Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar
Download 3.93 Mb. Pdf ko'rish
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bu kunlar
- Yangi yo‘lmi, yangi dinmi
- “asl aqida”, “asl fiqh”
- “Bo‘tqa dini” aqidasida
BIZ:
23 To‘g‘ri tushunilsin, prezidentdan “me’morlik” unvonini qizg‘anayotganim yo‘q. Adolat bo‘lsin deyapman, xolos. Chunki biron-bir nomga, unvonga yo kashfiyotga mualliflik huquqini qo‘lga kiritish uchun da’vogar u ishni o‘zidan boshqa odam qilmaganini, g‘oyasidan tortib hisob-kitobigacha, loyihasidan tortib shaklu shamoyiligacha ijodchisi va egasi faqat o‘zi ekanini isbotlab berishi kerak. Bu o‘rinda ko‘ryapmiz: mustaqillik aslo u kishining g‘oyasi emas, amalga ham alohida bitta mamlakatda oshmagan. Shu ma’noda mustaqillikka mualliflikda ozgina kamtarlik qilib tursa bo‘lardi. 24 1990 yili “Islomiy madaniyat” nomida gazet tashkil etib, guvohnomasini olish uchun 1991 yil yanvari oxirlari yo fevrali boshlarida Maskovga ikkinchi kez bordim. Yanvar o‘rtalarida sovet tanklari Litva poytaxti Vilnyusga kirgan va ancha- muncha litvalik o‘qqa uchrab yoki tanklarning temir g‘ildiraklari tagida majaqlanib o‘lgan edi. Shu munosabat bilan Litvaning Maskovdagi konsulligida har kuni uch-to‘rt marta o‘sha fojia lavhalari ko‘rsatilayotgan ekan. E’lon bo‘yicha men ham topib bordim. Lavhalarda tinch namoyishchilarga qarshi sovet armiyasi qilgan vahshiyliklarni ko‘rish mumkin edi. Qayta qurish va oshkoralik zamoni emasmi, u dahshatlarni ko‘rgan har bir guruh o‘zini tutib turolmas va ko‘chaga chiqasolib konsullik qarshisida miting boshlab yuborar edi. Maskovliklarning ana o‘shanday shoshilinch mitinglaridan birida men ham qatnashib, hatto o‘z-o‘zidan tashkilotchilar qatorida turib qolganman. Duma deputatlaridan ayrimlari ham atay kelib mitingda ishtirok etgani va jo‘shib so‘zlagani esimda. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 25
bir zamonlar mustaqilligini sharaf bilan, erkakchasiga urushib yutqazgan millat o‘laroq erkakchasiga kurashib, sharaf bilan qozonilgan mustaqillikni; mustaqillik yo‘lida kurashib o‘tgan insonlarning qadri toptalmagan, hurmati o‘rniga qo‘yilgan, davlati ularni e’zozlaydigan mustaqillikni; tashabbuskori, me’mori va quruvchisi bir kishi bo‘lmagan, balki Yaratganning taqdiri va yordami ila tashabbuskori ham, me’mori ham, quruvchisi ham XALQ bo‘lgan mustaqillikni; o‘ris bosqinidan, keyinchalik sovet zulmidan jabr chekkan, Vatanni yuragiga joylab chetlarga chiqib ketishiga to‘g‘ri kelgan musulmon bobo-momolarimiz va ularning bolalarini ham Vatanning ajralmas bir bo‘lagi o‘laroq tan oladigan, ularning hurmatini o‘rniga qo‘yadigan mustaqillikni; soxta me’mor va uning bir hovuch yugurdaklarigina emas, balki o‘ttiz milyonlik butun boshli bir xalq yurak amri bilan ko‘chaga chiqib, sayillar qilib, tom ma’noda shod-xurram nishonlanadigan mustaqillikni; davlati xalqini, xalqi davlatini chin yurakdan sevadigan, unisining yo bunisining boshiga bir tashvish tushsa, himoyasiga unisi yo bunisi yana o‘sha yurak amri bilan boshini-jonini tikib chiqadigan mustaqillikni; adolat hukmron bo‘lgan, xalqining ruhiga, urf-odatlariga va orzu-umidlariga mos qonunlar asosida boshqariladigan davlatni o‘rtaga qo‘yuvchi mustaqillikni; xalqni “mustaqillik”, “istiqlol” so‘zlaridan bezdirmasdan, hatto bu so‘zlarni hech tilga olmasdan ham boshlarni baland ko‘tarib yashasa bo‘ladigan mustaqillikni 25 ; vatandoshlarni, millat va ummatni bir-biridan ayirmaydigan, aksincha, bir-biriga bog‘laydigan, hatto qonunni bosib o‘tganlar bilan ham til topisha oladigan bir oiladay ahil mustaqillikni; Vatan himoyachilarini “bosmachi” demaydigan, dinini toptamaydigan, dindorlarini “ekstremist”, “terrorist” atamalari bilan xo‘rlamaydigan, boshqacha fikrdagilarni qamamaydigan, uzluksiz yolg‘onu tuhmatlar bilan xalqining ruhini cho‘ktirmaydigan, muxolifat vakillarini quvib yurib otib o‘ldirmaydigan mustaqillikni; amal uchun, kursisini saqlab qolish uchun bu bebaho Vatanni goh u, goh bu, goh uchinchi bir kuchli davlatga kepak bahosiga sotmaydigan, bosh egib yashagandan ko‘ra tik turib o‘lishni ustun qo‘ya oladigan mustaqillikni; o‘tmishi, tili, dini, hatto tuprog‘i bir bo‘lgan qo‘shnilar bilan hadeb jiqillashavermaydigan, aksincha, ularning boshini qovushtirib, uzoq zamonlar bir davlat, bir mamlakat bo‘lib yashab kelganimizni hamisha tarixiy xotirasida e’zozlab eslaydigan mustaqillikni; va nihoyat, qo‘shtirnoqlarsiz mustaqillikni... KO‘ZLAGAN EDIK! Yana qanchasini sanay! Ko‘zlagan orzularimiz qancha edi, bu yerda esimga kelganlarinigina sanadim, xolos.
25 Sobiq kommunistlar balki xalq mustaqillikdan tamoman bezsin, bu quruq gaplarga bo‘ka-bo‘ka bir kuni: “Bor-e, bundan ko‘ra o‘ris qo‘lida qolganimiz yaxshi edi! He o‘sha mustaqilligingniyam!..” deb yuborsin deb atay bu so‘zni tinimsiz qo‘llaydimi deb ham o‘ylab qolasiz kishi! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 26
Ammo, Ollohga shukr, tushkun emasmiz. Olloh xohlasa, bir kuni, balki judayam yaqin zamonlarda bu orzularimiz ham ushalajagiga ishonchimiz bor. Ikkinchi ko‘chat Yangi yo‘lmi, yangi dinmi?
Bu mavzuni yoritishga kirishar ekanmiz, din eskidan bor ekanini e’tiborga olib, yigirma yil oralig‘idan sal orqaroqqa, hatto judayam orqa zamonlarga bir-bir ko‘z tashlashimizga to‘g‘ri keladi. Hamda tarixan solishtirma usulidan foydalanishga majburmiz. Aks holda, masala qiyin tushuniladi yoki umuman tushunilmaydi. Islom dinida haqda turguvchi bitta katta yo‘l (mazhab) bor – sunnat va jamoatga ergashganlar yo‘li. Bu yo‘lga ergashganlar o‘z ichida to‘rt mashhur mazhabda birlashadi: hanafiylik, molikiylik, shofi’iylik, hanbaliylik. Hanafiylik asoschisi Imomi A’zam Abu Hanifa, molikiylik asoschisi Imom Molik, shofi’iylik asoschisi Imom Shofi’iy, hanbaliylik asoschisi Ahmad ibn Hanbaldirlar (ey Olloh, bu yo‘lboshchilarimiz ustlariga mo‘l-mo‘l rahmatingni yog‘dir). Bu to‘rt yo‘l ayrim fiqhiy masalalardagina, nihoyatda arzimas darajada bir-biridan boshqachadir. Asosan o‘zaro kesishib-chirmashib ketgan, ayrilgan nuqtalari ham bir- biridan uncha uzoqlamagan. Lekin hozir gap necha asrlardan buyon amalda yashab kelayotgan ushbu mashhur yo‘llar haqida emas, ularning yonida (balki o‘rniga) O‘zbekistonda “mustaqillik” yillari – atigi yigirma yil ichida o‘rtaga chiqqan yangi bir yo‘l (“din” desa ham bo‘laveradi) haqidadir. Birov bildi, birov bilmadi, bu yangi yo‘l o‘zining antiqa-antiqa aqidasiyu g‘alati- g‘alati fiqhiy hukmlari bilan hayotimizga sezdirmay, asta-sekin va ustma-ust bostirib kirib kela boshladi. Bu yangi yo‘lni qurayotganlar hali tirik, o‘z yo‘llarini qurish ishlari ham hanuz davom etyapti, hali tugal holga kelmagan. Lekin hozirgacha amalga kiritgan aqida va hukmlaridanoq ancha-muncha oraliq xulosa chiqarsa bo‘ladi. Birinchi xulosa: aqidasi va fiqhi sinchiklab o‘rganilsa, bu yangi yo‘l mazhabdan ko‘ra ko‘proq dinga o‘xshaydi. Islom aqidasini mahkam ushlab, amali boshqacharoq bo‘lganida uni yangi mazhab desa bo‘lardi. Holbuki, sal o‘tmay pastda o‘qiysiz: ularning aqidasi tom bo‘lakchadir. Ikkinchi xulosa: yangi yo‘lni chiqarganlar yo‘lini aslo yangi demaydi. Bunday desa, el ulardan yuz burib ketishi mumkin. Shuning uchun ular nuqul “Ahli sunna va jamoadanmiz, mazhabimiz hanafiy!” deb turadi. Qo‘yib bersangiz, adashgan “bahoiy” guruhi ham o‘zini Islom dinida sanaydi, lekin aslida Islomga bog‘liqligi qolmagan yasama bir “din”dir. Aslo aldanmaslik kerak: aqidasi buzuqlar qanaqa qilib hanafiy bo‘ladi?! Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 27
Uchinchi xulosa: bu “din” mamlakatda Islom dini qayta uyg‘onishi yuz bera boshlagan pallalarda ko‘zdan pana yerlarda paydo bo‘ldi. Boshida sal orqaroqda yurdi, so‘ng qadamma-qadam izidan quvib yetib oldi, keyin yonboshga o‘tdi, nihoyat o‘zib keta boshladi. O‘zgani sayin Islomdan uzilib-uzoqlashib boraverdi. To‘rtinchi xulosa: bu yangi “din”ning ko‘zga eng tashlanib turgan tomoni asosan “Devon (boshliqlar) dini” o‘laroq tug‘ilgani va birdaniga “Davlat dini”ga aylanganidir. Bu degani, u hayotga davlat kuchi bilan joriy etila boshladi.
ham “din”larida samimiy emas, ular aholi orasida ochiq ishlamaydi, Islom diniga niqoblanib ishlaydi. Tuxumini esi yo‘q boshqa qushlar tagiga bostirib zotini ko‘paytirib yotgan mayna (lo‘li qush)ga o‘xshab, aqida va hukmlarini hushyorligini yo‘qotgan musulmonlarning aqidasi va hukmi ostiga bostirib, sunnat va jamoat ahli mazhabiga yo‘g‘irib-singdirish yo‘li bilan tobora yoyilib boryapti... Yana boshqa xulosalar ham bor, albatta, lekin hozircha bilishimiz lozim bo‘lgani shulardir. Demak, yangi “din” yaqin yigirma yildan beri mamlakatimizda rasman yashab, tobora kuch to‘plab kelyapti. Nasoro missionerlari musulmonlar orasiga “Bismillohir rahmonir rahim” deb kirib kelganidek, bu yangi “din”ni yoyuvchilar ham oramizga “Biz musulmonlarmiz, sunnat va jamoat ahlidanmiz, hanafiymiz” deb suqilib kirib oldi va hamon shu niqob bilan asl basharasini yashirib kelmoqda. O‘zlari chiqargan yangi “din”ga hali-beri bironta ot qo‘ymagani shundan. Ot qo‘ysa, odamlar u yo‘lning Islomdan boshqa ekanini bilib qolishi va ergashmay qo‘yishi mumkin-da. Mayli, o‘zini tanitmasa tanitmasin, otini yashirsa yashirsin, ularga munosib otni biz qo‘yaqolamiz. To yuzlaridagi niqob tushsin, xalq ularni tanisin. To bu jinsi bo‘laklar musulmonlar jinsiga aralashib ketmasin. Albatta, yangi “din”ga uni o‘rtaga chiqarayotgan zotning otini qo‘ysak ayni adolatdan bo‘lardi, lekin ayrim mulohazalar (qanaqa mulohazalar ekanini har kim o‘zi keyinroq bilib oladi) bunga to‘sqinlik qildi. Hozircha jo‘nroq bir ot qo‘yilgani yaxshi ko‘rindi. Aqidasida ham, fiqhiy masalalarida ham turli din va falsafalar aralashib-quralashib ketgani uchun uni “Bo‘tqa dini” deb atay qoldik. Hozircha shu ot yaraydi. Oxirgi hukmlari “tushib” mukammal holga kelganidan keyin o‘ziga munosib boshqa ot chiqib qolar... Nimaga bugunga kelib yangi “din”ga ehtiyoj tug‘ildi? O‘n to‘rt asrdan beri yashab kelayotgan o‘zimizning dinimiz birdan eskirdimi? Yo “mustaqillik” o‘rtaga qo‘ygan talablarga javob bera olmay qoldimi? degan kabi savollarni hozircha qo‘zg‘amay turganimiz yaxshi. Buning ketidan rosmana tushsak, gap cho‘zilib ketadi. Bitta kitob yozsak, uning ham betlari yetmaydi. Yaxshisi bu ishni keyingi bilag‘onlarga qoldirsak- da, biz bu yerda asosiy masalaga o‘tsak. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 28
Xo‘sh, bu yangi “din”ning aqidasi va fiqhi Islom keltirgan aqida va fiqhdan nimasi bilan ajraladi? Solishtirishda Islom aqidasini va fiqhini “asl aqida”, “asl fiqh” deb oldik. Demak...
Hamdu sanoga faqat U loyiq. U o‘zi yaratgan narsa, kimsa va hodisalar ustidan Mutlaq Hokimdir. Islom oxirgi va haq din bo‘lib, butun insoniyatga tushirilgandir.
mamlakatlarida ancha ilgari “yaratilgan” o‘zi kabi “din”larning qardoshi bo‘lsa-da, bu ko‘rinishda O‘zbekistongagina xoslab tushirilgan oxirgi va haq dindir. Yigirma yil ichida “istiqlol”, “mustaqillik” nomlarida yaratilgan yangi bir iloh, yangi bir dinga so‘zsiz va shubhasiz ishonish vojibdir. Har daqiqa va har nafasda qullik (ibodat) bu yangi iloh (din)ga, “bo‘tqa dini”ning mutlaq egasiga qilinadi. Hamdu sanoga ham faqat shu yangi dinni o‘rtaga chiqargan Zot loyiq. Har bir gap va har bir ishni “istiqlol” ilohiga bir ta’zim qilib olishdan boshlash farz. Busiz hech bir gap, hech bir ish “huzuri ilohiyai mustaqilliya”da qabul etilmaydi. So‘zini yo ishini shu ilohlar nomi bilan boshlamaganlar jazoga tortiladi. “Istiqlol” va “mustaqillik” ilohlariga tinimsiz hamdu sano va zikr yo‘llab turuvchilarga ulug‘-ulug‘ savoblar bor, “huzuri ilohiyai mustaqilliya”da yuksak martabalar ato etiladi. Olloh jamiyat hayotiga aralashishga haqqi yo‘q, U faqat Unga ishongan odamlarning qalbida, yuragidagina yashaydi. Zotan, “bo‘tqa dini”ning imon kalimasi budir: “Olloh qalbimizda, yuragimizda”. 2. Asl aqidada: Har bir ish Ollohning xohishi, ilmi, taqdiri bilangina bo‘ladi. Ollohning xohishi barcha xohishlardan ustundir. Odamlarning xohishlari Uning xohishiga bog‘liqdir. Ya’ni, U nimani xohlasa, bo‘ladi, xohlamagani bo‘lmaydi. Xohlagan bandasini o‘z fazli bilan gunohlardan saqlab, hidoyat yo‘liga solib qo‘yadi, xohlagan bandasini o‘z adli bilan adashgan holicha qo‘yib, yordamsiz qoldiradi... Ollohning qazo va qadari barcha hiyla va tadbirlardan g‘olibdir. Olloh o‘zi xohlagan ishni qiladi, lekin hargiz zulm qilmaydi. U har qanday yomonlik, aybu nuqsondan pokdir. “U (Olloh) qilayotgan ishidan hech kimga hisobot bermaydi, balki Unga hisobot beriladi...” Olloh taoloning hukmi qat’iy va amri hamisha g‘olibdir. Bularning hammasiga imon keltiramiz.
belgilagan taqdiri bilan bo‘ladi, uning xohishi hamisha va har bir ishda ustundir, odamlarning xohishlari davlatboshi va oilasining xohishiga bog‘liqdir. Ular nimani xohlasa, bo‘ladi, xohlamagani bo‘lmaydi. Xohlagan (ya’ni, o‘ziga “imon” keltirgan) Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 29
qulining boshini silab mansab-martabalar berib qo‘yadi, xohlagan (ya’ni, o‘ziga imon keltirmagan, “dini”ni xato degan) bandasini adashganga chiqarib, yordamsiz qoldiradi, qamoqlarga tashlaydi... Zulmi hargiz zulm sanalmaydi, yaxshilik deyiladi va bu “yaxshilik” evaziga xalqidan har kuni har soat har daqiqada shukrona istaydi... Davlatboshi hech kimga hisobot bermaydi, undan bunday hisobot so‘rashning o‘zi katta gunoh. Boz ustiga, u hatto Ollohni tergashga haqli. Mas., “Nega ayrim narsalarni ‒ ichkilik, foizxo‘rlik... singari yaxshi ishlarni harom qilding?”; “Nega jihodni farz qilding?” kabi... Davlatboshining hukmi qat’iy va amri hamisha g‘olib. Yetti yoshdan yetmish yoshgacha hamma yoppasiga bularga imon keltirishga majburdir.
Muhammadgacha o‘tgan hamma payg‘ambarga (ularga Ollohning salomi va saloti bo‘lsin) umumiy imon keltiramiz – ulardan ayrimlarining ismlari Qur’oni karimda kelgan.
Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) Ollohning tanlagan quli va oxirgi payg‘ambaridir. U zotdan keyin qilingan har qanday payg‘ambarlik da’vosi yolg‘ondir. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Payg‘ambarlarga imon keltirish haqida qat’iy ko‘rsatma yo‘q. Bunga davlatboshi og‘zidan birda “Olloyi taollo”, birda “Xudoyi taollo” kabi so‘z chiqib turganiga qaramay, “Payg‘ambarimiz Muhammad” degan kabi e’tirof chiqmagani eng ishonchli hujjatdir. (U yer-bu yerda og‘zaki aytilgan bo‘lsa bordir, ammo “mo‘‘tabar manbalari”da bu ifoda uchramadi.) Zotan, yangi din kelayotgan ekan, uning payg‘ambari ham boshqa bo‘lishi tabiiy. Ya’ni, hali payg‘ambarlik tugamagan.
Rasulullohga vahiy yo‘li bilan so‘zma-so‘z tushirilgan. Oldin yuborilgan va odamlar ularni buzib-qo‘shimchalar kiritib ilohiylik maqomidan tushirib yuborgan barcha “ilohiy” Kitoblar Qur’oni karim tushgach bekor bo‘lgan... Qur’on So‘ziga teng keladigan so‘z yo‘q.
bilan “imon” keltiriladi, bir (e’tiqodiy) qismi ko‘rmaganga-bilmaganga olinadi, yana bir (fiqhiy, m., halol-haromga, jihodga bag‘ishlangan) qismini aytish yo unga amal qilish taqiqlanadi. Qur’on so‘ziga va ko‘rsatmalariga yangi dinboshi so‘zi va ko‘rsatmalari ters kelib qoladigan bo‘lsa, Qur’on so‘zi va hukmi tashlanib, yangi dinboshi So‘zi va Hukmi olinadi. “Bo‘tqa dini”ning o‘z muqaddas Kitoblari bor 26 , hamma maktab va oliy o‘quv yurtlarida o‘shalar o‘qitiladi.
26 Adashmasak, hozircha 18 jildga yetdi. Bir zamonlar Lelin boboda bunaqa kitoblardan 55 jild bo‘lgan. Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 30
5. Asl aqidada: Oxiratga imon keltiriladi; jannat bor, do‘zax bor, bu dunyoda Ollohga ishonib, yaxshi ishlar qilgan kishilar jannatga, kofir bo‘lib yomon ishlar qilgan kimsalar do‘zaxga tushadi. Do‘zax azobi esa, qattiqdir.
nazari tushgan diyor” deyiladi. Do‘zaxni tilga olish, u bilan odamlarni qo‘rqitish harom. Do‘zaxni eslayverish jamiyatni bezovta qiladi – odamlarni o‘z istagi va maylicha yashashga qo‘ymaydi. Umuman, oxirat hayoti haqida indamaslik vojib.
salom bo‘lsin) gunohkor ummatlariga shafoat qilib mag‘firat so‘rashlari haqdir. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Prezident yakka o‘zi o‘z irodasi bilan o‘zining gunohkor, adashgan va qamoqlarda yotgan fuqarolariga shafoat qilib, gunohlarini kechirishi haqdir. Bunda, xuddi nasroniylikdagi poplar kabi ayrim imom-domlalar orachi vazifasiga yollanadilar – gunoh qilib qamalgan fuqaro bilan prezident o‘rtasiga tushib, prezidentga tavba qildiradilar va ularning haqiga prezidentdan mag‘firat so‘raydilar. Qamoqxonama-qamoqxona yurib, gunohlilarni prezidentga tavba etishga zo‘rlash, majburiy tavbalarini qabul etish halol va vojibdir. Prezidentga tavba qilganlarga najot beriladi, tavba qilmaganlar surunkali qamoqqa hukm etiladi. 7. Asl aqidada: Barcha ishlar oqibatiga va natijasiga qarab baholanadi. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Barcha ishlar yangi dinboshining kayfiyatiga, munosabatiga qarab baholanadi. 8. Asl aqidada: Olloh taolo yaratganlarida bo‘ladigan barcha ishlarni oldindan biladi va ularni uzil-kesil belgilab qo‘ygan. Uning belgilaganini o‘zgartirib qo‘yadigan biron kuch yo‘q.
Taqdir mutlaq emas, nisbiy tushuncha, uni davlatboshi belgilaydi va u o‘zgartira oladi. Butun mamlakatning taqdiri uning qo‘lida.
sanayveramiz. Sharti – Muhammad (alayhissalom) keltirgan barcha xabar va ahkomlarni e’tirof etgan bo‘lsin. Qibla ahlini, agar ular gunoh ishlar qilsalar ham, ammo bu ishning gunoh ekanini ko‘r-ko‘rona inkor etmasalar, kofir sanamaymiz. Imonli kishiga qilgan gunohi zarar bermaydi ham demaymiz. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Tanasi bilan ham, ruhi bilan ham Oqsaroyga egiluvchilar “Oqsaroy ahli” deyiladi va bular birinchi toifa jannatilardir. Tanasi qiblaga sajda qilsa-da, ruhi Oqsaroyga yuzlanganlarga ham Oliy Dargoh oyoqostlaridan joy ato etiladi. Ammo “bo‘tqa dini” farzu vojibotlariga yurmagan, bu dinni va dinboshisini inkor etgan yoki qaysarlik qilib tan olmagan har qanday odam inkori darajasiga qarab yo Nurulloh Muhammad Raufxon
www.nurullohuz.com 31
kofir, yo osiy, yo bog‘iy, yo murtaddir. Ularning joyi qamoq (dunyo do‘zaxi)dir, tavba qilmasalar, abadiy o‘sha yerda qoldiriladi yo biron bahona bilan o‘ldirib yuboriladi. Bu dinga ko‘ra, qamoqxonalarda ishlovchi azob chinovniklariga ularning tanasi ham, qoni ham, joni ham haloldir. 10. Asl aqidada: Musulmon jamoasiga qarshi bo‘lmaymiz.
so‘raymiz. Ularga Ollohning azobi bo‘lishidan xavfsiraymiz, ammo ularni Ollohning rahmatidan umidsiz ham qilmaymiz. Solih mo‘minlarning tavbalarini qabul etib, gunohlaridan o‘tadi va jannatga kiritadi deb Ollohdan umid qilamiz.
gunohlarga kiradi va bu gunohni ishlaganlarga shafqatsiz azob bo‘lishi muqarrar. Ammo ular prezident marhamatidan umidsiz ham qilinmaydi. Tavba faqat prezidentgadir. Dallollar gunohkor bilan prezident orasiga tushib, gunohkorni tavbaga ko‘ndiradi, prezidentning bag‘rikengligi va kechirimliligiga ishontiradi. Xuddi nasroniy poplari singari prezident ularning tavbasini qabul etib gunohidan o‘tadi va qamoqxonalardan chiqazadi deb umid qilinadi. Prezidentga tavba qilmaganlar abadiy qamoq (do‘zax) azobiga loyiqdir. 12. Asl aqidada: Rasululloh (u Zotga salot va salom bo‘lsin) orqali bizga yetkazilgan shariatning barcha ahkomlarini haq deb bilamiz. “Bo‘tqa dini” aqidasida: Yangi dinboshi keltirgan va keltirayotgan barcha hukmlar so‘zsiz va shubhasiz haq deb bilinadi. Bularda zarracha kamchilik bor degan yo ularga amal qilmasa ham bo‘laveradi degan kimsa bu dunyoda ham u dunyoning do‘zaxi azobini tortadi. Download 3.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling