunyo ulardan voz kechsin. Islom Karimov boshliq davlat ularni qiyratib 

to‘g‘ri qilyapti ekan-da, desin! 

                                                

40

 Bir boqimdan qaraganda, uni sharmanda bo‘ldi deya olmaymiz. Sharmanda bo‘lishi uchun boshqalar uning xatosini 



anglab o‘sha zahoti uyaltirishi kerak edi. Holbuki tevaragidagilar ham podshosiga yarasha shekilli, Islom Karimovning bu 

boradagi savodsizligini yo birovi sezmadi, yo o‘zini sezmaganga oldi; keyin biron matbuot ham munosabat bildirmadi. 

(Munosabat bildirilgan-u, ko‘rmay qolgan bo‘lsam, oldindan uzr so‘rayman.) 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

54 


Davlat qo‘poruvchilik-terrorchilik ishiga sherik bo‘lib kirar ekan, so‘ngradan mana 

shu maqsadini ko‘zlagan edi, albatta. Suiqasd va portlash ortida Islom Karimovning 

bosh raqibi, muxolifat lideri Muhammad Solih turganini dunyoga “isbotlash” rejasi 

qanday tuzilganini Zayniddin Asqarov ko‘rgazmasidan bilamiz. 

Iqtibos: 

“...Biz nima uchun ro‘l o‘ynab beryapmiz ‒ 16 fevralni biz qildik, Muhammad 

Solihning aloqasi bor deb... Kozimjon Zokirov chiqib hamma narsani aytib 

bo‘ynilariga olib tashlayapti. Yoki Bahrom Abdullayev chiqib aytyapti... bizni 

kechiringlar deb yig‘lab aytyapmiz?! Sabab bor bu yerda! Katta sabab shuki... Olloh 

uchun rost gapirishimiz kerak, yolg‘on gapirovrib, yolg‘on pokazaniya berovrib 

jonimizgayam tegib ketgan... rost bo‘lmaguncha qing‘ir ish qiyig‘i qirq yilda ham 

chiqovradi. Kozim Zokirovga aytishyaptiki, Kozimov Murodillalarning hammasini san 

rahbarisan, biz VJiga  (qisqartma so‘z bo‘lsa kerak. ‒ N.M.R.) spetsom jo‘natdik deb 

pokazaniya berasan, Muhammad Solihdan man dobro olib kelganman deysan... 

hammasini Muhammad Solih boshqaryapti deb bersang, mukofotiga bir yarim milyon 

do‘llar olasan, deyapti. Bu odam (Kozim Zokirov. ‒ N.M.R.) pul olmayman deyapti. 

Qiynoqlardayam tan olmayapti hech narsani... Oxiri tan olyapti... Nimaga tan olyapti 

desangiz, “Abduvali qori bilan sani ko‘rishtiramiz, (u) bizning qo‘limizda turibdi”, 

degan va’dani berishyapti unga. U kishi Abduvali qori akaning shaxsiy teloxraniteli, 

noibi bo‘lgani uchun, Abduvali qori akaning ishqida u hamma narsani bo‘yniga olib 

yuboryapti. Biz kirsak, bizga ham iltimos qilib: “Ro‘l o‘ynab beringlar, Qori 

akamizniyam qo‘yib yuborisharkan, ko‘rishtirisharkan, hamma narsani bo‘ynilaringga 

olinglar”, degan narsani Kozimbek Zokirov bizga yalinyapti. Biz ham bo‘pti deyapmiz. 

Bizdan nima ketdi Muhammad Solihu Palonchi-Palonchini yomonlab qo‘yish... Qori 

akani ko‘radigan bo‘lsak, Qori aka tirik ekan... chiqar ekan, bitta emas, minglab 

jonimiz qurbon bo‘lsin!.. 

Ana endi, asosiy masalalardan bittasi ‒ Bahrom Abdullayev tergov vaqtida: 

“Zayniddin, manga bular “vishka”

41

 berib yuborar yoki qo‘yib yuborar, bilmayman, 

lekin men oldindan palon kuni palon chisloda Falonchi-Falonchilarga (portlashlar 

bo‘lishining. ‒ N.M.R.) xabarini berganman... Imenno Yo‘lbars Sheraliyev degan 



SNBning katta ofitseriga man xabar berganman”, degan gapni gapiryapti... Xullas... 

buni (16 fevral portlashlarini. ‒ N.M.R.) o‘zlari qilganligi...ni man keyin tushundim... 

Endi... man nimaga sudda ro‘l o‘ynab berdim? Manga bo‘lgan va’da Bahrom 

Abdullayev boshchiligidagi oltita “vishka”dagilar otilmasligi edi... “Vishka” berilib, 

prezident tomonidan afv qilinish va’da qilingan edi. Oxiri man va’da qildim: 

“Bo‘pti, man ro‘l o‘ynab beraman. Muhammad Solihni yomonlab berishmi?”  

“Ha”. 

Muhammad Solih bilan bizning kelishuvimiz shu ediki, sizlar zolimning qo‘liga 

tushib qolgan vaqtinglarda, menga tuhmat qilish kerak bo‘lib qolsa yo so‘kish... mani 

                                                

41

 O‘rischa “Высшая мера наказания” (oliy jazo)ning jargondagi atamasi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

55 


so‘kvorovringlar, chunki xalq ham biladi, degan. Man Muhammad Solih xafa 

bo‘lmaydi degan maqsadda man mayli deb Muhammad Solihga tuhmat qilib: “16 da 

aloqasi bor, bir milyon olti yuz ming (do‘llar. ‒ N.M.R.) bergan edi, Tohirning 

sponsori edi”, deb... yig‘lamsirab gapirib ro‘l o‘ynab berdim. Mani maqsadim Bahrom 

Abdullayevday legendarniy qorilarni asrab qolish (edi). Chunki O‘zbekiston xalqining 

ichida yetmish minglab uning orqasida ergashib turgan muxlislar bor edi! Bizning 

ustozimiz bo‘lardi. Abduvali qori akalarning (ko‘rinmas zindondan. ‒ N.M.R.) chiqishi 

edi... Qori akalarning hammasi afv bo‘lishi edi... Shularning hammasi... 

Imenno Ichki ishlar ministri Zokir Almatov mani chaqirib: “Muhammad Solihni 

yomonlab bersang, mana shu ro‘lni o‘ynab beradigan bo‘lsang, hammasi afv bo‘ladi, 

otilmaydi bular, sangayam yengillik bo‘ladi, sud zalidan chiqib ketasan!” degani 

uchun, Olloh shohid, man o‘zimni qutqarish uchun emas, ana o‘shalarni qutqarish 

uchun shu narsaga majbur bo‘lgan edim o‘sha vaqtda... 

Lekin bular chiqarganiyam yo‘q... ularga “vishka”yam berib yubordi... “Vishka” 

berib yuborganining sababi ‒ ular sirni bilardi. Sirni bilgani uchun ularni yo‘q qilib 

yubordi. Lekin ular bizga aytib ketgan edi hammasini... 

Shuning uchun sizlarning radiostansiyanglar orqali avvalo “Erk” partiyasining 

rahbari Muhammad Solihdan kechirim so‘raymanki, o‘sha vaqtida unga tuhmat 

qilganmiz haqiqatda... majburan tuhmat qilganmiz... Tohir Yo‘ldoshlarning qilmagan 

ishini qildi deb aytganmiz... o‘zimiz O‘zbekiston xalqini oldida gunohkormizki, chiqib 

16 fevralning ba’zi bir narsalariga aldanib qolib, bu zolim, diktator, kofirlarning 

va’dasiga aldanib, ro‘l o‘ynab, musulmonlarning obro‘siga putur yetkazganimiz uchun 

butun O‘zbekiston xalqidan biz kechirim so‘raymiz... 

Muhammad Solihni, Ollohga qasam ichib aytaman bu gapimni dunyoyu oxiratda, 

umuman terroristlarga, terrorga aloqasi yo‘q... umuman aloqasi yo‘q! Man demokrat 

emasman, u odamni yaxshi ko‘rish, yomon ko‘rish maqsadim ham yo‘q! Xolisona baho 

berganda, hech aloqasi yo‘q! Bu bizning siyosiy ko‘rligimiz, ishonuvchanligimiz, Zokir 

Almatovning yolg‘on va’dalariga ishonganimizning natijasi, xolos. Bu gapdan keyin 

bizni otvorsa, biz shahid bo‘lib ketovramiz, inson huquqlari tashkilotlari himoya qilsa, 

yaxshi, turovramiz, lekin bizni birov himoya qilish-qilmasligi bu gapni aytib 

qo‘yishimizdan to‘sib qo‘ymaydi... 

...Xolisona Islom uchun, Alloh roziligi uchun bildiradigan narsamni yana qaytarib 

aytaman: Muhammad Solih noto‘g‘ri sud qilingan, hech qanaqa terrorga aloqasi yo‘q. 

Hammasi O‘zbekiston prokuraturasining senariylari xolos bu narsalar. Bu gapimdan 

qaytmayman. Qiyomatga qolmasligi uchun, qiyomatda hamma: “Asqarov Zayniddin, 

bizni aldabsan-ku?!” demasligi uchun man ommaviy axborotlar orqali aytib 

ketmoqchimanki, biz 16 fevralda ro‘l o‘ynab berganmiz, “16”ga Muhammad Solihning 

aloqasi yo‘q, bizniyam hech aloqamiz yo‘q!..”

 42


 

                                                

42

 Suhbat to‘lasicha har biri o‘rtacha 15 daqiqadan iborat yetti bo‘ldak qilib yutub (youtube)ga qo‘yilgan. Aslida, bir 



xayolim, bu bobda o‘zimdan hech narsa qo‘shmay o‘sha suhbatning to‘liq matnini berib qo‘yaqolaymikan deb ham 

o‘yladim. Lekin suhbat og‘zaki bo‘lgani, Zayniddin Asqarov juda hayajonlanib gapirgani uchun ularni qog‘ozga bir tekis 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

56 


 “Zayniddin Asqarov va boshqalar”ning suddagi “ro‘li” juda katta boylik edi, ammo 

shu boylikning o‘zi davlatni to‘la qanoatlantirmasdi. Unga qani edi boshqa toifa 

kishilar ham shu kabi ko‘rgazma bersa! Shunda ayblov yanada ishonchli bo‘ladi deb 

o‘yladi. 

Natijada o‘zbek yozuvchisi Mamadali Mahmudovni ham “Ukrainada Muhammad 

Solih bilan ko‘rishgani”ni bahona qilib qo‘lga oldi va undan Muhammad Solih zarariga 

ko‘rgazma istadi. 

Yozuvchi o‘zi keyinchalik O‘zbekiston prezidenti Islom Karimovga yozgan xatida 

ta’kidlashicha, u “Muhammad Solih mening do‘stim!” degani uchungina qamoqqa 

tashlangan. 

U yozishicha, “16 fevral voqealarini Muhammad Solih uyushtirdi deb ko‘rgazma 

berasan!” deya majburlashgan, qiynashgan, lekin u do‘stiga qarshi ko‘rgazma 

bermagan. Shunda xotini va qizini tergov xonasiga keltirib, ko‘zi o‘ngida ularni 

tahqirlamoqchi bo‘lishgan! Mamadali Mahmudov shunisiga chidamagan va singan – 

sudda Muhammad Solihni “sotish”ga majbur bo‘lgan. Davlat sud ishini telega yozib 

olib, butun respublikaga ko‘rsatgan. 

Mana shu soxta ko‘rgazmalarga asoslanib davlat 16 fevral uchun “hamma aybni 

Muhammad Solih bo‘yniga yuklab”, uni g‘oyibona 15,5 (o‘n besh yarim) yil qamoqqa 

hukm etdi. Ishni qoyillatdik deb o‘ylab Xalqaro polis (Interpol) tashkilotiga 

Muhammad Solihni dunyoning qaysi burchagida bo‘lsa ham ushlash talabi bilan 

murojaat qildi... 

Nihoyat, jinoyatning 5-yiliga kelib, tepada aytganimizdek, “Bi-bi-si” radiosi qayta-

qayta murojaati natijasida O‘zbekiston hukumati chet el muxbirlari Zayniddin Asqarov 

bilan uchrashishi uchun ruxsat berishga majbur qoldi. Shundan keyin hamma parda 

ochilib ketdi, yolg‘onlar oshkor bo‘ldi ‒ 16 fevral uchun aybni Muhammad Solihga 

to‘nkash rejasini butun dunyo bilib qoldi

43



                                                                                                                                                               



tushirishning iloji yo‘q, tahrir qilish esa mumkin emas. Og‘zaki va jonli ko‘rgazmadagi ruhiy holat qog‘ozga 

tushirilganida qisman yo‘qolib ham qoladi. Aslini eshitish juda muhim tuyuldi, chunki nafaqat 16 fevral voqealari, balki 

undan oldingi va keyingi O‘zbekiston manzarasi ruhiy-hissiy tomondan ham u ko‘rgazma-suhbatni faqat jonli eshitganda 

to‘liq tasavvur etiladi. Shuning uchun bu yerda u suhbatlarning linklarinigina ko‘rsatishni yetarli deb o‘yladim. Bu ish 

bilan qiziqqanlarga Zayniddin Asqarovning ko‘rgazmalarini o‘z quloqlari bilan eshitishni tavsiya qilaman: 

1. 


https://www.youtube.com/watch?v=PbaSF1U3p2k

 

2. 



https://www.youtube.com/watch?v=0X5iVgdNUKg

 

3. 



https://www.youtube.com/watch?v=KOpThxIkMLQ

  

4. 



https://www.youtube.com/watch?v=A3zN3t-yDIw

  

5. 



https://www.youtube.com/watch?v=vNT7ufGfOcs

 

6. 



https://www.youtube.com/watch?v=TKNGy8SVlZY

 

7. 



https://www.youtube.com/watch?v=WDF6xyBP7no

  

43



 Albatta, O‘zbekiston hukumati Zayniddin Asqarov oldiga chet el jamoat tashkilotlari xodimlarini, muxbirlarni kiritar 

ekan, oldindan ehtiyot chorasini ko‘rgan ‒ “mehmonlar” savollariga u qanday javob berishi lozimligi to‘g‘risida qat’iy 

va’dasini olgan edi. Ya’ni, Zayniddin sudda aytgan gaplarini takrorlashi, 16 fevral portlashlari uchun aybni yana 

Muhammad Solihga va Tohir Yo‘ldoshga yuklashi lozim edi. Bundan tashqari, O‘zbekiston qamoqxonalarida 

mahbuslarga muomala yaxshilanganini, qiynoqlar yo‘qligini, qamoqxonalarda inson huquqlariga to‘la rioya etilayotganini 

(ajab, ozodlikda rioya etilmayotgan narsaga qamoqlarda rioya etilarkanmi?! ‒ N.M.R.), namozxonlar namozlarini emin-

erkin o‘qishayotganini, mahbuslar kutubxonalarda kitob o‘qib, kulublarda konsertlar tomosha qilib maza qilib 

yurishganini... gapirib berishi kerak edi! Suhbat boshida Zayniddin Asqarov chindan ham orqasida turgan 

“patronlari”ning aytganini qildi: o‘rgatilgan to‘tiday tegishli tashkilot istagan gaplarni ular istagan ohangda ayta boshladi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

57 


Bu aytilganlarga qo‘shimcha: davlat bu qalbaki ayblov bilan (diqqat qiling: 

yolg‘ondakam undirilgan ko‘rgazmalar bilan!) yana qanchadan-qancha gunohsiz 

kishilarni qamadi, ayrimlarini yo‘qotib yubordi, qizlari yo ayollarining nomusini 

bulg‘adi; hamon o‘sha quruq tuhmat bilan ko‘plar zindonlarda yotibdi! 



Uchinchi gumon O‘zbekiston islomiy harakatiga tushdi. Bu tashkilot, tushuntirish 

yo‘li bilan xalifalik qurishni maqsad qilib olgan “Hizbut tahrir”dan farqli o‘laroq, 

“O‘zbekistonda kufr tuzum o‘rniga ijtimoiy adolatli Islom davlatini jihod yo‘li bilan 

quramiz” deb hisoblaydi va harakatiga qurolli usulni tanlagan. A’zolari bir paytlar 

mamlakatdan quvg‘inga uchrab chetga chiqib ketishga majbur bo‘lgan yurtdoshlardan 

iboratdir. Usullari to‘g‘ri yo xato ekani boshqa masala va boshqa mavzu bo‘lgani 

uchun bu yerda tafsilotga berilmaymiz, biz faqat va faqat mavzu doirasidagi bitta 

nuqtaga – ular ham 16 fevral voqealariga aybdor deb topilgani masalasiga 

diqqatingizni qaratyapmiz. 

Rosa ayb axtarib ko‘rildi, qalbaki guvohliklar ham olindi, lekin baribir 

ko‘ngildagidek natijaga erishilmadi. Chunki o‘rtada Zayniddin Asqarovning 

ko‘rgazmasi turibdi! 

U aytishicha, qo‘poruvchilar Toshkentda qilmoqchi bo‘layotgan ishlaridan xabar 

topgan Tohir Yo‘ldosh zudlik bilan oldin Bahrom Abdullayevni, u qamalib qolgach esa 

Alouddin Boltayevni atay Toshkentga yo‘llab ularni bu ishdan qaytarishga harakat 

qilgan, hatto, “Niyatlaridan qaytmasa, o‘ldir!” deb buyruq bergan. 

Davlat oldida uning boshqa aybi ko‘pdir, lekin xossatan 16 fevral voqealarida 

“O‘IH”ni aybdor qilib ko‘rsatish zo‘rma-zo‘raki bir ish ekani ochiq ko‘rinib turibdi. 

Yumshoq qilib aytganda, bu ish o‘zi suvga cho‘kmaslik uchun boshqani 

cho‘ktirishga urinishdir. O‘zini oppoq ko‘rsatish uchun boshqani loyga piypalashdir. 

Shunda avom chalg‘iydi, ko‘ngillarni tushuniksiz bir qo‘rquv bosadi, so‘ngra davlat 

nima qilsa, to‘g‘ri qilyapti deb o‘ylayveradigan bo‘ladi u. 

Diqqat eting: O‘zbekiston davlati va hukumati “O‘zbekiston islomiy harakati”ni 

terrorchi-qo‘poruvchi tashkilot deb biladi va boshqa davlatlardan ham ularni shunday 

deb tan olishga chaqiradi. Shunchalik “terrorchi-qo‘poruvchi tashkilot” ham, uning 

ashaddiy “terrorchi” boshlig‘i Tohir Yo‘ldosh ham bu mudhish ishga – Toshkentda 

prezidentga qarshi suiqasd qilish va bo‘mbalar portlatishga keskin qarshi bo‘lyapti, 

ammo O‘zbekiston davlatining o‘zi ko‘pdan-ko‘p vayronagarchiliklarga va qanchadan-

qancha tinch aholi o‘limiga olib keladigan terrorchilik harakatiga MXXsi va prezidenti 

timsolida bosh-qosh bo‘lib turibdi! Buni qanday tushunsa bo‘ladi?! 



To‘rtinchi gumonli – ikkinchi bilan uchinchining birikmasi, ya’ni, Muhammad 

Solih + O‘zbekiston islomiy harakati. 

Bu gumon tug‘ilishiga demokrat Muhammad Solihning O‘zbekiston islomiy 

harakati boshlig‘i Tohir Yo‘ldosh bilan ko‘rishgani sabab bo‘ldi. Holbuki, 

                                                                                                                                                               

Oxiri chidamadi, vijdoni portladi: suhbatni tepasida kuzatib turishganiga qaramay... ko‘zda tutilmagan yo‘sinda gapira 

boshladi ‒ ichida bor haqiqatni to‘kib soldi. “Bi-bi-si” muxbiri Pahlavon aytishicha, kuzatib turgan “xodim” dovdirab 

qolib, vaziyat o‘zgarganini boshliqlariga yetkazish uchun chopib chiqib ketadi. Ammo endi kech ‒ bo‘lar ish bo‘lgan edi!  


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

58 


ko‘rishishning o‘zi hali hech narsani bildirmaydi. Bular bir-birining harakat usullarini 

qo‘llab-quvvatlaganmi – shu tomoniga qarash kerak. 

Zayniddin Asqarov guvohlik berishicha, demokratik muxolifat boshlig‘i 

Muhammad Solih qurolli kurashga keskin qarshi chiqqan, Tohir Yo‘ldoshni ham tinch 

yo‘l bilan kurashishga chaqirgan. Ikkalasi til topisha olmagach, har qaysisi o‘z fikrida 

qolib, ajrashishgan. Xossatan, 16 fevral portlashlari demokrat muxolif Muhammad 

Solih uchun ham, qurolli muxolif Tohir Yo‘ldosh uchun ham kutilmagan ish bo‘lgan 

va ikkalasi ham bu qo‘poruvchilikni keskin qoralagan. 

Endi ularning bu voqealardan oldin bir necha marta bir-biri bilan ko‘rishgani 

masalasiga kelsak, bu uchrashuvlar Zayniddin Asqarovning tashabbusi bilan, muxolif 

kuchlarni birlashtirish maqsadida yuz bergan.  

Zayniddin Asqarov aytishicha, u Tohir Yo‘ldoshni Muhammad Solihdan tashqari 

“Birlik” boshlig‘i Abdurahim Po‘latov, mustaqil muxolif Jahongir Mamatov, diniy 

qochoq Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf bilan ham alohida-alohida (1996 yili) 

uchrashtirgan. Bir necha kunlab gaplashishgan, talashishgan-tortishishgan, hammalari 

Tohir Yo‘ldosh tanlagan yo‘lga qarshi bo‘lishgan, uni bu yo‘ldan qaytarishga 

urinishgan, ammo Tohir Yo‘ldosh o‘z yo‘lida qaysarlik bilan turib olgach, birlashish 

to‘g‘risidagi xayollar puchga chiqib, har kim o‘z fikrida qolib tarqalishgan. 

Tabiiy, mamlakat ichida qaror topgan tuzumdan qoniqmagan, uni o‘zgartirishga 

chora axtarayotgan chekkadagi har qanday muxolif shaxs yoki tashkilot bir-biri bilan 

topishishga, kuchlarni birlashtirishga urinadi. Bu yerda tilga olingan shaxslarning 

o‘zaro ko‘rishuvini ham shu ma’noda tushunish kerak, xolos. Lekin O‘zbekiston 

davlatiga haqiqat kerak emas, u muxoliflarni terrorchi qilib ko‘rsatishi, ularni ichkarida 

o‘z elining, tashqarida dunyo hamjamiyatining nazaridan qoldirib, hokimiyatga bir 

o‘zini haqli qilib ko‘rsatishi kerak. Shuning uchun kurakda turmaydigan bu tuhmatni 

ilgari surib, portlashlarga yangicha tus berishga harakat qilib ko‘rdi: “Mana demokratik 

muxolifatning chin basharasi, ular ochiq terrorchilar bilan birlashdi!” degan shov-shuv 

ko‘tarib, xalqaro siyosiy maydonda Muhammad Solih obro‘yini to‘kishga, tashqi 

qo‘llab-quvvatlovlar yo‘lini kesishga urindi. 

Beshinchi:16 fevral voqealari bahonasida quvg‘inga uchragan yana bir toifa bor. 

Ular portlash ishtirokchilari qatorida gumon ostiga olinmadi, lekin natija o‘laroq 

terrorchi oqimlar ro‘yxatiga kiritildi. Ular “nurchilar” nomida mashhur bo‘lgan, kurd 

olimi Badiuzzamon Said Nursiyning “Risolai nur” turkum kitoblarini o‘qib imon darsi 

oladigan shogirdlardir

Ammo davlat bu masalada ham jiddiy xatoga yo‘l qo‘ydi. Aslida u xavfsirayotgan 

toifa elaro “Xo‘ja Afandi” nomi bilan mashhur Fathulloh Gulan va uning “Xizmat” 

degan jamoati edi. Bular ham darslarida “Risolai Nur”larni o‘qigani uchun davlat 

chalg‘idi ‒ “nurchi”lar bilan “gulanchi”larning farqiga bormadi, ayrim masalalarda ular 

hatto bir-biriga teskari jamoat ekanini bilmadi: Badiuzzamon Said Nursiy va 

shogirdlari siyosatga mutlaqo aralashmaslikni targ‘ib etadi, Fathulloh Gulan va uning 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

59 


“Xizmat” jamoati esa siyosat va ijtimoiy hayotning qoq o‘rtasida ish yuritadi. Davlat 

bu ikki toifani bir deb o‘ylagani oqibatida juda ko‘p yoshlar haqsiz jabrga yo‘liqdi...

44

 

Bu yerda sanalganlardan tashqari har ehtimolga qarshi yana bir-ikki toifa 



gumonlilar qatoriga mo‘ljallab qo‘yilgan bo‘lishi kerak, albatta

45

. Chunki bizning 



mamlakatda davlatdan va qonun himoyachilaridan o‘zlari chiqargan qonunga rioyadan 

boshqa har baloni kutsa bo‘ladi. 

Davlatning keyingi xatti-harakatlari bu xulosamizni to‘la tasdiqlaydi: 

1. Bitta taxmin tasdig‘ini topsa, o‘sha zahoti qolganlardan bu shubha-gumon 

ko‘tarilishi, haqsiz qamalganlar uzr so‘ralib bo‘shatilishi kerak edi. Unday bo‘lmadi. 

2. Chinakam isbot topilganida dunyoga nog‘ora qoqilgan bo‘lar edi. Unday 

bo‘lmadi. 

3. Bunaqa portlashlar yuz bersa, risoladagi har qanday davlatda Milliy xavfsizlik 

xizmati va Ichki ishlar vazirligi rahbarlari amallaridan uchib ketishi, vazifasini eplay 

olmagani uchun el-yurt ko‘zi o‘ngida eng kamida prezident ularning popuklarini yulib 

olishi kerak edi! Unday bo‘lmadi.  

MXX raisi Rustam Inoyatov ham, Ichki Ishlar vaziri Zokir Almatov ham suvdan 

qup-quruq chiqdi – amal kursilarini saqlab qoldigina emas, keyin ham bemalol ishlab 

yuraverdi! 

Aksincha, bu mantiqlar o‘rniga O‘zbekiston huquqida oddiy hol bo‘lgan hodisa yuz 

berdi – 16 fevral voqealari bo‘yicha ochilgan Ish hujjatli-dalilli-isbotli oxirgi natijaga 

                                                

44

 Fathulloh Gulanning shaxsi ham, yo‘li va tutumi ham shubhali chiqdi, albatta (Gap faqat o‘zi haqida ketyapti, unga 



ergashganlar ko‘pi samimiy musulmonlar edi). Menimcha, u o‘z harakatiga diniy tus berish uchungina shogirdlariga 

“Risolai Nur” kitoblarini o‘qishni tavsiya etgan. Aslida, chinakam “nurchi”larga aloqasi yo‘q. Uning “Xizmat” deb 

nomlangan harakati diniy emas, ijtimoiy harakatdir. Yana ham to‘g‘risini Olloh biladi. 

So‘ng kunlar izohi: 

Bugun 2016 yil 11 avgust. Kitobni bosmaga tayyorlar ekanman, Fathulloh Gulan va uning “Xizmat” jamoati haqida eng 

oxirgi bilgilarni kiritmasam bo‘lmaydi. Yaqinda ‒ 2016 yil 15 iyul kuni kechqurun Turkiyada bir guruh harbiy davlat 

to‘ntarishi yasashga urindi. F-16 qiruvchi uchoqlardan bo‘mbalar tashlandi, tikuchoqlardan odamlar ustiga o‘t ochildi, 

tanklar to‘p otdi, avtomatlar tevarakka ajal urug‘ini sochdi. 240dan ortiq odam halok bo‘ldi, ikki mingdan ko‘p kishi 

yaralandi. Lekin oxir-oqibatda quruqqo‘lli xalq bilan polis birligi g‘olib kelib, to‘ntarishchilar yengildi! Davlat harbiy 

to‘ntarishda fathullohchilarni aybladi. Shu voqealar munosabati bilan matbuotda va ijtimoiy tarmoqlarda 1999 yili 

Amrikadan boshpana olgan Fathulloh Gulan haqida juda ko‘p eski va yangi ma’lumotlar yoyildi. Iloji boricha ko‘pini 

ko‘rib chiqdim. Bugungi xulosam: bu shaxsning o‘zi ham, uning jamoati ham, bir necha yil burun yozgan tepadagi 

izohimda urg‘ulaganimdek, chindan ham shubhali chiqdi! Fathulloh Gulan uzoq yillardan beri Amrikaning Markaziy 

razvedka boshqarmasi bilan hamkorlik qilib kelgani, eng boshdanoq u o‘zi va jamoati din dushmani bo‘lgan chet 

kuchlarning yashirin loyihasi ekani ochilib ketdi. Hatto uning samimiy musulmonligi shubha ostida qoldi. E’tiqodidagi 

buzuqliklar uning Islom aqidalarini ichdan buzish uchun qo‘llanib kelinganini ko‘rsatadi... 

Ushbu so‘zlarimga alohida manba ko‘rsatmadim, chunki manba juda ko‘p. Istagan kishi guglga bu fitnaboshining ismini 

turkcha yozsa, biri ikkinchisini to‘ldiradigan manbalar qatorlashib chiqib kelaveradi. 

45

 Ijrochilarni va orqasida turganlarni davlat taxminan emas, aniq bilganini va bu ishlarga o‘zi bosh-qosh bo‘lganini isboti 



bilan tepada aytdik. Shunda ham meni bir narsa ajablantiradi va sira tagiga yeta olmayman ‒ suiqasd rejasi Abduvali 

qorini ozod etishga samimiy bel bog‘lagan muxlislarning o‘zidan chiqdimikan yo bu g‘oya xayollariga “tashqaridan” 

tashlandimikan deb o‘ylayveraman. Bizning oddiy va sodda xalqimiz bunaqa chirkin ishga qo‘l urmaydigandek 

tuyulaveradi.  

Chindan, keyingi ayrim holatlar shu masalada kishini bir oz mulohaza yuritishga majbur qiladi. Masalan, nimaga 16 

fevral, Chorsu, Buxoro portlashlaridan keyin bu kabi ishlar mamlakatda taqa-taq to‘xtadi? Davlat ko‘rgan chora-tadbirlar 

natijasimi bu yoki endi davlatga bunaqa ishlar keragi bo‘lmay qoldimi?  

Ha-da, agar zulmga qarshi mazlum xalqimiz shunaqa chorani tanlasa, bu ish davom etishi kerak edi. Chunki o‘shandan 

beri O‘zbekistonda dindorlarga ham, demokratlarga ham zulm kuchaygan bo‘lsa kuchaydi, aslo to‘xtagani yo‘q. 

Alamzada ham ko‘paysa ko‘paydi, aslo kamaymadi. Ammo hech kim hech qayerni portlatay demayapti...  



Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling