Nurulloh Muhammad Raufxon Bu kunlar


Download 3.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/56
Sana01.11.2017
Hajmi3.93 Mb.
#19135
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56

Bu kunlar

 

 

www.nurullohuz.com



 

111 


Temur o‘ziga xos bir shaxs bo‘lganini bildiradi, u ham barcha qatori Yaratganning 

oddiy bir quli ekanini bizlarga eslatib turadi. 



Millat yo davlat sha’nini xatolar bulg‘amaydi, qing‘irliklar, adolatsizliklar 

bulg‘aydi. 

To‘g‘ri maqsad yo‘lida ham odam (yoki davlat) xatoga yo‘l qo‘yishi mumkin, 

ammo maqsad xato bo‘lsa, yo‘l xato bo‘lsa, u xatolardan ibrat olmay, keyin ham ko‘r-

ko‘rona takrorlanaversa, endi ular oddiy xatolikdan chiqadi, asl manfaatlarga tersligi 

bilan qing‘irlikka do‘nadi, siyosiy ko‘rlikka dalolat qiladi.  

Bobolarimiz bosib o‘tgan shonli yo‘lni haqiqati bilan bilguvchi zukko shaxslar, 

tarixchi olimlar, ziyolilar, xuddi sog‘lom hujayralar tananing lat yegan yeriga zudlik 

bilan yetib borib tuzatishga kirishgani kabi, ilmda va siyosatda yo‘l qo‘yilgan 

kamchiliklar boshiga tez yetib kelishlari va o‘nglashga-tuzatishga kirishishlari kerak 

bo‘ladi. 

 

 

Oltinchi ko‘chat 



So‘z erkinligi 

 

Kishan kiyma, bo‘yin egma, 

Ki sen ham hur tug‘ilg‘onsen. 

Abdulhamid Cho‘lpon 

  

O‘zbekistonda so‘z aytish, fikr-mulohaza bildirish erkinligi haqida oldingi boblarda 



o‘rnida ochiqroq, o‘rnida ishora bilan qisman aytildi. Ammo, o‘ylab qarasak, bu 

masala nihoyatda muhimligidan, alohida to‘xtalmasa bo‘lmas ekan. 

So‘z aytish kishining fitriy ehtiyoji. O‘g‘rilik, yolg‘onchilik, so‘kinish kabi salbiy 

xususiyatlar fitriy ehtiyoj emas, balki kishi o‘z manfaatini Ulug‘ Parvardigor 

xushlamaydigan yo‘llar bilan qondirish usullaridir. Ya’ni, asl fitriy ehtiyoj bo‘g‘ilishi 

natijasida bu kabi salbiy ishlarga keng yo‘l ochiladi va bu holat odamni ruhan ezadi, 

ichki muvozanatini buzadi, bora-bora eng so‘ngida katta bir g‘alayonlarga olib keladi. 

O‘zbekistonda bugun odamlar fikr bildirishda erkin emasligini

78

 isbotlashga aslo 



hojat yo‘q – bu narsani ichkaridagilar ham, tashqaridagilar ham juda yaxshi biladi. Bu 

haqiqatni odamlarni erkin so‘z aytish huquqidan mahrum etganlarning o‘zlari ayniqsa 

juda yaxshi biladi. Lekin “Bizda chindan ham so‘z erkinligi yo‘q!” deb tan olmaydi, 

aytmaydi, xolos. 

                                                

78

 Holbuki, “mustaqillik”ning ilk yillari so‘z erkinligi, oshkoralik yo‘riqlari O‘zbekistonda yurib turgan edi. Hatto 



prezident Islom Karimovning o‘zi ham bu yo‘riqlardan unumli foydalangan. O‘sha paytdagi nutqlari va matbuotdagi 

chiqishlari bugungilari bilan solishtirganda ancha samimiy edi. Maskovda chiqadigan “Rabochaya tribuna” gazeti 1991 

yil 3 iyul sonida muxbir Rustam Tell (Rustem Tell) bilan qilgan “Demokratiya ‒ qonunga va shaxsga hurmat demakdir” 

(“Xalq so‘zi” gazeti 4 iyul 126-sonida ko‘chirib bosgan) suhbatini yoki “Literaturnaya gazeta”da (1991 y. 14 avg.) 

maxsus muxbir Vladimir Sokolov bilan qilgan “Odamlar bir-birini o‘ldirmasin!” (“Xalq so‘zi” 1991 y. 15 avg.) deb 

nomlangan suhbatini o‘qib ko‘ringlar, oshkoralik va so‘z erkinligi nafasi shundoq ufurib turibdi! 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

112 


Aslida yo‘q narsani biz ham takror-takror yo‘q degimiz kelmadi, hamma biladigan 

gapni chaynayvergandan kimga foyda? Uning o‘rniga, so‘z erkinligining bo‘g‘ilish 

sabablari, dardni ichga yutish qanday zararli oqibatlarga olib kelishi va so‘z erkinligi 

yo‘qligidan eng ko‘p kim ziyon ko‘rishi masalalariga ozgina boqib ko‘ramiz. 

Masalaga umumiyroq yondashamiz, hamma ko‘rib-bilib turgan misollarni takrorlab 

boshni qotirib o‘tirmaymiz. Hayotimiz bunaqa misolga to‘la, qay birini aytardik. 

 

 

 

I. So‘z erkinligining bo‘g‘ilish sabablari 

Eng lo‘nda va to‘poricha aytganda, aybi bor kishi aybining ochilib qolishidan 

qo‘rqqanidan birovni gapirtirmaydi. 

Xalq qo‘llovidan umidsizlar ham erkin fikrdan so‘ng darajada ‒ o‘limdan 

qo‘rqqanday qo‘rqadi. 

Shuningdek, 

‒ bilimsiz bilimlidan qo‘rqadi; 

‒ o‘ziga ishonchi yo‘q kimsa ko‘ringan cho‘pdan hadiksiraydi; 

‒ o‘g‘ri to‘g‘rini ko‘rolmaydi; 

‒ qorong‘ida ishini bitiradiganlar yorug‘likdan cho‘chiydi; 

‒ qing‘ir ishini yashirmoqchi bo‘lganlar bilinib qolishidan xavotirda yashaydi... 

Bular hammasi erkin so‘zning bo‘g‘ilishi sabablaridandir. 

Nazariy tomondan yana ko‘p sabab keltirsa bo‘ladi, ammo ular bari aylanib tag‘in 

shu oddiy, lekin o‘zak sabablarga kelib taqalaveradi. 

O‘zbekistonda nega so‘z erkinligi yo‘q, degan savolga har tomon har xil javob 

beradi. 


1. Prezident + qiyofasiz Devon, qiyofasiz Oliy Majlis, qiyofasiz Senat va qiyofasiz 

hukumat – birinchi tomon

79

Bular O‘zbekistonda so‘z erkinligidan eng ko‘p qo‘rqadi, shuning uchun har turli 

vositalar yordamida uni bo‘g‘ib turadi. 

Tevarak olam so‘z erkinligi huquqini talab etsa, “kulimsirab” qarab, aybini 

yopishga bahona to‘qiy boshlaydi: biz demokratik yo‘lni tanlaganmiz, bu yo‘ldan aslo 

qaytmaymiz ham... konstitutsiyamiz demokratiyaning hamma talablariga javob beradi, 

unda barcha huquq va erkinliklar kafolatlangan... lekin hozircha davlatimiz yosh, 

demokratiyaga asta-sekinlik bilan erishiladi... ana, demokratiyaning beshigi bo‘lgan 

                                                

79

 O‘zbekistonda bironta boshqaruv idoraning o‘z qiyofasi yo‘q. Ularning siyosatga ta’sir darajasini sira bilib bo‘lmaydi. 



Bular oldida qaytaga Prezident qiyofasi jonliroq – harholda u butun ishiyu gap-so‘zi bilan qozonida borini cho‘michiga 

chiqarib turibdi. Bugun chanoq antennalar yordamida xalqimiz Turkiya, O‘rusiya, Ovrupa kabi demokratik davlatlar 

siyosatchilarining deyarli hammasini taniydi, ammo o‘zimizning boshliqlardan birontasini ularchalik bilmaydi. 

O‘zbekistonda siyosiy ob-havoni kimlar yaratadi deyilsa, prezidentdan boshqani ko‘rsata olmaymiz. Chunki boshqalar 

yetmish qavat parda ortiga olingan. Ishlayotgan bo‘lsa ham faqat prezident belgilab bergan yo‘nalishda ishlaydi. 

Vaziyat bora-bora buzilgani “mustaqillik”ning ilk yillari bilan solishtirishda ko‘rinadi. Ilgarilari prezidentdan boshqa yana 

Shukrullo Mirsaidov, Ismoil Jo‘rabekov, Shavkat Yo‘ldoshev, Muhammadjon Qoraboyev... kabi ancha-muncha 

siyosatchilar (salbiymi-ijobiymi, harholda) o‘zlariga xos qiyofalari bilan ajralib ko‘zga tashlanib turar edi. Hozir 

O‘zbekistonning siyosat maydonida sho‘ppayib bir kishi qoldi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

113 


Angliyada ham, uni dunyoga yoymoqchi bo‘layotgan Amrikada ham so‘z erkinligi 

to‘la o‘rnatilishiga yuzyillar kerak bo‘lgan-ku... 

Tasdiqlangan, qabul qilingan (rasmiy) javoblari shu, bundan tashqari, el oldida 

og‘izga chiqarmagan, lekin o‘zaro doim tillarida aylanib yuradigan tushuntirishlari 

ham bor: 

– xalqimiz demokratiyaga, so‘z erkinligiga tayyor emas, qo‘yib bersang, har 

narsaga burnini suqaverib, ishlagani qo‘ymaydi; 

– bizning mentalitet boshqacha, milliy an’anamizda betgachoparlik yo‘q, aksincha, 

kattalarni va boshliqlarni hurmat ruhida tarbiya topganmiz, so‘z erkinligi bu an’anani 

buzadi, o‘rtadan hurmat ko‘tariladi, ya’ni, g‘arbcha so‘z erkinligi bizga to‘g‘ri 

kelmaydi. 

Va hokazo... 



2. Ichdagi va tashdagi ochiq-yopiq muxolifat – ikkinchi tomon. 

Bular birinchi tomonning tushuntirishlariga sira ko‘nmaydi, qabul etmaydi va 

bunday deydi:  

– davlatni boshqarishda zamon talabiga javob beradigan eng maqbul tuzum bugun 

demokratiyadir, demokratiya esa so‘z erkinligisiz bo‘lmaydi; 

– “xalqimiz so‘z erkinligiga tayyor emas” deyish “loyiq emas” degan kabi 

haqoratdir, kamsitishdir. Xalqimiz so‘z erkinligini bemalol ko‘taradi. Bu narsa qisqa 

davom etgan qayta qurish yillari va SSSR qulaganining ilk pallalari isbotini topdi; 

– to‘g‘ri, davlat hozir yosh, lekin uni yoshligidan suyagini istibdod bilan emas, 

hurlik havosidan nafas oldirib qotirish kerak. G‘arbga kelsak, agar u yoqlarda 

demokratiya yuzyillar ichida oyoqqa turgan bo‘lsa, biz ham ular boshlagan yerdan 

boshlashimiz va u yuzyillarni qayta bosib o‘tishimiz kerak degani emas. Axir 

valasapidni, kamputirni, qo‘ltilponni boshqatdan kashf qilishga urinish ahmoqlikdir, 

aksincha, kelgan yeridan davom ettirish taraqqiyotga eltadi; 

– asrlar davomida mentalitetimiz ayni to‘g‘riso‘zlik, samimiyat asosida 

shakllangan. Betgachoparlik boshqa, to‘g‘ri so‘zni aytish (samimiy bo‘lish) boshqa 

ekanini xalqimiz juda yaxshi ajratadi. Qolaversa, G‘arb demokratiyasining ilg‘or 

tomonlarini olish, iflos tomonlarini pokiza yurtimizga kiritmaslik ixtiyori va imkoni 

o‘zimizning qo‘limizda; 

– xullas, so‘z erkinligi mamlakatimizga suv bilan havoday zarur, davlat va hukumat 

doim xalq kuzatuvi ostida ishlashi kerak. Kuzatib-tuzatib turilmasa, nafs o‘pqoni 

ochiladi va uni to‘siqsiz qondirish uchun zulm bosh ko‘taradi. Yetmish yillik sovet 

davri va yigirma yillik “mustaqil O‘zbekiston” davri shuni ko‘rsatib turibdi. 

3. Asosan ichkaridagi, turli sabablarga ko‘ra bor holatga ko‘nib-ko‘nikkan ziyoli 

va o‘rta tabaqa boshliqlar – uchinchi tomon. 

Bularda ozmi-ko‘pmi vijdon bo‘ladi. Mamlakatda yuz berayotgan yoqimsiz ishlarni 

ko‘rib-bilib yuradi, jumladan, so‘z aytish erkinligi berilmasa, oqibati yaxshi 

bo‘lmasligini ham biladi. Ammo o‘zi indamaydi. Aytsa tili, aytmasa dili kuyadi 

bunaqalarning. U yer-bu yerda (oldin olti tomonga qarab olib!) bir-ikki ming‘irlab 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

114 


qo‘yishi ham adolat istaganidan emas, vijdon xarxashasini bosish, ko‘ngliga o‘rnashib 

qolgan g‘ashlikni ketkazish uchundir. Qo‘rqoqligi, turli katta-kichik manfaatlar bilan 

oyoq-qo‘lini bog‘lab tashlagani uchun birinchi tomonga yon bosibroq fikrlaydi: 

– siyosat bilan siyosatchilar, iqtisod bilan iqtisodchilar shug‘ullansin, matbuot o‘zi 

bilmagan ishga bosh suqmasin; 

– bizda chinakam jurnalistlar yo‘q hisobi, dunyo jurnalistikasidan ancha orqadamiz, 

shu ahvolda bularga so‘z erkinligini berib bo‘lmaydi; 

– xalqimiz mish-mishlarga o‘ch, xilma-xil fikrlar orasida adashib qoladi, bitta xato 

gapga ergashib ketaveradi, bunaqada davlatni boshqarib bo‘ladimi; 

– xilma-xil fikrlar jamiyatni bo‘ldaklab tashlaydi, undan ko‘ra bitta fikr atrofida 

uyushgan yaxshi. Buning uchun siyosatni qattiqqo‘llik bilan yuritib, har xil buzg‘unchi 

g‘oyalarning ildiz otishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak... 



4. Oddiy xalq – to‘rtinchi tomon. 

Undan odatda ko‘p narsa kutilmaydi. So‘z erkinligi bor-yo‘qligi uni ko‘p ham 

qiziqtirmaydi. Har holiga ko‘nib ketaveradi. Qorni to‘ysa, mushugini birov pisht 

demasa bo‘ldi unga. “Podshomiz shuncha kuyib-pishyapti, atrofidagilar ishlamayapti-

da”, deb yuraveradi. “Sal bo‘sh qo‘yilsa, boshimizga dinchilar kelib qolarkan, 

podshomiz shunaqa deyaptilar”, deb ishonib ketaveradi. Aytayotgan gapining 

mohiyatini o‘ylab ham o‘tirmaydi (bu ham so‘z erkinligi yo‘qligidandir). Ammo bir 

kuni jonidan o‘tsa, bola-chaqasini boqishga u-bu narsa topolmay qolsa, shartta 

ko‘chaga chiqadi, ko‘r g‘alayonini boshlab yuboradi. Ungacha qancha qiynalsa ham, 

boshini egib yuraveradi. Juda nari borsa, molxonasining qorong‘i burchagiga biqinadi-

da, bir-ikki bo‘ralab so‘kinib, hammayog‘ini shaltoq qilib tashlagan molini savalab 

hovuridan tushadi; yoki hech ikkilanmasdan alkash bo‘lib ketadi... 

Har boqimdan qaralsa ham, birinchi tomon qolgan uch tomondan ustun, imtiyozli. 

U – davlat, hamma kuch uning qo‘lida, shuning uchun xohlaganini qiladi va... qilib 

yotibdi ham. 

Bora-bora matbuot, radio, televideniye ustidan to‘la nazoratni o‘rnatib oldi. 

Mamlakatimizda bugun rasman senzura bo‘lmasa-da, qoyil qolmasdan iloj yo‘q, 

mafkurasini qattiq ushlagan SSSRday qudratli davlat ham qila olmagan ishni uddaladi 

– senzuradan battar tizimni yaratdi. Bironta boshqacha fikr matbuot yuzini ko‘rmaydi, 

tug‘ilishiga ham yo‘l qo‘yilmaydi. Ona qornidagi chaqaloq jinsini oldindan aniqlay 

oladigan uskunalar singari odamning ko‘nglida paydo bo‘layotgan o‘ylarni ham 

oldindan bilib oladigan qanaqadir uskunalar yaratib olgan ko‘rinadi, o‘zi eshitgisi 

kelgan fikrlarni tug‘dirib, xavflisini nish ura boshlashi bilanoq bo‘g‘ib o‘ldirib 

yuboryapti. Yoki hur fikr shakllanadigan “bolaqorinlar” tozalanib-yuvilib, yo‘liga 

ispirallar qo‘yib tashlanyapti. 

Shu bois mamlakat ichida qachondan beri boshqacha fikr yo‘q. 

Hazrati Birfikr hukmron. 

 

II. So‘z erkinligi nega kerak? 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

115 


Jamiyatda yaxshi va yomon, halol va harom, to‘g‘rilik va qing‘irlik, odob va 

odobsizlik, uyat va uyatsizlik, olijanoblik va pastkashlik boralarida umumiy o‘lchov 

qat’iy shakllangan bo‘lsa, jamiyat axloqini u kuzatib-boshqarib turadi. Odamlar gap 

qiladi, mahalla ayblaydi deb ham ko‘plar o‘zini xatodan va qing‘irlikdan saqlaydi. 

Bu o‘lchov bo‘lmasa-chi? 

Olloh saqlasin, har kim xohlaganini qilishga o‘tib ketsa va bu holga jamiyat parvo 

etmasa, qing‘irliklar kuchayadi, mamlakat ma’nan chiriy boshlaydi. 

So‘z erkinligi shuning uchun kerak. Umumiy milliy o‘lchovlardan kelib chiqqan 

holda bir tomondan davlatning, ikkinchi tomondan jamiyatning ishlari kuzatib turiladi: 

qabul qilingan to‘g‘ri yo‘ldan borayotgan bo‘lsa, unga hartomonlama yordam beriladi; 

bilmasdan xato yo‘lga kirib qolsa, yo‘lining xatoligi darrov bildiriladi, o‘nglashga 

harakat qilinadi; nima qilishni bilmay qolsa, tarixga va tajribaga tayangan holda, to‘g‘ri 

yo‘l ko‘rsatib yuboriladi; bilib turib qing‘ir yo‘ldan ketsa, ogohlantirishlarga quloq 

tutmasa, unda yana o‘sha haq-huquqidan foydalanib, holatni o‘nglashning boshqa 

chora va usullari qo‘llanadi. 

Olloh elchisi (u Zotga salot va salom bo‘lsin): “Birodarlaringizga zolim bo‘lsa ham, 

mazlum bo‘lsa ham yordam beringlar”, dedilar. Shunda bir kishi: “Ey Ollohning 

elchisi, zulm ko‘rayotganga yordam beraman, ammo zulm o‘tkazayotganga qanday 

yordam beraman?” deb so‘radi. “Uni zulmdan qaytarishing unga yordamingdir”, deb 

javob qildilar. 

Ey bilib-bilmay xalqiga zulm qilayotganlar, quloqlaringiz chinlasin:  zulmdan 

qaytarish ham aslida sizlarga yordam ekan! Matbuotmi, alohida shaxslarmi yo boshqa 

tuzilmami, so‘z erkinligidan foydalanib kimni yo kimlarnidir zulmdan, qing‘irliklardan 

qaytarsa, mantiqan qaraganda, boshliq bundan faqat xursand bo‘lishi kerak ekan! 

O‘zini tergab turishlari uchun qaytaga jamiyatga yanada ko‘p huquqlar, imkoniyatlar 

yaratib berishi lozim ekan! 

Hazrati Umar (Olloh undan rozi bo‘lsin) to sochiga oq oralagunicha bir kishini 

yollab, har-har zamonda “Ey Umar, o‘lim esingda tursin!” deb turishi evaziga unga 

cho‘ntagidan maosh bergani bejiz emasdi. 

Amir Temur ham, bugungi til bilan aytganda, saltanatida so‘z erkinligini joriy 

etgan. Ishlarini doim maslahat bilan yuritgan, o‘zining fikriga teskari bo‘lsa ham 

jo‘yali fikr bildirgan kishilarni yuksak qadrlagan. 

Bir galgi to‘plantida qayoqqadir yurish boshlash oldidan mulohazalarini aytib, 

yig‘ilganlardan munosabat so‘raydi. Har kim o‘z ko‘zqarashini bayon etadi. Bir a’yon 

laganbardorlik qilib: “Amirim, nihoyatda oqilona o‘ylabsiz. Yulduzlar joylashuvi ham 

shunga ishora qilyapti!” deya rosa oshirib-toshirib yuboradi. Yig‘ilishdan keyin Amir 

Temur tegishli odamlariga: “Bundan keyin bu odamni mashvaratimda ko‘rmayin!” deb 

u laganbardorni huzuridan haydaydi. 

Oqil, to‘g‘ri, o‘ziga ishongan har qanday podsho shunday qiladi. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

116 


Aksincha, o‘ziga ishonchi bo‘lmasa, aqliy darajasi past, buning ustiga ishlari ham 

qing‘ir bo‘lsa, maddohlarni sayratib qo‘yadi-da, mustaqil fikrlovchilarning og‘zini 

yopadi, aybini ko‘rsatadiganlarni quvadi, qamaydi, o‘ldiradi. 

 

III. So‘z aytish erkinligi bo‘g‘ilishi oqibatlari 

1. Xalq (jamiyat) ko‘radigan zararlar: 

– fikriy o‘sish to‘xtaydi, mamlakat hartomonlama qoloqlikka yuz tutadi; 

– indamaslikka mahkumlik bora-bora tushkunlikka, tushkunlik loqaydlikka, 

loqaydlik xudbinlikka, xudbinlik asabiylikka, asabiylik... jinoyatga olib keladi; 

– indamaslikka mahkumlikdan bora-bora qo‘rqoqlik, qo‘rqoqlikdan vijdonga 

xiyonat tug‘iladi, xiyonat oldin nomusni, oxirida vatanni boy berish demakdir; 

– “so‘z erkinligi” otlig‘ tozalash moslamasi ishdan chiqsa, jamiyatdan tevarakka 

sassiq hid tarala boshlaydi. Suv to‘xtab qolsa zamonaviy hojatxonalar sal vaqtda sasiy 

boshlagani kabi. 

2. So‘z aytish erkinligi bo‘g‘ilishidan davlatning o‘zi ham katta zarar ko‘radi.  

Birov mushugini pisht demayotganini ishini to‘g‘ri olib borayotganidan deb biladi. 

Holbuki, xalq uzoq vaqt indamagani, davlat bilan go‘yo ishi bo‘lmay yurgani mutlaqo 

parvosizligidan emas, davlatga ishonchi so‘nganidan, davlatini yomon ko‘rib 

qolganidandir. Davlatga ishonmay qo‘ydi degani davlat bilan xalq o‘rtasida jarlik 

paydo bo‘ldi deganidir. 

Boshqacha aytganda, aldamchi tasavvurlarda xalq bilan davlat bir bo‘lib ko‘ringani 

bilan voqelikda xalq davlatiga, davlat xalqiga suyana olmay qoladi. Bunday davlat eng 

kuchsiz davlatdir. Bunday xalq eng kuchsiz xalqdir. 

Afsus, O‘zbekistonda hozir ahvol shunaqa. Xalqning ovozi mutlaq bo‘g‘ilgani 

uchun ichkarida vaziyat juda og‘ir. Matbuot va televideniye hayotni qancha bo‘yab-

bejab ko‘rsatmasin, rahbariyat orasida ham, xalq orasida ham asabiy bir vaziyat 

kuzatilyapti, katta alg‘ov-dalg‘ovlar yetilib kelayotgani tobora sezila boshladi. Ertaga 

nima bo‘lishini kimsa bilmaydi. 

Bir o‘xshatish. 

Odatda, ayollar tabiatan mulohazaga emas, hissiyotga beriluvchan bo‘ladi. Sal 

narsaga tez o‘t olib ketadi. So‘ng tez so‘nadi ham. 

Bir-biriga ters bu ikki xil holga surunkali tushaverilsa, hatto ayol ham tez kunda 

o‘ta asabiy bo‘lib qolishi hech gap emas. 

Lekin ayolni bunday asabiyatdan asraydigan himoya qobiliyati bor: erkakdan farqli 

o‘laroq, ular bir-biriga ichidagi bor dardini to‘kib solaveradi va, natijada, tez-tez 

“bo‘shanib” turadi. Bo‘lmasa, nimalar bo‘lib ketmas edi. 

Ikkinchi o‘xshatish. 

O‘rislarda “vipuskaniye par” degan ibora bor. Tilimizda uni “hovurini chiqarish” 

yoki “hovurini bosish” yoki “sovutish” desa bo‘ladi. Mutlaq yopiq qozon tagiga o‘t 

qalab suv qaynataverilsa, bug‘i (hovuri) chiqarib turilmasa, oxiri portlashi aniq. Dard 

hech bo‘lmaganda quduqqa to‘kib-solib turilmasa, odam ham bir kuni portlaydi. 



Nurulloh Muhammad Raufxon

 

Bu kunlar



 

 

www.nurullohuz.com



 

117 


Xuddi shulardek, ko‘ngilda tug‘ilgan fikr-mulohazalar ham erkin bildirib turilmas 

ekan, jamiyat tagiga qo‘yilgan bo‘mbaning piligiga o‘t ketadi. Pilikka o‘t ketgani to u 

halokatli nuqtaga yetgunicha bilinmay turishi mumkin, ammo keyin albatta portlaydi. 

Hech bo‘lmaganda shu hol so‘z erkinligini zarur qiladi. 

 

IV. So‘z erkinligi nimaga berilmayapti? 

Xavotirdan. 

Kim xavotirlanadi? 

O‘ziga ishonchi yo‘qlar. 

Ishini eplab qila olmaydiganlar. 

Ishini eplayotgan, o‘ziga ishongan boshliq nimadan xavotirlansin! 

O‘zbekistonimizda davlat nomidan so‘z erkinligi bo‘g‘ilayotgan ekan, demak, 

davlatning bir illati bor, albatta. Boshliqlar o‘ziga gap tekkizmoqchi emas. Aybini 

yashirmoqchi. Obro‘yi to‘kilishidan va hokimiyat qo‘ldan ketib qolishidan qo‘rqadi. 

Bundan bir mantiqiy xulosa chiqadi: demak, davlat boshlig‘i ishini eplay 

olmayotganiga o‘zi ham iqror! 

Xalqqa so‘z aytish huquqini bersa, boshi balodan chiqmay qolishini juda yaxshi 

biladi. Tanqid yoki har qanday boshqacha mulohaza shuning uchun ham uning eng 

birinchi dushmaniga aylangan. Unga achchiq haqiqatdan shirin yolg‘onlar yaxshi! Bu 

shirin yolg‘onlar xalqining miyasini suyultirib tashlagani, siyosiy hamda ma’naviy 

saviyasini pasaytirib yuborgani bilan ishi yo‘q... 

 

V. So‘z erkinligi bo‘g‘ilishidan kimga foyda?  

Ichkarida hech kimga foyda yo‘q, lekin tashqarida... 

Tashqarida hali ham mustamlakachilik g‘oyasini sog‘inib yurganlar qancha. Ularga 

qolsa, bizda xalq bilan davlat hech qachon birlashib qolmasin. Birlik davlatni kuchli 

qiladi. Dushman davlatimizning kuchli bo‘lishini aslo istamaydi. Xalqi davlatiga 

qarshi, davlati xalqiga qarshi qancha xezlanib tursa, dushman uchun shuncha yaxshi. 

Kuchli davlatlarning yillar davomida sinovdan o‘tgan usuli bor: bir qo‘li bilan 

xalqning boshini silaydi-da: “O‘h-ho‘, davlating seni rosa ezyapti-ku, inson o‘laroq 

sening haq-huquqing yo‘qmi, bizga suyangin, senga yordam qilamiz”, deydi; ikkinchi 

qo‘lini davlatning qo‘yniga suqadi: “Xalqing seni yoqtirmaydi, qo‘yib bersang, tezda 

boshidan uloqtirib tashlaydi, ustiga ustak, yurtingni islomchilar bosib ketgan, agar 

bularning jilovini tortib qo‘ymasang, holingga voy, bizga suyangin, senga yordam 

ko‘rsatamiz”, deydi. Davlatni xalqqa qarshi, xalqni davlatga qarshi gij-gijlaydi. 

Urishtiradi. O‘zi bir chekkada turib, unisining ham, bunisining ham holdan toyishini va 

bir kuni o‘ziga muhtoj bo‘lishini, tiz cho‘kib yordam so‘rab kelishini poylaydi.  

Dunyoning qari jug‘rofiyasidan endigina joy olgan, yoshligi tufayli katta siyosiy 

nayranglar qozonida hali qaynab o‘rganmagan davlatimiz va xalqimiz, mana, necha 

yillardan buyon mana shu fitnaga uchib kelyapti. Davlat xalqimizni o‘zidan norozi 

qilib qo‘ydi, til topishish o‘rniga birda og‘izaki, birda qurol bilan urushgani urushgan. 


Nurulloh Muhammad Raufxon

 


Download 3.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling